Biskvit uchun xamir tayyorlash



Download 0,71 Mb.
Sana31.07.2021
Hajmi0,71 Mb.
#133613
Bog'liq
Biskvit


To’g’ri biskvit ko’tarilgan va havodor bo’lishi kerak. Ammo u har doim va hammada ham shunday chiqavermaydi. Axir biskvit bu ajoyib tort, pirojnoe va pechenyelar asosi hisoblanadi.

BISKVIT UCHUN XAMIR TAYYORLASH

Ko’p narsa xamirga bog’liq. Klassik (oddiy) biskvit xamiri uchun 6 ta o’rtacha kattalikdagi tuxum, 130 gramm un, 210 gramm shakar va vanillin (yoki 10 gramm vanilli shakar) kerak. Dastavval oltita tuxumning oqi sarig’idan ajratib olinadi. Pishiriq xamiriga hech qanday iste’mol sodasi yoki qabartma (разрыхлитель) qo’shilmaydi. Lekin, agar o’zingizga ishonmasangiz, ozgina qabartma qo’shish mumkin — hech bo’lmaganda uning tayyor bo’lgan biskvitda ta’mi sezilmaydi.

Tuxum sariqlariga vanilin yoki vanilli shakar, 105 gramm shakar qo’shing va hosil bo’lgan massani sanchqi bilan aralashtiring. Sanchqi o’rniga venchikdan foydalanish ham mumkin. Bunda aralashma oq rangga kirshi va hajmi bir necha marta oshishi kerak. Shu sababli uni yetalchida intensiv aralashtirish kerak.

Biskvit uchun un kislorod bilan boyitilgan bo’lishi darkor. Buni amalga oshirish uchun unni bir necha marta elab olish kifoya. Agar shokoladli biskvit tayyolashni istasangiz, xamir massasiga 3-4 choy qoshiq kakao kukunidan qo’shing.

Sarig’idan ajratib olingan tuxum oqlari boshqa, mutlaq quruq va toza idishda ko’pirtiriladi. Bu vazifa uchun mikser olgan yaxshi, dastavval tuxumni mikserning eng past tezligida ko’prtira boshlang. Massa ko’pirganidan keyin eng yuqori tezlikka qo’ying. Biroz vaqt o’tgach, tuxum oqlari quyuqlasha boshlaydi. Shunda, ko’pirtirishni to’xtatmasdan, tuxum oqlariga shakarning qolgan qismini qo’shib, mustahkam ko’pik hosil bo’lgunicha ko’pirtirishda davom eting. Ko’pirtirilgan tuxum oqlarining uchdan bir qismini tuxum sarig’i aralashmasiga qo’shib, ehtiyotkorlik bilan bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiring.

Hosil bo’lgan aralashmaning yuzasiga unni elab solib, barchasini yana aralashtiring. So’ng, mazkur bosqichdagi aralashmani qolgan tuxum oqi saqlanayotgan idishga solib, yana ehtiyotkolik bilan aralashtiring. Hosil bo’lgan suyuq xamirni qolipga soling.



PISHIRISH UCHUN IDISH TANLASH

Biskvitni har qanday shakldagi qolipda pishirish mumkin. Agar tort uchun biskvit kerak bo’lsa, taxminan 23-24 sm diametrli bo’lgan, ajraladigan aylana qolip olgan yaxshi. Qolipning pastki qismi yog’lanadi va ustidan biroz un sepiladi. Qolipning ostiga pishiriq pergament qog’ozi yoyish mumkin.Bu amallar biskvit qolip ostiga yopishib qolmasligi uchun kerak.

Biroq, qolipning yon devorlarini yog’lamaslik lozim. Axir biskvit ko’tarilishi kerak. Yog’langan, demakki silliq devorlar xamirning ko’tarilishiga yo’l qo’ymaydi — xamir shunchaki pastga siljib ketaveradi. U pishib bo’lganidan so’ng, qolipning perimetrli bo’ylab pichoq bilan uni sekin kesib chiqing va ajratib oling. Agar biskvit qolip devorlariga yopishib qolishidan qo’rqsangiz, uni ham pergament qog’oz bilan o’rash mumkin.

BISVKIT PISHIRISH JARAYONI

Duxovkani tuxum oqini ko’pirtirishni boshlashdan oldin yoqish kerak. Biskvit yaxshi pishishi uchun 180 °C yetarli bo’ladi. Duxovka xamir tayyor bo’lishigacha yaxshi qizigan bo’lishi darkor, chunki bu bu achitiladigan xamir turi emas, uni saqlab turish pishiriqning ko’tarilmay qolishiga sabab bo’ladi. Biskvit taxminan 30 daqiqa pishiriladi. Pishirish jarayonida unga qanchalik qaragingiz kelmasin, duxovka eshigini ochib ko’rish qat’iyan taqiqlanadi. Aks holda, sovuq havo oqimi tufayli u shunchaki cho’kib qoladi va siz biskvit emas, ingichka shirin quymoq olasiz. Ko’rishni istasangiz, duxovkaning oynasi orqali qarang. Tayyor bo’lgan biskvit sekin bosib ko’rilganda joyiga qayta ko’tariladi, unga gugurt cho’pi yoki tish kavlagich sanchib ko’rilsa, pishmay qolgan xamir ilashib chiqmaydi.

Biskvitni qalinroq mustahkam ip bilan kesish juda oson. Uni shimdirishni esa biskvit sovigach va biroz turgach amalga oshirish kerak, ya’ni pishganidan 5 soatdan keyin.

BISKVIT TAYYORLASH SIRLARI

Har bir pishiriqda bo’lgani kabi, biskvit pishirishning ham sirlari mavjud, ularga amal qilsa, ushbu pishiriq yanada havodor va mazali chiqadi, demak:



  1. Xamirni duxovkaning o’rtacha polkasiga qo’ying — aks holda yuqori qo’yilgan biskvit yorilishi, past qo’yilganda esa pishib ulgurmasdan osti kuyib ketishi xavfi mavjud.

  2. Tuxumni chaqishdan oldin sovutib oling — shunda ular tezroq ko’piradi.

  3. Suyuq xamir ichidagi havo pufakchalari chiqib ketmasligi uchun uni keragidan ortiq aralashtirmaslik kerak.

  4. Masalliqlarning barchasi bir xil haroratda bo’lishi lozim — qanchalik sovuqroq bo’lsa, shunchalik yaxshi. Ushbu maqsadda xamir tayyorlanadigan idishni ham bir muddat muzlatgichga qo’yib olish mumkin.

  5. Y
    uqorida keltirilgan ko’rsatmalarning barchasiga amal qiling: unni elash, duxovka eshigini ochmaslik, qolipni yog’lash va hokazolar. Bularning barchasi biskvit tayyorlashda juda muhim sanaladi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish