R e j a .
Kirish. Mavzuning dolzarbligi va bugungi kundagi
ahamiyati
I BOB.
O’ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARIDA
BARKAMOL
AVLOD
TARB IYASINING
NAZARIY
ASOSLARI
1.1 Ma`naviy barkamol inson tarbiyasi.
1.2. Komil inson tarbiyasi va milliy o`zlikni anglash.
II BOB.
O’ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARIDA
BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING AMALIY ASOSLARI
2.1. Qadriyatlar va komil inson tarbiyasi
2.2 Yoshlar ma`naviyatini shakllantirishda tarixiy
xotiraning o`rni
2.3
O’zbekistonda mustaqillik yillarida barkamol avlod
tarbiyasining yo’llari
Xulosa.
Mustaqillik
yillari
yoshlar
ruxiyatidagi
umumiylik va xususiylik
Xulosa va tavsiyalar
Muammoga oid ilovalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
KIRISH
Milliy mustaqillik qo’lga kiritilgan dastlabki oylardan boshlaboq,
Prezident Islom Abdug’anievich Karimov milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasini
shakllantirish masalasini shakllantirish masalasini jiddiy vazifa qilib qo’ydi.
Buning sababi ―Milliy mustaqil davlat bor ekan uning mustaqilligi va erkinligiga,
an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o’zi ta’siriga olish uning ustidan
hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga
qaratilgan intilishlar va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi
muqarrarligidir‖.
Keltirilgan shu iqtibosdan ko’rinib turibdiki, milliy g’oya, avvalo
mamlakatimizning
mustaqilligini
mustahkamlash
uchun
zarur.
Milliy istiqlol g’oyasi bajaradigan yana bir muhim funktsiya tarbiyaviy
funktsiyadir. Milliy g’oyaning bu funksiyasi globallashuv jarayonlari tezlashib
borayotgan hozirgi murakkab davrda yana ham dolzarbroq ahamiyat kasb etadi.
Globallashuv faqat iqtisod va siyosat sohasida emas, balki ma’naviyat va
mafkura sohasida ham jadallashib bormoqda. Aytish mumkinki, ma’naviyat va
mafkura sohasidagi globallashuv boshqa sohalarga nisbatan jadalroq yuz
bermoqda. Buning sababi o’z manfaatlarini ko’zlayotgan ba’zi davlatlar
mamlakatimizga mafkuraviy jihatdan zararli va vayronkor ta’sir o’tkazishga
urinayotganda har qanday xalqning ma’naviyati boshqa xalqlar ma’naviyatidan
ajralgan holda rivojlanmaydi.
Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning
o’z ijodiy va intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarishi mamlakatimiz yigit
qizlarini XXI asr talabalariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan
shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni
yaratish bo’yicha keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga
oshirish maqsadida shuningdek, O’zbekiston Respublikasida 2010 yil
―Barkamol avlod yili‖ deb e’lon qilingani munosabati bilan ―Barkamol avlod
yili‖ Davlat dasturi tasdiqlangan va unga asosiy vazifalar belgilangan.