BUYUK BIZNESSMENLAR HAYOTI VA IJODI
Ilon Mask
U dasturlashni 10 yoshida o‘rgangan, 12 yoshida esa o‘zi yaratgan Blast Star o‘yinini 500 dollarga sotgan. Mask 1995-yilda birinchi kompaniyasi — Zip2 startapini ishga tushirdi, u yangiliklar nashrlariga kontentni internetga joylash imkonini berardi.
1999-yilda startapni Compaq tashkiloti 304 million dollarga xarid qildi, Ilon Maskka shuning 20 millioni tegdi va 28 yoshida u millionerga aylandi.
Stiv Jobs
U 12 yoshida Hewlett-Packard kompaniyasida yozgi ishga qabul qilindi va u yerda Stiven Voznyak bilan tanishdi. 16 yoshida esa Kapitan Kranch ismli mashhur xaker bilan uchrashdi. Undan maslahatlar olib, Voznyak dunyo bo‘yicha bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beruvchi “Ko‘k quti”ni yaratdi, Jobs esa uni sotish bilan shug‘ullandi.
1972-yilda Jobs Oregon shtati Portlend shahridagi Rid kollejiga o‘qishga kirdi, ammo birinchi semestrdan keyinoq, o‘qishni tashlab, kampusda bekorchi bo‘lib yurdi. Keyinroq u Atari firmasiga ishga kirib, Hindistonga borish uchun pul ishlab topdi, qaytib kelganidan so‘ng, Voznyak unga birinchi shaxsiy kompyuter prototipini ko‘rsatguniga qadar o‘sha firmada ishladi.
Erik Shmidt
Google rahbari 21 yoshida Prinston universitetida elektrotexnika bo‘yicha bakalavr darajasini oldi, 24 yoshida esa Kaliforniyaning Berkli universiteti kompyuter tarmoqlari bo‘yicha magistr darajasiga erishdi. So‘ng Xerox kompaniyasiga ishga kirdi.
1982-yilda Shmidt kompyuter fanlari doktori darajasi uchun dissertatsiya yoqladi. Google’ga rahbar bo‘lguniga qadar Sun korporatsiyasi, Siebel Systems va Novell’da ishlagan.
Larri Ellison
Bo‘lajak tadbirkor maktabda yaxshi o‘qib, universitetga kirgan, biroq u yerdan haydalgach, Ellison dasturlashga qiziqa boshladi va bir nechta kompyuter klublariga a’zo bo‘ldi.
25 yoshida uni Amtex firmasiga olishdi, u yerda Oracle nomi ostidagi Markaziy razvedka boshqarmasi uchun mo‘ljallangan ko‘p funksiyali ma’lumotlar bazasini yaratdi.
Mark Sukerberg
Maktab davrlaridayoq u bir nechta kichik dasturlarni yozgan. Masalan, Synapse “aqlli” mp3-pleyeri foydalanuvchining qiziqishlaridan kelib chiqib, pleylistlarni mustaqil yarata olardi. Microsoft uni sotib olish istagini bildirdi, ammo Sukerberg rad javobi berdi.
Universitetda u o‘zini to‘liq dasturlashga bag‘ishladi, imtihonlarga tayyorlanishda ham Sukerberg o‘z mahoratlaridan foydalandi. Masalan, san’at tarixi bo‘yicha yakuniy testga ikki kun qoganida u sayt yaratib, uning har bir sahifasiga bittadan kartina qo‘yib chiqdi va kursdoshlaridan ushbu san’at asarlari haqidagi fikrlarini so‘radi. Yozilgan izohlar Markka imtihonni a’loga topshirishga yordam berdi.
Bill Geyts
Nufuzli maktabda o‘qigan Geyts yettinchi sinfda matematikaga mehr qo‘ydi. 1968-yilda uning maktabi kompyuter sotib olgach, u dasturlashga kirishdi, u odamga mashinaga qarshi o‘ynash imkonini beruvchi simulyatorni yaratdi. 1971-yilda Geytsni Information Sciences kompaniyasi to‘lov vedomostlarini tuzadigan dasturni yozish uchun ishga oldi.
17 yoshida Bonnevil to‘g‘oni energiyasini taqsimlash bo‘yicha dasturiy paket yozish taklifini qo‘lga kiritdi. Ushbu loyiha ustida bir yil ishlab, u 30 ming dollar ishlab topdi.
1973-yilda Bill Garvard universitetiga kirdi. 1974-yilda Altair kompyuterini yaratgan MITS kompaniyasiga yangi Basic dasturlash tilini taklif qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |