Bronxit haqida umumiy tushuncha Pnevmoniya va uning turlari O'pka sili kasalligi va uning profilaktikasi



Download 107 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2022
Hajmi107 Kb.
#691353
  1   2
Bog'liq
Bronxit, pnevmoniya, o\'pka sili


Mavzu: Bronxit, pnevmoniya, o'pka sili
Reja:

  1. Bronxit haqida umumiy tushuncha

  2. Pnevmoniya va uning turlari

  3. O'pka sili kasalligi va uning profilaktikasi

Xulosa.
Foydalanilgan
Bronxit — bronxlar (asosan shilliq pardasi)ning yalligʻlanishi. Nafas aʼzolarining koʻp uchraydigan kasalliklaridan biri. B. oʻtkir va surunkali boʻladi. Kasallikni koʻpincha pnevmokokklar, gemolitik streptokokklar, stafilokokklar, gripp virusi, Fridlender tayoqchasi va boshqa keltirib chiqaradi. Sovuqqotish, spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilish, tamaki chekish, baʼzi kimyoviy moddalardan surunkali zaharlanish; yuqori nafas yoʻllarida infeksiya oʻchogʻi borligi (sinusit, gaymorit) ham oʻtkir B. rivojlanishiga sharoit tugʻdiradi. Kasallik quruq yoʻtal, toʻsh atrofida ogʻriq, yuqori nafas yoʻllarining oʻtkir yalligʻlanishiga xos oʻzgarishlar, tumov bilan boshlanib, keyin yalligʻlanish bronxlarga tarqaladi, muskullar qaqshab ogʻriydi, koʻkrak sohasida qisilish his qilinadi, yoʻtal dastlab quruq boʻlib, keyin balgʻam ajraladi, gavda harorati koʻtariladi, gripp bilan ogʻrigan bemorlarning lablariga uchuq toshadi va boshqa Oradan bir necha kun oʻtgach, kasallik batamom tuzaladi, baʼzan choʻzilib ketib, surunkali B.ga aylanishi mumkin. Oʻtkir B. bolalar va keksalarda ogʻir oʻtib, unga oʻpka yalligʻlanishi (zotiljam) qoʻshilishi mumkin. Surunkali B. nafas aʼzolarining eng koʻp tarqalgan kasalliklaridan. Koʻproq erkaklarda kuzatiladi. Surunkali B. birlamchi va ikkilamchi boʻlishi mumkin. Birlamchi surunkali B.da bronxlarning diffuz oʻzgarishlari kuzatiladi. U bronxoʻpka va boshqa aʼzolarning kasalliklariga bogʻliq boʻlmaydi. Ikkilamchi surunkali B. esa bronxoʻpka va boshqa sistema kasalliklari (sil, bronxoektatik kasallik, surunkali pnevmoniya, uremiya, qon aylanishi yetishmovchiligi va boshqalar) natijasida kelib chiqadi. Yalligʻlanish xususiyatiga koʻra surunkali B. kataral va yiringli boʻladi. Belgilari: bemorni yoʻtal tutib, shilimshiqyiring aralash balgam ajraladi, hansiraydi, uning darmoni qurib, salga toliqadi, harorati koʻtariladi, koʻp terlaydi, ishlash qobiliyati pasayadi. Kataral B.da koʻpincha ertalab jismoniy mashqdan soʻng yoʻtal paydo boʻlib, balgʻam ajraladi. Kasallik yil fasliga qarab tez-tez qoʻzib turadi. B. yengil kechganida bemor uyda yoki kunduzgi statsionarda davolanadi. Oʻrindan turmay yotish, bekamu koʻst ovqatlanish, iliq ichimliklar (malina murabbosi solingan choy, mineral suvli sut va boshqalar) ichish, oyoklarga vanna qilish bemorning ahvolini bir oz yengillashtiradi. Kasallik qoʻzigan paytda etiotrop va patogenetik davo qoʻllaniladi. Bemorni kasalxonaga yotqizish kerak. Vaqtida va toʻgʻri davo qilinsa, bemor batamom tuzalib ketadi, aks holda oʻpka emfizemasi, bronxoektaziya, yurak yetishmovchiligi kabi asoratlar qoldirishi mumkin. Davo gimnastikasi, ochiq havoda koʻproq sayr qilish tavsiya etiladi. Yalligʻlanish avj olgan davrda ovqatda vitamin va oqsillar moʻlkoʻl boʻlishi kerak, chunki balgʻam koʻp ajralganda organizm koʻp oqsil yoʻqotadi. Yuqumli kasalliklar, ayniqsa grippning oldini olish, ishlab chiqarishda changni yoʻqotish, tamaki chekishni taqiqlash, organizmni chiniqtirish, suv muolajalari B.ning oldini olish choralaridir.
Hayvonlarda aksariyat qora mollarda uchraydi. B.ga noqulay iqlim sharoiti, mollarning sovqotishi, sovuq suv bilan sugʻorish, qoʻylarning juni olingandan soʻng yomgʻir va sovuqda, yelvizakda qolishi, mollarni toʻshamasiz sement binolarda saqlash va sifatsiz ozuqalar berilishi sabab boʻladi. B.ning belgilari: kasallik boshida hayvonlarning harorati koʻtariladi, yoʻtal, xirillash, burundan suyuqlik ajralishi, nafas olish qiyinlashib, bezgak tutishi kuzatiladi, ishtaha yoʻqoladi. Kasallik koʻkrak qafasi atrofini rentgenoskopiya va rentgenografiya qilish yoʻli bilan aniklanadi.
Davosi: balgʻam koʻchiruvchi preparatlar, antibiotiklar: neomitsin, monomitsin, fradizin, trimerazin, tribsin, sulfanilamid beriladi, skipidar bilan ingalyatsiya qilinadi.
Oldini olish: mollarni saqlashda zoogigiyena meʼyorlariga rioya qilish.
Pnevmoniya yoki zotiljam — o’pkaning yallig’lanishi, o’tkir infektsion kasalliklar toifasiga kiradi. Pnevmoniyani qo’zg’atuvchisi viruslar, bakteriyalar va zamburug’lar bo’lishi mumkin. Shuningdek aspiratsion pnevmoniya va o’pka to’qimalarida saraton o’simtasining markazi atrofida rivojlanib boruvchi parokankreatik pnevmoniya kabi turlari ham mavjud. Pnevmoniyani dastlabki belgilari namoyon bo’lishi bilan tezda shifokorga murojaat qilish kerak.
O’pkaning yallig’lanish jarayoni — sog’liqqa salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan jiddiy kasallikdir. Antibiotiklar kashf etilishidan oldin pnevmoniya tufayli o’lim holatlari 80% ga yetardi. Hozirgi vaqtda turli hududlarda pnevmoniyaning rivojlanishi tufayli o’lim ko’rsatkichi 5-40% gacha yetadi, asosan og’ir asoratlar qariyalarda uchraydi.
Pnevmoniya vaqtida aniqlansa va kerakli davolash choralari qo’llansa, kasallik 10-14 kun davomida shifo topadi va asoratlar qoldirmaydi. Zamonaviy dorilar jiddiy asoratlarni oldini olish va pnevmoniyaning deyarli har qanday shaklini asoratlarsiz davolashga yordam beradi. Shu bilan birga, esda tutingki, samarali davolash va asoratlarni muvaffaqiyatli oldini olish uchun ushbu kasallikni davolash mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Pnevmoniya nima?
Pnevmoniya — o’pka to’qimalaridagi yallig’lanish jarayonidir. Ko’p holatlarda kasallikni qo’zg’atuvchi vosita infektsiyalardir. Infektsiyanining tanaga kirish yo’llari turli xil: ko’pincha havo-tomchi orqali, kam hollarda — qon orqali.
Pnevmoniya rivojlanishi uchun mas’ul bo’lgan mikroorganizmlarning bir qismi inson tanasida doimo mavjud. Immunitetning muhofaza qilish darajasi me’yorda bo’lganda u bunday infektsiyalar bilan muvaffaqiyatli kurashadi, himoya kuchlari darajasining pasayishi (gipotermiya [sovqotish], birlamchi kasalliklar) bilan o’pkada yallig’lanish jarayoni rivojlanadi.
Ko’pincha pnevmoniyaning etiologiyasida yuqori nafas yo’llarining kasalliklari mavjud. Shamollash, traxeit, o’tkir yoki surunkali bronxit kabi respirator kasalliklar fonida o’pkada yallig’lanish jarayoni rivojlanishi mumkin. Kasallikning kelib chiqishi sababi boshqa organlar va tizimlarning o’tkir kasalliklari, jarrohlikdan keyingi asorat va immunitetga salbiy ta’sir ko’rsatadigan boshqa omillar ham bo’lishi mumkin.
Kattalar va bolalardagi pnevmoniya belgilari va alomatlari
Kasallikning simptomatikasi qo’zg’atuvchiga, bemorning yoshiga, sog’lig’ining holatiga bog’liq. Kasallik o’tkir tarzda yoki sezilmaydigan shaklda rivojlanadi; klassik belgilarga ega bo’lishi yoki asimptomatik (alomatlarsiz), atipik pnevmoniya tarzida kechishi mumkin. Keksa bemorlarda, immunitetni zaiflashtiradigan dori qabul qiluvchilarda va immunitet tizimi sust bo’lgan bolalarda jiddiy o’pka asoratlari bilan kechadigan kasallikning eng og’ir shakli qayd etiladi.
O’pka yallig’lanishining klinik ko’rinishi: kattalardagi pnevmoniya alomatlari
Kattalar orasida o’pka yallig’lanishi (zotiljam) jarayoniga eng ko’p ta’sir etadigan omil — sovqotish (gipotermiya) hisoblanadi. Bunday hollarda pnevmoniyaning o’ziga xos belgilariga quyidagilar kiradi:
To’satdan organizmda gipertermiya rivojlanishi, haroratning keskin ko’tarilishi va febril ko’rsatkichlarga (39°С) yetishi;
Tananing intoksikatsiyasi belgilari (charchoq, kuchsizlik, bosh og’rig’i);
3-5 kun davom etadigan quruq yoki nam yo’tal, balg’am ajralishi ham kuzatiladi;
Yo’tal yoki nafas olish paytida yallig’langan o’pka tarafining og’rishi (har ikki o’pka yallig’langan bo’lsa ikki taraflama og’riq). Ba’zan aniq xirillash eshitiladi;
Nafas olish yetishmovchiligi va keng tarqalgan o’pka shikastlanishi oqibatida hansirash paydo bo’lishi.
Kasallikning klinik tasviri uning klassik kechishiga mos kelmasligi mumkin. Klinik belgilar va kasallik og’irligi yallig’lanish jarayonining qo’zg’atuvchisi turiga bog’liq. Masalan, kasallikning atipik (noodatiy) kechishi H1N1 gripp virusi yoki barchaga tanish cho’chqa grippi sababli ikki tomonlama o’pka pnevmoniyasi (zotiljam) rivojlanishida kuzatiladi va natijada virus og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Ko’p hollarda pnevmoniya gripp kabi alomatlar bilan birga kechadi va o’tkir respirator kasalliklar, O’RVI fonida rivojlanadi. Pnevmoniyaning asoratlari ko’pincha o’zini-o’zi «davolash», masalan, isitma tushiruvchi dorilarni qabul qilish va xalq tabobati vositalarini noto’gri qo’llash natijasida yuzaga keladi. Bu infektsiyaning quyi nafas yo’llariga tarqalishi va o’pkada infektsion o’choqlar shakllanishiga hissa qo’shadi. Shunday qilib, pnevmoniyadan tuzalib ketishga to’liq davolanish kursini o’tash va o’z vaqtida tashxis qo’yish orqali erishiladi.
Bolalarda o’pka yallig’lanishi yoxud zotiljam (pnevmoniya) belgilari
Bolalarda kasallanish ko’rsatkichi yosh bilan bog’liq: 3 yoshgacha bolalar 3 yoshdan katta bolalarga ko’ra 2-3 barobar ko’proq kasal bo’ladi (100 ta boladan 1,5-2 tasi). Emizikli chaqaloqlarda pnevmoniya ko’pincha qayt qilish tufayli aspiratsiya, tug’ma nuqsonlar, nafas yo’llariga yot jismlarning tushib qolishi natijasida rivojlanadi.
Bolalarda pnevmoniya alomatlari yoshi, etiologiyasi va yallig’lanish jarayonining tarqalishiga qarab farq qiladi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda quyidagi belgilar kuzatiladi:
Uyquchanlik, holsizlik, umumiy bezovtalik, ishtahaning yo’qligi;
Tez-tez hech bir sababsiz yig’lash;
Isitma, ko’pincha subfebril chegaralarda (37-38° С);
Nafas olish tezligi oshishi;
Bir tomonlama zotiljamda — bir o’pkaning kam kengayishi alomatlari, nafas olish buzilishi tufayli ko’krak qafasining bir tomoni ko’p kengaymaydi;
Nafas yetishmovchiligi simptomlari — burun-lab uchburchagi sianozi (ko’kimtir tus olishi), ayniqsa, yig’layotganda, oziqlanayotganda, yuqori qo’zg’alish kuzatilgan vaqtda barmoq uchlarining ko’karishi.
Katta yoshdagi bolalarda pnevmoniya belgilari kattalardagi o’pka yallig’lanishi belgilari o’xshash: isitma, holsizlik, uyquchanlik, ko’p terlash, ishtaha yo’qolishi, sevimli faoliyatga qiziqish yo’qolishi, o’pkaning ko’p qismi yallig’langan bo’lsa nafas yetishmovchiligi rivojlanishi.
Pnevmoniya tasnifi
Yaxshi o’rganilgan kasallik sifatida pnevmoniya (zotiljam) shakllarining tasnifi bemorlarda kasallikka aniq tashxisi qo’yishga va uni samaraliroq davolashga imkon beradigan bir necha omillarga asoslangan.
Yuzaga kelishi shartlariga ko’ra tasniflash
Kasalxonadan tashqari pnevmoniya, kasalxona pnevmoniyasi va gospital pnevmoniya farqlanadi.
Kasalxona pnevmoniyasi bemorni boshqa ko’rsatmalar bilan kasalxonaga yotqizilganidan keyin 48 soatdan o’tgach shifoxonada rivojlanadigan pnevmoniya shaklidir. Kasalxona va shifoxonalarda antibakterial dorilarga chidamli infektsion patogenlar ko’pincha tez rivojlanib borayotganligi sababli, bunday turdagi o’pka yallig’lanishida o’ziga xos xususiyatlar kuzatiladi va davolash ham o’ziga xos bo’ladi. Shu sababli pnevmoniyaning bunday turi farqlanadi.
Kasalxonadan tashqari rivojlangan shaklida og’iz bo’shlig’i, burun yoki oshqozon tarkibidagi massalarning yoki qattiq jismlarning pastki nafas olish yo’llariga kirib borishi sababli rivojlangan aspiratsion shakldir. Bunday jismlarda kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblar mavjud bo’lishi o’pkada infektsiyaning rivojlanishi va tarqalishiga olib keladi. Sovqotish ham bunday turdagi pnevmoniyaga sabab bo’lishi mumkin.
O’pka jarohati miqdori bo’yicha tasniflash
Yallig’lanish jarayonining tarqalganligiga va shikastlangan o’pka to’qimalarining hajmiga qarab kasallik bir necha turga ajratiladi.
O’chog’li pnevmoniya belgilari
Kasallikning o’chog’li shakli yallig’lanish jarayonining aniq joylashuvi bilan xarakterlanadi. Ko’pincha bunday shakl virusli kasalliklar asorati sifatida rivojlanadi. Nam shaklga o’tuvchi quruq yo’tal, yuqori tana harorati, yo’tal vaqtidagi og’riq, yiringli balg’am ko’chishi kuzatiladi.
Kasallikning bir tomonlama shakli
Bunday kasallik jarayoni faqat o’ng yoki chap o’pkani qamrab oladi va o’pkaning bir kichik qismini yoki barcha ulushini o’z ichiga olishi mumkin. Alomatlar shikastlanish hajmi, qo’zg’atuvchining turi, bemorning umumiy holatiga bog’liq, aniq namoyon bo’lishi yoki asimptomatik kechishi mumkin.
Ikki tomonlama pnevmoniya
Ikkala, o’ng va chap o’pkada kuzatiladigan yallig’lanish. Bu holda, yallig’lanish jarayoni o’pkaning ma’lum bir qismlarini yoki umuman butun qismini jalb qilishi mumkin. Asosiy farqi — shikastlanish hajmidan qat’iy nazar, har ikki o’pkaga ta’sir qiladi.
Krupoz pnevmoniya
Pnevmoniyaning bu shakli eng aniq klinik tasvirlar bilan xarakterlanadi. Krupoz shaklning o’ziga xos tashqi alomatlari keskin ravishda tana haroratining oshishi (40 °C va undan yuqori), qattiq og’riq, balg’amning o’ziga xos to’q sariq rangda bo’lishidir.
Krupoz pnevmoniyaning qo’zg’atuvchi agenti ko’pincha pnevmokokklardir. Antibakterial dorilarni o’z vaqtida tayinlash (eng ko’p buyuriladigan antibiotiklar penitsillin guruhiga kiruvchilar) krupoz va boshqa pnevmokokkli pnevmoniyaning shakllarini davolashda samarali hisoblanadi.
O’pka qismlarining yallig’lanishi
O’pka — shartli qismlardan (segmentlardan) iborat a’zo: o’ng o’pka 3 qismdan, chap o’pka — 2 qismdan iborat (1-rasmga qarang). Agar o’pkaning bir bo’lagi yallig’lansa, bu qisman yallig’lanish bo’ladi, bo’lsa, ikki bo’lagining yallig’lanishi bisegment yallig’lanish deb ataladi. Segmentiv yallig’lanish bir taraflama yoki ikki taraflama bo’lishi mumkin.
Chap o’pkaning ikki segmentining yallig’lanishi total pnevmoniya, o’ng o’pkaning ikki segmentining yallig’lanishi esa subtotal pnevmoniya hisoblanadi. Qancha ko’p segmentlar yallig’lansa, kasallik shuncha og’irroq kechadi.
Kasallik sababchisiga ko’ra pnevmoniyani tasniflash
Kasallikni qo’zg’atuvchisiga ko’ra tashxislash asosan muolajalar va dori vositalarini tanlash bilan bog’liq. Pnevmoniya kelib chiqishi sabablari va infektsion agent turiga ko’ra bir necha turga ajratiladi:
Virusli pnevmoniya
Viruslar sabab o’pkaning yallig’lanishi, gripp, paragripp yoki O’RVI (adenovirus shakli) ning asoratlari yoki asosiy etiologiyasi bo’lishi mumkin. Tashxislash usullari yaxshi o’rganilmaganligi bois ayni qaysi virus pnevmoniyani keltirib chiqarganligini aniqlash mushkuldir. Shu sababli, ko’pincha davolashda virusga qarshi umumiy ta’sir qiluvchi perparatlardan foydalaniladi va davolash simptomatik xarakterga ega.
Agar virusli pnevmoniyada antibiotiklar buyurilgan bo’lsa, demak ikkilamchi yoki birlamchi kasalliklar mavjud yoki qo’shimcha bakterial infektsiya ehtimoli bor degan ma’noni anglatadi.
Pnevmoniya etiologiyasida bakterial infektsiyalar
Bakterial pnevmoniya — pnevmoniyaning eng keng tarqalgan turlaridan biri. Quyi nafas yo’llari yallig’lanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan bir nechta bakteriyalar guruhi bor. Ular orasida pnevmoniyaning eng keng tarqalgan qo’zg’atuvchilari pnevmokokklar, streptokokklar, stafilokokklar, mikoplazma, xlamidia, ko’kyiringli tayoqcha va boshqalar hisoblanadi.
Kasallikni qo’zg’atuvchi bakteriya to’g’ri aniqlanganda va samarali antibiotik tanlanganda kasallik muvaffaqiyatli davolanadi. Bir guruhga oid bakteriyalarning antibiotiklarga qarshiligini o’rganish ham muhim ahamiyatga ega.
Stafilokokkli pnevmoniyaning xususiyatlari
Stafilokokkli shakl ko’pincha O’RVIdan keyingi asorat hisoblanadi. Kasallik sezilarli intoksikatsiya belgilari, balg’amning qizg’ish rangi, kuchsizlik, bosh aylanishi bilan namoyon bo’ladi.
Mikoplazmali pnevmoniya sababchisi
O’pka yallig’lanishining mikoplazmali shakli o’pkaga maxsus bakteriya — mikoplazma tushganda rivojlanadi. Ko’pincha bunday kasallik bolalar va o’smirlarga ta’sir ko’rsatadi.
Kasallik ajralib turuvchi belgilari bilan farq qilmaydi, bu esa tashxisni qiyinlashtiradi, davolashning samarasi bo’lsa-da, mikoplazma xususiyatlari tufayli juda uzoq davom etadi.
Pnevmoniyaning etiologiyasidagi xlamidial infektsiya
Xlamidial pnevmoniya rivojlanishining sababi nafas yo’llari va o’pkaga xlamidiyaning kirishidir. Xlamidiya odatda qinda bakterial xlamidiozga olib keladi. Bunday shakldagi pnevmoniya asosan bola tug’ilayotganda kasallangan onadan yuqadi.
Ushbu turdagi pnevmoniya ko’proq bolalar, ayniqsa emizikli yoshdagilar va o’smirlar orasida tarqalgan va boshlang’ich davrda shamollashga o’xshash klinik ko’rinishga ega. Kasallikning bu shakli davosi bemorning yoshi va xususiyatlarini inobatga olgan holda alohida tanlanadi.
Mikoplazmali infektsiyalar bilan birgalikda bu ikki shakl atipik pnevmoniya toifasiga kiradi, shuningdek alveolalar va interstitsial to’qimalarga zarar yetkazadi. Interstitsial pnevmoniyaning tabiati ko’pincha surunkali shaklga o’tish bilan uzayadi.
Zamburug’li pnevmoniya
Turli zamburug’li patogenlar ham o’pkada yallig’lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bilan birga, tashxisni sinchkovlik bilan tekshirish talab etiladi, chunki klinik ko’rinish ifoda etilmasa, simptomlar uzoq vaqt davomida «noaniq» bo’lishi mumkin, bakterial pnevmoniyaning klassik alomatlariga mos kelmaydi. Antimikotik (zamburug’arga qarshi) dorilarni qo’llash bilan davolanish uzoq davom etadi.
Pnevmoniyaning har qanday turi va bosqichi jiddiy kasallik hisoblanadi va xavfli asoratlarga ega bo’lib, butun organizmga salbiy ta’sir qiladi. To’g’ri tanlangan davolash kursi, tashxis qo’yish va mutaxassislarni tanlash bilan yuqori samarali davolash imkonini beradi.
Sil, tuberkulyoz — turli aʼzolar, asosan, oʻpkada oʻziga xos yalligʻli oʻzgarishlar roʻy berishi bilan tavsiflanadigan yuqumli surunkali kasallik. Odamlarda uchraydigan Silni ftiziatriya oʻrganadi. Nemis mikrobiologi Robert Kox (1882 y.) sil qoʻzgʻatuvchisini aniqladi (bu qoʻzgʻatuvchi uning sharafiga Kox tayoqchasi deb nomlandi). Sil kasalligi qadimdan maʼlum. Kasallik belgilari Gippokrat, Ibn Sino asarlarida ham taʼriflangan.
Sil bilan odamlardan tashqari, uy hayvonlari (asosan, qoramol), uy parrandalari (tovuq, kurka) kasallanadi.
Odamlarda kasallikning asosiy manbai oʻpka sili bilan ogʻrib, mikobakteriyalar aralash balgʻam tashlab yuradigan bemorlardir. Sil hammadan koʻp havotomchi yoʻli bilan tarqaladi: yoʻtalganda, aksirganda mikobakteriyali balgʻam va shilliq zarralari havoga tarqalib atrofidagi buyumlargatushadi. Sil mikobakteriyasi, asosan, nafas yoʻllari orqali kiradi. U boshqa mikroblarga nisbatan tashqi muhitning turli taʼsirlariga juda chidamli boʻlib, oʻzining yashash va koʻpayish xususiyatlarini uzoq muddat davomida saklab qoladi. Quruq hoddagi Sil mikobakteriyasiga 36° haroratda taʼsir etilsa, u 180 kungacha, +70° qizdirilsa 7 soat davomida, oqar suvlarda 150 kun, koʻcha changida 10 kun ichida hayot kechirish va koʻpayish xususiyatlarini yoʻqotmaydi. Ayniqsa, quyosh nuri tushmaydigan zax yerlarda uzoq muddat saqlanib qoladi. Sil mikobakteriyalarining atrofmuhitda uzoq vaqt saqlanishi Sil kasalligining idishtovoq, kiyimkechak, oʻrinkoʻrpa va boshqa orqali yuqish ehtimolini tugʻdiradi. Silning ochiq va yashirin shakli farq qilinadi. Silning ochiq shaklida bemor balgʻamida Sil mikobakteriyalari topiladi; bemor gigiyena qoidalariga rioya qilmasa, boshqalarga kasal yuqtiruvchi boʻlib qolishi mumkin. Silningyashirin shaklidamikobakteriyalar balgʻamda topilmaydi, bunday bemorlar atrofidagilar uchun yuqumli boʻlmaydi. Sil bilan ogʻrigan bemor barcha gigiyena qoidalariga rioya qilsa, amalda atrofdagilar uchun xavfli boʻlmaydi. Sil mikobakteriyalari faqat oʻpkani emas, balki organizmda soch va tirnoqdan boshqa boʻgʻimlar, suyaklar, miya pardalari, buyraklar va boshqa aʼzolarni zararlaydi. Sil kasalligiga aksari yosh bolalar (chunki ularda hali immunitet sust rivojlangan boʻladi), balogʻatga yetish davridagi oʻsmirlar (nervendokrin boshqaruvining beqarorligi tufayli), shuningdek, organizmning infeksiyaga chidami susaygan yoshi katta odamlar chalinadi. Oʻpka siliga xos belgilar kasallik shakliga, yoshga va boshqalarga bogʻliq.
Birlamchi Silda kasallik alomatlari yaqqol namoyon boʻlmaydi. Biroq teri ostiga tuberkulin yuborib oʻtkaziladigan Mantu sinamasi musbat chiqsa va bemorda kasallikning umumiy belgilari (rang ketishi, quvvatsizlik, uyqu va ishtaha buzilishi, tez toliqish, gavda haroratining koʻtarilishi, tunda terlash) paydo boʻlsa, busilin toksikatsiyasidan darak beradi. Yosh bolalarda kasallik maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga qaraganda ogʻirroq oʻtadi, aksari asoratlar kuzatiladi. Sil intoksikatsiyasi bolalarda roʻyrost namoyon boʻladi; bolaning rangi siniqadi, injiq boʻlib qoladi, ishtahasi yoʻqolib, teztez shamollab turadi. Vrachga oʻz vaqtida borib, bolani toʻgʻri parvarish qilinsa, odatda, butunlay sogʻayib ketadi.
Ikkilamchi Sil — oʻpka silining hammadan koʻp uchraydigan shakli. U oʻpkada va limfa tugunlarida sakdanib qolgan infeksiya "qoʻri"dan kelib chiqadi; noxush sharoitlarda Sil qoʻzgʻatuvchisi faollashib, jarayonni zoʻraytiradi (faol shakli). S mikobakteriyasi bor bemor bilan uzoq vaqt muloqotda boʻlganda Sil qaytalanishi ham mumkin. Bunga organizmning zaiflanishi, sifatsiz ovqatlanish, stresslar, zararli odatlar (chekish, ichkilikbozlik, giyohvandlik), surunkali kasalliklar, oʻpkaning nospetsifik kasalliklari, qandli diabet, gastrit, meʼdaichak yaralari, SPID, shuningdek, homiladorlik va gugʻruqdan keyin organizm himoya qobiliyatining kamayishi va boshqa sabab boʻladi. Odatda, ikkilamchi Sil yoshlikda va oʻrta yoshda paydo boʻladi, oʻz vaqtida davo qilinmasa, kasallik astasekin, lekin toʻxtamay rivojlanadi. Aksari oʻpkaning yuqori boʻlaklarida mayda oʻchoqlar paydo boʻladi (Sil ning oʻchoqli shakli), baʼzan yiringli infiltratlar (Silning yalligʻlangan shakli) kuzatiladi.
Kasallik baʼzan uzoq vaqtgacha hech qanday alomatlarsiz kechadi, biroq, oʻpka sili rivojlanganda, yaʼni Sil mikobakteriyalari koʻpayishi boshlanganda organizmda zaharlanish alomatlari paydo boʻladi: holsizlik, tez charchash, tunda terlash, ozib kegish va boshqa, borabora bemorda yoʻtal zoʻrayadi, hansiraydi, nimjon boʻlib qoladi. Zoʻr berib davolanish kasallik rivojlanishining oldini oladi. Oʻpkadan tashqaridagi Sil (hiqildoq, ichak, buyrak, teri, suyak, boʻgʻim va boshqalar) oʻpka siliga karaganda ancha kam uchraydi. Silni barvaqt aniklash kasallikni toʻlatoʻkis davolash imkonini beradi.
Davosi. Davolash, asosan, kasalxona sharoitida, vrach nazorati ostida olib boriladi. Silga qarshi ishlatiladigan zamonaviy doridarmonlardan kasallikning turi va ogʻirengilligiga qarab tayinlanadi. Odatda, bu dorilar uzoq vaqt davomida (bir necha oylab) qoʻllanadi. Silni davolashda foydalaniladigan kimyoterapevtik dorilar maʼlum bir guruxlarga boʻlinadi: izoniazid va uning analoglari, rifampitsin; etambutol, protionamid (etionamid, tizamid (pirazinamid), streptomitsin, kanamitsin, florimitsin va boshqa
Oldini olish ijtimoiy, sanitariya, kimyoviy va maxsus tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirish moddiy hayot sharoitini yaxshilash, aholining umumiy madaniyatini oshirish va sanitariya bilimlarini targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Vrach buyurgan kun tartibiga amal qilish, toʻlatoʻkis ovqatlanish, iloji boricha ochiq havoda boʻlish, xonani botbot shamollatib turish lozim. Sil bilan ogʻrigan bemorlarni kasallikning ilk bosqichlarida aniqlash maqsadida aholini ommaviy tekshirish, yaʼni flyuorografiya tekshiruvidan (kamida 2 yilda 1 marta) oʻtkazish ijobiy natija beradi. Sil ni bolalarda barvaqt aniklash uchun bolalar poliklinikalarida, bogʻchalarida, maktablarda tuberkulin sinamasi oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda barcha yangi tugʻilgan chaqaloqlar vrachning moneligi boʻlmasa, Silga qarshi vaksinatsiya qilinadi; vaqtvaqti bilan (7,12 yoshda) revaksinatsiya oʻtkaziladi.
Xulosa
Bronxit oʻtkir va surunkali boʻladi. Kasallikni koʻpincha pnevmokokklar, gemolitik streptokokklar, stafilokokklar, gripp virusi, Fridlender tayoqchasi va boshqa keltirib chiqaradi. Sovuqqotish, spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilish, tamaki chekish, baʼzi kimyoviy moddalardan surunkali zaharlanish; yuqori nafas yoʻllarida infeksiya oʻchogʻi borligi (sinusit, gaymorit) ham oʻtkir B. rivojlanishiga sharoit tugʻdiradi. Kasallik quruq yoʻtal, toʻsh atrofida ogʻriq, yuqori nafas yoʻllarining oʻtkir yalligʻlanishiga xos oʻzgarishlar, tumov bilan boshlanib, keyin yalligʻlanish bronxlarga tarqaladi, muskullar qaqshab ogʻriydi, koʻkrak sohasida qisilish his qilinadi, yoʻtal dastlab quruq boʻlib, keyin balgʻam ajraladi, gavda harorati koʻtariladi, gripp bilan ogʻrigan bemorlarning lablariga uchuq toshadi va boshqa Oradan bir necha kun oʻtgach, kasallik batamom tuzaladi, baʼzan choʻzilib ketib, surunkali B.ga aylanishi mumkin.
Pnevmoniyaning etiologiyasidagi xlamidial infektsiya
Xlamidial pnevmoniya rivojlanishining sababi nafas yo’llari va o’pkaga xlamidiyaning kirishidir. Xlamidiya odatda qinda bakterial xlamidiozga olib keladi. Bunday shakldagi pnevmoniya asosan bola tug’ilayotganda kasallangan onadan yuqadi.
Ushbu turdagi pnevmoniya ko’proq bolalar, ayniqsa emizikli yoshdagilar va o’smirlar orasida tarqalgan va boshlang’ich davrda shamollashga o’xshash klinik ko’rinishga ega. Kasallikning bu shakli davosi bemorning yoshi va xususiyatlarini inobatga olgan holda alohida tanlanadi.
Sil mikobakteriyalari koʻpayishi boshlanganda organizmda zaharlanish alomatlari paydo boʻladi: holsizlik, tez charchash, tunda terlash, ozib kegish va boshqa, borabora bemorda yoʻtal zoʻrayadi, hansiraydi, nimjon boʻlib qoladi. Zoʻr berib davolanish kasallik rivojlanishining oldini oladi. Oʻpkadan tashqaridagi Sil (hiqildoq, ichak, buyrak, teri, suyak, boʻgʻim va boshqalar) oʻpka siliga karaganda ancha kam uchraydi. Silni barvaqt aniklash kasallikni toʻlatoʻkis davolash imkonini beradi.

Download 107 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish