O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“Iqtisodiyot(tarmoqlar)” yo’nalishi bo’yicha kunduzgi bo’lim 3-1IQT-19 guruhi talabasi
Rajabova Dilbarning malakaviy amaliyot bo’yicha
HISOBOTI
Amaliyot boshlanishi: 29.06.2020
Amaliyot tugashi: 01.08.2020
Amaliyot o’tagan joy: Statistika boshqarmasi
Universitetdagi ilmiy rahbar:
Oripov M. A.
MUNDARIJA
Kirish……………………………………….
1 Statistika boshqarmasi faoliyati……………………………………
2Statistika boshqarmasi bo’limlari va ularnig faoliyati…………………………………..
3Statistika boshqarmasi
Xulosa……………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar……....
Ilovalar…………………………………..
Kirish
Statistika (lotincha: status – “vaziyat”) ma’lumot yig’ish, tartiblash, tahlillash, sharhlash va ko’rsatishga bag’ishlangan matematika sohasidir.Bunga statistik tadqiqot va tajriba ham kiradi.
Statistikaning asosiy bo’limlari:
Statistikaning ummumiy nazariyasi – miqdoriy tahlilning umumiy tamoyillari va usullarini o’rganadi;
Iqtisodiy statistika – xalq xo’jaligi ko’rsatkichlari tizimini, uning tarkibini, nisbatlarini, sekterlararo , tarmoqlararo aloqalar va boshqalarni o’rganadi;
Iqtisodiyot tarmoqlari statistikasi – sanoat , qishloq xo’jaligi , qurilish , transport , aloqa statistikasiga bo’linadi;
Ijtimoiy statistika – aholi turmush tarzini tavsiflaydigan ko’rsatkichlar tizimini va ijtimoiy hayotning turli masalalarini o’rganadi va h.k.Ularning asosiy vazifasi xalq xo’jaligi tarmoqlaridagi, jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tavsiflaydigan ko’rsatkichlar tizimini o’rganish va ishonchli, ilmiy asoslangan ma’lumotlarni aks ettirishdan iborat.Bu vazifalarni bajarish uchun statistikada yalpi statistik kuzatish , hodisalarning o’ziga xos tomonlari, xususiyatlari va ular o’rtasidagi aloqalarni aks ettiradigan ko’rsatkichlar tizimlari, statistik guruhlash natijalari bo’lgan yig’ma va kombinatsiyalashgan jadvallar kabi vosita usullar ishlab chiqilgan va amaliyotda qo’llaniladi.
Amaliyot ishining maqsadi
Statistika boshqarmasi bilan tanishish , uning faoliyatini o’rganish, tahrirlash va vazifalarini chuqur o’rganish.
Malakaviy amaliyot ishining vazifalari
Statistika boshqarmasining boshqaruv tizimini o’rganish
Statistika boshqarmasi bo’limlarining faoliyatini o’rganish va tahlil qilish
Statistika boshqarmasi ish faoliyatining yutuq va kamchiliklarini tahrir qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |