Reja: G’yasizlik



Download 102 Kb.
bet1/6
Sana31.12.2021
Hajmi102 Kb.
#241361
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Salbiy oqibat


Mavzu : G’oyasizlik va ma’naviy tarbiyaga e’tiborsizlikning salbiy oqibatlari

Reja:


1.G’yasizlik

2. Ma’naviy tarbiyaga e’tiborsizlikning e’tiborsizlikning salbiy oqibatlari

3. Internet va undan mafkuraviy xuruj ob’ekti sifatida foydalanish oqibatlari.
Inson e’tiqodsiz, g’oyasiz, fikrlashsiz yasholmaydi. Shaxs va uning e’tiqodi masalasi muxim muammolardan bo’lib, uning shakllanishi mohiyatan ijtimoiy omillarga bevosita bog’liq deb qaraladi. Bu masalaga e’tiborning ortib borayotganining boisi shundaki, shaxsdagi Qoyaviy immunitetning shakllanishda undagi ezgu g’oya va iymon-e’tiqod muxim axamiyatga egadir. Agar biz yoshlarimizda bolalikdan boshlab sog’lom e’tiqod va yuksak dunyoqarashni shakllantira olsak, ular ma’naviyati boy, mustaqil fikrli va olijanob shaxslar bo’lib kamolga yetadi. Shu ma’noda, shaxs e’tiqodi undagi shunday barqaror va teran fikr tasavvurlar, bilimlar majmuiki, Qoyaviy dunyoqarash hamda milliy g’oyalar aslida ana shunday e’tiqodlar asosida shakllanadi.

Shaxsning ma’naviyatini belgilovchi boshqa ko’plab psixologik birliklardan farqli o’laroq, e’tiqod va dunyoqarash nisbatan barqaror va uyg’un bo’lib, uni osonlikcha, tez fursatda o’zgartirib bo’lmaydi. Shuning uchun uning tabiatini o’rganish, uning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatish omillarini aniqlash masalasi bilan bevosita bog’liqdir.

Shaxs kamoloti jarayonida uning turli ziddiyatlarga va zararli e’tiqodlarga berilish holati ham kuzatiladi. Masalan, psixologlar etnik ziddiyatlar hamda diniy e’tiqodlar shakllanishi va o’zgarishiga katta e’tibor berib, ushbu jarayonga xos umumiy qonuniyatlarni o’rganganlar. Masalan, mashhur amerikalik psixolog Gordon Ollportning fikricha, e’tiqod va etnik ziddiyatlar o’ziga xos umumlashgan ustanovkalar bo’lib, agar shaxsda muayyan biror millat vakillariga nisbatan salbiy munosabat yoki ziddiyat mavjud bo’lsa, demak, unda boshqa bir millat vakillariga nisbatan xam xuddi shunday munosabatni kutish mumkin.

Milliy ma’naviyatga, g‘oya va mafkuraga qarshi bo‘lgan xavf-xatarlarning yuzaga kelishi nimalar bilan bog‘liqligini, uning sabablarini aniqlay bilish lozim bo‘ladi. Qanday sabablar, omillar va vositalar milliy ma’naviyat, g‘oya va mafkuraga qarshi xavf-xatarlarning yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin? Bu savolga javob berishdan oldin "xavf-xatar" va "tahdid" tushunchalari ustida qisqa to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.

"Taxdid" turg‘unlik holatidagi xavf-xatardir. Xavf-xatar esa "taxdid"ning amaliyotga aylanishi, "ishlashi" nimagadir ta’sir o‘tkazishining boshlanishidir. "Taxdid"ning xavf-xatarga aylanishi milliy ma’naviyat, g‘oya va mafkuraga nisbatan qo‘llanilganda unda ichki va tashqi yemirilish jarayoni kechayotganini tushunish mumkin. Zero, "taxdid" xatarli kuch bo‘lishiga qaramasdan, agar amaliyot darajasiga aylanmasa, uning ta’sir o‘tkazish maqomini anglab yetish murakkabligicha qoladi. Xavf-xatar doim harakatda bo‘ladigan jarayon hisoblanadi. U "tahdid"ning yuzaga kelishi oqibatida sodir bo‘ladi. Xavf-xatarning boshida "taxdid" turadi. "Taxdidda turg‘unlik mavjud bo‘lsa, xavf-xatar har doim harakatdagi jarayondir. Bugun milliy ma’naviyat, g‘oya va mafkuraga qaysi biri kuchli ta’sir o‘tkazmoqda, degan savolga javob izlaydigan bo‘lsak, aytish mumkinki, ularning har ikkalasi ham kuchaygandan kuchayib bormoqda. Buning ma’nosi shuki, taxdid kuchayib borgani sari unga mos ravishda milliy ma’naviyat, g‘oya va mafkuraga nisbatan xavf-xatar ortmoqda hamda ularni ichkaridan va tashqaridan yemi-rishga harakat qilish avj olmoqda. Ayni paytda, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, yagona kuch sifatida amal qilmoqda.

Milliy ma’naviyat, g‘oya va mafkuraga nisbatan xavf-xatar quyidagi holatlarda: millatning o‘zgalarga qaramlik holatiga tushib qolishida; milliy birlikning susayishida; millat vakillarining o‘z milliy ma’naviyatidan begonalashuvida; ta’limning tarbiyadan uzilib qolishida; mamlakatda qonun ustuvorligining yetarli darajada amal qilmasligi va korrupsiyaning kuchayishida; demokratik qadriyatlar rivojlanishining milliy taraqqiyot ehtiyojlaridai orqada qolishi sharoitida yuzaga keladi.

Milliy ma’naviyat, g‘oya va mafkuramizga qaratilgan har qanday tahdid va xavf-xatarlarning oldini olishda milliy-ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash alohida o‘rin egallaydi. Bunda, milliy-ma’naviy xavfsizlik - milliy ma’naviyatning barqaror taraqqiy qilishi uchun shart-sharoit, vaziyat, imkoniyatlarning mavjudl igi, uning o‘ziga xosligiga zid bo‘l gan turli ma’naviy, ruhiy, axloqiy va estetik taxdidlardan himoyalanganligi va milliy ma’naviyatning umummilliy taraqqiyotning tabiiy ehtiyoji va amaliyotiga aylanganlik salohiyatini, g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizl ik esa shaxs, millat, jamiyat, davlatning xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladigan g‘oyaviy-mafkuraviy tajovuzlar, turli mafkuraviy markazlarning buzg‘unchilik ta’siridan himoyalanganlik darajasini tavsiflovchi tushuncha hisoblanadi.


Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish