Mashg’ulot vaqti: 45 daqiqa
|
|
O’quv mashg’ulot shakl va turi
|
Amaliy, ko'nikmalar hosil qilish, o'zlashtirish.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi:O’quvchilarga berilgan yangi bilimni masalalar yechish orqali mustahkamlash va ko’nikma hosil qilish
|
Pedagogik vazifalar:
-Mavzu bo’yicha bilimlarni ongli o’zlashtirish va mustahkamlashga bo’lgan motivatsiyani yaratish;
-mavzu bo’yicha bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash.
-o’tilgan formulalarni qo’llay olish;
|
O’quv faoliyatining natijalari:
-Berilgan masalalarni formulalarga tadbiq qila oladilar.
|
O’qitish metodlari
|
Ma’ruza, tushuntirish,davra suhbati
|
O’quvishini tashkil etish shakllari
|
Ommaviy va kichik guruhlarda ishlash
|
O’qitish vositalari
|
Ma'ruza matni, fizika 7-sinf darsligi, yashirin javoblar konverti, slayd, kompyuter, proyektor, ko’rgazmali plakatlar,
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Ommaviy ishlashga mo’ljallangan auditoriya
|
Qaytar aloqa metod va vositalari
|
Og’zaki “Zanjir”usuli , yozma “Fikrlay olasanmi? ”usuli
|
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-bosqich. O’quv mashg’ulotigakirish
(5 daqiqa)
|
1.1. O’quv mashg’ulotini o’tkazish uchun o’quvchilarning darsga tayyorgarligini nazoratdan o’tkazadi. Davomatni aniqlaydi.
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi, tayanch iboralar,rejalshtirilgan o’quv mashg’ulot natijalari va uni o’tkazish rejasi bilan tanishtiradi.
1.3. Mashg’ulot kichik guruhlarda ishlash shaklida ommaviy tarzda o’tkazilishini va baholash mezonlari bilan tanishtiradi.( 1- ilova)
1.4. Kichik guruhlarda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi va eslatadi ( 2- ilova)
|
Darsga tayyor holda bo’ladilar
Diqqat qiladilar
Tanishadilar
Tanishadilar
|
2-bosqich
Аsosiy bosqich
(25daqiqa)
|
2.1. Faollashtirilgan bilimlar asosida o’quvchilarni ish faoliyatiga “olib kiradi”.
2.2. Psixologik muhit yaratilishi uchun har bir o’quvchini o’tirgan o’tirg’ichi ostida samimiy tilaklar borligini e’lon qiladi va uni olib o’qib yaxshi kayfiyat bilan dars jarayoniga kirishni aytadi
2.3. O’quvchilarni 3 guruhga bo’ladi. Kichik guruhlarda ishlashni tashkil qiladi. Bugungi darsda mavzuni yoritish uchun topshirqlar bo’yicha ish yuritishlarini ma’lum qiladi. Guruhlarda ishlarni tashkilllashtirib, birinchi topshiriq asosida ish boshlashlarini e’lon qiladi. O’tilgan mavzularni takrorlash hamda fanga kirish uchun “ ZANJIR” usulidan foydalanadi. Bunda guruhlardan har bir o’quvchi fizik kattaliklar nomini aytadi. (3-ilova)
2.4.Masala yechish sharti bo’yicha o’quvchilarga masala beriladi va har bir guruh o’quvchisi o’zi mustaqil bajaradi.
(4-ilova)
2.5. O’quvchilar navbat bilan doskaga chiqadilar va o’qituvchi tomonida aytilgan fizik kattalikni formulalarni yozib ko’rsatadilar.
2.6. “ Kimtopqir “ o’yinida fizik hodisalar nomlari beriladi. Shu hodisalarni mosini ko’rsatadi. (5-ilova)
2.7.”Topa olasanmi?” munozarada fizik asboblar nomlari beriladi, u nimani o’lchashini topish kerak.
(6-ilova)
2.8. “Fikrlay olasanmi?” o’yinida 2 ta o’quvchi doskaga chiqib tezlik va yo’lga oid formulalarni yozadi.
(7-ilova)
2.9.Mavzu o’tilgan mavzuni uzviy davomi bo’lganligi sababli o’quvchi bilimi mustahkamlanishi uchun test savollari beradi. Va “Rebus” ta’riflarni izohlashga beradi.(8-ilova)
|
Ma’lumotberadilar.
Tinglaydilar.
Bajaradilar.
Savollarga javob beradilar.
Rejalarni yozib oladilar.
Tinglaydilar.
Yozib oladilar va tinglaydilar.
Masalani bajaradilar
Yozadilar
Ko’rsatadilar
Topadilar
Yozadilar
|
|