Baxtiyor mengliyev


-§. Leksemaning semantik ko‘lami



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   227
16-§. Leksemaning semantik ko‘lami  
 
Tayanch tushunchalar 
sema, atash semasi, ifoda semasi, vazifa semasi, birlashtiruvchi 
belgi, farqlovchi belgi, relevant belgi, irrelevant belgi 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
Hosila 
semema, 
metafora, 
sinekdoxa, 
metonimiya, 
vazifadoshlik 
 
Bir  sememali  va  ko‘p  sememali  leksemalar.  Formal 
tilshunoslik  bir  ma’noli  va  ko‘p  ma’noli  so‘zni  farqlaganligi  kabi 
nazariy  leksikologiyada  bir  sememali  va  ko‘p  sememali  leksema 
ajratiladi.  Bunda  formal  tilshunoslik,  terminologik  jihatdan  izchil 
bo‘lmasa-da,  so‘zning  lison  va  nutqdagi  o‘rniga  rioya  qiladi. 
Nazariy  leksikologiya  nuqtayi  nazaridan  nutqda  qo‘llangan  so‘z 
har  doim  bir  ma’noli.  Chunki  so‘z  leksemaning  bir  martalik 
ko‘rinishi  bo‘lib,  u  leksemaga  zid  ravishda  betakrorlik  tabiatiga 
ega.  
Leksema  bir  tushunchani  ifodalasa,  u  bir  sememali  leksema 
deyiladi.  Masalan,  qalam  leksemasi  bir  tushunchani  ifodalaydi  va 
shu  sababli  bir  sememali  leksema  hisoblanadi.  Bunda  ularning 
omonimik munosabati e’tiborga olinmaydi. Ammo leksema nutqda 
ko‘chma 
ma’noda 
qo‘llanishda 
har 
xil 
tushunchalarni 
ifodalayverishi  mumkin.  Lekin  ma’no  va  tushuncha  orasidagi 
munosabat  ijtimoiy  shartlanganlik  va  barqarorlik  kasb  etmasa, 
leksemaning  ko‘p  sememaliligi  haqida  hukm  chiqarib  bo‘lmaydi. 
Masalan,  Qashqirlar tog‘-toshlar  aro izg‘ishardi  gapidagi  qashqir 
so‘zi  jangari  to‘dani  tashkil  etgan  kishilarni  ifodalamoqda.  Ushbu 
qo‘llanishda  qashqir  so‘zi  “tog‘da  yashovchi  o‘ta  yirtqich  bo‘ri” 
153


ma’nosini  emas,  balki  “tog‘da  uya  qurgan  yirtqich  kishilar” 
ma’nosini ifodalamoqda va leksema ongimizda ushbu ma’no bilan 
emas,  balki  oldingisi  bilan  yashaydi.  Demak,  bu  ma’no  nutqiy 
bo‘lib, tushuncha bilan vaqtinchalik bog‘lanishga ega. 
Jamiyat  taraqqiy  etishi  bilan  nutqiy  hosila  ma’no  vaqtincha 
ifodalagan  tushunchasi  bilan  doimiy  aloqadorlik  kasb  etib,  bora-
bora  ijtimoiylashib,  qo‘llanishi  barqaror  tus  olib  boradi  va  hosila 
nutqiy ma’no lisoniylashadi. Natijada bir sememali leksema birdan 
ortiq sememali leksemaga aylanib boradi. 
Leksema  ko‘p  sememali  bo‘lsa,  har  bir  sememada  boshqa-
boshqa  tushuncha  aks  etgan  sememalarda  farqli  semalar  mavjud, 
har  bir  sememaning  nutqiy  voqelanishidagi  qurshovi  o‘ziga  xos, 
har  bir  sememasi  asosida  bog‘lanuvchi  birliklar  paradigmasi 
turlicha  bo‘ladi.  Quyida  bir  leksemaning  lisoniy  mohiyati  – 
sememalari tiklanishiga diqqat qilamiz.  
Bosh  leksemasi  birdan  ortiq  paradigmatik  va  sintaktik 
qurshovda  kelish  imkoniyatiga  ega.  Birinchi  qurshovda  leksema 
ega, to‘ldiruvchi kabi vazifalarda keladi va harakat, holat kabilarni 
ifodalovchi  otlar  bilan  birikib,  ot  +  fe’l  qurshovi  hosilasi  sifatida 
namoyon  bo‘ladi:  1.  Boshim  lo‘qillab  og‘riyapti.  2.  Kirganimda 
boshini  changallab  o‘tirar  edi.  Bunda  leksemaning  “tananing 
bo‘yindan  yuqori  qismi”  sememasi  voqelangan.  Shuningdek, 
leksema,  ushbu  ma’nosi  bilan  qo‘l,  oyoq  leksemalari  bilan 
birgalikda  tana  leksemasi  sistemasi  tarkibiga  kiruvchi  unsur 
hisoblanadi.  Ayni  paytda  kalla  leksemasi  bilan  sinonimik  qator 
hosil qiladi. 
Bosh  leksemasining  ushbu  ushbu  sememasi  asosida  es,  aql, 
hush  leksemalari  bilan  sinonimik  munosabat,  ruh,  jon  leksemalari 
bilan paradigma hosil qiladi. Boshi kompyuter, boshi ishlaydi kabi 
sintaktik birikuvlar hosil qiladi.  
Demak,  leksemaning  birinchi  sememasi  “Tananing  bo‘yindan 
yuqori  qismi”,  2-sememasi  “odam  miyasining  xususiyati” 
mazmuniga ega. 
Bundan  ma’lum  bo‘ladiki,  leksemaning  sememamalir  miqdori 
uning  paradigmatik,  ma’nodoshlik  va  sintagmatik  munosabatlari 
asosida  aniqlanadi.  Leksemalarning  semantik  ko‘lamini  bilish 
154


izohli  lug‘atlarni  tuzishda  juda  zarur.  Mavjud  izohli  lug‘atlardagi 
so‘zlar  ma’nolarining  behad  ko‘pligi  (ba’zan  30  tagacha 
ma’nolarning  ajratilishi)  lug‘atlar  tuzilayotgan  paytlarda  o‘zbek 
semasiologiyasi  hali  o‘zining  leksema  sememalarini  izchil  ajratish 
darajasida 
rivojlanmasligi 
bilan 
bog‘liq 
edi. 
O‘zbek 
tilshunosligining  bugungi  taraqqiyot  darajasi  mutlaqo  yangi 
tipdagi, zamonaviy izohli lug‘atlarni tuzishni taqozo etmoqda. 
Har  qanday  leksema,  xoh  u  bir  sememali,  xoh  ko‘p  sememali 
bo‘lsin,  nutqda  ko‘p ma’noli  bo‘ladi.  So‘z  esa  nutqda  hamisha  bir 
ma’noli. 
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati