Chust tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli



Download 438,09 Kb.
Sana22.07.2022
Hajmi438,09 Kb.
#835620
Bog'liq
57 maktab


Chust tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli
57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Logoped-o‘qituvchisi Xudoyberdiyeva Ozodaning
2021-2022 o‘quv yili davomida olib
borilgan ishlari bo‘yicha
HISOBOTI
Chust tuman XTB ga qarashli 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 26 oktyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2722 “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to‘g‘risidagi Nizom” ga muvofiq tashkil etilgan “Logopediya shaxobcha”si 2021-yil sentabrdan o‘z faoliyatini boshlagan.
Logopediya shoxobchasi uchun boshlang‘ich sinflarga yaqin joyda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablariga javob beradigan, umumiy maydoni 25 kv. metr xona ajratildi.
Logopediya shoxobchasida ta’minlanishi lozim bo‘lgan jihozlar bilan jihozlandi.
Yakka holda shug‘ullanish uchun deraza yoniga osilgan 50x100 sm. li devoriy ko‘zgu,elektr yoritqich (devoriy ko‘zgu uchun), o‘quvchilar soniga qarab 9x12 sm. li ko‘zgu, o‘quvchilar uchun parta, sinf doskasi, o‘qituvchi-logoped uchun stol, stul, ko‘rgazmali qurollar uchun shkaf, stul, logopedik zond, shpatel, kesma harf va bo‘g‘inlar jamlanmasi, devoriy harf kassasi, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini tekshirishda ishlatiladigan ko‘rgazmali materiallar, predmetli, mazmunli va seriyali ko‘rgazmali rasmlar, daftar va o‘quv qo‘llanmalar, turli maqsadda ishlatiladigan didaktik o‘yinchoqlar, metodik adabiyotlar bilan jihozlandi.



Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan o‘quvchilarni aniqlash va saralab olish uchun 2021 yil 11 sentabrdagi №8-sonli buyrug‘iga muvofiq ishchi guruh tuzildi.
Ishchi guruh kamida 5 nafardan iborat tarkibda quyidagicha tuzildi:


1. Niyozov X - ishchi guruh raisi, maktab direktori.
2. Xudoyberdiyeva A – ishchi guruh rais urinbosari, maktab psixologi.
3. Dorxonova X a'zosi, boshlang'ich sinf o'qituvchisi.
4. Mamadaliyeva N – a'zosi, maktab xamshirasi.
5.  Xudoyberdiyeva O – maktab o’qituvchi- logopedi.
Ishchi guruh tomonidan nuqsonlari aniqlangan o‘quvchilar ro‘yxati maktab direktori tomonidan tasdiqlandi va sentyabr oyining 24-sanasida xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish shahar bo‘limiga 41 nafar og‘zaki nutq nuqsoni va tovush talaffuzida kamchiliklari mavjud bo‘lgan o‘quvchilar aniqlandi taqdim qilindi.
O‘quv yili davomida og‘zaki nutq nuqsoni va tovush talaffuzida kamchiliklari mavjud bo‘lgan o‘quvchilar aniqlandi, ular ishchi guruh tomonidan Nizomda belgilangan tartibda logopediya shoxobchasiga qabul qilinadi.
O‘quv-korreksion mashg‘ulotlar guruhli va yakka tartibda, maktab rahbariyati bilan kelishilgan xolda jadval asosida darsdan tashqari vaqtda o‘tkazildi.
Guruhlarga nuqsonlari o‘xshash bo‘lgan bir xil yoshdagi o‘quvchilar qabul qilindi, va tovush talaffuzlarida kamchiliklari bo‘lgan 35 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan 3 ta guruh shakllantirildi.


Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan namunaviy yillik ish reja asosida yillik shaxsiy ish reja, o‘quv yiliga taqvimiy-mavzuiy reja, mashg‘ulotlar jadvali ishlab chiqildi va tasdiqlash uchun maktab pedagogik kengashiga taqdim etildi.
Nutqiy rivojlanishida muammolari bo‘lgan o‘quvchilarning artikulyasion a’zolarini, nutq nuqsonlarini tekshirish natijasiga ko‘ra nutq xaritasi va sinf jurnali yuritildi. O‘quvchilarning fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishlariga to‘sqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish, ulardagi mavjud nutq nuqsonining turini va ifodalanish darajasini aniqlash uchun mashg‘ulotlar o‘tkazildi, va kundalik mashg‘ulotlar ishlanmasi tayyorlandi, guruhli va yakka tartibda mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali artikulyasion organlardagi nuqsonlar to‘g‘rilandi, nutq nuqsonlari natijasida kelib chiqqan psixik buzilishlar korreksiyalandi;




Maktab o‘qituvchilari va ota-onalariga nutqiy rivojlanishida muammolari bo‘lgan o‘quvchilarga yordam ko‘rsatishning maxsus usullarini qo‘llash bo‘yicha maslahatlar berib borildi.
O‘z kasbiy malakamni muntazam ravishda oshirib borish uchun uslubiy birlashmalar faoliyatida va boshqa metodik ishlarda faol ishtirok etdim.
O‘quvchilarning guruhlarga qatnashish davomatini qayd etib borish uchun sinf jurnali yuritildi hamda har bir guruhga maxsus sahifalar ajratiladi.
YAkka tartibdagi mashg‘ulotlar olib boriladigan o‘quvchilar uchun sinf jurnalida alohida sahifalar ajratildi hamda ular ham guruhli mashg‘ulotlar kabi to‘ldirildi.






I-chorak yakuni bo‘yicha 4 noyabrda hisobot tayyorlandi. I-chorak mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar logopedik mashg‘ulotlarga moslashtirildi.
II-chorak yakuni bo‘yicha 27 dekabrda ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi, yig‘ilishda logopedik shahobcha faoliyati , xonalarning jihozlanganligi, o‘quvchilarning mashg‘ulotga qatnashishi kabi masalalar ko‘rib chiqildi va 2 nafar sog‘lomlashgan o‘quvchilar guruhdan chiqarildi va navbatda turgan o‘quvchilar guruhlarga qabul qilindi.
COVID-19 pandemiyasi sababli III-chorak mashg‘ulotlari onlayn tarzda berib borildi. 24-yanvardan an’anaviy mashg’ulotlar boshlandi va o’quvchilar bilan korreksion ishlar olib borildi.

Chust tuman XTBga qarashli 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2022 yil 3 mart kuni “Milliy o‘quv dasturini va o‘quv metodik majmualarini 2021-2022 o‘quv yilida 1-2- sinflarda sifatli joriy etish”, “Ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishning yangi tartibi” mavzularida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda barcha metod birlashmalar o‘z ko‘rgazmalri va ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi, shu jumladan logopedlar ham.




III-chorak yakuni bo‘yicha 18 martda ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va sog‘lomlashganligi aniqlangan 2 nafar o‘quvchi guruhdan chiqarildi va hisobot tayyorlandi.
IV-chorak yakuni bo‘yicha 25 mayda ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va sog‘lomlashganligi aniqlangan 15 nafar o‘quvchi guruhdan chiqarildi va ishchi guruh tomonidan o‘quvchilar o‘rganilib keyingi o‘quv yilida mashg‘ulotlarga qatnashish uchun 25 nafar o‘quvchilar qoldirildi va hisobot tayyorlandi. Ushbu hisobotga 2022 yil sentyabr oyida o‘quvchilarni qayta tekshirish natijasida o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.



57-maktab logoped-o‘qituvchisi: Xudoyberdiyeva Ozoda
Download 438,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish