Dars sanasi: Sinf: _____________-
Fan nomi: Alifbo
Dars mavzusi: K tovushi va Kk harflari
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni to’liq yetkazish mavzuga oid bilim va ko’nikma hosil qilish
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga o’rgatish
d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, bukletlar
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shundan bilursankim ilm bepoyon.
Dars jarayoni va texnologik xaritasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ishning mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 minut
|
2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash
|
O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi.
|
Savol-javob
|
3 minut
|
3-bosqich Yangi mavzu bayoni
|
O’quvchilarning maktabga moslashuvini aniqlash O’tilgan mavzuni mustahkamlash
K tovushi va Kk harflari haqida tushuncha berish k tovushini talaffuz qildirish
|
Tushuntirish, izlanish
Og’zaki savol-javob
|
31 minut
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
K harfi bilan boshlanadigan so’zlarni aytish va rasm asosida tushuntirish
Darslik bilan ishlash
|
Amaliy ish
|
6 minut
|
5-bosqich Rag’batlantirish
|
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi
|
|
3 minut
|
Darsning borishi:
I Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashib, O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini birgalikda aytamiz. O’quvchilarni darsga tayyorlayman.
II O’tgan mavzuni so’rash.
Qaysi tovushni o’rgangan edik?
Bb harfi bilan boshlanadigan so’zlarni bilasizmi?
Bo’g’inlar jadvalidan o’qitaman. O’qishga qiynalgan o’quvchilarga yordamlashaman.
III. YANGI MAVZUNI TUSHUNTIRISH
- O’quvchilar, bu nima?
- Qat-qat qatlama, Aqling bo’lsa tashlama. Topishmoqni toping.
K tovushini talaffuz qildiraman. Kalit, kaptar, kapalak, kon, kitob, kamon kabi predmetlarning rasmi orqali tushunchalar beraman va so’rayman. Alifbe darsligidan birgalikda o’qiymiz. Qiynalgan o’quvchilarga yordamlashaman.
Kon ki-tob Ak-mal
Kat –ta mak-tab Ma-li-ka
Ka-lit ka-mon mam-la-kat
22-sahifadagi rasm asosida hikoya qilishni o’rgataman. Dialogni o’qib beraman:
Malika, mana kitob.
Akmal, kitob kimniki?
Kitob akamniki.
O’quvchilar fikrini so’rayman. Katakchalarga bo’g’inlarga bo’lib yozish mashqini bajaramiz
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
“Jonajon maktab” mavzusida o’quvchilar bilan suhbatlashaman.
Maktab degan shunday joy
Yurib turgan poyezdday
Agarda sen kech qolsang
Kutib turmas hech qachon.
V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |