Reja: - Farmoyish hujjatlari
- Farmoyish hujjatlari namunalari
- Boshqaruv tizimi
Farmoyish hujjatlari Ma’lum bir tashkilot, muassasa yoki korxona oldida turgan asosiy vazifa va kundalik masalalarni hal etish, bajarish maqsadida qabul qilinadigan hujjatlar farmoyish hujjatlari deyiladi. Rasmiy faoliyatda farmoyish hujjatlarning buyruq, farmoyish, ko‘rsatma, topshiriq kabi turlari keng qo‘llaniladi. Boshqaruv tizimi - Farmoyish hujjatlari boshqaruv tizimi bo‘yicha yuqoridan quyiga: boshqaruvchi organdan boshqariladigan organga, tashkilot rahbaridan tarkibiy tuzilmalar va xodimlarga yo‘llanadigan qarorlarni o‘z ichiga oladi.
- Buyruq – muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llanadigan hujjat bo‘lib, muassasa rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi muovin tomonidan imzolanadi.
Qo‘llanish mohiyatiga ko‘ra buyruqlar ikki turga bo‘linadi:
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar.
Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid yoki individual buyruqlar.
Ma’lumot-axborot hujjatlari - Ma’lumot-axborot hujjatlari muayyan qarorlarni qabul qilishga undaydigan ma’lumotlarni yetkazadi. Ma’lumot-axborot hujjatlari idoraviy hujjatlarning katta guruhini tashkil qiladi. Ularning xususiyati shundaki, hujjatlar boshqaruv tizimida quyidan yuqoriga: xodimdan bo‘lim rahbariga, bo‘lim rahbaridan muassasa rahbariga, quyi tashkilotdan yuqori tashkilotga qarab harakatlanadi.
- Ma’lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirgi, dalolatnoma, e’lon, faksogramma,hisobot, ishonchnoma, ma’lumotnoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tavsifnoma, tavsiyanoma, tushuntirish xati ba boshqalar kiradi.
Tarjimayi hol - Tarjimayi hol– ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati bayon qilingan hujjat. Tarjimayi hol bir xil andozada yozilishi shart emas. U muallif tomonidan mustaqil, erkin (ixtiyoriy) shaklda tuzilsa-da, biroq unda ayrim rekvizitlarning bo‘lishi shart.
- Hujjat matni “men” so‘zi bilan boshlanadi. Tarjimayi holda o‘tgan va hozirgi zamon fe’llari ishlatiladi.Unda dastlab Tarjimayi hol deb yoziladi, keyin muallifning ismi, familiyasi va otasining ismi to‘liq ko‘rsatiladi, tug‘ilgan yili, kuni, oyi va joyi ham aniq yoziladi. Ota-onalar haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Shundan so‘ng qayerlarda, nima ishlar qilinganligi to‘g‘risida batafsil, yilma-yil yoziladi, oilaviy ahvoli va turar joyi haqida ma’lumot beriladi. Oxirida yozilgan sana ko‘rsatilib, imzo chekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |