Chirchiq davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi Razzoqova Go’zal Qodirovnaning



Download 21,62 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi21,62 Kb.
#903336
Bog'liq
1.Taqriz (M.Fayzullayeva)


Chirchiq davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi Razzoqova Go’zal Qodirovnaning 07.00.07-Etnografiya etnologiya va antropologiya ixtisosligi bo‘yicha “Mustaqillik yillarida Xorazm vohasi xalfachiligi” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasiga
Taqriz
Ilmiy ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslangan, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi ko‘rsatilgan, mavzuning o‘rganilganlik darajasi, dissertatsiya bajarilayotgan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasasining ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ob’ekti va predmeti belgilangan. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, ilmiy ishning tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Xorazm xalfachilik an’analarini folklorshunos va etnografiyada qiyosiy o’rganish masalalari va muammo tarixshunosligi” deb nomlangan. Ushbu bobda folklorshunoslik va etnografiyada xalfachilik an’analarini qiyosiy o‘rganish masalalari Xorazm vohasi xalfachiligi tarixiga oid ma’lumotlar ma’lumotlar arxiv manbalari va adabiyotlar asosida tahlil qilingan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “ Mustaqillik yillarida voha aholisi ijtimoiy madaniy hayotida xalfachilikning tutgan o’rni, o’ziga xos xususiyatlari va undagi o’zgarishlar ” deb nomlanadi. Bu bobda Xorazm xalfachiligining turlari, o‘ziga xos lokal xususiyatlari va undagi o‘zgarishlar, voha aholisi ijtimoiy-madaniy hayotida faoliyat olib borgan mashhur xalfalar hamda musiqa san’atini rivojlanish jarayonida musiqa san’atini nazariy va amalaiy taraqqiyotini dastlab o‘rganishga xizmat qilgan qadimgi manbalar, tarixiy-badiiy asarlar, ularni mualliflarining amalga oshirgan ishlarining natijalari ilmiy tahlil etilgan.
Dissertatsiyaning uchunchi bobi “Xalfachilik bilan bog’liq an’ana, urf-odat va marosimlar” deb nomlanadi. Bu bobda voha xalfachiligida ustoz‑shogird an’analari, voha to‘y marosimlarida xalfachilikning tutgan o‘rni, voha aholisi dafn marosimlarida xalfalar ishtiroki va ularning funksional ahamiyati manbalar asosida yoritigan.
Dissertatsiyaning uchunchi bobi “Xalfachilik bilan bog’liq an’ana, urf-odat va marosimlar” deb nomlanadi. Bu bobda voha xalfachiligida ustoz‑shogird an’analari, voha to‘y marosimlarida xalfachilikning tutgan o‘rni, voha aholisi dafn marosimlarida xalfalar ishtiroki va ularning funksional ahamiyati manbalar asosida yoritigan.
Dissertant voqelikka xolisona yondoshgan va tizimlilik tarzida bayon qilgan, qo‘yilgan muammo o‘z yechimini topgan.
Dissertant xulosada yuqoridagi uchala bobdan kelib chiqib, o‘zining yakuniy fikr-muloxazalarini bera olgan.
Tadqiqot ishini yozish davomida dissertant tomonidan quyidagi yutuqlarga erishilgan:
1. Har bir bob so‘nggida tadqiqotchining xulosalari keltirilgan bo‘lib, yakunida ular yagona dissertatsion xulosani shakllantirishga xizmat qilgan;
2. Dissertatsiyaning nazariy-metodologik qismi to‘ldirilib, qayta ishlangan, tadqiqot ishida bevosita ishlatilgan metodlar va ularning foydalanish o‘rni to‘liq ochib berilgan;
3. Tarixshunoslik qismida xronologik-muammoviy yondashuv asosida adabiyotlar tahlilga tortilgan;
4. Dissertant tomonidan yangi lokal atamalar, urf-odat va marosimlarga oid qiziqarli va foydali ma’lumotlar ilmiy muomalaga olib kirilgan.
Dissertant ko‘plab yutuqlarga erishish bilan bir katorda, ayrim xato va kamchiliklarga ham yo‘l qo‘ygan:
1.2. paragraf xulosani kuchaytirish, publitsistik gaplardan qochish, ilmiylikka urg‘u berish kerak, 1.3. Mavzu tarixshunosligini qaytadan ko‘rib chiqish kerak,
Birinchi bob xulosasini kuchaytirish kerak.
Ikkinchi bob nomlanishi (tahrir) qayta ko’rib chiqilsa yaxshi bo’lardi,
2 bob, 1 paragraf xulosani kuchaytirish (publitsistikadan qochish kerak) zarur,
2 bob 2 paragraf (snoska qo‘yish kerak bo‘lgan joylar, publitsistika, xulosa kuchaytirish kerak), Ikkinchi bob xulosani kuchaytirish kerak.
3.1. mavzuni tahrir qilish kerak, dala materiallari kam, 3.2. snoskalarni rasmiylashtirishda bir xillikka ahamiyat bering, 3.3. kirish kerak, (snoska Turkestanskiy sbornik?), dala materiallari yetarli emas, ko‘p joylarda snoska qo‘yilishi kerak bo‘lgan joylar bor, xulosani kengaytirish kerak.Uchinchi bob xulosani kuchaytirish kerak, ya’ni 3 ta paragrafdan kelib chiqib yozish kerak.
Xulosa qismi har bir bobdan kelib chiqib xulosalansa yaxshi bo‘lar edi.
Taklif va tavsiyalar ham 4 ta bo‘lsa yaxshi bo‘lar edi.
Juz’iy kamchiliklar, orfografik xatolar, snoska qo‘yilmagan joylar, snoskalarda xatoliklar mavjud.
Dala materiali ko‘proq bo‘lsa yaxshi bo‘lar edi (dissertatsiyani ilmiylashtirish kerak, ko‘proq dala materiallari va manbalardan foydalanib, ilmiy muomalaga olib kirish kerak). Paragraflar va boblar o‘rtasida nomutanosiblik bor.
Biroq, bu kamchiliklar va takliflarni tezda bartaraf etish mumkin. Ko‘rsatilgan kamchiliklar ishning ilmiy saviyasi va ahamiyatiga ta’sir etmaydi.
Xulosa sifatida shuni aytish joizki, ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so’ng Razzoqova Go’zal Qodirovna tomonidan “Mustaqillik yillarida Xorazm vohasi xalfachiligi” mavzusidagi (ixtisosligi: 07.00.07-Etnografiya etnologiya va antropologiya) tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi talablari asosida bajarilgan. Mazkur dissertatsiyani Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi (PhD) 03/30.12.2019. Tar.78.02 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarga tavsiya etaman.
Taqrizchi: t.f.n., dotsent M.X.Fayzullayeva
Download 21,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish