Buxoro amirligi. Madaniy hayot. Ijtimoiy hayot, hunarmandchilik va savdo rivoji. O‘sha davr tarixi Ahmad Donish asarlarida



Download 41,77 Kb.
bet1/4
Sana13.07.2022
Hajmi41,77 Kb.
#789530
  1   2   3   4
Bog'liq
Buxoro amirligida xunarmandchilik


Buxoro amirligida xunarmandchilik,savdo, tijorat ishlari.
Reja.

  1. Buxoro amirligi. Madaniy hayot.

  2. Ijtimoiy hayot, hunarmandchilik va savdo rivoji.

  3. O‘sha davr tarixi Ahmad Donish asarlarida.


Kirish.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixi har tomonlama xolis va ilmiy yoritila boshlandi. Ayniqsa, o‘zbek davlatchiligi tarixi va uning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyoti jarayonlarida tutgan o‘rnini yoritishga kata e’tibor berilmoqda. Shubhasiz, o‘zbek davlatchiligi an’analarining shakllanishida va taraqqiy etishida muhim o‘rin tutgan davrlardan biri o‘zbek xonliklari davri hisoblanadi. Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat ularning roʼy berishidagi asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi. Bugungi kungacha tadqiqotchilar tomonidan oʼzbek xonliklari tarixini oʼrganishga koʼplab marotaba murojaat qilingan va xonlik tarixining turli muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan boʼlsada, bugungi kungacha xonliklar davri tarixining barcha masalalari toʼligʼicha tadqiq qilib boʼlingan deb boʼlmaydi. XVIII asrning oxirlariga kelib Buxoro amirligida iqtisodiy hayotning birmuncha yuksalishi madaniy hayotga ham taʼsir etmasdan qolmadi. Ayniqsa, ilgarigi davrlarda shakllangan maktab va oliy taʼlim beruvchi madrasalar faoliyati bu davrda ancha yuksaldi. Boshlangʻich taʼlim beruvchi maktablar amirlikning barcha yirik qishloqlarida, shaharlarining barcha mahallalarida mavjud boʻlib, bu maktablarda bolalarning dastlabki savodi chiqarilgan. Maktablarda arab alifbosida savod chiqarilib, Qurʼonning dastlabki oyatlari yodlatilgan. Shariatga oid dastlabki saboqlar berilgan. Madrasalar amirlikning barcha shaharlarida mavjud edi. Madrasalarda oʻqitish uch bosqichda: past qadam, miyona (oʻrta) qadam va peshqadamda amalga oshirilib, yetti yil davom etgan. Madrasa oʻqituvchilari-mudarrislar va boshqa xizmatchilar maoshlari, talabalar nafaqalari, kutubxona xarajatlari, taʼmirlash ishlari va boshqalarga ketadigan mablagʻlar vaqf yerlaridan keladigan foyda hisobidan qoplangan. Madrasalar odatda hukmdorlar, amaldorlar, nufuzli shaxslar, yirik din peshvolari va savdogarlar tomonidan koʻp hollarda pishiq gʻishtdan ikki qavatli qilib qurilgan. Ularning birinchi qavatida machit, qiroatxona va kutubxonalar, ikkinchi qavatida esa, talabalar yashaydigan hujralar joylagan Madrasa talabalari diniy bilim boʻlgan Qurʼoni Karim, fiqh, shariat asoslari, diniy-axloqiy adabiyotlar bilan birga til, adabiyot tarix, falakiyot, mantiq, falsafa, xandasa(matematika) kabi dunyoviy va aniq fanlardan ham taʼlim olganlar. Shunga qaramasdan, bu davrda madrasalarda diniy-axloqiy taʼlimga asosiy eʼtibor qaratilib, dunyoviy taʼlim berish nisbatan orqada qolgan edi. Bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan meʼmorchilik yodgorliklari hamda yozma manbalar amirlikda adabiyot, tarix, xattotlik va musiqa sanʼati, meʼmorchilik rivojlanganligidan dalolat beradi. Amirlikning madaniy hayotida hattotlik ham muhim oʻrin egallagan edi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Shahrisabz kabi shaharlarda hattotlik maktablari mavjud edi. Oʻz kasbining ustasi boʻlgan mohir hattotlar davlat va xoʻjalik hujjatlari tayyorlashda, ilmiybadiiy asarlar yozish va koʻchirishda meʼmoriy inshootlarga turli yozuvlar (Qurʼoni karim oyatlari, hadislar, hikmatlar)ni chiroyli naqshlar tarzida bitishda mashhur boʻlganlar. Bu davrda amirlikning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, Gʻuzor, Kattaqoʻrgʻon, Dehnov kabi koʻplab shaharlarida masjid va madrasalar bunyod etilgan. Buxorodagi Domullo Tursunjon madrasasi, Xudoydod meʼmoriy (masjid, madrasa va sardoba) majmuasi, Ernazar elchi madrasasi, Qarshidagi Ali va Mir Muhammad madrasalari shular jumlasidandir. Undan tashqari bu davrda shaharlarda koʻplab ixtisoslashgan yopiq bozorlar, karvonsaroylar, hammomlar, yoʻllar boʻylarida sardobalar bunyod etilgan. Amir Haydar saroyida munshi (amir kotibi) lavozimida xizmat qilgan Mirzo Sodiq Munshiy XIX asr boshlaridagi adabiy muhitning koʻzga koʻringan namoyondalaridan biri edi. Undan meros qolgan sheʼriy Devon – “Devoni Sodiq Munshiy” hamda sheʼriy usulda bitilgan tarixiy asari uning adabiyot rivojiga qoʻshgan hissasini koʻrsatadi. Bu davrda amirlikning turli shaharlarida yashab ijod qilgan koʻplab shoirlar (shoir Hoziq, shoir Mujrim va bosh.) ijodida xalqparvarlik, jabr-zulmga qarshi isyonkorlik kayfiyati kuchli boʻlib, ular koʻp hollarda hukmdorlar va amaldorlar tomonidan quvgʻinga olingan.



Download 41,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish