Bugun Buxoro davlat universitetida joriy о‘quv yilining birinchi kuni Mustaqillik darslari bilan boshlandi



Download 15,37 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi15,37 Kb.
#272943
Bog'liq
Mustaqillik darslari


Bugun Buxoro davlat universitetida joriy о‘quv yilining birinchi kuni Mustaqillik darslari bilan boshlandi. Iqtisod fanlari doktori, professor, mazkur universitet rektori Obidjon Xafizov Xorijiy tillar fakultetining talabalikka tavsiya etilgan о‘g‘il-qizlari uchun videoroliklar asosida Mustaqillik darsini о‘tdi.

1991-yildan buyon har yili o`tiladigan “Mustaqillik darsi” oʻquv mashgʻulotida О‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishish tarixi, uning mazmun mohiyati, bunyodkor gʻoyalari, hozirgi kuni, istiqboli, so`nggi besh yillikdagi yuksalishlar toʻgʻrisida faktlar orqali aniq va mukammal ma’lumotlar taqdim etildi. Oliy ta’lim tizimidagi tub islohotlar, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida fikr almashildi. Shiddat bilan rivojlanayotgan O`zbekistonda yoshlar uchun berilayotgan imtiyozlar, qo`shma dasturlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Aytish joizki, bugungi kunda o`z iqtidori va qobiliyatini namoyish etayotgan har bir yosh e’tibordan chetda qolmaydi. O`zlari istagan sohani egallashlari uchun yetarlidan-da ortiq zamin yaratilmoqda. So`nggi yillarda qabul kvotasining oshganligi, BuxDUda yangi yo`nalishlar ochilganligi о‘g‘il-qizlar uchun berilayotgan imkoniyatning amaldagi ifodasidir. Muloqotlar jarayonida ana shu imkoniyatlarga munosib bo`lish, ushbu oliy о‘quv yurtida tahsil oladigan talabalar oldiga qо‘yiladigan talablar, intellektual salohiyat, insoniy fazilatlar haqida tushunchalar berildi.



Yangi O`zbekistonda fidoyi, jonkuyar, eng muhimi, jahon standartiga javob bera oladigan yuksak saviyali pedagog kadrlarni tayyorlash, buning mas’uliyati, majburiyatlari haqida fikrlar bildirildi. Talabalar fikri tinglandi. BuxDUda barcha talabalar uchun jonli va qiziqarli tarzda о‘tilgan Mustaqillik darslari о‘ziga xosligi bilan har yilgidan ajralib turdi.

Shu kunning о‘zida “Mustaqillik darsi”dan so`ng Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov talabalikka tavsiya etilgan о‘g‘il-qizlarning ota-onalari bilan suhbatlashdi. Universitetda talabalarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, sport bilan shug‘ullanishlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishdagi imkoniyatlar haqida sо‘zlab berdi. Ota-onalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berilgach, eng avvalo, talabalar sog`ligini himoya qilish muhimligi xususida gapirilib, vaksinatsiya jarayonini tashkil etishga alohida urg`u berildi. Kontrakt to`lovlari, talabalar turar joyidan foydalanish masalalari atroflicha tushuntirildi. Samimiy tarzda kechgan suhbat ota-onalarning farzandidan xavotirini biroz pasaytirdi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Uzoq hududlardan farzandi bois kelgan ota-onalar universitet rektoriga o`z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Download 15,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish