Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-
- shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, hududlarning an’anaviyligiga e’tibor berib, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablarini va texnologiyalarni hisobga olgan holda hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish, hududni rejalashtirish tarxlari xamda tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari va o‘z hududlariga oid boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, ularning ma’qullanishini va ekspertizadan o‘tkazilishini hamda tasdiqlanishini tashkil etish;
-
- shahar va qishloq aholi punktlarini rejalashtirish va qurish loyihalarida shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari hududlarini me’moriy rejalashtirish va tashkil qilish;
-
- aholini joylashtirish sxemalari, hududlarni rejalashtirish, shaharlarning bosh rejalari bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqish tizimini yanada takomillashtirish, bunda hududiy tizimlarni, ya’ni moliya, er kadastri va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish hamda hududlarning tabiiy-iqlim sharoiti va relefini, respublika mintaqalarining ijtimoiy-demografik hususiyatlarini hisobga olgan holda zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini qo‘llab qishloqda yakka tartibdagi uy-joylar, ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy ob’ektlar loyihalarini takomillashtirish ishlarida ishtirok etish;
-
- hududlarda shaharsozlik ob’ektlari qurilishi uchun er tanlash va ajratilishida, ob’ektlarning joylashtirilishida bosh reja muallifi bilan kelishish, navbatchi bosh rejalarning yuritilishi, noqonuniy qurilishlarni o‘z vaqtida aniqlash va unga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish va qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash
-
- shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy va texnika siyosatini amalga oshirish, tegishli axborot bazasini yaratish;
-
- tegishli hududni rivojlantirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
-
- mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini joylashtirish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish;
-
- binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlarning loyihalari tasdiqlanishiga rozilik berish;
-
- tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati ob’ektlari bo‘yicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib borish;
-
- “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishgan holda qurilish qoidalarini ishlab chiqish;
-
- kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish, kapital qurilishda iqtisodiy
-
- islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda viloyat hokimligi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga taqdim etish;
-
- loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini yanada shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritish;
-
- shaharlar, qishloq aholi punktlari va qishloqlar orasidagi hududlarni rejalashtirish va qurishda shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi, arxitektura yodgorliklari va madaniy meros ob’ektlari saqlab qolinishini hisobga olgan holda ularning arxitektura – rejalashtirilishi va arxitektura-badiiy sifatlari bo‘yicha nazorat ishlarini olib borish va arxitektura va shaharsozlikda milliy va madaniy an’analarni rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirib borish.
-
- qishloq aholi punktlarini rivojlantirish va istiqbolini belgilashda asos hisoblangan kompleks shaharsozlik xujjati ishlab chiqilgan va tasdiqdan o‘tgan qishloq fuqarolari yig‘inlari hududlarining me’moriy-rejaviy tashkillashtirish loyihasini amalda tadbiq etish tizimini yaratishda ishtiroq etish;
-
- mavjud qishloq aholi punktlarini ob’ektiv baholash, bugungi ahvolini keng qamrovda o‘rganib chiqish hamda kelajakda qishloq fuqarolari yig‘inlari hududlarining me’moriy-rejaviy tashkillashtirish loyihasi asosida qurilish loyihalari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash dasturini ishlab chiqilishini tashkillashtirish;
-
- dastur asosida qishloqlarda uy-joylar qurilishi uchun ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirishni rejalashtirishda ularning mavjudligi va talab etiladiganlari yuzasidan aniq ma’lumot bazasini shakllantirishda, barcha zarur ijtimoiy va kommunikatsiya infratuzilmasiga ega bo‘lgan, uy-joy bozorini shakllantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda qatnashish;
-
- fermer xo‘jaliklari kontseptsiyasini amalga oshirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqish va fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha infratuzilma ob’ektlari tarmog‘ining kengaytirilishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
-
- ekologik vaziyatni yaxshilash, tarixiy va madaniy obidlar, qiymatga ega landshaftlar va suv resurslarining muxofazasi hamda erdan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish;
-
- qishloq aholi punktlarida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va kichik o‘rta biznes sub’ektlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlashda ko‘maklashish;
-
- O‘zbekiston milliy avtomagistralining viloyat hududidan o‘tuvchi yo‘llarida qurish va rekonstruktsiya qilish bo‘yicha dasturni amalga oshirishda infratuzilmaviy servis inshootlarini yaratish monitoringini muntazam ravishda tizimli olib borilishini ta’minlash.
Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
-
- shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, hududlarning an’anaviyligiga e’tibor berib, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablarini va texnologiyalarni hisobga olgan holda hududlarni rivojlantirish, hududni rejalashtirish tarxlari hamda tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari va o‘z hududlariga oid boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, ularning ma’qullanishini va ekspertizadan o‘tkazilishini hamda tasdiqlanishini tashkil etadi;
-
- shahar va qishloq aholi punktlarini rejalashtirish va qurish loyihalarida shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari hududlarini me’moriy rejalashtirish va tashkil kilish ishlarini muvofiqlashtirib boradi, bosh rejaga, batafsil rejalashtirish va qurilish loyixalariga rioya qilishi, hududlarida er ajratilishida qonun talablariga rioya etishi, ob’ektlarni joylashtirilishida bosh reja muallifi bilan kelishish, navbatchi bosh rejaning yuritilishi va noqonuniy qurilishlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;
-
- shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy va texnika siyosatini amalga oshiradi, tegishli axborot bazasini yaratadi;
-
- tegishli hududni rivojlantirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
-
- mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini joylashtirish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritadi;
-
- binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlarning loyihalari tasdiqlanishiga rozilik beradi;
-
- tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati ob’ektlari bo‘yicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;
-
- kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini muvofiqlashtiradi va uning monitoringini olib boradi;
-
- kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va mahalliy davlat hokimiyati organiga hamda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga taqdim etadi;
-
- loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
-
- shaharlar, qishloq aholi punktlari va qishloqlar orasidagi hududlarni rejalashtirish va qurishda shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi, arxitektura yodgorliklari va madaniy meros ob’ektlari saklab qolinishini hisobga olgan holda ularning arxitektura-rejalashtirilishi va arxitektura-badiiy sifatlari bo‘yicha nazorat ishlarini olib boradi hamda arxitektura va shaharsozlikda milliy va madaniy an’analarni rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
-
- shaharsozlik faoliyati sohasida shaharsozlik normalari va qoidalari, boshqa qonun hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda qatnashadi, taklif kiritadi, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi;
-
- hududlarni rejalashtirish tarxlari va umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan alohida tartibga solinadigan shaharsozlik ob’ektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishida, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashadi;
-
- mahalliy davlat hokimiyati organiga shahar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
-
- kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishi va uning ahvoli, loyiha va qurilish tashkilotlarida, qurilish sanoati korxonalarida reyting baholarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha tahlillarni olib boradi;
-
- loyihalash va pudrat tashkilotlari, qurilish sanoati korxonalari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari, shuningdek qurilish materiallari, konstruktsiyalari va buyumlarining narxlari, qurilish mashinalari va mexanizmlari qiymati, transport xarajatlari, hududlardagi tashkilotlar, korxonalar bo‘yicha quruvchi ishchilarning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plamini shakllantiradi;
-
- muhandislik izlanishlari sohasida yagona texnikaviy siyosatni amalga oshiradi, kapital qurilish uchun kompleks muhandislik izlanishlarining davlat fondini yaratadi;
-
- shaharsozlik faoliyati sohasida qoida buzilishlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy va boshqa jazolarni belgilangan tartibda qo‘llaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda yul qo‘yilgan qoida buzilishlarida aybdor bo‘lgan yuridik va mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga beradi;
-
- manfaatdor tashkilotlar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan birgalikda shaharsozlik faoliyatida tarkibiy, ilmiy-texnik va iqtisodiy siyosatning asosiy yunalishlarini belgilashda ishtirok etadi;
-
- shaharsozlik faoliyati, investitsiya jarayonini boshqarish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini takomillashtirish, yangi texnika va qurilish-montaj ishlariga zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash masalalari bo‘yicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda viloyatdagi korxona va tashkilotlarga yaqindan yordam beradi, xorijiy hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishda ko‘maklashadi;
-
- o‘z vakolatlari doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirib borishni tashkil etadi;
-
- aholini shaharsozlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan muntazam ravishda xabardor qilib boradi;
-
- mahalliy davlat organlariga hududdagi shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini joylashtirish, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
-
- binolar, inshootlar va boshqa turdagi ob’ektlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlash uchun rozilik beradi;
-
- tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyatiga doir loyihalashtirish, kompleks muhandislik-qidiruv ishlari, mualliflik nazorati tashkil etilishi, shuningdek, qurilish, qurilish-ta’mirlash ishlari arxitektura-shaharsozlik talablariga rioya etilishini muvofiqlashtiradi;
-
- tegishli hududdagi shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi, davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspektsiyasining va qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazining arxitektura-shaharsozlikka doir faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
-
- qurilish qoidalari va boshqa hujjatlarni, kapital ta’mirlash, restavratsiya, obodonlashtirish, landshaft va shaharsozlik dizayniga oid hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga taqdim etadi;
-
- tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida hududlardagi erlardan unumli foydalanish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organiga takliflar kiritadi;
-
- hududni rivojlantirish borasidagi shaharsozlik hujjatlari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari asosida barcha turdagi qurilish ob’ektlari uchun er uchastkalarini belgilaydi hamda bu to‘g‘rida hokimning qarori loyihasini tayyorlaydi;
-
- madaniy meros ob’ektlarini saqlash, restavratsiya qilish va foydalanish va ularning muіofaza hududlarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi;
-
- qurilishi tugallangan fuqarolik, ijtimoiy, kommunal hamda ishlab chiqarish ob’ektlarini qabul qilishda qonunlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
-
- tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida qurilish ob’ektlarini joylashtirish, barcha turdagi qurilish ob’ektlari uchun er tanlash va ajratish to‘g‘risida mahalliy davlat organlarining qarorlari asosida ajratilgan er maydonlarini naturada belgilash va chegaralash ishlarini amalga oshiradi;
-
- aholi punktlarining bosh rejalarida va mufassal rejalashtirish loyihalarida ko‘zda tutilmagan ob’ektlarni maydonlarda joylashtirishda loyiha tashkiloti (muallif) bilan kelishish ishlarini olib boradi;
-
- tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini loyihalashtirish uchun, ya’ni qurilish, kapital rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish hamda bino va inshootlar restavratsiyasi, shu bilan birga muhandislik, transport infratuzilmasi uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini (ART-1 va ART-2) ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va quruvchi - buyurtmachilarga taqdim etadi;
-
- tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun qurilish pasportini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va quruvchi-buyurtmachilarga taqdim etadi;
-
- shahar, tuman arxitektura va qurilish boshqarma (bo‘lim)lari, ular huzuridagi xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish bo‘limlariga va yakka tartibda uy-joy qurilishini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoring o‘tkazish bo‘yicha sektorlarga rahbarlik qiladi, shuningdek mulkchilik shaklaridan qati nazar tegishli hududdagi loyihalash tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi;
-
- shaharsozlik kadastrini, er ajratish va imorat qurishga oid joriy tezkor rejalar tuzish, er osti muhandislik kommunikatsiyalari joylashishini ro‘yxatga olish, navbatchi rejalarni va muhandislik-geologiya ishlanmalari atlaslarini yuritish bo‘yicha ishlarini tashkil etadi;
-
- yer uchastkalarini ajratish, loyiha-rejalashtirish hujjatlarini saklashga doir yagona texnik arxivni tashkil etadi;
-
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.
Bosh boshqarmaning huquqlari va javobgarligi
Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
-
- arxitektura va qurilish sohasidagi muhim masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar tashkil etish;
-
- shaharsozlik, ekologik talablarga va arxitektura organlari tomonidan berilgan arxitektura-rejalashtirish topshiriqlariga (ART-1 va ART-II) javob bermaydigan loyihalarga rozilik berishni rad etish;
-
- amaldagi yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlar talablarini buzgan holda yoki belgilangan tartibda berilgan ruxsatnomasiz olib borilayotgan topogeodeziya va muhandislik-geologiya qidiruv-rejalashtirish va qazish ishlarini amalga oshirishni to‘xtatish;
-
- o‘z vakolatlari doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida kapital qurilishdagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
-
- o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni hududdagi tashkilotlar, korxonalar, muassasalardan, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlaridan so‘rash va belgilangan tartibda olish;
-
- ilmiy-tadqiqot, texnologiya, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, ta’lim muassasalarini va boshqa tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek olimlarni shaharsozlikka, arxitektura va qurilishga oid hujjatlarni ishlab chiqishga belgilangan tartibda jalb etish;
-
- shaharsozlik faoliyati sohasida eng yaxshi loyihaning ilmiy-texnik ishlanmalarini hamda hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish loyihalarini tanlash maqsadida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yirik tashkilotlar va O‘zbekistan Respublikasi arxitektorlar uyushmasi bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni ishlab chiqish uchun tanlovlar o‘tkazish va tanlov komissiyalarini tashkil etish;
-
- «Davarxitektqurilish» qo‘mitasiga amaldagi qonunlarni, shaharsozlik, ekologik va boshqa me’yoriy talablarni buzgan holda ishlayotgan loyiha, qurilish va ishlab chiqarish tashkilotlarining loyihalash, qurilish va qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish huquqini beruvchi litsenziyalarini olib qo‘yish to‘g‘risida takliflar kiritish;
-
- tegishli arxitektura-shaharsozlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun loyihalarni ishlab chiqishga, mulkchilik shaklaridan qati nazar, korxonalar va tashkilotlarga litsenziyalar berish uchun belgilangan tartibda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga takliflar kiritish;
-
- amaldagi yo‘riqnoma va qoidalarga zid holda yoki belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomasiz bajarilayotgan topogeodeziya va muhandislik-geologiya qidiruv hamda unga bog‘liq ishlar va kavlash ishlari olib borilishini to‘xtatish;
-
- o‘z faoliyatida quyi va boshqa etakchi loyiha, qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan o‘zaro ijodiy hamkorlikni amalga oshirish;
-
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ishlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Bosh boshqarma quyidagilar uchun javob beradi:
-
- shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablari, texnologiyalarini hisobga olgan holda hududlarni rejalashtirish va qurishning ilmiy asoslangan tarxlari tayyorlanishini ta’minlash;
-
- shaharlar, qishloq aholi punktlari va qishloqlar orasidagi hududlarni rejalashtirish va qurishda shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi, arxitektura yodgorliklari va madaniy meros obyektlari saqlab qolinishini hisobga olgan holda ularning arxitektura-rejalashtirilish va arxitektura-badiiy sifatlari bo‘yicha nazorat ishlarini olib borish va arxitektura va shaharsozlikda milliy va madaniy an’analarni rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirib borish.
Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
Bosh boshqarmaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Tashkiliy-nazorat xizmati bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan boshliq – bosh arxitektor rahbarlik qiladi.
-
- Bosh boshqarma boshlig‘i lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik Kengashining a’zosi hisoblanadi.
-
- Bosh boshqarma ta’minoti xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash davlat byudjeti mablag‘lari hamda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
-
- Bosh boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
-
- Bosh boshqarmaning o‘z vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilgan qarorlarining bajarilishi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
-
- Bosh boshqarmaning shtat jadvali boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi va moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tadi.
-
- Shaharsozlik va arxitektura echimlari, arxitektura bilan uyg‘unlashgan monumental-dekorativ san’at asarlari, shaharsozlik hujjatlari, bino, inshoot, majmua loyihalarini qurish, ekspertiza qilish va sifatini baholash maqsadida Bosh boshqarma huzurida doimiy idoralararo organ - arxitektura-shaharsozlik Kengashi tuziladi. U o‘z ishini “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida tashkil qiladi va maslahat beruvchi organ hisoblanadi.
-
- Arxitektura-shaxarsozlik Kengashining shaxsiy tarkibi “Davarx- itektqurilish” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Bosh boshqarma tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
- shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalari;
-
- tumanlar arxitektura va qurilish bo‘limlari;
-
- bosh boshqarma huzuridagi xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish boshqarmasi;
-
- shahar va tuman arxitektura va qurilish boshqarma (bo‘lim)lari huzuridagi xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish bo‘limlari.
Bosh boshqarma boshlig‘i:
-
- Bosh boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi va Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi
-
- shaharsozlik va arxitektura faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish holatlari yuzasidan aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli hokimliklarga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritadi;
-
- bosh boshqarmaning mulkini boshqaradi;
-
- Davlat hokimiyati organlarida, huquqni muhofaza qilish organlarida va sudda, tashkilotlar, muassasalar hamda korxonalarda Bosh boshqarma nomidan vakillik qiladi va uning manfaatlarini himoya qiladi;
-
- Bosh boshqarma tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlaydi;
-
- Bosh boshqarma tarkibiy bo‘linmalari nizomlarini tasdiqlaydi;
-
- Bosh boshqarma xodimlarini lavozimlarga tayinlaydi va lavozimlardan ozod qiladi;
-
- kadrlar zaxirasini tayyorlash, tanlash, nomzodlarni ma’qullanishi uchun viloyat hokimiga takliflar kiritish, joy-joyiga qo‘yish, qayta tayyorlash va malaka oshirish masalalarini hal qiladi, xodimlarning oylik maoshlariga ustamalar tayinlaydi;
-
- Bosh boshqarma xodimlari ichki mehnat tartibi qoidalariga, lavozimlar yo‘riqnomasi talablariga hamda xizmatga oid hujjatlar bilan ishlash tartibiga rioya qilishini ta’minlaydi;
-
- yuksak mehnat natijalariga erishgan Bosh boshqarma va unga tegishli tashkilotlar xodimlarini belgilangan tartibda rag‘batlantirish choralarini ko‘radi;
-
- O‘zbekistan Respublikasi qonunchiligiga muvofiq buxgalteriya hisob-kitobi va statistika hisoboti tashkil qilinishiga javobgar bo‘ladi;
Bosh boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgiangan tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |