BIOSning «разгон»chilar uchun chiqarilgan menyusi — Tiger Central
Navbatdagi menyu Tiger Central Control Unit deb nomlanadi va u ikkinchi bo‘lib joylashgan. Bu menyu bilan ishlash unchalik tavsiya qilinmaydi, chunki bu orqali kompyuterni tez ishtan chiqarishingiz mumkin. Elektr qism bilan ishlanadi(kuchlanish, chastota).
Bu menyu o‘zida bir necha menyularni saqlaydi va ularning soni biroz ko‘proq, asosiylarini ko‘rib o‘tamiz.
Smart Power LED — bu funksiya kompyuterdagi svetodiodni boshqaradi. Muammo paydo bo‘lsa(kuller ishdan chiqsa, tezkor xotira ishga yaroqsiz holga kelsa, monitor, videokartada muammolar paydo bo‘lsa, undan tashqari POST tekshiruv yaxshi o‘tmasa), muammoning turiga qarab bir necha marotaba yonib o‘chishi mumkin. Buning uchun bu funksiya yoqilgan holda(ENABLED)bo‘lishi kerak. Odatiy holi o‘chiq(Disabled).
Smart Boot Menu — Enabled qiymatga ega bo‘lsa, kompyuter yonishida, qaysi diskdan yuklanish kerakligini ko‘rsatuvchi xabar chiqadi, so‘ng, belgalagan disk orqali kompyuter yuklanadi. Bu holda BIOS’da o‘rnatilgan yuklanuvchi disklar darajasi hisobga olinmaydi.
Auto detect PCICLS — kompyuterdan tarqaladigan elektr nurlanishni kamaytiradi, bunga u ishlatilmayotgan slotlarga elektr toki bermasdan erishiladi. Nurlanish kam darajada kamaytirilgani bois, bu funksiyani o‘chirib(Disabled) qo‘yish ham mumkin.
DRAM Configuration — bu funksiyani o‘zgartirmagan, to‘g‘rirog‘i umuman kirmagan yaxshi, tezkor xotiraning nozik sozlashlari o‘rnatiladi, ba’zi qismlarini o‘zgartirib ham bo‘lmaydi, xullas bu sozlashlarni o‘zgartirmaymiz.
Tiger Intelligent Stepping — funksiya, kompyuterni ishlashini tezlashtiradi(razgon), bu haqida alohida maqola qilishga harakat qilaman. Tezlashtirishni, kompyuter elementlarini maksimal darajada ishlatish orqali erishiladi, ya’ni maksimal chastotada, buning natijasida kompyuterning umri qisqaradi. Default qiymat bersangiz, kompyuter o‘zi qay darajada ishlashini belgilaydi, agar, Manual qiymat bersangiz, siz o‘zingiz belgilaysiz(kompyuter bilan endi ish boshlaganlarga bu funksiyani o‘zgartirish umuman tavsiya qilinmaydi).
CPU Frequency — protsessorning shina tizimiga chastota qiymatini berish, bu ham razgonning bir turi hisoblanadi.
PCIE Clock — PCI Express shina chastotasini o‘rnatish, odatiy qiymati 100 Mgs.
CPU Clock Multiplier — protsessor turiga qarab, protsessor chastotasi va tizim shina chastotasi orasidagi bog‘lanish. Odatiy holi Auto. Kompyuterni kuchaytirguvchilar(razgon) menyusi.
AMD K8 Cool control — AMD korxonasi tomonidan chiqarilgan texnologiya bo‘lib, elektr quvvatini kam sarflashini ta’minlaydi. Agar kompyuterga unchalik katta yuklama tushmasa, chastotalar avtomat kamaytiriladi, shu hisobiga elektr ta’minoti ham kamayadi. Har doim Auto qiymati turish tavsiya qilinadi.
PCI/SATA/HT Spread Spectrum — elektromagnit nurlanishni kamaytiriruvchi funksiya, bunga u 3 ta shina(PCI/SATA/HT Spread Spectrum)ga kamroq signal berish orqali erishadi, kamroq deganda, kuchsizroq nazarda tutiomoqda, kompyuterni kuchaytiruvchilar uchun emas(ular ishlatishmaydi).
CPU Vcore Over Voltage Setting — protsessor yadrosiga kuchlanishni berish, odatda Default qiymat turadi(o‘zgartirishga maslahat berilmaydi), bu orqali avtomat kuchlanish beriladi, agar kuchaytirish(razgon) bilan shug‘ullansangiz, o‘zingiz bilib kuchlanish qiymatini berishingiz mumkin bo‘ladi. Shuni bilinki, katta qimat berib yuborsangiz, protsessor darhol ishdan chiqishi mumkin, yana bir narsa, biroz kuchlanishni oshirish bilan, protsessor qizishi tezlashadi, darhol kullerni kattasini o‘rnatish lozim. Xullas bu funksiyaga tegmang!
DRAM Voltage Select — tezkor xotira moduli kuchlanishini o‘zgartirish, o‘zgartirish umuman tavsiya qilinmaydi(!), bu ham kompyuterni kuchaytiruvchilar uchun. Bu ishni qilish uchun boy tajribaga, elektr ta’minoti bilimlariga va kompyuter qurilmalari haqida to‘liq bilimga ega bo‘lishingiz lozim.
DRAM Voltage Select — tizim kontrolleri chipsetga kuchlanishni o‘rnatish, default qiymatni o‘zgartirmang, bu ham razgonchilar uchun.
Asosiy funksiyalar bilan tanishtirib o‘tdim, xulosa qiladigan bo‘lsak, bu menyu asosan kompyuter ishlashini tezlashtiradiganlar(razgon, overloking) uchun chiqarilgan. Bu funksiyalarni o‘zgartirish umuman tavsiya qilinmaydi. Bu orqali siz o‘z kompyuteringiz hayotini uzaytirgan bo‘lasiz.
Tezlashtirishga, kompyuter elementlarini chastota va kuchlanishlarini oshirgan holda erishiladi. Bu esa standart qiymatlardan chetlanish hisoblanadi va hech kim barqaror ishlashiga javob bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |