Savolim shundan iboratki, ukam uylanganiga 6 yil bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘i bilan oralariga sovuqchilik tushib qoldi. Bunga sabab kelinimizning onasi va qarindoshlari. Kelinimiz bo‘lgan- bo‘lmagan gaplarni telefon orqali onasiga, opasiga oshirib, yolg‘onlar qo‘shib aytib yurgan. Kelinning onasi ukamga shartlar qo‘ya boshladi. Ukam qizlaringni yig‘ishtirib ketinglar deyishgacha bordi. Mahalla faollari, mahalla imomi tushuntirishdi, lekin kelinning onasi gap tushunishni istamaydi. Orada 1 nafar farzand bor. Biz farzand uchun yashashini istadik va ko‘ndirdik. Lekin ukam ayolidan shunchalik ko‘ngli qolganki, hatto bir xonaga kirishni ham xohlamaydi. Bu holat ularning ajrashib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu holatda farzand kim bilan qoladi. Ona o‘zi qaramagani, buvisi katta qilgani uchun bola dadam, buvim deydi.
Uni olib qolishga qonuniy asos bormi?
Javob uchun oldindan rahmat!
oila 22
71
ospq 11 son, 9 band
Do'stlaringiz bilan baham: |