Beruniy ijodida tarix falsafasi Reja: I. Kirish. Beruniy hayotiga nazar II. Asosiy qism



Download 277.11 Kb.
Sana08.12.2019
Hajmi277.11 Kb.
Beruniy ijodida tarix falsafasi

Reja:

I.Kirish. Beruniy hayotiga nazar

II.Asosiy qism

1. Abu Rayhon Beruniy falsafasi

2. Tarix falsafasi tavsifi

3. Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari



III. Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Abu Rayhon Beruniy 973 yil 4 sentyabrda qadimgi Xorazmning Kot shahrida (hozirgi Beruniy shahri) tug’ilgan. U o’z ijodi bilan Xorazm fanini yuksak cho’qqiga olib chikdi. Uning siymosida o’rta asrlar Sharqining qomus ul-ilimi, astronomi, geografi, ma’danshunosi, etnografi, tarixchisi, shoiri mujassamlashgan. Beruniy qalamidan fanning turli sohalariga oid juda ko’p yirik asarlar chiqqan bo’lib, bu asarlarida uning ana shu sohalarni nihoyatda yaxshi bilgan tadqiqotchi, fanda yangidan yangi yo’llar ochgan donishmand bo’lganligini ko’rishimiz mumkin. Beruniy yoshligidan ilmga tashna bo’lgan bu haqda “Men bolalik chog’imdanoq – deb yozgan edi Beruniy – o’z yoshim va sharoitimga qarab, imkoni boricha ko’proq bilim olishga intildim. Buning dalili sifatida quyidagini keltirish kifoya: - biz turadigan joyga bir yunon ko’chib kelgan edi. Men har xil donlar, urug’lar, mevalar va hakozalarni olib borib, unga ko’rsatib va bu narsalar uning tilida qanday atalishini so’rab, nomini yozib qo’yar edim”.



Beruniyshunos olim P.G.Bulgakovning ma’lumotiga qaraganda, Beruniy Abu Nasr Iroq rahbarligida yoshligidan riyoziyot va falakiyotni o’rganib, 16-17 yoshlaridayoq Quyoshning choshgohdagi balandligini armila bilan o’lchagan. Oradan 30 yil o’tgach, Beruniy yoshligida o’zi o’lchab olgan natijalarni tahlil qilar ekan, ular anchagina ishonchli bo’lganligini ta’kidlaydi. Yoshlik yillarida u quyosh tutilishini kuzatish bilan shug’ullanadi. 22 yoshida Beruniy Markaziy Osiyoda birinchi bor er globusini yaratdi. O’zidan oldingi ajdodlar qoldirib ketgan ko’plab kitoblarni o’rganadi va bizgacha etib kelgan, turli xalqlarning yil hisoblari haqidagi ilk yirik asari – “Osorul boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”)ni yaratadi. Unda yunonlar, rimliklar, forslar, sug’diylar, xorzamiylar va boshqa ko’plab qabila va xalqlarning barcha davrlari, bayram hamda taqvimlari, shuningdek Sharqning turli mamlakatlarining madaniyat va adabiyot tarixi to’la bayon etilgan. Bu asarda Beruniy o’zini faqat elshunos olim emas, balki tilshunos, arab, yunon, fors, suryoniy va boshqa til hamda adabiyotlarning bilimdoni sifatida namoyon etdi.

1.Abu Rayhon Beruniy falsafasi

Oʻrta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabilarni chuqur oʻrgandi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tugʻildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qoʻlida taʼlim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bagʻishlaydi. Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, soʻgʻdiy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini oʻrganadi.

Oʻz ilmiy asarlaridan birida yozishicha, u Xorazmda yashagan davrida, 990 yillardan boshlab Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar oʻtkazgan. Bu kuzatishlar uchun oʻzi astronomik asboblar ixtiro etgan. Xorazm zodagonlari orasida taxt uchun boshlangan ku-rashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermaganligi bois 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga maj-bur boʻldi va bir qancha vaqt Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohilidagi Jurjon shahrida muhojirlikda yashadi. Soʻng qadimgi Ray shahriga bordi, 998 yildan keyin yana Jurjonga keldi va bu yerda oʻzining ikkinchi ustozi tabib, astronom, faylasuf Abu Sahl Iso al-Masihiy bilan tanishib, undan taʼlim oldi. Beruniy “Osor al-boqiya an alqurun al-xoliya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yod-gorliklar”) asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda tamomlagan. “Osor al-boqiya” Beruniyga juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim ekanini koʻrsatdi. Bundan tashqari Beruniy Jurjonda astrono-miya, netrologiya tarixiga oid 10 dan ortiq asar yozdi. Beruniy Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Maʼmun II ibn Maʼmun tomonidan mamlakatning yangi poytaxti Urganchga chaqirtirildi. Xorazmshoh tomonidan juda katta izzat-ikrom bilan qabul qilingan. Beruniy Urganchda Maʼmunning bevosita rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat koʻrsatadi.

Beruniy shoh Maʼmun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakatning siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi.

Xorazmning Mahmud Gʻaznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qoʻyadi. U Xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar bilan birga Gʻazna shahriga asir qilib olib ketiladi. Beruniyning 1017–1048 yillarda Gʻaznada kechirgan hayoti, bir tomondan nihoyat ogʻir kechgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr boʻdsi. Beruniyning “Xorazmning mashhur kishilari” asari ham shu davrda yaratilgan. Uning muhim astronomik-geografik asari “Tahdid nihoyot al-amoniya li tasʼhidi masofat al-masokin” (“Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash” – “Geodeziya”) 1025 yilda yozib tugatilgan. Beruniyning “Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar” asari ham 1029 yil Gʻaznada yozilgan. Asarning forscha, arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda oʻsha zamon astronomiyasi bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha fanlar haqida muhim maʼlumotlar berilgan. Beruniyning “Hindiston” nomli mashhur yirik asari “Tahqiq mo li-l-Hind min maʼ-quda maqbula fi-l-aql av marzula” (“Hindlarning aqlga sigʻadigan va sigʻmaydigan taʼlimotlarini aniqlash kitobi”) 1030 yilda yozilgan boʻlib, bu shoh asar Gʻarb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan yuksak baholangan. Aka-demik V. R. Rozen “Sharq va Gʻarbning qadimgi va oʻrta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yoʻq”, deb baho bergan. Mahmud Gʻaznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga hamroh boʻlgan Beruniy, u yerda sanskrit tilini puxta oʻrganishi hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning oʻsha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida oʻlmas asar yaratishga imkon berdi. “Hindiston” asari yozib tugatilgan yili Mahmud Gʻaznaviy vafot etdi va uning oʻrniga taxtga oʻgʻli Masʼud oʻtirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi. Astronomiyaga oid “Masʼud qonuni” asarini sulton Masʼudga bagʻishladi. Oʻsha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha: “Masʼud qonuni” kitobi matematika va astronomiya boʻyicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini oʻchirib yuborgan”.

Beruniy oʻz asarlari roʻyxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri “Mineralogiya”dir. Bu risola oʻz zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, hatto Ovroʻpoda ham mineralogiya sohasida eng yaxshi, tengi yoʻq asar hisoblanadi. Beruniyning oxirgi asari – “Dorivor oʻsimliklar haqida kitob”ining qoʻlyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar “Saydona” nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda oʻsadigan dorivor oʻsimliklarning toʻla tavsifini beradi.

Beruniy shogirdi Abul Fadl as-Seraxsiy maʼlumoti boʻyicha 11 dekabr 1048 yilda vafot etgan.

Beruniy soʻngti avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning oʻz davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolgan-ligi bizga maʼlum. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan katta hajmdagi asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmakologiya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sansqrit tilidan arabchaga, arab tilidan sanskrit tiliga tarjimalar qildi, badiiy ijod bilan ham shugʻullanib sheʼrlar yozdi. “Astrologiyaga kirish”, “Astronomiya kaliti”, “Jonni davolovchi quyosh kitobi”, “Ikki xil harakatning zarurligi haqida”, “Koʻpaytirish asoslari”, “Ptolemey “Almagesti”ning sanskritchaga tarjimasi”, “Foydali savollar va toʻgʻri javoblar”, “Fargʻoniy “Elementlar”iga tuzatishlar”, “Turklar tomonidan ehtiyotkorlik”, “Oq kiyimlilar” va karmatlar haqida maʼlumotlar”, “Sheʼrlar toʻplami”, “Al-Muqanna haqidagi maʼlumotlar tarji-masi”, “Ibn Sino bilan yozishmalar” shular jumlasidandir.

Beruniy qadimgi yunon ilmi va uning vakillari Aristotel, Platon, Ptolemey, Yevklid kabilarning asarlari hind olimlari, musulmon olimlari al-Xorazmiy, Fargʻoniy, Battoniy, Roziy, Abu Tammam, ibn Kaysum, Abu Maʼshar asarlari bilan yaqindan tanish boʻlgan, ularga sharhlar, izohlar, tuzatishlar, raddiyalar yozgan. Uning ilmiy merosi gʻoyat rang-barang boʻlib, tibbiyot faniga, astronomiya faniga xizmati juda kattadir. Beruniy oʻz ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi masalasida Ptolemey sistemasiga suyansa ham, yerning harakati haqida Beruniy: “Yerning harakatsizligi (masalasi) astronomiya fanining asosiy masalalaridan biri boʻlib, bu haqda yuz beradigan shubhalarni yechish qiyin”, deb yozadi. Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida Beruniy Kopernikdan bir necha asr avval Yerni koinotning markazi deb biluvchi geotsentrik va Quyoshni koinot markazi deb oʻrgatuvchi geliotsentrik tizim teng kuchga ega, degan xulosaga keladi. “Geodeziya” asarida Beruniy geotsentrizm bilan bogʻliq boʻlgan baʼzi bir nazariyalarning toʻgʻriligiga shubha bilan qaraganini ochiqdan-ochiq bayon etadi. Beruniy harakat trayektoriyasi va osmon yoritqichlari shaklining ellipsoid ekanligi haqida birinchi boʻlib fikr yuritgan olimlardan boʻlib, joylarning geografik uzoqligini, kengligini aniqlash yoʻllarini tanlab olishda novator hisoblanadi. U trigonometriyani, geometriyani keng qoʻllash orqali oʻzidan oddingi astronomlarga nisbatan ancha aniq natijalarga erishdi. Turli joylarning geografik kengligi va uzoqligini aniqlashda Beruniy erishgan natijalar hatto hozirgi zamon olimlarini ham hayratda qoddiradi. Buyuk olim Yer yuzasining har bir qismi oʻzining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega ekanligini qayd etadi. Markaziy Osiyoning baʼzi bir mintaqalari, shu jumladan, Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini birinchi marta jiddiy oʻrganishga harakat qilgan ham Beruniydir. Uning Amudaryo vodiysining geologik oʻtmishi va Orol dengizining paydo boʻlishi haqidagi xulosalari oʻsha zamonning eng muvaffaqiyatli geologik tahlillaridan biri boʻlib hisoblanadi. Olim “Dengizlar quruklikka, quruqliklar esa dengizga aylanadi” degan nazariyaga suyanadi. Beruniyning foydali qazilmalar qatlamining paydo boʻlishi, jinslar yemirilishining ahamiyati, togʻ jinslarining nurashi kabilar haqidagi xulosalari katta ilmiy ahamiyatga egadir. U togʻlarning paydo boʻlishi va yoʻq boʻlib ketishi tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazariyani olgʻa suradi.

Beruniy Aristotelning naturfilosofiyasi bilan bevosita shugʻullanishi natijasida Aristotel qarashlariga tanqidiy yondashib, hatto zaif tomonlarini tanqid etish darajasiga borib yetdi.

Beruniyning Aristotelga munosabati ibi Sino bilan yozishmasida oʻz ifodasini topgan. Ularning yozishmalari asosan Aristotelning “Fazo haqida” va “Fizika” asarlari boʻyicha olib borilgan edi. Beruniy Aristotelni qadimgi dunyoning eng qomusiy yetuk olimi deb zoʻr hurmat bilan tilga oladi.

Beruniyning boshqa dunyolar mavjudligi toʻgʻrisida taxmini uning ilmiy yutuqlaridan biri hisoblanadi.

Olimning fikrlari, bir tomondan, Markaziy Osiyo, qadimgi yunon va hind mutafakkirlarining ilgʻor anʼanalarini ijodiy rivojlantirgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, Beruniyning yetukligi, tafakkur doirasining kengligidan dalolat beradi. Beruniy tomonidan “sabablarning sababi” – inson va insoniyat jamiyatining yuzaga kelishi masalasining qoʻyilishi diqqatga sazovor. “Qadimgi tarixlarning eng qadimgisi va eng mashhuri bashariyatning boshlanishidir”. Bu yerda Beruniy kishilik jamiyatining paydo boʻlishi haqida ratsionalizm pozitsiyasida turganini koʻramiz. Beruniy insonlar oʻrtasidagi tafovut borligi haqida gapirar ekan, u faqat tashqi farqlar toʻgʻrisida fikr yuritgan. Lekin kishilarning ichki tuzilishi va tashkil topishi, uning fikricha, barchada umumiydir. U inson bilan maymun oʻrtasida oʻxshashlik borligini qayd etadi.

2. Falsafa tavsifi

Tarix falsafasi - tarixni falsafiy sharlash va baholash. "Tarix falsafasi" atamasi antik davr falsafasi va tarixnavisligida namoyon boʻlsada, uni fanga M.F.Volter kiritgan deb hisoblanadi. Tarix falsafasining quyidagi yoʻnalishlari bor: teologik (ilohiyot) Tarix falsafasi — xudoning irodasini tarixni harakatga keltiruvchi kuch deb hisoblaydi; metafizik Tarix falsafasi — hech qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli shakl va koʻrinishga kiradigan tushunchalar tizimini Tarix falsafasi deb biladi; idealistik Tarix falsafasi — unda gʻoyalar, insonning axloqiy tushunchalari, maʼnaviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi; naturalistik Tarix falsafasi uchun inson hissiyoti va tuygʻusi orqali olamni anglash, oʻtmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezondir; materialistik Tarix falsafasi — unda iqtisodiy omillarga katta eʼtibor beriladi; tarixni yoʻnaltiruvchi kuch sifatida moddiy ehtiyoj va iqtisodiy zaruriyat asos qilib olinadi. Tarixda shaxsning roliga qanday baho berilishiga qarab, alohida shaxsni ustun qoʻyib yoki jamoani birinchi qoʻyib fikr yuritadigan Tarix falsafasi ham mavjud. Tarix falsafasida, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va inson, inson mohiyati, feʼlatvori, xatti-harakati, manfaati talqin etiladi.

Tarix falsafasi ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy harakatga doir qarashlariga borib taqaladi. U Polibiy, Posidoniy, Plutarx qarashlarida nisbatan shakllandi. Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi va keyingi ming yillarda tarixiy tafakkurning shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi.

XVIII asrga kelib Tarix falsafasining yoʻnalishlari tubdan oʻzgardi. Tarixiy taraqqiyotda insonning taʼsiri, oʻrni va roli, tarixga inson qalbi, ichki dunyosi, maʼnaviy-ruhiy olami mahsuli sifatida qarash tamoyillari shakllandi. Biroq, bunda ham turlicha yondashishlar mavjud edi. Chunonchi, Leybnis tarixda metafizik kuchlar va gʻoyalar ustuvor deb tushunsa, Gegel butun voqelikni tarix deb hisoblab, unda dunyoviy aqlni ustun qoʻyadi. XIX-XX asrlarda tarixni anglashda mavhum mantiq va tarixni bilish nazariyasi bilan bir katorda A. Shopengauer, Ya. Burkxardt, O.Shpengler tarixni tushkunlik orqali anglash, A.Toynbi optimizm, marksizm asoschilari esa tarixiy materializm gʻoyalarini ilgari surdi.

Sharqda "Tarix falsafasi" tushunchasi oʻziga xos jihatlarga ega. Forobiy qarashlariga koʻra, jamiyat taraqqiyotini ilohiy qonunlar boshqaradi. U Aristotelning jamiyat rivojlanishi xaqidagi taʼlimotini oʻz xulosalari bilan boyitdi. Beruniy esa tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tabiat, astrologiya, astronomiya, kecha va kunduz, fasllar almashinuvi orqali oʻrgandi. U "Hindiston", "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarlarida insoniyat tarixiga falsafiy nuqtai nazardan yondashadi, tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha qarashlarni oʻrtaga tashlaydi. Beruniy dunyo tarixshunosligida asotirlar, afsonalar va rivoyatlardan ilmiy bilish hamda dunyoviy taʼlimotga oʻtishda muhim hissa qoʻshdi.



Sharq Tarix falsafasi bir necha yoʻnalishda koʻzga tashlanib, voqealar tahlili ibratli hikoyalar, pand-nasihatlar, yuksak axloqiy meʼyorlar bilan mushtarak holda olib boriladi. Ayrim hollarda tarixga geografik-hududiy jihatdan yondashiladi. Sayohatnomalar orqali jamiyat tarixi yaratiladi, podshohlarning boshqaruv usuli, siyosati, uning mohiyati ochib beriladi.

3.Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari

Beruniyning  falsafiy  qarashlari   hozirgi zamon fani uchun ham katta qiziqish uyg’otadi. Chunki Beruniy o’z davrining tajribaviy bilimlarini puxta egallagan olim edi. Ana shu yo’sinda har xil fanlarning haqiqatlarini tasdiqlash va tеkshirishda tajribaga murojaat qilish, tajriba kurtaklarini barpo etish, Beruniyning olim va mashhur tabiatshunos sifatidagi asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, uning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muhim omillardan hisoblanadi. Ana shu nuqtai nazardan Beruniyning merosini tadqiq qiluvchi ko’pgina olimlarning e'tiroficha, u o’z davrining ajoyib qomusiy olimi bo’lgan. Beruniyning turli fanlar sohasi bo’yicha qo’llagan tajribaviy uslubi naqadar foydali ekanligini “Minerologiya” asarida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Beruniyning minerologik merosini  o’rganuvchi rus olimlaridan biri G. Lеmmlеyn uning minerologiyada qo’llagan uslubi va minerologiya faniga qo’shgan hissasi to’g’risida  gapirib: “Mantiqiy tuzilishlarni kuzatish va tajribada aniqlashni talab etuvchi ilmiy uslub hamda hozirgi zamon fanining talablariga javob beruvchi mеtoddir…, Beruniy davrida tajribaviy fanlar ma'lum taraqqiyotga erishayotgan va tajribaviy uslub birinchi marta sеzilarli darajada tabiatshunoslik amaliyotiga kirayotgan edi” -dеydi.
Beruniy  tabiiy-ilmiy merosining falsafiy ahamiyati haqida gapirar ekanmiz, uni turli aniq fanlar bo’yicha ko’targan masalalari o’z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, ya'ni falsafiy dunyoqarash rеjasida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Masalan, uning astronomiya (fazo tuzilishi, Yerning harakati va hokazo), gеologiya (Yerda sodir bo’layotgan kеng  jarayonlar, Yer ayrim qismlarining kеlib chiqishi va tuzilishi), minerologiya (minerallarning klassifikatsiyasi va ularning paydo bo’lishi), biologiya (tabiiy va sun'iy tanlash va hokazo) kabi ko’pgina fanlar bo’yicha ko’targan masalalarida shuni ko’rish mumkin .
Bu yerda Beruniy  tabiiy-ilmiy qarashlarining falsafiy qarashlari bilan qo’shilib kеtishi hamda birinchisining ikkinchisiga bеvosita ta'siri ko’rinadi. 
Bizning fikrimizcha, Beruniyning mashhur tabiatshunos sifatida, yuqorida qayd qilingan  muhim xususiyatlari uning falsafiy qarashlarining shakllanishida rol o’ynagan.
Olimning  muhim xizmatlaridan yana biri shuki, u Yer harakati to’g’risidagi muammosini dunyoning gеomarkaziy va gеliomarkaziy sistеmalarining gеomеtrik nuqtai nazaridan tеngligi masalasini ko’tarib chiqdi. Bu masala ko’pgina tadqiqotlarda ko’tarilgan. Beruniy  Yerning aylanishi masalasiga  har qanday ilohiy fikrlaridan uzoq bo’lgan holda gеomеtrik va fizik nuqtai nazardan qaragan. Agar Beruniyning fikricha gеomеtrik nuqtai nazardan ikki  nazariya tеng huquqli bo’lsa, undan tashqari Yer harakatining tan olinishi ayrim qiyinchiliklarni hal etsa, lеkin fizik nuqtai nazardan tеkshirishda Beruniy  Yer harakati ta'limotidan kеlib chiquvchi  barcha xulosalarni aniqlashda qator tadqiqotlar olib bordi. Ptolomеy va Aristotеllarning agar Yer harakat qiladigan bo’lsa, barcha narsalar va hayvonlar bundan uchib kеtishi mumkin dеgan e'tirozlariga qarshi chiqib, Yer bilan jismlar o’rtasida o’zaro tortilish kuchlarining mavjudligini e'tirof etgan. Shuningdеk, Beruniy  Yer harakatini tan olgan holda qator muhim muammolarning yеchilishini talab qiluvchi masalani qo’yadi. Olim  shuningdеk, yerning ekvator bo’ylab harakat tеzligini hisoblab chiqadi. U aniqlagan  Yerning aylanish tеzligi umuman hozirgi zamonda hisoblab chiqilgan tеzlikdan dеyarli uzoq bo’lmagan. Bu o’z zamonasi va ayniqsa, kеyingi  davrlar uchun ham  katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Buyuk mutafakkirlar o’rtasidagi falsafiy munozaralarning tahlil qilinishi shuni ko’rsatadiki, Ibn Sino ham bu yerda chuqur bilimlarni namoyon qilgan va ko’pgina masalalarni hal etishda muhim hissa qo’shgan. Biroq u Aristotеl qarashlarining ayrim zaif tomonlaridan qaytmagan, Beruniy esa haqiqat va tajribaga ko’proq asoslanib, Aristotеl naturfilosofik ta'limotlarining ko’pgina asossiz tomonlarini aniqlashga uringan.
Bularning hammasi Beruniyga Aristotеl ta'limoti, shuningdеk, Ibn Sino qarashlarining ko’pgina ijobiy tomonlarini ko’rishi va qadrlashiga halaqit bermay, aksincha, Ibn Sino bilan birga O’rta Osiyo  ilg’or ijtimoiy- falsafiy lager tеvaragida jipslashishga, uning yanada taraqqiy etishiga va mustahkalanishiga katta hissa qo’shdi.
Yuqorida qayd qilinganlarning barchasi insoniyat tafakkuri tarixida Beruniyning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.    

Xulosa

Milliy tariximizning yorqin yulduzi Abu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berar ekan, amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni “Beruniy asri” deb ta`riflaydi. Bunday yuksak va haqli baho avvalo qomusiy tafakkur sohibi bo`lmish buyuk vatandoshimizning ilm-fan taraqqiyotiga qo`shgan beqiyos hissasi bilan izohlanadi. Shu o`rinda ta`kidlash joizki, Beruniy ilmiy masalalarda ham, tarixiy voqea-hodisalarga, o`z zamondoshlariga baho berishda ham o`ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda juda ko`p aziyatlar chekkan, hatto umrining oxirida turmush qiyinchiliklariga duchor bo`lgan, ammo har qanday og`ir vaziyatda ham u sabr – toqat bilan yashagan. Ma`lumki, ota – bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo`lmish ilmu ma`rifat, ta`lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Agarki mana shu muqaddas zaminimizda tavallud topib, voyaga yetgan, o`z hayoti va faoliyati bilan nafaqat tarixda, ayni vaqtda bashariyatning bugungi taraqqiyot sahifalarida ham o`chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkir va allomalarimiz, aziz avliyolarimizni ta`riflashda davom etadigan bo`lsak, o`ylaymanki, bu borada uzoq gapirish mumkin. Xulosa qilib aytganda, hozirgi yoshlar sharq mutafakkirlarini o’rganish bo’lajak o’qituvchilarga talim-tarbiya sohasining tarixiy jarayonlarda tutgan o’rni va taraqqiyotining rivojlanish qonuniyatlarini, pedagogik g’oyalar to’g’risida ularga malumot beradi, talabayoshlarda bu haqida bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiradi hamda bo’lajak o’qituvchilarni mavjud bilimlarni egalash jarayonida ularning xalqimiz, Vatanimiz, millatimiz va muqaddas dinimizga bo’lgan tassavurlarni kengaytiradi, hamda etiqodlarini shaklantiradi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. “Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent,1999) kitobidan olindi.

  2. http://xorazmiy.uz

  3. https://arboblar.uz

  4. https://saviya.uz

  5. http://fikr.uz

  6. Toynbi A., Postijeniye istorii, M., 1991; Joʻrayev N., Tarix falsafasi, T., 1999.

Narzulla Joʻrayev.

Urganch davlat universiteti



Tarix fakulteti sirtqi __-guruh talabasi Abdullayev Zayniddinning Antapologiya fanidan tayyorlagan


MUSTAQIL ISHI


2019-YIL
Download 277.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik