O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT
UNIVERSITETI
“Ijtimoiy-Iqtisodiyot” fakulteti
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi
L.X. Bektursinova
NUKUS-2016
Mavzu: Pedogogik nazorat va ta’lim sifatini baholash
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi
2. Baholash tartibi va mezonlari
3. Joriy baholash mеzonlari
4. Rеyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish
tartibi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
1. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad
ta`lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish,
talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish,
ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
2. Reyting tizimining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
talabalarda Davlat ta`lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va
malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari:
Davlat ta`lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va
qulay shaklda baholashni ta`minlash;
fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda
o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari
va elektron manbalardan samarali foydalanishni tashkil etish;
talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida
ma`lum qilish;
talabalarning fanlar bo‘yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini
ta`minlash;
o‘quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga, ya`ni
ma`lumotlar bazasini shakllantirishga sharoit yaratish.
3. Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini baholab borish reyting nazorati jadvallari va
baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
4. Fanlar bo‘yicha reyting nazoratlari jadvali har bir prof-o‘qituvchi tomonidan fan
dasturi va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda nazorat turi, soni va ularni
o‘tkazish muddatlari, baholash mezonlarini o‘z ichiga olgan holda ishlab chiqiladi.
Pedagogik va axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi ta’lim
vositalarining yangi avlodi va ta’limning so‘nggi turlari ko‘rinishida o‘z
mohiyatiga ega bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda ta’lim jarayonida
foydalanilayotgan an’anaviy o‘qitish usullariga qo‘shimcha o‘quv vositalari deb
hisoblangan barcha multimedia o‘quv uslubiy elektron mahsulotlar shular
jumlasidandir. O‘quv-uslubiy elektron mahsulotlarning imkoniyatlari va kiritilgan
ma’lumotlar asosida turlarga ajratish mumkin.
Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi
1. Nazorat turlari, jumladan JN va ON larni o‘tkazish tartibi va mezonlari, fan
o‘qituvchisi tomonidan ishlab chiqilgan reyting nazoratlari jadvali kafedra mudiri
tavsiyasi bilan fakultet o‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va
tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o‘quv dasturida mashg‘ulot turlari bilan
birgalikda ko‘rsariladi.
2. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga
ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari
haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda dars olib boradigan
professor-o‘qituvchi tomonidan talabalarga e’lon qilinadi va ularning daftarlariga
yozdirib qo‘yiladi.
3. Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim
standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini
o‘tkazish nazarda tutiladi:
Joriy nazorat –talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma
darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib
chiqqan holda:
seminar;
laboratoriya;
amaliy mashg‘ulot;
test o‘tkazish;
suhbat;
nazorat ishi;
kollokvium;
uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkaziladi.
JN lar soni fan bo‘yicha amaliy, sеminar, laboratoriya mashg‘ulotlari uchun
ajratilgan soatlar hajmidan kеlib chiqqan holda bеlgilanadi.
Oraliq nazorat-sеmеstr davomida o‘quv dasturining (tеgishli fanning bir nеcha
mavzulvarini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan kеyin talabaning bilim va
amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratning soni (bir
sеmеtrda ikki martadan ko‘p o‘tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og‘zaki, tеst,
prеzеntatsiya va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kеlib
chiqqan holda kafеdra tomonidan bеlgilanadi; Masalan: sеmеst davomida haftasiga
2 soatli fan bo‘yicha 1 ta oraliq nazorat, haftasiga 4 yoki 6 soatli fan bo‘yicha 2 ta
oraliq nazorat bеlgilash maqsadga muvofiq.
Yakuniy nazorat -sеmеstr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy
ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli.
Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish”
shaklida o‘tkaziladi. Ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining xususiyatlaridan
kеlib chiqqan holda fakultеt Ilmiy kеngashi qarori bilan ko‘pi bilan umumkasbiy
va ixtisoslik fanlarining 40 %dan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (og‘zaki,
tеst va hokazo) ko‘rinishda o‘tkazilishi mumkin.
4. Oraliq nazoratlarni o‘tkazish jarayoni har bir kafеdra mudiri tomonidan tuzilgan
komissiya ishtirokida doimiy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartibi
buzilgan hollarda oraliq nazorat natijalari bеkor qilinishi mumkin. Bunday hollarda
oraliq nazorat qayta o‘tkaziladi.
5. Univеrsitеt rеktorining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi
rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‘tkazish jarayoni
doimiy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda
yakuniy nazorat natijalari bеkor qilinadi. Bunday hollarda yakuniy nazorat qayta
o‘tkaziladi.
6. Rеyting jadvalida ko‘rsatilgan nazorat natijalarini kafеdra majlisida muxokama
qilish va tеgishli qaror qabul qilib borish kafеdra mudiri zimmasiga yuklatiladi.
7. O‘quv yili tugaganidan kеyin rеyting nazorati natijalariga ko‘ra talabalarni
kеyingi kursga o‘tkazish to‘g‘risida o‘rnatilgan tartibda qaror qabul qilinadi.
Baholash tartibi va mezonlari
1. Talabalarning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning
reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar
orqali ifodalanadi.
2. Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi
100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda
kafedra tomonidan joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarga taqsimlanadi:
yakuniy nazoratga 30 ball;
joriy va oraliq nazoratlarga - 70 ball.
3. Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi,
hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo‘yicha yakuniy davlat
attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot
va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi
100 ballik tizimda baholanadi.
4. Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi
mezonlar tavsiya etiladi:
a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo‘lish.
b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo‘lish.
v) 56-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo‘lish.
g) Quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-55 ball bilan baholanishi mumkin:
aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;
javoblarda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganlik;
bilmaslik.
5. Professor-o‘qituvchilar tomonidan muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar
bo‘yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va
talabalarga yetkaziladi.
6. Yakuniy nazoratlar uchun baholash mezonlari va topshiriqlari kafedralar
tomonidan ishlab chiqilib, fakultetlar Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan
tasdiqlanadi.
7. Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy
nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan
kelib chiqqan holda baholanadi.
8. Talabaning fan bo‘yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda:
V - semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda);
O‘- fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda).
9. Fan bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan
ballning 55 foizi saralash bali etib belgilanadi.
Joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning saralash bali 55 foizdan
ortiq ball to‘plagan barcha talabalar ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga
kiritiladi.
Agar talaba yakuniy nazoratda shu nazorat turi bo‘yicha saralash balidan yuqori
ball to‘plasa, bu ball joriy va oraliq nazoratlarda to‘plangan ballarga qo‘shiladi.
Aks holda talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat joriy va oraliq
nazoratlarning ballari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
10. Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir
nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yigindisiga teng.
Joriy baholash mеzonlari
1. Laboratoriya ishini baholashda quyidagilar inobatga olinadi:
mustaqil nazariy tayyorgarlik darajasi (konspеkt, og‘zaki savol-javob);
ishni bajarishdan maqsad va bajarish tartibini bilish;
ishni bajarish jarayonida olingan natijalar asosida hisoblashlarning to‘g‘ri
amalga
oshirilganligi;
olingan natijalarni tahlil qilish orqali chiqarilgan xulosalarning ilmiyligi.
2. Amaliy mashg‘ulotlardagi baholash jarayonida quyidagilar inobatga olinadi:
mustaqil nazariy tayyorgarlik darajasi;
amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini bajarish jarayonida nazariy bilimlarni
to‘g‘ri
qo‘llay bilganligi (kеrakli formula, qonuniyatlar to‘g‘ri ishlatilganligi).
3. Sеminar mashg‘ulotlarini baholash jarayonida quyidagilar inobatga olinadi:
sеminar mavzusi doirasida ko‘rsatilgan savollar bo‘yicha konspеktning
mavjudligi;
mashg‘ulotga tayyorgarlik jarayonida tavsiya etilgan adabiyotlardan
foydalanilganligi;
tavsiya etilgan adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan (darslik,
davriy
matbuot, Intеrnеtdan olingan ma'lumotlar va hokazo) foydalanganligi;
sеminar rеjasida qo‘yilgan savollarga javoblarning aniq, ilmiy
asoslanganligi;
har bir savol bo‘yicha xulosalarning to‘g‘riligi.
12. Oraliq baholash mеzonlari:
fanning OB uchun bеlgilangan bo‘limi yoki qismi bo‘yicha nazariy
bilimlarning to‘la
o‘zlashtirilganlik darajasi;
olingan nazariy bilimlarni qo‘llay bilish ko‘nikmalarining shakllanganlik
darajasi;
qo‘yilgan savollarga bеrilgan javoblarning ilmiy asoslanganligi;
o‘tilgan mavzular bo‘yicha mustaqil fikrlash qobiliyatini namoyon etganligi;
tavsiya etilgan adabiyotlardan tashqari, qo‘shimcha manbalardan
foydalanilganligi;
13. Yakuniy baholash mеzonlari:
fan bo‘yicha nazariy bilimlarning to‘la o‘zlashtirganlik darajasi;
olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay bilish ko‘nikmalarining
shakllanganligi;
qo‘yilgan savollarga bеrilgan javoblarning aniq va lo‘nda ilmiy
asoslanganligi;
o‘tilgan fan bo‘yicha mustaqil fikrlash qobiliyatining shakllanganligi;
tavsiya etilgan adabiyotlar va qo‘shimcha manbalarni o‘zlashtirganligi.
Rеyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi
1. Talabaning fan bo‘yicha nazorat turlarida to‘plagan ballari sеmеstr yakunida
rеyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Rеyting daftarchasining
“O‘quv rеjalarida ajratilgan soat” soat ustuniga sеmеstr uchun fanga ajratilgan
umumiy o‘quv yuklama soatlari, “Fandan olingan baho” ustuniga esa 100 ballik
tizimdagi o‘zlashtirishi qo‘yiladi. Talabaning saralash balidan past bo‘lgan
o‘zlashtirishi rеyting daftarchasida qayd etilmaydi.
2. har bir fan bo‘yicha o‘rkaziladigan nazorat turlarining natijalari guruh va
profеssor-o‘qituvchi jurnallari hamda qaydnomada qayd etiladi va shu kunning
o‘zida (nazorat turi yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, 2 kun ichida) talabalar
e'tiboriga yеtkaziladi.
3. Yakuniy nazorat natijalariga ko‘ra fan o‘qituvchisi talabalarning fan bo‘yicha
rеytingini anqilaydi hamda rеyting daftarcha va qaydnomaning tеgishli qismini
to‘ldiradi.
4. Talabaning rеytingi uning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari darajasini bеglilaydi.
Talabaning sеmеstr (kurs) bo‘yicha umumiy rеytingi barcha fanlardan to‘planagan
rеyting ballari yig‘indisi orqali aniqlanadi.
5. Talabalar umumiy rеytingi har bir sеmеstr va o‘quv yili yakunlangandan so‘ng
e'lon qilinadi.
6. Diplom ilovasi yoki akadеmik ma'lumotnomani dеkanat tomonidan
rasmiylashtirishda fan bir nеcha sеmеstr davom etgan bo‘lsa, rеytinglar
yig‘indisining o‘rtachasi olinadi.
7. Talabaning joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda erishgan natijalari:
guruh jurnali
o‘qituvchining shaxsiy jurnali
rеyting qaydnomasida
qayd etilgach, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari dеkanatlar tomonidan kompyutеr
bazasiga kiritilib, kafеdralar, dеkanatlar va o‘quv-uslubiy boshqarmada muntazam
ravishda tahlil qilib boriladi.
8. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafеdra yig‘ilishlari, fakultеt va
univеrsitеt Ilmiy kеngashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va
tеgishli qarorlar qabul qilinadi.
1. O‘quv darslikning elektron versiyasi
Namunaviy dasturga muvofiq fanning to‘liq kursini qamrab olgan ma’lumotlarning
elektron variant holdagi mahsulot (ma’ruzalar, matnlar va boshqalar).
2. Elektron darslik
O‘quv darslik elektron versiyasining takomillashtirilgan holatidir. Elektron darslik
matni, gipermatn, giperizoh, grafik, diagramma, rasm, chizma va ularning
animatsiyalaridan iborat (elektron darslik va elektron darslik versiyasi professor
o‘qituvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazishda va talabani darsdan tashqari
mustaqil ta’lim olish uchun imkoniyat beradi).
3. O‘quv uslubiy elektron qo‘llanma
O‘quv fanini qisman qamragan bo‘lib, matn, rasm, gipermatn, chizma va
animatsiyalardan iborat.
4. O‘quv uslubiy elektron ko‘rgazma
Ma’lum bir fan uchun kompyuterlashtirilgan, yaxshi dizaynga ega bo‘lgan
miniplakatlar to‘plami. 2D grafik o‘lchamida tayyorlanadi (dars jarayonida
multimedia proyektor orqali namoyish etiladi).
5. O‘quv uslubiy kompyuter dasturi
Ma’lum fanning mavzusi keng yoritiladi. Ushbu dastur algoritmlashtirilgan
bloklardan iborat. Har bir blok o‘zining mazmuniga, matni, grafikasi, animatsiya,
o‘quv va nazorat qismidan iborat bo‘lgan dastur.
6. Multimediali o‘quv-uslubiy kompyuter dasturi va ensiklopediyalar
Ushbu o‘quv kompyuter dasturi matn, gipermatnlar, giperizohlar, grafik,
diagrammalar, rasmlar, chizmalar, harakat, ovoz, videotasmalar, fotorasmlarni o‘z
ichiga qamrab olgan mahsulot bo‘lib. 3D grafik o‘lchamida tayyorlanadi.
7. Kompyuterlashtirilgan videofilmlar
Ushbu mahsulotda sensorika ishlatiladi. Kompyuterlashtirilgan videofilmlar
skanerdan, raqamli videokamera va fotoapparatlardan matnlar, rasmlar, harakatlar
kiritiladi. Undan tashqari, videomagnitofondan raqamli o‘zgartirgich orqali
videofilmlar joylashtiriladi va tahrirlar kiritish imkonini beradi.
8. Kompyuterlashtirilgan laboratoriya ishlari
Berilgan mavzu bo‘yicha laboratoriya tajribalarini namoyish qilish, harakatlanishi,
asboblarning ko‘rsatkichlari, vaqt o‘lchash-larini va boshqa jarayonlarni
bog‘lovchi kompyuter dasturi. 3D grafik o‘lchamida tayyorlanadi (Laboratoriya
asbob-uskunalari yetishmaydigan joylarda ishlatish imkoniyatini beradi).
9. Ma’lumotlar banki
Katta hajmdagi axborotni o‘z ichiga qamrab olgan va ularni turli ko‘rinishda
(jadval, diagramma, gistogramma, matn, rasm va hokazo) bera oladigan, o‘quv
jarayonida bilim oluvchilar tomonidan o‘z ustida mustaqil ishlashi va o‘z
bilimlarini nazorat qilishi uchun qo‘llaniladigan, doimiy ravishda to‘ldirib
boriladigan, keng doirada foydalanishga mo‘ljallangan, tegishli vakolatli davlat
tashkilotida qayd etilgan sohalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi. O‘quv uslubiy
elektron mahsulotlar muassasalarning kutubxonalarida, kompyuter sinflarida
saqlash va foydalanish mumkin.
O‘quv uslubiy elektron mahsulotlarning asosiy xususiyatlari
O‘quv uslubiy elektron mahsulotlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:
• ta’limning yuqori sifat darajasida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tishni ta’minlash;
• mustaqil ta’lim olish va o‘zini – o‘zi mustaqil nazorat qilish imkonini yuzaga
keltirish;
• axborotni mustaqil o‘rganishning turli uslublarini qo‘llash;
• tajriba-tadqiqot ko‘nikmalarini hosil qilish;
• bilim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilganligi;
• o‘qitishga noan’anaviy yondashish, o‘quv materialini o‘rganishning vaqtini tejash
(talabalarga masofaviy o‘qish imkoniyatini berish).
O‘quv uslubiy elektron mahsulotlarni yaratish bosqichlari
O‘quv uslubiy elektron mahsulotlarni yaratish texnologiyasi katta mehnat hajmiga
ega bo‘lib, uni yaratishda tajribali professor-o‘qituvchilar va dasturni tuzuvchi
mutaxassis hamkorligida tayyorlanadi.
Elektron adabiyotni ishlab chiqish quyidagi keltirilgan bosqichlar olib borilishi
maqsadga muvofiq:
• ta’lim muassasalarida fanlar bo‘yicha Respublikada yaratilgan elektron
mahsulotlarning monitoringi o‘tkaziladi;
• yetakchi professor-o‘qituvchi, dasturchi (programmist), dizaynerlar jalb etiladi.
• professor-o‘qituvchilar fan bo‘yicha adabiyot, grafik, chizma, rasm, test,
mashg‘ulot, so‘rov, qiziqarli mashg‘ulot va hokazolar yig‘iladi va ularga asosan
o‘quv-uslubiy elektron mahsulotga ssenariy tuziladi.
• O‘quv uslubiy elektron mahsulotni tuzilmasi ishlab chiqiladi.
• Bo‘limlar, boblar va mavzular bo‘yicha mazmunini hamda ketma-ketligi ishlab
chiqiladi.
• Dizayner tomonidan elektron mahsulotga estetik shakl yaratiladi.
• Dasturchi o‘quv-uslubiy elektron mahsulotlarning alohida bloklarning algoritmini
tayyorlaydi va berilgan ssenariy, shakllar bo‘yicha tayyor elektron mahsulot
yaratadi.
• CD-diskka joylashtiriladi va foydalanuvchi uchun uslubiy qo‘llanma
tayyorlanadi.
O‘quv uslubiy elektron mahsulotlarga qo‘yiladigan asosiy talablar
Elektron o‘quv mahsulotlar bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga,
dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo‘shimcha
ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘proq chuqurlashtirib
o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yaratiladi. O‘quv uslubiy elektron mahsulotlarga
asosiy, jumladan: ilmiylik; pedagogik; didaktik; metodik; psixologik; ergonomik;
estetik; texnik va texnologik talablar qo‘yiladi.
O‘quv uslubiy elektron mahsulotlarning sifatini baholash mezonlari
1. Texnik mezonlar:
• avtomatik holda yuklanishi (avtozagruzka);
• boshqarish, ma’lumot kirgizish, ma’lumot olish va chiqish;
• EHMning namunaviy ishlash (parametrlarni kirg‘izilgan holda) imkoniyati;
• EHMning kerakli kadrlarini qayta yuklash imkoniyati;
• kiritilgan ma’lumotlarni qaytarish imkoniyati;
• ekranda berilgan va qayta ishlangan ma’lumotlarni chop etish imkoniyati.
2. Servis mezonlar:
• iyerarxik menyu mavjudligi (ma’lumotni qulay topish);
• interaktiv dialogning mavjudligi;
• yordam va sharkllarning mavjudligi;
• tasvirning aniqligi;
• dizayn;
• grafik va harflarning shriftlari bir-biri bilan uyg‘unlashganligi.
3. Pedagogik va psixologik mezonlar:
• ilmiy va pedagogik bilimlarning EHM aks ettirilganligi;
• dasturiy vositalardan foydalanishda pedagogik maqsadlarni tanlash
asoslanganligi;
• zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanuvchi yangi boshqaruv
sharkl va o‘qitish usullari mavjudligi;
• ta’limga muhimligi (didaktik talablarga javob berishi);
• o‘quv materialini ifodalanish shakli va uning mazmuni orasidagi optimal
bog‘liqligi (grafik, jadval, matn, chizma, sxema va hokazo);
• EHM ishlatilganda bexos tugmalarni bosishda, ma’lumotlarning o‘zgarmasligi va
stabil ishlashi;
• fikrlashni shakllantirish;
• bilim, ko‘nikma, mahoratlarni mustaqil egallashni shakllantirish;
• eksperimental va izlanish faoliyatini o‘quv jarayonida egallash.
4. Interaktivlik mezoni:
• dialogni olib borishda har xil vositalarning mavjudligi;
• o‘quv materialini o‘zlashtirishda osondan qiyinga o‘tish bosqichlari;
• o‘quv materialida istalgan bobidan foydalanish imkoniyati;
• javoblarni kiritish va olish variantlari;
• xatolarni tahlil qilish imkoniyati va to‘g‘rilash
Baholash shakllari.
Baholash, uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda o‘tkazilishi mumkin:
1.Mezonga asoslangan baholash
2. Me’yorga asoslangan baholash.
Mezonga asoslangan baholash baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan
natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oldindan belgilangan o‘quv
maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga
ko‘ra taqqoslash va o‘lchashdan iborat bo‘lgan baholash shaklidir. Bunday
baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi o‘rganish maqsadlari bo‘yicha
natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to‘g‘ridanto‘g‘ri
va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq
farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi
bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa,
natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o‘lchanadi. Mezonga asoslangan (yoki
maqsadli) baholash
Afzalligi:
1.O‘quv maqsadiga muvofiq baholanadi; ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasini
ob’ektiv baholaydi;
2.Baholash o‘zining aniq ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi;
3.Ta’lim oluvchi olgan bahosida yo‘l quygan xatolarini yaqqol ko‘rib turadi;
4.Baholanuvchini ta’lim olishga yo‘naltiradi;
5.Baholanuvchilarning baholanayotgan sohadagi kuchli va kuchsiz tomonlarini
xolisona aniqlab beradi, ularning o‘z bilimi va malakalariga bo‘lgan ishochini
oshiradi;
6.Hamma uchun bir xil bilim va malaka talablarini o‘rnatadi;
7.Ta’lim mazmunini aniqlab beradi;
8.Baholanuvchilarning o‘z faoliyati natijalariga
bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi.
Kamchiligi:
1.Mezonlarni ishlab chiqish ko‘p vaqt talab qiladi;
2.Mezonlarning ob’ektivligi, haqqoniyligi va
aniqligini aniqlashga nisbatan talablarning
ko‘pligi
Ijtimoiy fan yo‘nalishlari bo‘yicha mezonlar ishlab chiqishda qiyinchiliklarga duch
kelinadi Me’yorga asoslangan baholash nisbiy baholash shakli bo‘lib, baholashdan
so‘ng baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini o‘zaro
taqqoslash orqali o‘lchashdan iborat. Bu baholash shakli ham ikki bosqichdan
iborat bo‘lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi,
ikkinchi bosqichda esa, bu natijalar o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchanadi.
Me’yorlangan (normaga asoslangan) baholashda baho bir necha ko‘rsatkichlarga
va ta’lim olish shart-sharoitiga ko‘ra, o‘zgarishi mumkin bo‘ladi. Masalan,
o‘qituvchi tomonidan hayrixohlikning paydo bo‘lishi, o‘qituvchining o‘ta qat’iyligi
sababli ham baho o‘zgarishi mumkin.
Me’yoriy (normaga asoslangan ) baholash
Afzalligi:
O‘qituvchi ortiqcha vaqt sarflamaydi;
turli shart-sharoitga oson moslashtirish mumkin;
baho bo‘yicha ko‘rsatkichlar umumiy tarzda olinadi;
muayyan baholanuvchilar guruhi ichida ularning o‘zlashtirish darajasiga qarab
tabaqalashtirish imkonini beradi;
baholash natijasida guruh ichidan ma’lum sondagilarini ajratib olish imkonini
beradi (masalan, kollejga kirish imtihonlari natijasida boshqalarga nisbatan eng
yuqori ko‘rsatkich ko‘rsatgan 25 kishini ajratib olish mumkin).
Kamchiligi:
Baholashda bilim bilan xulqni baholash aralashtirib yuboriladi;
ba’zan xulqni baholash bilimni baholashni belgilab qo‘yadi;
baholar o‘qituvchi tomonidan sub’ektiv belgilanishi mumkin;
ta’lim oluvchiga nisbatan simpatiya ham bahoni yuqori qo‘yib yuborishga olib
keladi;
bilimlarni ob’ektiv va haqqoniy baholashning;
bilimlarni ob’ektiv va haqqoniy baholashning pasayishiga imkoniyat yaratadi.
Baholash turlari. Baholash, o‘tkazilish vaqtiga ko‘ra, uch turga ajratiladi:
Boshlang‘ich baholash;
Joriy, ya’ni shakllantiruvchi baholash;
Yakuniy, ya’ni umumlashtiruvchi baholash.
Boshlang‘ich baholash ta’lim jarayoni boshida ta’lim oluvchilarning dastlabki
bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bunday baholash
natijalari ta’lim jarayonining mazmuni, usullari va shakllarini tanlash imkonini
beradi.
Joriy (shakllantiruvchi) baholash muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. U
ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta’lim jarayoni samarasini
tezkor(operativ) aniqlab borish, o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta’lim
beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi qaytar aloqani ta’minlash imkonini beradi.
Yakuniy (umumlashtiruvchi) baholash ta’lim oluvchining ta’lim jarayonining
ma’lum davridagi o‘zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va standartlarga
javob berishini aniqlaydi.
Yakuniy baholash ta’lim jarayonining ma’lum bosqichi yakunida o‘tkaziladi. U
joriy baholash natijalarini jamlaydi.
Baholash tamoyillari. Bilimlarni tekshirish va baholash muayyan didaktik
talablarga javob berishi kerak. Tekshirish va nazorat qilish sistemali, doimiy tarzda
bo‘lishi shart. Bu talabga rioya etilmasa, ta’lim oluvchilarning o‘qishga nisbatan
munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi.
Bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir ta’lim oluvchi uning
qaysi bilimlari, ko‘nikma va malakalari baholanayotganini bilishi kerak. Ta’lim
beruvchining savollariga va vazifalariga javob berishga tayyorlik holati bilimlarni
tekshirish va baholash o‘quv jarayonining muhim bir bo‘lagiga, uning tarkibiy
qismiga aylangan taqdirdagina ro‘y beradi.
Ta’lim oluvchining bilimlari, ko‘nikma va malakalari davlat o‘quv rejalarining
bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi va baholanadi. Ta’lim oluvchilarning
bilimlari, ko‘nikma va malakalarini tekshirish shakllari turlichadir.
Ba’zan ta’lim beruvchi bilimlarni tekshirishning uzoq vaqt mobaynida bir xildagi
usullarini qo‘llaydi. Unda so‘rash, savol berish, bahoni izohlash sohasida muayyan
odat paydo bo‘ladi. Ta’lim oluvchilar bunday tekshirishga moslashib ketadilar,
o‘qituvchining qay tarzda so‘rashi ularga oldindan ma’lum bo‘ladi. Ular faqat
ta’lim beruvchi uchun, uni qanoatlantirish uchun javobbera boshlaydilar.
Quyidagi beshta asosiy tamoyillar baholash tizimi samaradorligining poydevori
hisoblanadi:
O‘quv maqsadlariga asoslanganlik.
Haqiqiylik.
Haqqoniylik.
Ishonchlilik.
Qulaylik
.
Pedagogik monitoring maktab ta’limini
rivojlantirishning muhim omili sifatida.
Prezidentimiz I.A.Karimov “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli
fuqarolik jamiyatining barpo etish- ustuvor maqsadimizdir” mavzusidagi
ma‟ruzalarida maktab ta‟limini tubdan isloh qilish masalalariga alohida e‟tibor
qaratish kerakligi haqida so‟z yuritdilar. Shuning uchun boshlang‟ich ta‟limda
pedagogik monitoringni to‟g‟ri yo‟lga qo‟yish va undan oqilona foydalanish
bugungi kunning muhim vazifasidir. Monitoring ta‟lim faoliyatiga obyektiv baho
berishda, ta‟lim jarayonida ichki boshqaruvni takomillashtirishda ichki nazorat
uchun eng qulay, eng obyektiv vositadir. Rahbar ishni tashkil etish, tanqid qilish,
taklif kiritish, tatbiq etish masalalarini hal etishni jadallashtiradi.Boshqaruv tizimi
samaradorligi va shu asosda ta‟lim sifatini kafolatlaydi. Ta‟lim uchun yaratilgan
sharoitga, talablarga, ta‟lim jarayoni faoliyatiga tanqidiy qaray olish, choralar
ko‟rish imkoni yaratiladi. Yig‟ilgan tajribalarni ommalashtirib, yoyish, tatbiq
etishga sharoit tug‟iladi.Bu istiqboldagi ishlarni, maqsad vazifalarni
oydinlashtirishga yaqindan yordam beradi. Agar monitoring shaklan, mazmunan
o‟zlashtirib olinsa, ta‟limga tatbiq etilsa, ta‟limda ishtirok etuvchi har bir shaxsni
ishga yangicha munosabatda bo‟lishga, yondashishga, izlanishga, tashabbus
ko‟rsatishga odatlantiradi. Demak, monitoringning ta‟limga tatbiqi ta‟lim
jarayoniga nima beradi: Dars jarayonida kim qanday interfaol usullardan
foydalayotganini aniqlab beradi. O‟qituvchilar o‟zini oqlamagan, samarasiz
uslublardan voz kechish imkonini beradi. O‟qituvchi, o‟quvchilar faoliyatini
o‟rganishda ilmiy 26 asosga ega bo‟lmagan, metodik, diagnostik, tasodifiy
sinovlarni, nazariy asosga ega bo‟lmagan ishlarni qo‟llashga yo‟l bermaydi.
O‟qituvchi, psixolog va rahbariyat faoliyatini to‟g‟ri yo‟naltirishni ta‟minlaydi.
O‟quvchi faoliyatini nazorat etish, ota-onalar, jamoatchilik fikrini o‟rganuvchi
normativ hujjatlar bazasini yaratadi va tartibga tushiradi. O‟quv jarayoni ichki
nazoratini amalga oshirish loyihasi, dasturi, nizomi ishlab chiqish imkonini
yaratdi. Ishlangan dasturlarni tajriba-sinovlardan o‟tkazish, uning shakli,
mazmun muddatlarini borgan sari takomillashtirib borishda yaxshi samara beradi.
Ta‟lim sifatini aniqlashda monitoring asosiy vosita hisoblanadi, standartlarning
o‟zlashtirish darajasini belgilash, o‟qituvchi mahoratiga baho berish,
boshqaruvning maqsadga to‟g‟ri yo‟nalganligini topishga yordam beradi.
Monitoring – biror-bir sohada ko‟zlangan maqsadni aniq ko‟rsatkichlariga
erishishda natijalarni solishtirish orqali doimiy kuzatish jarayonidir. Ta‟limtarbiya
sohasida monitoring-o„quv jarayoni va uni boshqarishning uzluksiz kuzatuvini olib
borish. Ta‟lim monitoringi(TM) – pedagogik tizim faoliyati haqida axborotlar
yig„ishni tashkil etish, saqlash, qayta ishlash va ularni sinflarga ajratish tizimidan
iborat bo„lib, u kuzatilayotgan ob‟ekt holatini va kelgusida uning rivojlanishi
dinamikasini oldindan bashorat qilish jarayoni.
Xulosa
O‘quv jarayoni uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalarning psixologik-pedagogik,
dasturiy texnik sifatini va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish baholash
mezonlari orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. O‘quv uslubiy elektron
mahsulotlarni ekspertizasi belgilangan tartibda maxsus ekspertlar tomonidan
o‘tkazilishi kerak. Maxsus ekspert guruhi tarkibiga ta’lim muassasalaridan yuqori
malakali pedagoglar, dastur tuzuvchilar, psixolog, dizayner va yetakchi
mutaxassislar kiritilishi lozim.
Ta’lim jarayonini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etish
birinchi navbatda kasb-hunar kollejlarining tajribali, ta’lim-tarbiya ishlariga
yangicha yondosha oladigan, o‘qitishning ilg‘or ta’lim texnologiyalarini dars
jarayonlariga joriy eta oladigan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni mustaqil
boshqara oladigan pedagog va muhandis-pedagoglarga bog‘liqdir. Buning uchun
birinchi navbatda ta’lim muassasasi tomonidan ta’lim sifati nazoratini to‘g‘ri olib
borish va duch kelinayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni
belgilash lozim bo‘ladi.
O‘MKHT muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etilishi va olib borilishi birinchi
navbatda uning sifat nazoratini olib borilishiga bog‘liq. SHunga asosan ta’lim
muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish va uning maqsad va vazifalarini
amalga
oshirishning
asosiy
elementlarining
pedagogik
mohiyatini
tushunish,qo‘yilgan maqsadga erishishi uchun o‘qitishning maqsadi, o‘quv
mazmuni, o‘quv vositalari, o‘qitish metodlari va baholashning monitoringini olib
borish asosida ta’limning sifat nazorati tashkil etiladi. Ta’lim muassasalarida
ta’limning sifat nazoratini olib borishdan oldin o‘quv jarayonini ilmiy asosda
tashkil etishda har bir rahbar quyidagi vazifalarning mazmun va mohiyatini
mukammal bilishi va ularning bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini tahlilini olib
boradi.
Foydalanilgan adabiyoylar:
1.KarimovaV.M. «Psixologiya».O`quv qo`llanma. T.: 2002 y.
2. Maqsudova M. A. Muloqot psixologiyasi T.: 2006
3. G‘oziev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.
4. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. T.: 1994
5. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. T.: 1999
Internet ma’lumotlari:
www.google.uz
www.ziyonet.uz
www.yandeks.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |