BILIM INSON MANAVIY KAMOLOTI OMILI
REJA
Komil va barkamol inson tushunchalari.
I.Karimov asarlarida barkamol insonni tarbiyalash g’oyalari.
Komil inson tushunchasining sharqona ta’rifi.
9.1. Ma’naviy barkamol, komil inson tushunchalarini bilib olishdan avval inson, shaxs, fuqaro
tushunchalarining mazmun-mohiyatini bilib olish lozim bо‘ladi.
Inson nihoyatda murakkab, kо‘p qirrali va kо‘p о‘lchamli mavjudot bо‘lib, uning mohiyatini
anglash yuzasidan turli qarashlar ilgari surib kelinmoqda. Sharq falsafasi tarixida ham inson
bosh mavzulardan biri bо‘lib kelgan.
Masalan, Forobiy falsafasida inson butun borliq taraqqiyotining mahsuli sifatida izohlanadi.
Mutafakkir insoning barcha olijanob fazilatlari ilm tufayli ekanligini, inson hayotining
mazmuni-baxtli bо‘lish va baxtli qilishga intilish, bunga esa faqat ilm va ma’rifat orqali
erishish mumkinligini kо‘rsatdi. Beruniy va Ibn Sino insonning boshqa mavjudotlardan
ustunligi aql va tafakkur tufayli ekanligini isbotlashga harakat qildilar. Abu Homid G‘azzoliy
insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aqlda emas, balki inson qalbida ekanligini
kо‘rsatdi.Ulug‘ mutasavvuf Abduholiq G‘ijduvoniy insonni “kichik olam” deb hisoblagan.
Hayot gо‘zaldir, - deydilar shoir va mutafakkirlar, lekin hayot inson bilan gо‘zaldir. Inson
gо‘zalligini belgilovchi asosiy mezon uning ma’naviyligi, ya’ni ahloq va odobi hisoblanadi.
О‘zbek xalqining “Inson odobi bilan gо‘zal” degan maqolining mohiyatida chuqur falsafiy
ma’no yotadi.
Konfusiy insonni о‘z mohiyatini ma’naviy-ahloqiy fazilatlari va kamoloti orqali namoyon
etadigan jonzot sifatida talqin etadi. U insonning insonligi о‘zidagi har qanday tabiiy ehtiyoj,
his va tuyg‘uni ma’naviylikka bо‘ysundira olishidir. Faqat insondagi ma’naviy mas’ullik ularga
nima qilish keragu, nima qilish kerakmasligini о‘rgatadi. Shu jihatdan qaraganda insondagi
ma’naviylik inson va insonlar faoliyatiga maqsad, yо‘nalish va mazmun beradigan omildir.
G‘arb ilmida esa insonga, asosan biologik mavjudot, tabiatdagi evolyusion о‘zgarishlarning
mahsuli deb qaraldi.
Inson tushunchasiga aniq ta’rif berish uchun uni boshqa biologik mavjudotlardan ajratib
turuvchi eng muhim xususiyatlarini aniqlash zarur. Bular qatoriga quyidagilar kiradi. Inson
eng avvalo boshqa mavjudotlardan о‘zining xotirasi, tafakkuri, tili borligi bilan ajralib turadi.
Boshqa mavjudotlardan insonning tub sifatiy farqini ifodalovchi xususiyatlardan yana biri
uning о‘z amaliy faoliyatini tartibga sola bilishidir. Shuningdek, inson о‘z turmushi uchun
zarur bо‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish, yaratish malakasiga ega
ekanligi ham ana shunday xususiyatlardan biri hisoblanadi. Inson hayotida mehnat asosiy
rol о‘ynaydi. Mehnat tufayli inson о‘zi yashayotgan tabiatga ta’sir etadi, uni о‘zgartiradi,
moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratadi. Amerikalik olim B.Franklin “Inson mehnat
qurollarini yaratuvchi jonzotdir”, deb ta’riflagan.
Oilaviy munosabatlar va ma’naviy-ahloqiy meyorlar insonni hayvondan farq qiluvchi eng
muhim xususiyati sanaladi.
Inson о‘z aqli tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida
namoyon bо‘ladi, о‘z tarixini yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari
jamiyatning takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topishi uchun manba bо‘lib
xizmat qiladi.
Bugungi kunda faylasuflar inson uchta buyuk qudrat – tana, ruhiyat va ma’naviyatning
yig‘indisi ekanligini ta’kidlamoqdalar. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish,
himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar kirsa, uning ijtimoiy
xususiyatlariga til, muomala, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol
qilish, boshqarish, о‘zini-о‘zi idora etish, ahloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar bilan ish kо‘rish va
boshqalar kiradi. Psixik xususiyatlarini ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g‘am-tashvish, iztirob
chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar tashkil etadi.
Inson о‘z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi Tana ehtiyojlarini
qondirish inson yashashining birlamchi, asosiy sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi
faqat moddiy ne’matlardan bahramand bо‘lish, qorin tо‘yg‘azish, lazzatlanish, boylikka ruju
qо‘yishdangina iborat emas. Inson ruhi ham о‘ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj
insonda ma’rifatparvarlik, odamiylik, adolatlilik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, oliy
himmatlilik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlarni shakllanishiga olib keladi.
Yuksak ma’naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi. Yuksak
ma’naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolatni о‘rnatib, sahiy va
oliyhimmat bо‘lishga undaydi. Yuksak ma’naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir.
Shaxs - alohida kishi, ijtimoiy-ahloqiy, ma’naviy mohiyatni о‘zida mujassamlashtirgan individ.
Kishilar shaxs bо‘lib tug‘ilmaydi, balki jamiyatdagina shaxs bо‘lib shakllanadi va rivojlanadi.
Inson ta’lim-tarbiya, mehnat, о‘zaro muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli
munosabatlar, ahloqiy-ma’naviy meyorlar, siyosiy qarashlar ta’siri ostida faoliyat yuritadi,
ularni о‘zlashtiradi va shu jarayonda asta-sekin ijtimoiylashib boradi, ya’ni shaxs bо‘lib
shakllanadi. Natijada insonda irsiy bо‘lmagan yangicha fazilatlar paydo bо‘ladi. U
yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat kо‘rsata boshlaydi.
Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak kо‘rinishi, oliy maqomidir. U о‘zida inson
mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi.
Insonning olijanob fazilatlari yetuk shaxslar timsolida о‘z aksini topadi. Insonga xos bо‘lgan
barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan о‘rnida, uning о‘z moddiy va
ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda, muayyan g‘oyalarni amalga oshirishda yaqqol kо‘rinadi.
О‘zbekistonda bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida fozil va barkamol inson shaxsini
shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bо‘lib qoldi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida
keng kо‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar о‘z oldiga ana shunday shaxsni tarbiyalab
voyaga yetkazish va shakllantirishni maqsad qilib qо‘ygan.
Demokratik qadriyatlar tizimida shaxs erkinligi alohida о‘rin tutadi. Erkinlik – insonning
intellektual-ma’naviy kamolotga erishuvining zarur sharti. Erkinlik tufayli inson yaratuvchilik
qobiliyatini namoyon etadi, shaxsiy mas’uliyat va insoniy burchni tо‘la his etadi. Shaxs
erkinligi, avvalo ahloqiy, sо‘z, vijdon, matbuot erkinligida rо‘yobga chiqadi.
Inson, shaxs tushunchalari bilan birga fuqaro, fuqarolik tushunchalari ham yonma-yon
ishlatib kelinadi. “Fuqaro” sо‘zi “faqir” sо‘zidan olingan bо‘lib, hozirgi davrda uning ma’nosi
о‘zgarib ketgan.
Fuqarolik tushunchasi antik Yunoniston va Rimda mavjud bо‘lsa-da, asosan о‘rta asrlar
oxirida feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot
demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga о‘ta boshlaganida, hozirgi shakl va
mazmunda paydo bо‘la boshlagan. Ilk bor fransuzchada “situayyan”, inglizchada “sitizen” –
“shaharli”, ruscha “gorojanin - grajdanin”, ya’ni qoloq qishloqdan, mustabid feodal
munosabatlardan ozod inson, jamiyatning teng huquqli a’zosi, degan ma’noni bildirgan.
Mustaqillik e’lon qilingandan sо‘ng, о‘zbek tilida о‘tmishdagi “grajdanlik” sо‘zi о‘rniga
“fuqarolik” degan atama qabul qilindi.
Fuqarolik – jamiyatning demokratik rivojlanishida insoniyat qо‘lga kiritgan ulkan yutuqlardan
biri. U – shaxsning muayyan davlat qaramog‘ida bо‘lishi, shu davlatga, mamlakat ichida ham,
uning tashqarisida ham mansub ekanligi, shu mansublikning huquqiy hujjatlar yordamida
tasdiqlanganligini bildiradi. Shaxs fuqarolikka ega bо‘lgach, davlat uning hamma huquq va
erkinliklarini e’tirof etadi, ularni amalga oshishini ta’minlash choralarini kо‘radi.О‘z navbatida
fuqarolar davlat qonunlari va qoidalariga sо‘zsiz amal qiladilar, о‘zlari uchun belgilangan
majburiyatlarn bajariladi.
Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari”
g‘oyasi ilgari surildi. Demakki, bizning bosh maqsadimiz demokratik, fuqarolik jamiyatini
qurish va barpo etishdir. Fuqarolik jamiyati-insonga uni iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti
shakllarini erkin tanlashi kafolatlanadigan, qonun ustivorligi va inson huquqlari hamda
erkinliklari qaror topadigan, kо‘p partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning
xilma-xilligi ta’minlanadigan hamda о‘zini-о‘zi boshqarish organlarining mavqei baland
bо‘lgan ijtimoiy tuzum.
Mamlakatimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab
etadi, chunki fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni inson omilisiz tasavvur etib
bо‘lmaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, hozirgi sharoitda inson omili va mezoni
barcha islohotlarimizning bosh yо‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab
beradi. “Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma’naviyat
va ma’rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdan
iborat”.
9.2. Ma’naviy barkamol inson tushunchasi keng qamrovli serqirra tushuncha. Ma’naviy
barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy
barkamol inson tushunchasi sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Ilmiy
adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi
inson ahloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga,
jamiyatga va Vatanga bо‘lgan munosabatlaridan tortib, toki oilagacha, ota-onaga va
boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi. Mustaqillikka erishib,
ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni
mustahkamlash vazifalari, tarbiya sohasida sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol inson, komil
inson kabi tushunchalarga izoh berishni, ularning mohiyatini ochib berishni taqozo
etmoqda. Yuqorida aytganimizdek, ular mohiyati birday tushunchalar. Insonni tо‘g‘rilikka,
halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qо‘yingki, yuksak
ahloqlilikka yо‘llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi. Hozirgi kunda
bu masalalarga birinchi darajali ahamiyat berishimizning boisi – iymoni, e’tiqodi va ahloqiy
fazilatlari – qо‘yingchi, ma’naviyati kuchli, milliy mas’uliyat tuyg‘usi qalbida chuqur ildiz otgan,
ma’naviy barkamol fuqarolarga ega bо‘lgan mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana
oladi. Buyuk kelajak ma’naviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, qad kо‘taradi.
Boshqacha aytganda, ma’naviy barkamol, komil insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar.
Shuning uchun ma’naviy barkamol insonni, sohlom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb
masala. Bu masalada yurtboshimizning quyidagi sо‘zi ibratlidir: “Biz sog‘lom avlodni
tarbiyalash, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni
emas, balki sharqona ahloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni
Bu fikrlardan kо‘rinib turibdiki, sharqona odob-ahloq va umumbashariy g‘oyalarni ongiga
singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil inson hisoblanadi.
Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvor normalari, ahloq-
odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma’naviy barkamol kishilar xalq taqdiri
va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini о‘ylaydilar. Ular mutelikda, qaramlikda
yashashni istamaydilar.
Sog‘lom deganda, biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy
avlodni, aqliy rivojlangan, ahloqiy pok, ma’rifatli farzandlarni, avlodni tushunmog‘imiz kerak.
Bunday kishilar о‘zlarida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari – iymon va insof, mehr-oqibat,
shafqat va rahmdillik, uyat va andisha, or-nomus, о‘zaro hurmat, yuksak vatanparvarlik,
insonparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni va g‘oyalarni mujassamlashtirgan
bо‘lishlari lozim.
Prezident erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi tо‘rt jihatga
e’tiborni qaratdi, ya’ni har bir fuqaro:
-о‘z haq-huquqini taniydigan bо‘lsin, buning uchun kurashsin;
-о‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bо‘lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini
kо‘rsin;
-atrofida sodir bо‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin;
-shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un holda kо‘rib, faoliyat yuritsin.
Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va tо‘liq ta’rifdir.
Ma’naviy barkamol inson shon-shuhrat, mansab, moddiy boylik ketidan quvmaydi, moddiy
qiyinchiliklarga duch kelganida qaddi bukilmaydi, ba’zan uyushtirilgan tuhmatu fitnalar
uning ruhini tushira olmaydi. Demak, har qanday shum taqdir va qismat pokiza, mard,
ma’naviy barkamol inson ma’naviyatini buza olmaydi, balki mustahkamlaydi, chiniqtiradi.
Yuksak darajadagi ma’naviyatga ega inson – fidoyilik, jasorat, mardlik, о‘z xalqini sevish,
Vatanni qadrlash, ajdodlaridan faxrlanish kabi olijanob fazilatlari bilan ajralib turadi.
Insonning insonligi, birinchi navbatda uning ma’naviy-ahloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi
bilan belgilanadi. Ma’naviy-ahloqiy barkamollikning asosiy qirralariga yuqorida
aytilganlardan kelib chiqib unga quyidagilarni kiritish mumkin: ota-onasi, farzandlari,
qarindoshlari, xullas butun oila a’zolari, qо‘ni-qо‘shnilari, mahalla kо‘yi, qishloqdoshlari va
butun mamlakat xalq farovonligi haqida qayg‘urish, tevarak-atrofdagi insonlar unga kerak
bо‘lganligi singari, о‘zi ham ularga kerakli bо‘lishga intilishi, odob-ahloqi, fe’l-atvorini yoqimli
qilishini insoniy burch deb hisoblash, ota-bobolardan, ajdodlardan yodgor bо‘lib qolgan
madaniy-ma’naviy merosni qadrlash, milliy qadriyatlarni e’zozlash va ularga sodiq bо‘lib
qolish, vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik tuyg‘ularining barqaror bо‘lishi; о‘zaro
muomala-munosabatda о‘rnak bо‘lishga moyillik, birovning og‘irini yengil qilishni odat qilish,
umumxalq ma’qullagan va hukumat tomonidan qabul qilingan Konstitusiyaga hurmat va
unga sadoqat namunalarini amalda kо‘rsatish; Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda,
harbiy-vtaanparvarlik tuyg‘ulari bilan yashash; diyonat, adolat, mehr-shafqat, ezgulikni
himoya qilish; va’daga vafoli bо‘lish va boshqalar kiradi.
Ma’naviy-ma’rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga mustaqillik tafakkuri va
milliy iftixor ham kiradi. Mustaqillik tafakkurini har bir kishida shakllantirish nihoyatda zarur.
Toki, mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor, g‘urur bо‘lmas ekan, fidokorlik, vatanparvarlik,
millatparvarlik kabi xislatlar jо‘sh urmaydi.
Mustaqillik tafakkuri keng qamrovli bо‘lib, u quyidoladini о‘z ichiga
oladi:”
-Vatan istiqloli va istiqboli haqida qayg‘urish;
-xalqi, yurti qadr-qimmati, or-nomusini anglash va buni himoya qilish:
-butun mehnati, iste’dodi, imkoniyatini xalq baxti uchun baxshida etish va boshqalar.
Mustaqillik – bu bizga ajdodlarimiz qoldirgan boy va muqaddas ma’naviyatdir. Shu
ma’naviyatni har birimiz avaylab-asrashimiz va mustahkamlashimiz davlat ahamiyatiga ega
bо‘lgan muhim vazifa va burchdir. Shu vazifani amalga oshirish va hal qilishda yoshlar va
butun xalq ongiga mustaqillik ruhini singdirish katta ahamiyat kasb etadi.
Ma’naviy-ma’rifiy barkamollikning qirralaridan yana biri milliy iftixordir. Milliy g‘urur bu milliy
iftixordir. Milliy g‘urur о‘z xalqining necha ming yillar davomida yaratib kelgan barcha
moddiy va ma’naviy boyliklari, tarixiy merosi, urf-odatlari, an’analari, odob-ahloqi, turmush
tarzi, yuksak ma’naviyati, barcha tarixiy yutuqlari va saboqlariga cheksiz hurmat va e’zoz
bilan munosabatda bо‘lish, avaylab-asrashdir.
О‘z xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini bilmagan,
qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan, о‘z millatining istiqboli uchun qayg‘urmaydigan,
kurashmaydigan kishilarda milliy g‘urur ham, millat bilan faxrlanish ham, millatparvarlik
ham bо‘lmaydi. Bunday kishilarni ma’naviy barkamol inson deya olmaymiz.
Shunday qilib, yuqorida ma’naviy barkamol inson, uning mohiyati va asosiy qirralarining
ba’zi jihatlari ustidagina fikr yuritdik. Uning qolgan ba’zi qirralarini navbatdagi mavzularda
yoritib boriladi.
9.3. Komil inson tushunchasi ma’naviy barkamol inson tushunchasi bilan
hamohangdir.Ma’naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas.
Demak, ma’naviy barkamollikka intilish – bu komil inson darajasiga erishish uchun
intilishdir.Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchta tushuncha: sog‘lom
avlod, ma’naviy barkamol, komil inson – darajama-daraja chuqur ma’no kasb etadi. Shundan
kelib chiqadigan bо‘lsak, komil inson bо‘lishning aniq cheki va chegarasi yо‘q. Shu bilan birga
ma’naviy-ahloqiy komillik darajasini har kim о‘zicha belgilay olmaydi. Kimki “Men ma’naviy-
ahloqiy komillik chо‘qqisiga yetdim desa, о‘ziga о‘zi yuksak baho bersa, u hali komil inson
emas. Inson hech qachon о‘zining ma’naviy kamolot darajasiga baho bera olmaydi. Komillik
har bir shaxsning boshqalar bilan bо‘lgan munosabatda kо‘zga tashlanadi. Komil insonni
ota-ona, jamoatchilik, ular bilan munosabat shakllantiradi. Komillikning yо‘li odalardan faqat
yaxshi fazilatlarni о‘rganish, ibrat olish, doimo yaxshilikka, ezgulikka intilishdir.
Komil inson biz uchun idealdir. U barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi mutlaq
ruhga tutash, fayzu karomati serob, qalbi ezgu tuyg‘ularga limmo-lim tо‘la pokiza zot. Komil
inson odamzod orzu qilgan jamiki ezgu xislat va fazilatlarni о‘zida mujassam etgan insondir.
Komil inson haqida tasavvuf adabiyotida kо‘p asarlar bitilgan.Ana shunday asarlardan biri
Aziziddin Nasafiyning “Insoni komil” nomli risolasi bо‘lib, unda komil insonga shunday ta’rif
berilgan: “Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bо‘lgan odamga
aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson
shunday insondirkim, unda quyidagi tо‘rt narsa kamolga yetgan bо‘lsin: yaxshi sо‘z, yaxshi
fe’l, yaxshi ahloq va maorif”. Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va
badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi.
Yaxshi ahloqiy sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga kо‘tarila oladi. Komil
inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili, donosi. Komil insonlar odamlar jamiyati
ichidan yetishib chiqadigan mо‘tabar zotdir. Insonlar komillikka ahloqiy-ma’naviy poklanish
jarayonida erishadilar.
Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon sharqi ahloqi
tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qо‘llanma vazifasini о‘tagan kо‘p pandnomalar,
xalq kitoblari yaratilgan. Bu о‘rinda Prezidentning quyidagi sо‘zini eslash о‘rinli: “...bizning
ulug‘ ajdodlarimiz о‘z davrida komil inson haqida butun bir ahloqiy mezonlar majmuini,
zamonaviy tilda aytganda, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslashimiz kerak,
deb bilaman. Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib,
sayqal topgan or-nomus, uyat va andishga, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak ahloqiy
tuyg‘u va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi”.
Komil inson fazilatlarini о‘zida ifoda etgan asarlar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Bо‘ston”, Amir Temurning “Temur
tuzuklari”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbubul-qulub”,
Husayn Voiz Koshifiyning “Ahloqi muhsiniy” va boshqalar. Bu asarlarning kо‘pchiligida odil
shoh va adolat, halollik va soflik, poklik, tо‘g‘rilik, insonparvarlik, ma’rifatli bо‘lish kabi
insonning sharqona fazilatlari berilgan.
Alisher Navoiyning “Nasoyimul muhabbat” asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning
sharqona fazilatlari sanab о‘tilgan. Bular qatoriga ulug‘ mutafakkir quyidagilarni kiritadi:
tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, о‘z kasbidan topib kun о‘tkazish, shariatga rioya etish,
barchadan о‘zini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qо‘pollik qilmaslik,
chuchuk tilli bо‘lish – yaxshi, muloyim tilli bо‘lish, rahmdil, sahiy, mard, halim, xushhulq,
sabrli, sadoqatli, vafoli bо‘lish, rozi-rizolik bilan kun о‘tkazish, riyozat chekishdan qо‘rqmaslik
va boshqalar.
Shu tariqa о‘tmishda komil insonning о‘ziga xos ahloq kodeksi ishlab chiqilgan bо‘lib, bu
sifatlarga ega bо‘lish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Komil inson haqidagi
g‘oyalar katta ijtimoiy-ahloqiy, ma’naviy ahamiyatga ega. U insonni sharafli, ezgulik va buyuk
xayr ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va sadoqatni kuchaytirishga xizmat qilib
keldi. Har zamon va lahzada insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih ishlar,
nojо‘ya hatti-harakat va qiliqlardan saqlanishga kо‘maklashdi, ularda iymon va vijdon
binosining paydo bо‘lishi va mustahkamlanishini ta’minlab keldi.
Komil inson iymon va e’tiqodlilik, halollik va poklikning oliy timsoli. Biz hammamiz shunga
intilib yashamog‘imiz lozim. Mustaqil О‘zbekistonning bozor munosabatlariga о‘tish
sharoitida iymonli bо‘lish, halollik va poklik, vijdonli va diyonatli bо‘lish nechog‘lik zarur
ekanligi hammamizga ayon. Quyidagi ta’rifda komil insonning asosiy xususiyatlari har
taraflama chuqur va teranlik bilan bayon qilingan: “Komil inson deganda, biz avvalo, ongi
yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan о‘zgalarga ibrat bо‘ladigan
bilimli,ma’rifatli kishilarni tushunamiz”.
Boshqa ibora bilan aytadigan bо‘lsak, Allohning о‘zi biz insonlarga buyurgan komil inson
bо‘lish, halollik, tо‘g‘rilik, poklik va adolat bilan kun kechirish kabi kо‘pdan-kо‘p olijanob
fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday xususiyatlarga
ega bо‘lish, ularga doimo amal qilib yashash- odamzotning ma’naviy boyligini, komilligini
belgilab beradigan asosiy mezon sanaladi.
Uning shakllanganligi darajasini xarakterlovchi eng muhim fazilatlar esa quyidagilardir: aqliy
zukkolik, huquqiy komillik, ahloqiy yetuklik, siyosiy teranlik, mehnatga halol munosabat,
yuksak madaniy, ma’naviy saviya, professonal iftixor, milliy va umuminsoniy g‘urur va
boshqalar.
Yuqoridagilarni hozirgi mustaqil hayotimiz, turmush tarzimiz, kishilarning, ayniqsa,
yoshlarning intilishlari bilan bog‘lab komil inson chizgilariga quyidagi xislat va fazilatlar
kirishiin umumiy tarzda bayon etishimiz mumkin:
Komil insonning umumiy xislatlari: yoqimlilik, kо‘rkamlik, jozibadorlik, salobatlilik, hurmatga
sazovorlik, shoironalik, ulug‘sifatlik, о‘ziga xoslik, yetuklik, jiddiylik, madaniyatlilik,
tarbiyalanganlik va boshqalar.
Komil insonning ahloqiy fazilatlari: insonparvarlik, dо‘stlik, g‘amxо‘rlik, jonkuyarlik,
samimiylik, odamiylik, bolajonlik, iymonlilik, fidokorlik, xushmuomalali, boadabli, iltifotli
bо‘lishlik, kechirimlilik, mehmondо‘stlik, halollik, tо‘g‘rilik, diyonatlilik, haromdan hazar etish,
mehnatsevarlik, vatanparvarlik va hokazolar.
Ishbilarmonlik xislatlari: ishchanlik, tirishqoqlik, serharakatlilik, mas’uliyatlilik, insoflilik,
halollik, malakalilik, epchillik, udaburonlik, saranjom-sarishtalik, tadbirkorlik, aniqlik,
tejamkorlik, barkamollik, ta’masizlik, tavakkalchilik va boshqalar.
Zukkolik, idroklilik fazilatlari: zehnli, bama’ni, xotirjamlik, sog‘lom fikrli, donishmandlik,
sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik, notiqlik, tanqidiylik, dalillik, omilkorlik, savodxonlik,
qiziquvchanlik, ishqibozlik kabilar.
Ehtiroslilik xislatlari: kо‘tarinkilik, tantanavorlik, kulib turuvchanlik, hazinlik, kelajakka
ishonch, ezgulik, kek saqlamaslik, olijanoblik, otashinlik, nozik tabiatlilik, hayolilik,
hijolatpazlik, iffatlilik va hokazolar.
Ayni shu xislat va fazilatlarni yoshlarimiz ongiga singdira borilishi ularni barkamol, sog‘lom
va komil inson qilib voyaga yetkazishda ta’lim- tarbiya tizimi va ota-ona tarbiyasining tо‘g‘ri
qо‘yilishi muhim rol о‘ynaydi.
Vatan, millatning kelajak poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda,
xalqimizning ertangi kuni bо‘lmish farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya
olishiga bog‘liq, chunki inson qalbiga yо‘l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Buning uchun
har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo buyuk kelajakni
yaratuvchi shaxsni kо‘rishi zarur. Mustaqillik ruhida yangicha fikrlaydigan fozil, komil inson,
eng avvalo, fuqarolik burchini a’lo darajada his etadigan shaxs bо‘lishi darkor. Sodda qilib
aytganda, har qaysi komil inson, har birimiz: “Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?”
deb emas, balki “Men о‘zim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim?” deb о‘ylashimiz va har
dam shu aqida bilan yashashimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |