Ammamning buzog‘i – landovur, lapashang (Ammamning buzog‘iday)
Anqoning tuxumi – topilishi qiyin, kamyob(Anqoning urug‘i)
Aravani quruq olib qochmoq – Uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtanmoq (aravani olib qochmoq; olib qochmoq; quruq aravani olib qochmoq)
Bir kesak bilan ikki quyonni urmoq – Ayni bir vaqtda ikki narsani ko‘zlab ish tutmoq (bir kesak bilan ikki qushni urmoq; bir kesak bilan ikki qarg‘ani urmoq; bir o‘q bilan ikki quyonni urmoq; bir o‘q bilan ikki qushni urmoq; bir o‘q bilan ikki nishonni urmoq.)
Bir cho‘qishda qochirmoq – Juda ustun chiqmoq, osonlikcha yengmoq.
Burgaga achchiq qilib ko‘rpani kurdirmoq – arzimagan narsani deb jahl ustida nojo‘ya, zarali ishni ishni qilib qo‘ymoq(burgaga achchiq qilib ko‘rpaga o‘t qo‘ymoq)
“Gah” deganda qo‘lga qo‘nadigan qilib olmoq – juda itoatkor qilib olmoq
Dumi xurjunda – o‘lda-jo‘lda, tumtoq, chatoq.
Dumini tugmoq – yo‘q qilmoq
Yer tagida ilon qimirlasa, bilmoq – nihoyatdaziyrak, sezgir (Yer ostida ilon qimirlasa, bilmoq; Yerning tagida ilon qimirlasa, bilmoq; Yer tagida ilon qimirlaganini bilmoq; Yerning tagida ilon qimirlasa, bilmoq; Yer tagida ilon qimirlasa, sezmoq; Yer ostida ilon qimirlasa, bilmoq)
Ignadek …ni tuyadek qilmoq – mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubormoq.
Ilonning yog‘ini yalagan – juda ayyor, mug‘ambir, quv
Ilon po‘st tashlaydi – chiday olmaslik, toqat qilib tura olmaslik.(ilon po‘st tashlaydigan; po‘st tashlatadigan).
Ichini mushuk tatalayapti – yashirin holda ruhan bezovtalanmoq (ichini ola mushuk tirnayapti; ichini it tatalayapti; ichini it tirnadi; ichini bir nima/nimadir tirnayboshladi).
Ishi bitdi, eshagi loydan o‘tdi – maqsadi amalga oshgach, aloqa va muomalani yig‘ishtirmoq (Ishi bitib, eshak loydan o‘tgandan keyin; ishi bitguncha, eshak loydan o‘tguncha).
Kapalagi uchdi – qattiq cho‘chish bilan qo‘rqmoq (kapalagini uchirmoq).
Mushugini “pisht” demaslik. Hech qanday ozor yetkazmaslik (mushugini “pisht” deb bo‘ladimi?; mushugini “pisht” desa).
Nonini tuya qilmoq – bo‘sh-bayovligidan foydalanib, aldab-suldab haqqini o‘zlashtirmoq.(Tuya qilmoq)
Ot bilan tuyacha – juda katta.
Otdan tushsa ham, egardan tushmaslik. Mavqeyini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutmoq. (otdan tushsa ham, egardan tushmaslik; egardan tushmoq)
Og‘ziga qatiq ivitmoq – mutlaqo gapirmaslik, suhbatda mutlaqo qatnashmaslik.
Og‘zidan bol tomadi – shirinsuxan bo‘lmoq.
Pashshadan fil yasamoq – mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubormoq.
Pashsha qo‘riqmoq – Foydali, ko‘zga ko‘rinadigan ish bilan shug‘ullanmaslik, vaqtini befoyda o‘tkazmoq.
Podadan oldin chang chiqarmoq – Ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan ilgari gapirib yubormoq.(podadan avval chang chiqarmoq)
Sichqonning ini ming tanga bo‘ldi – qochib qutilgani joy topolmay qolmoq(sichqonning inini ming tanga qilib yubormoq)
Tumshug‘ini suqmoq - kirmoq
Tuya ko‘rdingmi – yo‘q – o‘zini ko‘rmaganga, bilmaganga chiqarmoq. (Oq tuya ko‘rdingmi – yo‘q, ko‘k tuya ko‘rdingmi – yo‘q).
Qushday yengil tortmoq – ruhiy azoblanishi tarqadi
Qo‘yi mingga yetdi – behad sevinmoq, xursandligi tufayli lab-lunjini yig‘ishtirib ololmaslik.
Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan – Nihoyat darajadabeozor, mo‘min.
Chumchuq “pirr” etsa, yuragi “shir” etadi – o‘ta ketgan qo‘rqoq
Do'stlaringiz bilan baham: |