Gijjalarni ichakda va boshqa tana a'zolarida bo`lishi har xil xastaliklarga olib
keladi: kamqonlik, tananing ozib ketishi, toshma toshishi, allergiya holati, asab
tizimining buzilishi, qabziyat, avitaminoz va hakozolar shular jumlasidan.
Gelmintlar tanada joylashishiga qarab ikki guruhga bo`linadi: ichakda va
ichakdan tashqarida joylashadigan gijjalar.
Ularni yo`qotishda ishlatiladigan preparatlarga quyidagi talablar
quyiladi: a) preparatlarning ta'sir doirasi keng bo`lishi kerak,
b) preparatning davo qilish samarasi bir marta berilganida yuqori darajada bo`lishi kerak,
v) preparatlar bemorning tayyorgarligisiz (surgi dorilar, klizma, parxez va boshqalar) berilishi
kerak; g) ular makroorganizmga zararsiz bo`lishi kerak. Hozirgi vaqtda antigelmint
preparatlarining ko`pchiligi ushbu talablarga javob bermaydi. Mazkur dorilar
asosan gijjalarning turiga qarab tanlab ta'sir ko`rsatadi. Shuning uchun ularga davo
qilishdan oldin gijjaning turini aniqlash zarur.
Antigelmint Preparatlarining ta'sir mexanizmi quyidagicha: Ularning aksariyatlari gijja mushaklarini bo`shashtiradi, ayrimlari esa aksincha kuchli qisqartiradi. Natijada gijjalar ichak devoriga yopisha olmaydi va najas bilan chiqib ketadi. Bir qator preparatlar gijjalar tanasidagi modda almashinuvini buzadi yoki ularda narkoz holatini keltirib chiqaradi. Yana shunday antigelmintlar borki, ular
193
gijjaning sirtqi qavatini emirib, ularni ichakdagi proteolitik fermentlar ta'siriga
chidamsiz qilib qo`yadi.
Ichakdagi gijjalarni haydash uchun ishlatiladigan vositalar. Odam ichagida yashaydigan ikki xil gijjalar ma'lum-dumaloq gijjalar-nematodlar (askarida va boshqalar) va yassi gijjalartsistodlar (keng lentasimon, qurollangan va qurolsiz sepen va boshqalar).
Gelmentlarning boshqa turlari odamda kam uchraydi. Dumaloq gijjalarninematodlarni ichakdan chiqarish uchun dekaris, vermoks va piperazin preparatlari samarali hisoblanadi va antigelmintlarga qo`yiladigan talablarga javob bera oladi.
Dekaris yuqori samarali va ta'sir doirasi keng preparat hisoblanadi. Preparat bir marta yuborilganida gijjalarning metabolizm jarayoniga ta'sir etib
(glikogenolizni susaytiradi), ularning mushaklarini falajlaydi va o`limiga sabab bo`ladi. Natijada ular najas bilan chiqib ketadi.
Dekarisning bunday ta'siri mushaklari tufayli
harakatlanib ichak bo`shlig`ida yashaydigan gijjalarga (askarida, enterobioz va
boshqalar) nisbatan samaralidir. Ichak shilliq qavatiga yopishib oladigan gijjalarga
(lentasimon, so`rib oluvchi) ta'sir etmaydi.
Dekaris bir marta berilganda dumaloq gijjalarni haydashga qaratilgan samarasi
90-100 % ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, preparat bemorga maxsus
tayyorgarliksiz (parxez va boshqalar) beriladi va undan keyin surgi dori qo`llash
zaruriyati bo`lmaydi. Dekarisning yuqori samarali ta'siri va ishlatishda qulayligi
uni antigelmint dorilar orasida birinchi o`ringa qo`yadi. Preparat immuno-biologik
tizimni yaxshilaydi. Shu sababli dekaris immunostimulyator sifatida ham
qo`llanilishi mumkin. Preparatning nojo`ya ta'siri kam.
Vermoks preparati gelmintlarga (askaridoz, enterobioz va boshqalar) ta'siri va
ishlatilishi bo`yicha dekarisga o`xshash.
Shu maqsadda piperazin adipinat ham keng ko`lamda ishlatiladi. Uning ta'siri
ko`proq askaridozda va enterobiozda yaxshi yuzaga chiqadi. Dorining ta'siri
natijasida gelmintlarning mushaklari falajlanib, harakatlanish qobiliyati yo`qoladi
va ular najas bilan falaj holda chiqariladi. Piperazinning naf qlishi 90-100 %
ga etadi. Uni berishda parxez qilish va surgi dorilar qo`llash talab qilinmaydi
(qabziyatda surgilar berilsa bo`ladi). Preparat 1-2 martadan 2 kun davomida
buyuriladi.
Askaridoz xastaligida ichakka kislorod yuborish usuli bilan ham davo qilinadi.
Yassi gijjalarni (tsestodlar) ichakdan haydash (keng lentasimon difillobatrioz,
qurollangan sepen-tenioz, qurollanmagan sepen-teniarinxoz) va davo maqsadida
fenasal, dixlorofen, erkak paporotnik preparatlari ishlatiladi.
Fenasal lentasimon gijjalarga ta'sir etib, ularning qobig`ini yumshatadi, buning
natijasida tanasini ichakdagi proteolitik fermentlar emiradi, parazit mushaklari
falajlanadi. Dixlorofen veterinariya amaliyotida uy hayvonlarida uchraydigan
lentasimon gijjalarni haydash uchun ishlatiladi. Odamda uchraydigan ayrim
gijjalarga (mikrofilyariya) ham nisbatan yaxshi ta'sir ko`rsatadi. Preparatning ta'siri
natijasida gijjalar halok bo`ladi. Surgi dori berish talab qilinmaydi.
Dixlorofen noxush xolatlarni keltirib chiqarishi mumkin (teri toshmalari, ko`ngil
aynishi, qayt qilish, qorin sanchig`i).
194
Tsestodoz xastaligida erkak paporotnigining quyuq ekstrakti ham ishlatiladi. U
sestodoz turkumiga kiradigan hamma gijjalarga ta'sir etib, ularning mushaklarini
falajlaydi. Me'da-ichak shilliq pardasini ta'sirlaydi, qisman tanaga so`riladi. Hozir
ushbu o`simlikdan toza holda dezaspidin, flavespidin kislota va boshqalar olingan
bo`lib, ularning lentasimon gijjalarga nisbatan ta'siri ancha kuchli.
Ichakdan tashqarida joylashadigan gelmintlarga qarshi ishlatiladigan vositalar.
Ushbu guruh gijjalariga nematodlar (filyariya), trematodlar (jigar va mushuk
dvugustkasi) kiradi. Ular limfa tomirlarida, jigarda, o`t qopida, qon tomirida
joylashadi va filyarioz, fastsiolez hamda boshqa xastaliklarni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |