Bo’yiga
Muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bu ……..
Ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar) tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog’lom etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon nima deb ataladi?
Tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlar bu?.
Psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi……..
……….– bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotida sinalaverib, ko’nikma va malaka darajalaridan o’tgan va ruhiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir”.
Shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi bu…..?
Bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh nima deb ataladi?.
O’qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi nima?.
bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va har tomonlama tashkil qilish, ularni axloq mezonlari va xulq atvor qoidalarini bajarishga odatlantirish NIMA?.
Eniga
biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang’ich qoidasi; boshqaruvchi g’oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.nima? …..
shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, unda ijobiy huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon nima? …..
ta’lim jarayonida ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy talablarga muvofiq shaxs tomonidan muayyan xatti-harakat va xulq usullarining egallanishi fanda nima deb ataladi?
fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoiy fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat bo’lib fanda u nima deb ataladi?
ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish usuli bu?.
kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, xatti-harakati, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro munosabati, shuningdek, jamiyatga bo’ladigan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me’Yor va qoidalar yig’indisi nima?
o’quvchilarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go’zalligini idrok etish, to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotiga go’zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi bu ?.
mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish uchun shaxs (xodim) yoki guruhga ta’sir o’tkazish asosida ularning faoliyatini tashkil etish tamoyillari, shakllari, metodlari va usullari nima deb ataladi?
Tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot tushunchalarini anglatib, o’qitish va tarbiyalashning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki yo’llari, uslublari, vositalari majmuidir bu nima?
talabaning namunali xulqi uchun boshqalarga ibrat qilib ko’rsatish, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, devoriy gazetada talaba to’g’risida kichik ma’lumotnoma berish, uning suratini maxsus doskaga qo’yish, ota-onasining nomiga tashakkurnoma yuborish.
turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur bu ….?
shaxga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari to’g’risidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli bu…..?
tabiat, jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimi NIMA DEB ATALADI? .
Do'stlaringiz bilan baham: |