Cisco routerida statik marshrutlashni sozlash.
Axborot texnologiyalari soxasida ishlovchi, o‘zini xurmat qiluvchi har bir mutaxassis, albatta u tarmoq qurilmalari soxasida ishlasa, ularning turlari, ishlab chiqaruvchilari va qo‘llanilish sohasi xaqida batafsil bo‘lmasada, yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Tarmoq qurilmalari ishlab chiqaruvchi bir qancha firmalar mavjud: Cisco Systems, Juniper, 3com, HP, D-link va boshqalar. Ular ichida yaqqol yetakchisi albatta Cisco Systems hisoblanadi. Tarixsiz kelajak bo‘lmagani kabi, ushbu kompaniyaning ham o‘ziga yarasha kelib chiqish tarixi bor.
Cisco Systems, 1984 yili, AQSH’ning Stenford universitetida kompyuter texnikalariga qarab yuruvchi va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi er-xotin Leonard Bosak va Sandra Lerner tomonidan tashkil qilingan. Kompaniya tashkil etilgan davrda tarmoq qurilmalarini ishlab chiqaruvchi boshqa tashkilotlar ham bo‘lgan, ammo Leonard Bosak va Sandra Lernerlar yaratgan marshrutizatorlar turli xil protokollarda ishlovchi tarmoqlarni birlashtirish imkonini berar edi. Shu sabali ularning qurilmalari tez fursat ichida ko‘plab tashkilotlar tomonidan sotib olina boshladi.
Kompaniyaga nom tanlash jarayoni San Francisco (Kaliforniya) shaxri nomi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, shaharning oxirgi 2 bo‘g‘ini olingan. O‘sha paytda CISCO nomli firma mavjud bo‘lganligi sababli, ular kompaniya nomini kichkina cisco Systems deb nomlashga qaror qilishadi. Shu bilan birga yana bitta faraz borki, notarius xodimining noo‘rin harakati tufayli kompaniya nomidan oldingi harflar yirtilib tushib qoladi va cisco so‘zining o‘zi qoladi. Buni qandaydir belgi deb hisoblagan asoschilar, kompaniyani cisco Systems deb nomlaydilar.
Dastlab kompaniya, tarmoq marshrutizatorlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, keyinchalik IP – telefoniya, video konferensiya, korporativ telefoniya, tarmoq kommutatorlari va boshqalarni ishlab chiqara boshlaydi. 1996 yilda, StrataCom Inc firmasini sotib olish bilan u ATM qurilmalar bozoriga kirib boradi. 2003 yilda esa kichik biznes va uy foydalanuvchilari uchun tarmoq qurilmalari ishlab chiqaruvchi Linksys firmasini sotib oladi. 2009 yilda videkonferensiya soxasida yetakchi hisoblanadigan Tandberg firmasini 3.4 milliard dollarga sotib oladi. Bu esa Cisco Systems’ni ushbu sohada jahonda yetakchilikni qo‘lga olishiga yordam beradi. 2012 yilning dekabr oyiga kelib, ma’lumotlarni qayta ishlash yo‘nalishi bo‘yicha dasturiy ta’minotlar ishlab chiqaruvchi Cloupia firmasini o‘z ichiga qo‘shib olish jarayoni yakunlanadi.
Hozirgi kunda kompaniya raxbari Jon Chembers hisoblanadi. Cisco Systems ayni damda quyidagi qurilmalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgandir:
1.Marshrutizatorlar
2. Kommutatorlar
3. IP – telefoniya uchun mahsulotlar, qurilmalar
4. Tarmoq xavfsizligiga javob beruvchi qurilmalar
5. DSL qurilmalar
6. Wi-Fi qurilmalari
7. ATM qurilmalari
8. Universal shlyuzlar
9. Ma’lumot saqlash tarmoqlari kommutatorlari
10. Tarmoqni boshqarish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotlar va boshqalar;
1)Cisco dasturida tarmoq qurishning arxitekturasi quidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
2) Cisco dasturining Desktop bo‘limidan IP larni sozlashning 2 xil usuli mavjud. Ular DHCP va Statik. Biz static usulini tanlaymiz:
3) Quidagi IP adresni, tarmoq osti niqobini va asosiy shlyuz adresini kiritamiz:
4) Konfiguratsiya qismida DNS sozlashlarni amalga oshiramiz:
5) DNS serverga quidagi adresni kiritamiz:
6) Ulanishni ping berish yo‘li bilan tekshirib ko‘ramiz:
7) Sayt nomini brouzerga kiritamiz:
8)Portlar yo‘nalishi quidagicha sozlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |