Choy va choy ichimliklari



Download 19.62 Kb.
Sana27.04.2020
Hajmi19.62 Kb.

Aim.uz

Choy va choy ichimliklari


Choy. Choy yoqimli ta’mi va xushbo‘yligi, shuningdek, sog‘lomlashtiruvchi hamda parhez xususiyatlari tufayli juda keng tarqalgan ichimlik hisoblanadi. Choyning sifati ko‘k choy bargining ximiyaviy tarkibiga bog‘liq. Ko‘k choy bargi tarkibida: choyga ta’m, rang va shira beradigan dubil moddalari; asab tizimini ko‘zg‘atuvchi ko­fein; choyga yoqimli, xushbo‘y hid beradigan efir moyi bo‘ladi. shuningdek, choy bargi tarkibida oqsillar, uglevodlar, kislotalar, pektin va mineral moddalar, vitaminlar va fermentlar bor. Tayyor choyning sifatiga, shuningdek, ko‘k bargga ishlov berish usuli ham ta’sir qiladi. Ishlov berish usuliga ko‘ra bayxa (sochma) va presslangan choy (taxta choy va tosh choy) larga bo‘linadi. Rangiga ko‘ra choy famil hamda ko‘k; o‘stirilgan joyiga ko‘ra- gruzin, ozarbayjon, krasnodar, hind, tseylon choyi va boshqa turlarga bo‘linadi.

Bayxali famil choy o‘simlikning uchidagi yosh, rivojlanmagan barglari (fleshlar) dan tayyorlanadi. Terib olingan barglar sifatiga qarab, navlarga ajratiladi, so‘litiladi, buraladi, fermentatsiya qilinadi va quritiladi. So‘litish jarayonida xlorofill qisman buziladi, kraxmal va oqsil parchalana, dubil moddalari nordonlasha boshlaydn. Buralgan barg shama shakliga kiradi, bunda barg xujayralari buziladi, ulardan shira ajralib, bo‘tun bargni ho‘llaydi. Fer­mentatsiya nisbiy namligi yuqori bo‘lgan issiq xonada o‘tkaziladi.

Fermentatsiya vaqtida buralgan choy barglarida choyni xushbo‘y qiluvchi efir moyi hosil bo‘ladi; dubil moddalarining miqdori kamayadi; xlorofillning buzilishi natijasida bargning rangi o‘zgaradi (qizg‘ish-jigar rangga o‘ta boshlaydi). Quritilgandan keyin shamalar qora rangga kiradi. Choyning ta’mi, xushbo‘yligi, achchiqligi va shirasi xuddi shu fermentatsiya jarayoniga bog‘liqdir. Bayxali famil choy - eng ko‘p tarqalgan choydir; u yaxshi ta’mli va xushbo‘y bo‘lib, damlaganda tilla-jigar rangli achchiq rang beradi.



Bayxali ko‘k choy bayxali famil choy xom ashyosidan tayyorla­nadi, ammo tayyorlash jarayonida choy bargi so‘litilmaydi va fermentatsiya qilinmaydi. Buning o‘rniga choy bargi bug‘latiladi. Bayxali ko‘k choy damlamasining rangi och-sariq, ta’mi nordon va anquvchan hidli bo‘ladi.

Choy ichimliklari. Choy ichimliklari ba’zi mevalar, rezavorlar va o‘simliklarning quritilgan barglaridan tayyorlanadi. Quritilgan, qovurilgan hamda patoka va qand sharbati bilan to‘yintirilgan meva va rezavorlar har xil (malina, qulupnay, limon) essentsiyalari bilan xushbo‘ylantiriladi, damlama­sining intensivligini oshirish uchun unga tsikoriy qo‘shiladi.

Choy quruq, toza, yaxshi shamollatib turiladigan, havosining nisbiy namligi 70 - 75% dan oshmagan xonalarda saqlanadi. Garantiyali saqlanish muddati choyning fabrikadan chiqqan vaqtidan boshlab- 6 oy. shu muddat o‘tgandan keyin kelgusi saqlash muddati yoqi darhol sotilishi kerakligi belgilanishi kerak. Choy ichimliklari 100, 150, 200, 250 v a 300 g dan qog‘oz pachka­larga joylanadi. Ular ham tabiiy choy kabi saqlanadi.




Aim.uz


Download 19.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat