Bog’cha yoshidagi bolalarga ingliz tilini o’qitishning psixologik asoslari



Download 15,04 Kb.
Sana28.01.2021
Hajmi15,04 Kb.
#56908
Bog'liq
6.G'ulamovaZ


BOG’CHA YOSHIDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O’QITISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

G’ulamova Zarnigor Ikromjon qizi

Qo'qon davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi

goldbeauty1307@gmail.com

+998993241328

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb masalaga aylangan maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga chet tillari, xususan, ingliz tilini o'rgatishning psixologik asoslari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: psixik jarayonlar, A.S.Makarenko, ta'lim-tarbiya, ta'limda texnologiyalar.

XXI asr axborot texnologiyalari asri, texnologiyalar hayotimizga qanchalik tez sur’atda kirib borayotgan bo’lsa, jahon tili sifatida tan olingan va bir qancha xalqaro tashkilotlar uchun ish yuritish tili sifatida qabul qilingan ingliz tili ham shunchalik izchillik bilan dunyo bo’ylab tarqalmoqda. O’zbekiston Resppublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari bilan chet tillarini o’qitish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Chet tillarini nafaqat o’rta ta’lim, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi yoki oliy ta’limda, balki maktabgacha ta’limda ham o’qitishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda va bu xususda amaliy chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarning ham ma’nan, ham jismonan, ham psixik jihatdan kamolotiga bog’cha yoshidan ta’limiy-tadrijiy ishlar keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Zero, barkamol avlodgina O’zbekistonning bundanda porloq kelajagini barpo eta oladi.

Bolaning psixik jihatdan o’sishida bog’cha yoshidagi davr ancha murakkab va juda mas’uliyatli davrdir.

3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan davr bog’cha yoshidagi davr hisoblanadi. Bog’cha yoshidagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning harakatlarini takomillashtirish, elementar gigiyena, madaniy va mehnat malakalari hosil qilish, ijtimoiy axloq va estetik didning dastlabki kurtaklarini yuzaga keltirishga qaratilgan, ta’lim esa ularda ilk bilimlarni hosil qilishga, ya’ni to’g’ri nutq, aytilgan ma’lumotlar(ertak, voqealar) va ulardagi obrazlar, matematik tushunchalar (qo’shish, ayirish), chet tillari, asosan rus va ingliz tillaridagi boshlang’ich og’zaki nutq ko’nikmalarini egallashga qaratilgan. N.K.Krupskaya “Yosh bolalik chog’laridan qolgan taassurotlari juda katta ahamiyatga ega” degan fikrida bog’cha yoshida egallagan ta’lim-tarbiyaning qanchalik katta ahamiyatga egaligini ko’rsatib bergan.

Bu borada rus pedagogi A.S.Makarenko bog’cha yoshi davrida qilingan ish butun tarbiya protsessining 90%ini tashkil etadi, degan bo’lsa, ta’lim esa boladagi endigina shakllanishni boshlagan xotirasida o’chmas iz qoldiradi. Bolaga o’rgatilgan har bir narsa uning xotirasida qoladi. Vaholanki, bog’cha yoshidagi bolalar o’z diqqatlarini biror narsaga uzoq muddat qarata olmaydilar. Shu sababli ingliz tilini o’rgatish davomida bolalarni 20daqiqadan ortiq bir joyda olib o’tirib bo’lmaydi. Bolaning diqqatini o’rgatilayotgan narsaga uzoqroq muddat jalb etishda uning qiziqishi va mutaxassisning qiziqtira olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bog’cha yoshidagi bolalarning eng asosiy va yetakchi faoliyatlardan biri o’yin hisoblanadi. Shuning uchun bolalar bilan chet tillarini harakatli o’yinlar, qo’shiqlar tarzida o’rganilsa, samaraliroq natijaga erishiladi. Bog’cha yoshidagi bolalar o’yinining asosiy xususiyati barcha jarayonlarining: diqqati, sezgi va idroki, xotirasi, tafakkur va nutqi, xayoli, his-tuyg’u irodasi, xarakteri va qobiliyatining namoyon bo’lishidir.

Bola bog’cha yoshi davrining dastlabki bosqichlarida o’z ona tilining deyarli barcha tovushlarini farqlay oladi, passiv nutq bilan bir qatorda faol nutni ham egallaydi. Katta guruh bolalarida esa o’z ona tilidan tashqari boshqa tilni o’rganish va u tilda gapira olish layoqatini paydo bo’ladi. Ingliz tilidagi tovushlar o’zbek tilidagiga nisbatan bir muncha ko’proq (o’zbek tilida 29 harf 30 tovush; ingliz tilida 26 harf 44 tovush) bo’lsa-da, bu bolaga murakkablik tug’dirmaydi. Ingliz tilidagi nutqning dastlabki ko’nikmalarini egallashda bola real hayotda bilgan va atrofida mavjud bo’lgan so’zlardan boshlanadi: ǝǝɅʤʧʧӕӕ

Dada – dad[dӕd] olma – apple [ӕpl] it – dog [dͻg]

Aya – mum[mɅm] choy – tea [ti:] mushuk – cat [kӕt]

Bola xotirasining rivojlanishida nutqining o’sishi juda katta ahamiyatga ega. Bu davrda bola narsa va hodisalani faqat bevosita ko’rish orqali emas, balki shu narsa va hodisalarning nomlari orqali ham idrok qila oladigan bo’ladi. So’nggi yillarda o’tkazilgan tajribalar ko’rsatishicha, bog’cha yoshidagi bolalar xotirasida ham narsa va so’zlarning ma’nosiga tushunib eslab qolish katta o’rin tutadi. Dastlab bolalarga o’zlari bilgan narsa va buyum nomlarini yodlatishdan boshlangan mashg’ulotlar sekin-asta ranglar, sonlarni o’rganadi. Lekin bog’cha yoshidagi bolalarning mantiqiy esda qoldirishlai ularga to’la tushuniladigan material berilganda yaqqol ko’rinadi. Bolalarga iloji boricha real narsa-buyumlar: mevalar, kiyimlar, o’yinchoqlardan, ko’p hollarda rasmlardan foydalanib o’qitish unumli bo’ladi. Masalan, hayvon nomlari o’rganilganda ularning haqiqiysini ko’rsatib bo’lmaydi yoki kasb nomlarini.

Bolalar juda ko’p narsani asosan turli o’yin faoliyatlari davomida esda olib qoladilar. Hayvon nomlarini o’rganish davomida bolalardan ularning tovushlariga taqlid qilib berishni so’rash ham o’yinning bir turi hisoblanadi. Bolalar xotirasini mashq qildirishda turli mazmunli o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki bolalar o’zlarini qiziqtirgan narsaga ko’proq e’tibor qaratadi. Bola e’tiborini esa doimo o’yin tortib turadi. Bolaning materialni esda olib qolishini va qayta esga tushirishini tarbiyachi doimo boshqarib turishi lozim, ya’ni o’rganilgan so’zlarni 2-3 kunda o’yin orqali takrorlab turish kerak.

Bog’cha yoshi davrida bolaning nutqi nafaqat miqdor jihatdan, balki sifat jihatdan ham takomillashadi. Bola so’z turkumlaridan otni, fe’lni, sifatni va olmoshlarni o’zlashtirib oladi. Bu o’z navbatida bolaning fikr yuritishiga ta’sir etadi. Masalan: 3 yoshli bolaga qo’g’irchoq va qalamni ko’rsatib, “Bu nima?” – deb so’ralsa, bola “bu qo’g’irchoq, bu qalam” – deb nomini aytadi, 5 yoshli bola “bu qalam, u qora-qizil, bu qo’g’irchoq, uni o’ynaydi” – deydi; 6 yoshli bola esa, “qalamda yozadi, uning bo’yi uzun, rangi qora-qizil”, “qo’g’irchoqni o’ynaydi, uning boshi, qo’llari va oyoqlari bor” – deb javob beradi.

Ingliz tilini ham dastlab so’zlarni yodlashdan boshlagan bola maktabga borguncha murakkab bo’lmagan soda gaplarni tuza olish layoqatiga ega bo’ladi.

What is your name? – Sizning ismingiz nima?

My name is Madina. – Mening ismim Madina.

What is your father’s job? – Dadangizning kasbi nima?

My father is a doctor. – Mening dadam shifokor.

What is it? – Bu nima?

I have a rose. It is beautiful and red. – Menda atirgul bor. U chiroyli va qizil.

Bog’cha yoshidagi bolaga o’z ona tiliga qo’shimcha tarzda boshqa bir chet tilini o’rganish biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin, lekin aynan shu davrdan boshlab bilimga uyg’otiladigan mehr bolaning ilmiy kamolotga yetishishi uchun mustahkam poydevor bo’lib xizmat qiladi. Ingliz tilini o’qitishda bola psixologiyasini mufassal o’rgangan holda ta’lim berish bolalarga ham mutaxassis-tarbiyachiga ham yuksak natija beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Alimov X., Azimova F. Bolalar tarbiyasi bo'yicha savollarga javoblar(Ota-onalarga tavsiyalar). — T.: Fan va texnologiya, 2013. -48b.

2. Mary Rafferty. A brief review of approaches to oral language development. — USA:2014. Edited by R. Marlow-Fergudon World



3. Mo'minova L.R. Maktabgacha yoshdagi bolalarni savodga o'rgatish dasturi. — T., 1996
Download 15,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish