Chad
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud, qarang: Chad (maʼnolari).
Chad (Tchad), Chad Respublikasi (République du Tchad) — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 1284 ming km². Aholisi 9 mln.ga yaqin kishi (2002). Poytaxti — Njamena shahri Maʼmuriy jihatdan 28 prefekturaga bulinadi.
Davlat tuzumi
Ch. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1996 yil 31 martda kabul kilingan. Davlat boshligʻi prezident (1991 yildan Idriss Debi), u umumiy tugʻri va yashirin ovoz berish yuli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (Milliy majlis va Senat) parlament, ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazirni tayinlaydi.
Chad Respublikasi
ЧАД РЕСПУБЛИКАСИ. Майдони: 1 284 000 кв. км., аҳолиси: 8,7 миллион киши, пойтахти: Нжамена, тузуми: республика, давлат бошлиғи: президент, маъмурий тузилиши: 14 та волийликдан иборат, йирик шаҳарлари: Сарх, Мунду, Абеше, пул бирлиги: африқо франки. Милоднинг еттинчи-саккизинчи асрларида Чад кўлининг шимоли ва шарқидаги ҳудудларга барбар қабилаларидан ҳисобланган загава халқининг кўчманчи чорвадорлари келиб ўрнашишди. Турмушини яхши йўлга қўйган келгиндилар туб аҳоли бўлмиш афсонавий со халқига ёқиб қолди. Ўтроқ деҳқончилик билан машғул қоратанли со халқи марказлашган давлатига эга бўлмай, ҳимояланган шаҳарларда яшарди. Загава халқининг бир гуруҳи томонидан саккизинчи асрда барпо қилинган Канем давлати Марказий Судандаги энг қудратли ва барқарор давлат тузилмасига айланди. Канемнинг ҳукмрон Сайфува сулоласи аъзолари со аёлларига уйланишди ва натижада ўн учинчи асрга келиб тахтга қоратанли ҳукмдорлар келишди. Сайфува сулоласи нафақат Канемга, балки унинг вориси бўлган Борну давлатига ҳам 1846 йилгача ҳукмронлик қилди. 11-асрда Канем ҳукмдорлари Исломни қабул қилганидан кейин у Марказий Суданнинг мусулмон маданияти марказига айланди. Йигирманчи аср бошларида мамлакатдаги ички низо ва тўқнашувлардан фойдаланган франсузлар бу ерга бостириб кириб, аввал ўз мустамлакасига, кейинчалик «денгизорти ҳудуди»га айлантиришди. 1960 йил 11 августда Чад мустақил давлат деб эълон қилинди. Аммо шундан кейин ҳам мамлакатга тинчлик-осойишталик насиб этмади: мустамлакачилар уюштирган фитна-ҳийлалар туфайли мамлакатда бошланиб кетган фуқаролик урушлари, исён ва қонли тўқнашувлар ҳозиргача тинмаётир. Мамлакат аҳолисининг салкам 60 фоизини мусулмонлар ташкил этади, қолганлари насронийлар ва мажусийлардир. Мусулмонларнинг асосий қисми Аҳли сунна вал жамоанинг моликия мазҳабига мансуб. Бир неча тасаввуф тариқатлари ҳам бор. Чад Ислом Конференсияси Ташкилотининг аъзосидир.
Tabiati
Ch. hududining koʻp qismi balandligi 250–400 m bulgan yassi tekislikdan iborat. Mamlakat shim. qismi Sahroi Kabir choʻlida joylashgan, jan. Sohil deb ataluvchi chul va chala chul landshaftli savanna va Sudan tabiiy oblastining bir qismini egallaydi. Chekka shim.da Tibasti togʻligi bor (eng bal. joyi 3415 m, Emi-Kusi togʻi). Mamlakat shim.sharqida Ennedi va Erdi platolari, jan.sharqiy qismida Vadai massivi joylashgan. Ch.da boksit, diatomit, kaolin, neft, qalay, uran, oltin konlari bor; Chad kulidan soda va tuz olinadi.
Iqlimi shim.da tropik choʻl iqlimi. Yanv.ning oʻrtacha trasi 15°, iyulniki 30° gacha (ayrim hollarda 50° gacha borishi mumkin). Oʻrtacha yillik yogʻin 100–250 mm. Jan.da ekvatorial mussonli iklim. Qish mavsumi (okt.— noyab.dan aprel—maygacha) quruq. Oʻrtacha tra eng sovuq oyda 21°, eng issiq oyda 33°, oʻrtacha yillik yogʻin (250–1000 mm) shim.dan jan.ga tomon ortib boradi. Shim.dadoimiy oqar daryolar yoʻq. Jan.da kema qatnaydigan yirik daryosi — Shari. Mamlakatning gʻarbiy chegarasida Chad koʻli joylashgan. Shim. dagi toshloq choʻllarda tikanakli yarim buta va butalar, vohalarda tok, xurmo oʻstiriladi. Chekka jan.da qizilqoʻngʻir tuproqlarda savannalar mavjud, baobab daraxti ham uchraydi. Savannalarda yirik sut emizuvchi hayvonlar — fil, jirafa, kiyik, buyvol, karkidon; yirtqichlardan — arslon, leopard, sirtlon, chiyaboʻri bor. Shari daryosining yuqori oqimida maymunlar uchraydi. Qushlardan tuyaqush, saqoqush, qizilgʻoz bor. Ilon, kaltakesak va hasharot koʻp. Hayvonlarni muhofaza qilish va oʻrganish uchun Zakuma milliy bogʻi tashkil etilgan. Aholisining 1/3 qismidan koʻprogʻini sharinil tillarida soʻzlashuvchi xalqlar, 1/3 qismini arablar tashkil etadi. Chad koʻlining jan.da chad tillarida soʻzlashuvchi mubi, xausa, massa xalqlari, Kamerun bilan chegaraga yaqin joylarda mbum xalqi yashaydi. Rasmiy tillar — fransuz va arab tillari. Aholining yarmidan kupi mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi, qolganlari musulmon sunniylar; xristianlar ham bor. Yirik shaharlari — Njamena, Mundu, Abeshe.
Xoʻjaligi
Ch. — iktisodiy jihatdan zaif rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 39%, sanoat va qurilishniki 15%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 46% ni tashkil etadi.
Qishloq xoʻjaligi — iqtisodiyotning asosi. Chad ning asosiy tarmogʻi — dehqonchilik. Mahsuloti chetga chiqariladigan asosiy ekini paxta. Shuningdek, yer yongʻoq, sholi, bugʻdoy, tariq, joʻxori ekiladi; xurmo oʻstiriladi. Aholining 1/3 Qismi koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvadorlik bilan shugʻullanadi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Daryolari hamda Chad va boshqa koʻllarda baliq ovlanadi.
Sanoati yaxshi rivojlanmagan. Uning asosiy tarmogʻi — toʻqimachilik. Oziqovqat sanoatida goʻsht, un, sholi oqlash, yogʻ, shakarqand, pivo pishirish zdlari bor. Chad koʻlidan osh tuzi va soda qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 92 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.
Avtomobil yoʻllari uz. — 32,7 ming km, temir yoʻl yoʻq. Logone va Shari daryolarida 1 yilda 3 oy kema qatnaydi. Njamenada xalqaro aeroport bor. Ch. chetga paxta, qoramol, goʻsht, teri chiqaradi; chetdan neft mahsulotlari, oziq-ovqat, transport vositalari oladi.
Tashqi savdoda Portugaliya, Fransiya, AQSH, Germaniya, Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Maorifi va ilmiy muassasalari.
CH.da 8 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich taʼlim majburiy. Taʼlim fransuz tilida olib boriladi. Boshlangʻich maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. Boshlangʻich maktab 6 yillik. Oʻrta maktabda oʻqish 7 yil Oʻrta texnika taʼlimi toʻliqsiz oʻrta maktab negizida maktab va intlarda amalga oshiriladi. Oliy taʼlimni Njamenadagi Chad universiteti beradi. Chad muassasalari: Paxta va toʻqish instituti, Milliy gumanitar fanlar instituti, planetariy, qishloq xoʻjaligi byurosi, ilmiy texnika byurosi, geogr. tadqiqot styasi va boshqa
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Ch.da fransuz tilida "InfoChad" ("Chad axboroti") kundalik byulleten chikadi (1964 yildan). Ch. axborot agentligi 1964 yilda tashkil etilgan. Ch. milliy radiosi hukumat radiostyasi hisoblanadi; 1955 yil tuzilgan. Ch. televideniyesi, hukumat xizmati.
Chad (Chad Respublikasi) - Markaziy Afrikadagi davlat. BMT a'zosi. Poytaxti - Njamena.
Ma`muriy bo`linishi
Mamlakat 14 ta prefekturaga bo`lingan. Eng katta shaharlari:
-
Njamena (687000 odam)
-
Sarh (129600 odam)
-
Mundu (117500 odam)
-
Abeshe (95800 odam).
Aholi
Eng katta xalqlari: saralar va arablar (jami 200 etnik guruh istiqomat qiladi). Aholining 50%i musulmon, 30%i xristian, 20%i - butparast.
-
1977 — 4,16 mln. odam
-
2003 — 9,25 mln. odam
Jo`g`rofiya
Mamlakat hududida yirik Chad ko`li mavjud.
Iqtisodiyot
Chad Afrikaning eng qashshoq mamlakatlari sirasiga kiradi. Iqtisodiyot asosi - qishloq xo`jaligi (YaIM 40%i), yetakchi sohalar paxtachilik va qoramolchilik hisoblanadi. Boksitlar, uran,qo`rg`oshin konlari bor, neft topilgan.
2003da Doba neft konini Kamerunning Atlantika okeani bo`yidagi Kribi porti bilan bog`lovchi neft tarmog`i rasman ishga tushdi. Bu tarmoq xalqaro byudjet evaziga qurilib, tushajak daromadni faqatgina ijtimoiy sohaga sarfash majburiyati berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |