Kampir va uning kichkina cho’chqachasi
Kampir uyini supurayotgan vaqtida kichkinagina, egilgan chaqa topib olibdi. “ Bu chaqani nima qilsam ekan? ” – debdi u.
Bozorga borib, cho’chqacha sotib olaman. Uyga qaytib keloyotib zina poyaga yaqinlashganda, cho’chqacha to’siqdan oshib o’tishni istamaypti. Kampir biroz yurgandan so’ng kuchukni uchratibdi. U kuchukka: “ Kuchuk, kuchuk cho’chqani tishla ”, - debdi. Lekin kuchuk rozi bo’lmabdi. U yana ozroq yurib tayoqni uchratibdi. U tayoqqa: “ Tayoq, tayoq kuchukni ur ” , - debdi. Lekin tayoq rozi bo’lmabdi. U yna biroz yurib olovni uchratibdi. U olovga: “ Olov, olov tayoqni yondir ” , - dedi. Lekin olv rozi bo’lmabdi. U yana biroz yurib suvni uchratibdi. U suvga: “ Suv, suv olovni o’chir ” , - debdi. Lekin suv rozi bo’lmabdi. U yana biroz yurib buqani uchratibdi. U buqaga: “ Buqa, buqa suvni ichib qo’y ” , - debdi. Lekin buqa rozi bo’lmabdi. U yana ozroq yurib qassobni uchratibdi. U qassobga: “ Qasob, qassob buqani so’y ” , - debdi. Lekin qassob rozi bo’lmabdi. U yana ozroq yurib arqonni uchratibdi. U arqonga: “ Arqon, arqon qassobni bog’la ” , - debdi. Lekin arqon rozi bo’lmabdi. U yana ozroq yurib kalamushni ko’ribdi. U kalamushga: “ Kalamush, kalamush arqonni kemir ” , - debdi. Lekin kalamush rozi bo’lmabdi. Keyin u mushukni uchratib qolibdi. Va debdi: “ Mushuk, mushuk kalamushni O’ldir” , - debdi. Mushuk unga “ Agar sen anavi sigirning yoniga borib, menga bir taqsimcha sut olib kelsang, men kalamushni o’ldiraman ” , - debdi. Kampir sigirning yoniga borib: “ sigir, sigir menga bir traqsimcha sut ber ”, - debdi. Ammo sigir unga: “ Agar sen menga anavi o’roqchilardan bir quchoq pichan pichan olib kelsang, men senga sut beraman ” , - debdi. Kampir o’roqchilarning oldiga borib: “ O’roqchilar, o’roqchilar menga bir quchoq pichan beringlar ” , - dedi. Ammo o’roqchilar unga: “ Agar sen anavi daryoga borib, bizga bir chelak suv olib kelib bersang, biz senga pichan beramiz ”, - deyishibdi. Shunday qilib kampir ketibdi va daryoga yetib borgandan so’ng qarasa, chelakning teshiklari ko’p ekan. Shundan so’ng u teshiklarni shag’al toshlar bilan berkitib, chelakka suv to’ldiribdi. So’ngra u o’roqchilarning yoniga chelak bilan qaytibdi va o’roqchilar unga bir quchoq pichan berishibdi. Kampir ularga chin ko’ngildan rahmat aytibdi. U bir quchoq pichanni sigirga olib borib yerga tashlabdi. Sigir pichanni yeyishi bilan kampirga sut beribdi, kampir bir taqsimcha sutni olib mushukning yoniga yuguribdi. Mushuk sutni chapillatib yalab bo’lgani zahoti ..….. Mushuk kalamushni o’ldirishni boshlabdi; kalamush arqonni kemirishni boshlabdi; arqon qassobni bog’lashni boshlabdi; qassob buqani so’yishni boshlabdi; buqa esa suvni ichishni boshlabdi; suv olov o’chirishni; olov tayoqni yondirishni boshlabdi; tayoq esa kuchukni urushni, kuchuk esa cho’chqachani tishlashni boshlabdi; kichkina cho’chqacha esa qo’rqqanidan to’siqdan sakrab o’tib ketibdi. Kampir o’sha oqshomi uyiga shunday qilib yetib kelgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |