Mavzu: Shart operatori.
Reja:
Buyruqlar bajarilish ketma-ketligi.
if - shart amali (operatori).
Buyruqlar bajarilish ketma-ketligi.
Bizning shu vaqtgacha ko'rgan misollarimizda buyruqlar doimo Python tomonidan qat'iy yuqoridan pastga qarab, ketma-ket bajarilgan. Agar bizda buyruqlar bajarilish ketma-ketligini o'zgartirish ehtiyoji bo'lsa, u holda nima qilamiz? Misol uchun, dastur vaziyatga qarab ma'lum bir yechim qabul qilishi kerak. Aytaylik, kunning vaqtiga qarab "xayrli tong" yoki "xayrli kech" so'zlarini ekranga chop etadi.
Bunday hollarda buyruqlar ketma-ketligini boshqaruvchi operatorlar qo'l keladi. Pythonda buyruqlar ketma-ketligini boshqaruvchi uchta operator mavjud. Bular if, for va while.
if operatori
if operatori shartni tekshirish uchun ishlatiladi: agar shart to'g'ri bo'lsa, birinchi ifodalar bloki bajariladi (bu blok "if — blok" deb nomlanadi), aks xolda keyingi ifodalar bloki bajariladi (bu blok "else — blok" deb nomlanadi). "else" blokining bo'lishi majburiy emas.
Misol: (if.py nomi bilan saqlang)
number = 23
guess = int(input("Butun son kiriting : "))
if guess == number:
print("Tabriklayman, siz topdingiz,")
# Bu yerda yangi blok boshlanadi
print("(ammo xech qanday sovg'a yutmadingiz!)")
# Bu yerda yangi blok tugaydi
elif guess < number:
print("Yo'q, o'ylangan son kiritilgan sondan kattaroq.")
# Yana bir blok
# Blok ichida nima xoxlasangiz bajarishingiz mumkin ...
else:
print("Yo'q, o'ylangan son kiritilgan sondan kichikroq.")
# Bu blokka tushish uchun kiritilgan guess soni oldindan o'ylangan
#number sonidan katta bo'lishi kerak
print("Tamom.")
# Bu oxirgi ifoda doimo yuqoridagi ifodalardan so'ng bajariladi.
Natija:
$ python if.py
Butun son kiriting : 50
Yo'q, o'ylangan son kiritilgan sondan kichikroq.
Tamom.
$ python if.py
Butun son kiriting : 22
Yo'q, o'ylangan son kiritilgan sondan kattaroq.
Tamom.
$ python if.py
Butun son kiriting : 23
Tabriklayman, siz topdingiz,
(ammo xech qanday sovg'a yutmadingiz!)
Tamom.
Python dasturlash tili odatiy matematik mantiqiy amallarni qo'llab quvvatlaydi. demak bo'lar quyidagilar.
Teng: a == b
Teng emas: a! = B
Kamroq: a Kichik yoki teng: a <= b
Katta: a> b
Katta yoki teng: a> = b
Yuqorida keltirilgan shartlarni bir necha xil ko'rinishda bir shart ichida keltirib o'tsangiz bo'ladi. Quyidagi ko'rinishda If shart amaliga misol keltirib o'taman.
a = 13
b = 15
if b > a:
print("b son a dan katta")
Yuqorida keltirilgan misolni tasnifi quyidagicha a va b o'zharuvchilar if amalini bajarish uchun kerakli bir qismi hisoblanadi. Shart bajarish jarayonida a bilan b ni solishtiradi agarda b soni a dan katta bo'lsa shart bajarilib ekranga b son a dan katta so'zi chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |