Dala tajribasida variantlarni joylashtirish usullari
Reja:
1.Variantlarni standart usulda joylashtirish.
Variantlarni sistematik usulda joylashtirish.
Rendomizasiya (tasodifiy) joylashtirishning o’ziga xosligi.
Variantlarni standart usulda joylashtirish. Qo’yilgan tajribaning to’g’riligi ko’p jihatdan takrorlik va variantlarni joylashtirishga bog’liq.
Tajriba ishlari uslubida takrorliklarni joylashtirishning ikki xil ko’rinishidan, ya’ni yig’ma (yaxlit) va sochma usullaridan foydalaniladi (4-rasm).
Yig’ma usulda barcha takrorliklar yaxlit bitta maydonda joylashtiriladi. Ular bir biridan faqatgina bir va ikki yarusli ko’rinishida joylashganligi bilan farq qiladi.
Sochma usulda joylashtirilganda esa, takrorliklar bitta maydonning turli joylarida va hattoki boshqa-boshqa maydonlarda ham joylashtirilishi mumkin. Lekin, kuzatish ishlarining murakkablashishi tufayli tadqiqotlarda bunday usuldan kamdan kam hollarda foydalaniladi.
Variantlarni takrorliklar ichida joylashtirish asosan 3 ta: standart, sistematik va tasodifiy usullarga bo’linadi (5-rasm). Tajriba maydonidagi tuproq unumdorlik darajasining xilma xilligiga qarab variantlarni joylashtirishda u yoki bu usul qo’llaniladi.
Standart usulning o’zi ham o’z navbatida 3 guruhga ajratiladi: a) Yamb uslub; b) Daktel uslub; v) Akademik Konstantinovning «qo’shaloq uslubi».
Standart usulida bitta yoki ikkita tajriba variantlari bilan nazorat varianti almashinib keladi. Nazorat varianti bitta tajriba varianti bilan almashinib kelsa – «Yamb», ikkitasi bilan almashinib kelsa «Daktel» usuli deyiladi.
Yamb grek tilidan olingan bo’lib, bir demakdir.
Daktel ham grekcha so’z bo’lib, ikki ma’nosini bildiradi.
Yamb va Daktel usullari nav sinash tajribalarida va boshqa ko’plab tajribalarda qo’llaniladi. Chunki tajribada qanchalik ko’p nazorat varianti bo’lsa tajriba aniqligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Bu usullarning afzalliklari bilan birga qator kamchiliklari ham mavjud:
yonma-yon joylashgan qatordagi o’simlik yoki paykal hosili o’rtasidagi boqliqlik darajasi aksariyat holatlarda aniq bo’lmaydi;
variantlar soni ko’p (10-12 ta) bo’lsa, bir biridan uzoq joylashgan o’simlik yoki paykallarni taqqoslashda to’liq ishonch hosil bo’lmaydi;
tajriba paykallarining 33-50 % gachasi nazorat variantidan iborat bo’lganligi tufayli ko’proq yer maydoni, o’simliklar miqdori, pararish qilish, kuzatishga ortiqcha mehnat va xarajat sarflanadi.
Akademik Konstantinovning «qo’shaloq uslubi»da tajribada uchraydigan
xatoliklarni kamaytirish uchun tajriba sxemasida nechta variant bo’lishidan qat’iy nazar ikkita nazorat varianti qo’llaniladi. Shuning uchun qo’shaloq uslub deb ataladi. Masalan, 1) nazorat,
N20(^40, 3) Ы20oRbo, 4) RLo, 5) ЫgooRedKbo 6) t24oR9oK60, 7) M24oR12oKbo, 8) nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |