“BUXGALTERIYA HISOBI, MOLIYA, SOLIQ VA STATISTIKA”
KAFEDRASI
Soliq tizimi va uning mohiyati. Soliq tizimining tarkibi va elementlari.

Soliqlarning klassifikatsiyasi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar.
Soliq solish rejimi. Soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibi. Soddalashtirіlgan soliq solish tizimi.
Yuridik hamda jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar
Soliq qonunchiligi iborasining nazariy ta’rifi. Soliq qonunchiligining tarkibiy qismlari.
Soliq qonunchiligining tarkibiy qismlarini tashkil qiluvchi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ularning soliqlar va soliqqa tortish munosabatlariga dahldorligining nazariy asoslari.
REJA:
Soliq siyosati
Bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to‘lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir.
Fiskal (byudjet-soliq) siyosati- deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar yig’indisi tushuniladi.

Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag’batlantiruvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya`ni, davlat qisqa muddatda iqtisodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yoxud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish evaziga xal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi.

Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini kamaytirish yoki soliqlarni oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin.