Bortdagi nazorat tizimi



Download 0,75 Mb.
Sana11.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#544077
Bog'liq
1-labaratoriya ELEKTR




1-Labaratoriya ishi


Mavzu: Bortdagi nazorat tizimi
BORTDAGI NAZORAT TIZIMI

Bortdagi nazorat tizimi ( BNT) – avtomobil tugunlari va agregatlarida nosozlik yuzaga kelganligi yoki noto‘g‘ri ishlayotganligi haqida haydovchini ogohlantirish uchun xizmat qiluvchi axborot tizimidir. BNT yordamida haydovchi, o‘zining ish joyidan jilmasdan, ya’ni o‘rindig‘ida o‘ltirib avtomobilni ekspluatatsiyaga tayyorligini tekshirish yoki yo‘lga chiqish oldidan texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bajariladigan ishlar ko‘lamini aniqlash imkoniga ega bo‘ladi.BNT tomonidan asosan quyidagi ko‘rsatkichlar nazorat qilinadi: motordagi moy sathi, sovitish suyuqligining sathi, oynatozalagich bakchasidagi suyuqlik sathi, tormoz suyuqligining sathi, tormoz ustquymalariningyeyilish darajasi, yoritish va yorug‘lik darakchilari tizimidagi lampalarning sozligi. Bu ko‘rsatkichlar majmui harakat havfsizligini ta’minlovchi va avtomobilning ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tizimlarga qo‘yiladigan talablarning soniga ko‘ra o‘zgarishi va to‘ldirilishi mumkin.Zamonaviy BNT lari, odatda, mikroprotsessor texnikasi asosida ishalb chiqiladi. Bu nazorat-diagnostik jaryonlarni avtomatlashtirish imkonini beradi.BNT tizimni joriy qilishning asosiy shartlaridan biri – nazorat qilinishi zarur bo‘lgan tizim va agregatlarga tegishli datchiklarni o‘rnatish va ulardan olingan ma’lumotni asboblar panelida aks ettirishdir. BNT quyidagi masalalarni xal qilishi mumkin:


 avtomobilning asosiy tizim va agregatlarining sozligini nazorat qilishni o‘z zimmasiga olib, harakat vaqtida haydovchini diqqatini maksimal darajada yo‘ldagi vaziyatni nazorat qilishga qaratish;
nosozlik yuzaga kelganda, uni muhimligiga baho berish va haydovchini tegishli shaklda ogohlantirish;
 alohida tizim yoki agregatga texnik xizmat ko‘rsatish zarurligi haqida haydovchini ogohlantirish.
BNT ni joriy qilishning mohiyati shundan iboratki, davriy ravishda muayyan tizimlarni nazorat qilish , ishdan chiquvchi agregatlarga, ularga rejali texnik xizmat ko‘rsatishdan ancha avval xizmat ko‘rsatiladi, va bu avtomobilning texnik tayyorlik darajasini oshiradi.Eng oddiy BNT tarkibiga nazorat qilinayotgan ko‘rsatkichlarning datchiklari, boshqarish bloki va ma’lumotni aks ettiruvchi vositalar kiradi. Avtomobildagi texnik suyuqliklarni (yuvuvchi, sovituvchi, motordagi moy) sathini nazorat qilish uchun ko‘p hollarda maxsus qobiq 3 ga o‘rnatilgan gerkon 1 (germetik kontakt) va gerkon o‘qi bo‘ylab harakatlana oluvchi halqali magnitli datchik 2 ishlatiladi.



1-rasm. Suyuqlik sathining gerkonli datchigi
Gerkon shisha kolbaga kavsharlangan bir yoki bir necha juft kontaktlardan iborat bo‘ladi. Suyuqlik sathini belgilangan chegaragacha kamayishi qalqovuchga mahkamlangan halqali magnitning holati bilan aniqlanib, aynan shu holatda magnit maydon ta’sirida gerkon kontaktlari tutashadi, ya’ni BNT tablosida joylashgan habarchi zanjiri ulanadi.
Tormoz ustquymalarini yeyilish datchiklarining ikki turi mavjud: nazorat zanjirini uzuvchi va tutashtiruvchi. Uzuvchi datchikda, zanjir simi ustquymaning yoyilishi chegarasi chuqurligida joylashtiriladi vayeyilish o‘sha darajagayetganda tormoz diski simni ishqalab nazorat zanjirini uzadi. Tutashtiruvchi datchikdayeyilish chegargayetganda nazorat qilinayotgan zanjir tormoz diski yoki baraban orqali massaga tutashtiriladi.

2-rasm. Lampalarnining nosozligini qilish relesining elektr sxemasi

Yoritish va yorug‘lik darakchilari tizimidagi lampalarning sozligini nazorat qilish uchun nazorat relelari ishlatiladi. (2-rasm). U stop-signal , gabarit chiroqlarning sozligini nazorat qiladi. Rele, nazorat qilinayotgan zanjirga ulangan L1…L5 chulg‘amlardan iborat. Har bir chulg‘am o‘zining gerkoniga ega bo‘lib, nazorat qilinayotgan lampa soz bo‘lsa, gerkon tutash holda bo‘ladi ( chulg‘amdan o‘tayotgan tok hosil qilgan magnit maydon gerkon kontaktlarini tutashtirishgayetarli bo‘ladi). VT1…VT3 tranzistorlar, ularning baza-emitter zanjiriga ulangan gerkonlar vositasida boshqariladi. VT4 chiqish tranzistori bo‘lib, u BNT ning tablosidagi nazorat lampasini boshqaradi. Nosozlik yuzaga kelganda (masalan, lampalarning birortasi kuysa) ushbu lampa gerkonidan o‘tayotgan tok kamayadi (yoki butunlay yo‘qoladi) va natijada gerkon kontaktlari uziladi. Gerkon uzilganda, unga tegishli oraliq tranzistor to‘yinish holatiga o‘tadi va tranzistor VT4 ochadi va nazorat lampa yonadi.



3-rasm. Shinadagi bosimni nazorat qilish tizimi: a) g‘ildirakda joylashishi; b) blok sxemasi
BNT tomonidan nazorat qilinadigan yana bir muhim ko‘rsatkich- shinalardagi havo bosimidir. Shu maqsadda, shinalardagi havo bosimini nazorat qilish uchun maxsus tizim ishlab chiqilgan. 3-rasmda shinalardagi bosimni nazorat qilish tizimining blok-sxemasi va datchiklarning avtomobil g‘ildiragiga o‘rnatilishi ko‘rsatilgan. Tizim uchta asosiy elementlardan tashkil topgan. G‘ildirak gardishiga juda kichik o‘lchamga ega bo‘lgan membranali bosim datchigi ( birinchi element) o‘rnatilgan. SHinadagi bosim kamayganda datchik kontaktlari tutashadi va tormoz kolodkalari mahkamlanadigan tugunga (support) joylashtirilgan yuqori chastotali tarqatgich (ikkinchi element) zanjirini ulaydi. G‘ildirak aylanganda bosim datchigi tarqatgichga juda ham yaqin masofadan o‘tadi. Tarqatgich zanjirining ulanishi elektron boshqarish bloki tomonidan qayd qilinadi va asboblar panelida bosimi kamaygan shinaga mos keladigan indicator (uchinchi element) yonadi. Tizim bosimni ± 50 millibar gacha aniqlik bilan o‘lchaydi. SHinadagi havo 100 C ga qiziganda,undagi bosim 1,5 psi (10,33 kPa) ortadi. SHinadagi havo haroratining ko‘tarilishi bosim datchigining aniqligiga ta’sir qilmaydi.Shinadagi bosimni nazorat qilish tizimining boshqa turida, shina analog bosim va harorat datchigiga ega boladi. Bu datchiklar bevosita shinalarga joylashtirilib ular shinadagi havoning bosimi va harorati haqidagi ma’lumotni kontaktsiz usulda avtomobilning EBB uzatiladi (hatto avtomobil harakatlanmayotgan holatlarda ham). Bu tizimda avtomobilning tezligi va yuklanishi ham hisobga olinadi
Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish