Cookies on the bbc website



Download 50,5 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi50,5 Kb.
#431502
Bog'liq
T Malik


Cookies on the BBC website

We use cookies to ensure that we give you the best experience on our website. If you continue without changing your settings, we'll assume that you are happy to receive all cookies on the BBC website. However, if you would like to, you can change your cookie settings at any time.

ContinueFind out more

Saytdan qulay foydalanish uchun linklarIchki navigatsiyaga o'tishSaytga kirish yordami

BBC navigationNewsSportWeatheriPlayerTVRadioMore

Qidiruv so'zlar:

UZBEKМОБИЛ ВЕРСИЯСИ

Бу янгиланмайдиган архив саҳифа.Саҳифаларни архивлаштириш борасида маълумот (инглиз тилида)

Kitobi eng ko‘p bosilayotgan adib

Mintaqadan mustaqil jurnalist

Сўнгги янгиланиш 21 феврал 2013 - 13:36 GMT

FacebookTwitterGoogle+Чоп қилиш

Tohir Malik O‘zbekistonning mustaqillik yillarida kitobi eng ko‘p nashr etilgan va eng ko‘p o‘qilgan yozuvchi sanaladi. Uning "Shaytanat" asari o‘n minglab nusxalarda qayta-qayta nashr etildi va tez tarqalib ketdi. "Devona", "So‘nggi o‘q", "Talvasa" asarlari ham zamonaviy kitobxonlar orasida ko‘p o‘qilishi ma‘lum.

Lekin, qizig‘i, garchi yozuvchi bilan yozgan asarlari, adabiy qarashlari, hayotga munosabati kabi mavzularda tez-tez suhbatlar o‘tkazib turilsada, uning ijodi borasida adabiyot-shunoslar tomonidan yozilgan kengqamrovli tahliliy maqolalarni uchratish qiyin.

Jinoyat olamining past-baland ko‘chalarida

Kitobxonlar esa, "Shaytanat" borasida tez-tez fikr bildirishadi, bahslashishadi.

Bundan birmuncha muqaddam internet saytlaridan birida "Shaytanat"da ijobiy qahra-mon kim" mavzuida bahs uyushtirilgandi.

Navoiylik Alisher Ashurov: Avvalo "Hozirgi paytda mukammal (ijobiy, hech qanday kamchiliklari yo‘q ma‘nosida) insonning o‘zi bormi?" degan savolga javob olish kerak, menimcha. Bu asarda hayotimizda uchraydigan barcha qusuru kamchiliklar bor bo‘y-basti bilan tasvirlangan. Deyarli hech bir qahramon kamchiliksiz emas. Shuning uchun, menimcha, har bir o‘quvchi o‘ziga nisbatan yaqinroq bo‘lgan asar qahramonini ijobiy deb baholaydi," deya fikr bildirgandi.

Omon ismli kitobxon esa, "Quruq, shunchaki ma‘lumot beradigan, faqat qotilliklar-ni-jinoyatni tasvirlaydigan asarda o‘rnak oladigan deyarli hech nima bo‘lmaydi. O‘quvchi-ni o‘ylantirishga majbur qiladigan, yig‘latadigan, kuldiradigan, o‘zining bir qismini topa oladigan asargina chin asar hisoblanadi. Bundan kelib chiqkan holda, o‘sha asardagi voqealarda yaxshilikka chorlovchi qahramon obrazi bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb o‘ylayman…" , deya yozgandi.

Bu kitobxon fikricha:

"Shaytanat"ning o‘zgachaligi ham mana shunda. Yozuvchi salbiy qahramonlarning ham ijobiy tomonlarini yaxshi ochib bera olgan. Aslida Asadbek, Mahmud, Jamshidlarni ijobiy qahramon deb bo‘lmaydi. Lekin ularning bir qancha ijobiy tomonlari ko‘rsatil-gan. Shaytanatdagi eng ijobiy qahramon Abdurahmon tabib, Muhiddin ota, Manzuralar bo‘lsa kerak, menimcha. Lekin ular asosiy qahramonlar bo‘lmagani uchun orqa planda qolib ketishgan…"

Lekin "Shaytanat" to‘g‘risida boshqa fikrdalar ham yo‘q emas.

"Umuman olganda esa, men "Shaytanat"ni yuqori saviyada yozilgan asar deya olmayman… Asarning 4-kitobigacha o‘qiganman. Bu to‘g‘rida muallif bilan ham ko‘p suhbatlarda bo‘l-ganman, fikrlashganman. Kamchiliklari ko‘p, faqat o‘zbek adabiyotida unga raqobat bo‘lma-gani va o‘quvchilarning, boshqa shu janrdagi o‘zbekcha asarlar bilan tanishmaganliklari uchun bo‘lsa kerak, uni eng yaxshi asarlar ro‘yxatiga kiritishadi…"

Yuqoridagi fikrlar Mas‘ul Maqsudov ismli kitobxonga tegishli.

Men "Shaytanat"ning dastlabki kitoblari o‘quvchilar qo‘liga borib tekkandan keyin bir jarayonni kuzatganman. Birdaniga "Shaytanat"ga ergashib yozadiganlar ko‘payib ketdi. "Shaytanat" kabi kitobi tez va ko‘p tarqalishi uchun ne-ne mualliflar jinoyat olamining past-baland ko‘chalari qolmay yozib chiqishdi. Ha, aynan ularning ko‘pchiligi yozib chiqish-di. Tasvirlashmadi. Qahramonning ruhiy holati bilan ishlari bo‘lmadi.

"Shaytanat"da esa kuchli tasvirlar, chuqur ruhiy holatlar asarning chinakam badiiy asar ekanligini ko‘rsatib turdi.

Xuddi shu o‘rinda garchi "Shaytanat" hamon o‘quvchilar qo‘lidan tushmayotgan bo‘lsada, Tohir Malikning o‘zi asaridagi kamchiliklarni tan olishini eslatib o‘tmoq o‘rinli.

"Qaysi yo‘nalishga kirmayin maqsadim bir, o‘quvchi bilan hayot muammolari haqida g‘oyibona suhbat qurish. Zulmning ildizini quritib, saodatli umrga yetishish yo‘llarini izlash. "Shaytanat"ni yozishdan maqsad ham shu edi. Soxta kamtarlik qilyapti, deb o‘yla-mang, lekin bu asar g‘oyatda hayratlanarli darajada emas. Hamkasb do‘stlarimdan mening ortiq joyim yo‘q. Kamchiliklarim bor, buni o‘zim ham bilaman. O‘zim sezmayotgan kamchi-liklarimni xolisanilloh aytib turishsa minnatdor bo‘laman. Asarning ma‘lum ma‘noda shuhrat topishiga sabablardan biri-bu mavzu o‘quvchilar uchun yangiroq edi. Ikkinchi sababi keyingi yillarda hamkasblarimiz kitobxonlarni yangi asarlar bilan tez-tez quvontirib turish an‘anasiga sodiq qolmayaptilar," degan edi adib u bilan uyushtirilgan suhbatlardan birida savolga javob berayotib.

Ma‘naviy qashshoq jamiyat olamaro yuksala olmaydi

Keyingi yillarda ko‘pchilik odamlarning kechinma-sarguzasht asarlarni o‘qishga berilib qolganliklari va ayrim yozuvchilarning bu holatdan foydalanib qolishga urinishlari Tohir Malikni tashvishga solayotgan hollardan biri.

"Hozir bema‘ni sayoz qo‘shiqlar ko‘paygani singari nomi "detektiv" bo‘lgan, ammo badiiy adabiyotning eng kichik talablariga ham javob bera olmaydigan asarlar ko‘payyap-tiki, bu holatga yo‘l qo‘ymaslik choralarini o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Faqat rad etish bilan ish bitmaydi," degan edi bir suhbat asnosida adib.

Ayni kitobxonlik boshqa adiblar kabi Tohir Malikni ham o‘ylantirayotgan masala-lardan biridir.

"Kitobxonlik masalasi faqat yozuvchilarning tashvishi emas. Jamiyat tashvishi bo‘lishi kerak. Chunki ma‘naviy olam faqat va faqat kitob bilan boyiydi. Ma‘naviy qashshoq jamiyat olamaro yuksala olmaydi," deydi ijodkor.

Hozirda yoshlar kitob ( badiiy asar) o‘qimay qo‘yishdi degan yozg‘irishlar tez-tez takror-lanadigan bo‘lib qoldi. Xuddi ana shundan kelib chiqqan holda Tohir Malikning bu boradagi fikrni kengroq bilish maqsadida hurmatli adibga savol yo‘lladim:

-Agar Siz ham shunday deb hisoblasangiz, bunga kim aybdor yo bunga nimalar sabab bo‘lmoqda?

- Bugungi kitobxonlik masalasi faqat O‘zbekistonga xos emas, butun dunyo shu masala-ni yecholmay garang, desam adashmasman. Bizdagi bu kasallik bir oz og‘riqli bo‘lishining sababi – sovet davrida ham biz kitobxonlikda ancha orqada edik.

80-yillarda o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘sha zamonda Boltiq bo‘yidagi respublikalarda bitta bolaga yiliga 10-12 ta yangi kitob to‘g‘ri kelgan. Bizda esa, aksincha, 10-12 ta bolaga bitta yangi kitob nashri to‘g‘ri kelgan. Boltiqbo‘yidagi res-publikalarning aholisi, demak, bolalari ham kam bo‘lgan. Bizda esa maktab o‘quvchilari-ning o‘zi to‘rt-besh million atrofida edi. Demak, shunga yarasha kitob nashr qilish kerak edi.

Sovet hukumati bu masalalarni hal etishga uringan, avvalo bolalarga atalgan barcha narsalar qatori kitoblar ham tannarxidan arzonroq narxda sotilardi. Undan tashqari, kattalar kitobini nashr etuvchi nashriyotlarga ham bolalarga kitob chiqarish vazifasi topshirilgan edi.

Masalan, G‘afur G‘ulom nashriyotida maxsus bo‘lim ochilib, yiliga 20 nomda kitob chiqa-rilardi. Keyinchalik, "Yulduzcha" (hozirgi "Cho‘lpon") nashriyoti tashil etildi. Bu nashri-yot respublikaning ichki imkoniyatlari asosida tashkil etildi. Ya‘ni, Moskva o‘zbek bola-lari uchun chiqariladgan kitobga bir gramm ham qo‘shimcha qog‘oz ajratmagan. Aksincha, bu nashriyot o‘zini moddiy tomondan ta‘minlashi uchun "Kniga povishennogo sprosa" – talab katta bo‘lgan kitob, nomida rus tilida yuz minglab nusxada kitob chiqarib, butun itti-foqqa tarqatilardi.

Nashriyot tashkil bo‘lgach, 40-45 nomda yangi kitob chiqarishga harakat qilindi. Umumiy nusxasi 4-5 millionga borardi. Lekin uning taxminan 80-85 foizi chetga ketuvchi rus tilidagi kitoblar edi. Masalan, Seton-Tompson – uch yuz ming, Kollinz – besh yuz ming va h.k.z.

O‘zbek tilidagi she‘riy kitobcha esa besh ming, nasriy kitob o‘n besh ming atrofida bo‘lardi. Shunga ham shukr qilib yashayotuvdik, afsuski, endi bu ham yo‘q. "Cho‘lpon" nashri-yotining ahvoli – bor bilan yo‘qning orasida.

Endi bu kasallikni yuzaga keltiruvchi sabablar haqida: avvalo bolalar adabiyoti ham bor bilan yo‘qning orasida. Besh-o‘n bolalar shoiri qalam tebratib turibdi. Nasriy asar yozayotganlarning eng yoshi Anvar Obidjon – 67 yoshdalar. Xudoyberdi akaga (Xudoyberdi To‘xtaboyev – muallif) rahmat, yozib turibdilar. Yosh ijodkorlar orasida bolalarga nasriy asar yozadiganlar yo‘q darajada. Bolalar adabiyotini, kitobxonligini chirmab yot-gan kasallikdan davolamay turib, yuksak ma‘naviyat haqida gapirib bo‘lmaydi.

Hozir nashriyotlar sovet davrida tarjima qilingan jahon adabiyoti namunalarini lotin harflarida nashr etib, bolalarga taqdim etishyapti. Deylik, Jyul Vern – besh ming nusxada! Besh-olti million bolaga besh ming nusxada kitob chiqargan nashriyotga balli! Shu kitobni bir yilda ham sotolmayotgan kitob savdosiga yanada balli! Bolalar kitobxon-ligiga umuman e‘tibor bermaydigan maorif vazirligi, kollej, litseylarning mutasad-dilari va shunga o‘xshash tashkilotlarga ham balli-balli! Eng qizig‘i, ular yuksak minbar-lardan turib yoshlar tarbiyasi, ma‘naviyati haqida og‘iz ko‘pirtirib valdirashadi.

Men bolaligimda Chippolino, Gulliverlarni o‘qigan edim. Nabiralarim ham shunday. Yana necha avlod shunday bo‘lar ekan? Men jahon adabiyotiga qarshi emasman. Ular ham kerak. Lekin o‘zimizniki-chi? Biz bolalarni kitob o‘qimay, kompyuter, televizorga mix-lanib qolayotganini ko‘p gapiryapmiz. To‘g‘ri, shunday kasallik ham bor. Lekin bola aytsa-ki, "xo‘p, kompyuter o‘ynamayman, televizorga ham mixlanmayman, menga yangi kitob bering, o‘qiyman". Xo‘sh, bola shunday deyishga haqlimi va biz unga javob bera olamizmi? Yo‘q!

Kitobxonlik borasida ota-onalarda ham ayb bor. Oiladagi tarbiyada kitobxonlik degan tushuncha yo‘q. Chunki ota-onalarning 85-90 foizi kitob o‘qimaydi.

Ba‘zilar "kitob qimmat" degan bahonani qilishadi. Maktab o‘quvchilarining ko‘pida qo‘l telefoni bor, kitob unchalik qimmat emasdir? Kutubxonalarda tekin kitoblar ham bor-ku? Ikki-uch qavatli hashamatli uylarda yashovchilarga ham to‘rt-besh ming so‘mlik kitob qimmatlik qilarmikin?

Bahonalar... bahonalar... Bahona topishga ustamiz. Endi maktab, litsey, kollej, insti-tut, universitet o‘qituvchilari-chi? Shularning necha foizi kitobxon?

O‘zining darsligidan tashqari qo‘liga kitob ushlamaydigan ustozlar kammi? Fizika o‘qituvchisini kechirish mumkindir, lekin badiiy asar o‘qimaydigan adabiyot o‘qituvchisi-ni, kutubxona mudiri yoki xodimini, hatto kitob do‘koni sotuvchisini kechirish mumkin-mi?"

Iste‘dodli adib ko‘ngillarida bor tashvishni - ko‘plarni o‘ylantirayotgan muammolar-ni to‘kib soldilar. Bu satrlardagi bitta so‘zni olib tashlash nari tursin, hatto o‘zgar-tirishni ham o‘ylamadim.

"Kumush juda chiroyli qiz edi" yo hafsalasizlik

Iste‘dodli o‘zbek adibi, shoir va adabiyotshunos Ulug‘bek Hamdam aytganidek "O‘zbek millati - iste‘dodli millat. Shunday ekan, u hech qachon kuniga yaraydigan iste‘dodsiz qolmaydi."

Lekin hozirgi 20-30 yoshli ijodkorlar orasida o‘zbek adabiyoti yukini bemalol ko‘tarib, uzoq-uzoqlarga olib ketadiganlar bormikan?

Tohir Malikning bu savolga javobi ham keng va asosli bo‘lganini aytmoqchiman.

"Afsus, men bundaylarni ko‘rmayapman. Balki adashayotgandirman. Ilohim, adashgan bo‘lay, yoshlar orasida o‘ta qobiliyatlilari bordir. Bugun bo‘lmasa, ertaga maydonga chiqishini orzu qilaman.

Orzuning amalga oshishiga ishonaman, chunki, bobolardan qolgan boy meros egalari bugunmi yo ertagami yana dunyoni egallaydi.

Lekin... ayrim yoshlarimizning asarlarini o‘qib, o‘yga tolaman: yangi uslublarga inti-lish yaxshi, lekin avvalgilaridan yuz o‘girish yaxshi emas. Bugungi yoshlar, bilishimcha, to‘g‘-ridan to‘g‘ri kompyuterda yozadilar. Qayta-qayta tahrir qilish degan odat yo‘qqa o‘xshaydi.

Shundanmikin, asarlarda quruqlik seziladi. Tilda shira yo‘q. Qodiriy tili, Cho‘lpon tili degan tushunchalar yoshlarimizga begona. Agar bugungi yosh ijodkor "O‘tkan kunlar"ni yozsa, Kumushni "juda chiroyli qiz edi", deyish bilan cheklanardi. Yuzini yuvishi, suvdagi fitna bayoniga hafsala qilmas edi. "Kecha va kunduz"ni ham oddiygina qilib, "Yana bahor keldi", deb qo‘ya qolardi, qizlarning mayin qo‘llarida siqiluvchi o‘smaning bayoniga toqat-lari yetmasdi.

Kim qahramon: paxta ekayotganlarmi yo paxta sotayotganlarmi?

O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan keyin adabiyotda zamonaviy qahramonlar yaratish bora-sida bot-bot eslatilmokda. Zamonaviy qahramon kim bo‘lishi kerak? Mening navbatdagi bu savolimga ko‘pni ko‘rgan adib tomonidan berilgan javobni ham to‘laligacha keltirmoq-chiman:

"Shu masalani ilgari ham ko‘p gapirishardi. Dala lochinlari, zavod shunqorlarini yozishga da‘vat etilardi. Xo‘p, bugunning qahramonlari kimlar? Paxta ekayotganlarmi yo paxta sotib kuchayayotganlarmi? Qay birlari qahramon? Albatta dalada ter to‘kib, tuproq yalayotgan dehqon qahramon. Uning qozoniga go‘sht tushyaptimi yo yo‘qmi? Shularni yozsa, chiqaradigan azamat bormi?

Yana bir haqiqat borki, bugungi qahramon bugun badiiy adabiyotga ko‘chmaydi. Buning uchun vaqt kerak, bugun qahramon deyayotganimiz odam vaqt sinovidan ham o‘tishi kerak. O‘t-mish jamiyatdagi ahvolimizni unutmaylik. O‘sha zamon qahramonlari haqida yozilgan yuz-lab romanlar qani? Yana bir tomoni: bugungi qahramonlarni sahifalarga ko‘chiruvchi pub-litsistika janrlari bor. Bilishimcha, rasmiy matbuot sahifalaridagi maqolalar, ocherk-lar shu vazifani bajarish bilan band."

Qalbdagi kir satrlarga ko‘chadi

Men esa, adabiy davralarda, ijodkorlar suhbatlarida, kitobxonlar bilan uchrashuv-larda tez-tez yangrayotgan bir savolni berar ekanman, Tohir Malik fikri bilan qiziqa-man.

- Adabiyotshunoslar adabiy mahsullarga to‘g‘ri, atroflicha va xolis baho bera olishyap-timi? Yo "she‘r, hikoya… yozish qo‘lidan kelmaganidan so‘ng tanqidchiga aylanganlar" hali-gacha bormi?

- Tanqidchiga aylanayotganlar bormi-yo‘qmi, bilmayman. Lekin tanqidchi yo‘q, avval ham bo‘lmagan. Bizda "maqtovchilar" bor edi. Har bir guruhning o‘z maqtovchisi bor edi. Meni kechiring, hozirgi ahvoldan yaxshi xabardor emasman.

Tohir Malik inson, ayniqsa ijodkor inson uchun o‘ta qimmatli bo‘lgan vaqtning qad-riga yetadigan adib sifatida tanilgan. O‘zbekiston Xalq yozuvchisi unvoniga ega bo‘lgan bu insonni yaxshi bilganlar u hech qachon shon-shuhrat ketidan quvmagan deyishadi.

O‘rni kelganda Tohir Malikning vaqtida Mashrab Boboyev (joylari jannatdan bo‘l-sin) borasida aytgan fikrini keltirayin:

"Samarqand viloyatida bo‘lganimda Mashrab Boboyev ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazish taklifini aytganimda, "Uning unvoni bormidi?" deb so‘rashdi. Kishining g‘ashini keltiradigan savol. Unvon va nishon odamning tarixdagi o‘rnini belgilamaydi-ku? Lekin savol berilgan, men javob qaytarishim kerak edi. Shunda men dedimki: "Mash-rab Boboyevga unvonning eng zo‘ri berilgan, "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yaxshi odam" degan unvon sizni qoniqtiradimi?"

Men asosan iste‘dodli adib bilan qurilgan suhbatlarga asoslangan mazkur maqolani ijodkorning yana bir fikri bilan tugallamoqchiman:

"Yozuvchi to umrining oxirigacha vijdon va qalb pokligini saqlab qolishga erishishi shart. Ijodkor umrining oxirida shayton vasvasasiga uchsada, iymoni sustlashib, qalbi kirlanib qolgan holida to‘rt qator narsa yozsa, bari bir o‘sha kirlik shu satrlarga ko‘chadi. Chiroyli jumlalar bilan o‘quvchini aldash mumkin emas."

Maqolani tayyorlashda manba sifatida Tohir Malikning internet-sayti-dan ham foydalanildi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

бу ерга босингБош саҳифага қайтишFacebookTwitterGoogle+Чоп қилиш

Муҳаррир танлови

Осиё Ўйинлари: Ғалаба онлари

'Ўзбек ҳукумати четга чиққанлардан воз кечишга тайёр'Тинглаш

Гулнора Каримованинг вакили: 'Ўзбекистонда қонунлар ишламаяпти'

BBCUzbek веб-сайти ўзгарди

Ҳомид Карзайнинг ўтган 13 йиллик бошқарув даври суратларда

Бош прокуратура: 'Г.Каримова ишининг Оврўподаги текширувга алоқаси йўқ'

Мухолифатчи аёли: "Мени ўзбек фуқаролигидан чиқариб юборишибди"Тинглаш

Исломий партия: 'туҳмат' кампаниясидан азиятдамиз

Би-би-си Ўзбек хизмати Интернетда

Би-би-си Ўзбек Facebookда

LIKE

Би-би-си Ўзбек Twitterда



FOLLOW

Би-би-си Ўзбек YouTubeда

ОБУНА БЎЛИНГ

Би-би-си Ўзбек Мой мирда

LIKE

Бош саҳифаЎзбекистонМинтақаДунёМултимедиаСпортФан ва МаданиятМахсус лойиҳаLotindaافغانستان



Хизматлар

Бошқа Би-би-си сайтлариBBC RussianBBC AzeriBBC KyrgyzBBC TurkishBBC Tajik



BBC linklariMobil versiyasiFoydalanish shartlariBBC haqidaShaxsiy ma'lumot siyosatiSaytga kirish yordamiБи-би-си билан уланинг

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.
Download 50,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish