Bajardi: Mexanika fakulteti 29 20 tmj guruh talabasi Sahmsiddinov Sh. Gapparov D



Download 0,73 Mb.
Sana01.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#628443
Bog'liq
SHAXTALI PECHLAR TUZILISHI VA PRINSIPI

Bajardi: Mexanika fakulteti 29 20 tmj guruh talabasi Sahmsiddinov Sh. Gapparov D

  • Bajardi: Mexanika fakulteti 29 20 tmj guruh talabasi Sahmsiddinov Sh. Gapparov D
  • Qabul qildi: Ergashov.N.A

Shaxtali pechlar tuzilishi va ishlash prinsipi
REJA

Shaxtali eritishning asosiy xarakteristikasi
Pech leshadi po‘lat va cho‘yan plitalardan iborat bo‘lib, ichkarisidan magnezitli yoki xrommagnezitli g‘ishtlar bilan futerovkalangan. Ichki gorn pech shaxtasining pastki qismida joylashgan va odatda tashqi tarafi kessonlar va metallik plitalar bilan o‘ralgan magnezitli kladkadan iborat bo‘ladi. Pech shaxtasi alohida suv bilan sovitiluvchi kessonlardan yig‘iladi va ular boltlar yordamida bir-biriga ibir joyda ushlab turuvchi maxsus mustahkamlagich bilan bitta bubut holatda ulanadi. Kessonlarning pastki qismida pechga havo uzatish uchun furma tirqishlari mavjud.
Koloshnik ustidagi qurilma maxsus ustun va balkalarga mustahkamlangan metallik karkasni shamotli g‘isht bilan terilgan.yu shaxtali pech bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilmadan iborat. Koloshnikli shater yuqori qismiga gaz chiqaruvchi quvurlar tutashgan. Ba’zan koloshnik ustidagi qurilma suvli yoki havo bilan sovitiluvchi hech qanday futerovkasiz metalldan bo‘lishi mumkin. Shaxtali pechlar kessonlarini mustahkamlash qurilmasi pechni belbog‘ ko‘rinishida o‘rab olgan ko‘ndalang balkalarga tiralgan rasporli balkalardan yoki aylanali havo quvuridan iborat.Suv uzatish tizimi har bir kessonga tarmoqlab keltirilgan suv quvuri bilan hamda pech kessonlar patrubkalaridan qaytib chiqqan issiq suvni ochiq jeloblar bilan ifodalanadi. Havo uzatish quvuri tizimi aylanali havo quvurlari orqali har bir furmaga havo keltiruvchi ko‘p sonli furmalar quvurlaridan iborat. Furmalar shaxta balandligi bo‘ylab joylashgan bir yoki ikkita gorizontal qatordan iborat.
Shixtaning pastki qatlamlarda yoqilg‘i yonishi, shteyn va shlak erishi natijasida bo‘shliqlar hosil bo‘lishi sababli shixta ustuni sekin-asta cho‘kib harakatlanadi. Furma tirqishlar orqali shaxtali pechga berilayotgan havo shaxtali pechning furma zonasida koks bo‘laklari va shixtaning eng qiyin eruvchi komponentlaridan iborat bo‘lgan shixtali aralashma bilan to‘qnashadi. Furmadan oqib chiqayotgan havo oqimlari bilan qizigan koks va shixta qatlami to‘qnashish natijasida shaxtali pechning furma zonasida bo‘lakli yoqilg‘ining yonish jarayoni, shuningdek erigan holatdagi sulfidlarning oksidlanishi faol kechadi.
Furma zonasida chegaralangan hajmda katta miqdordagi issiqlik ajralishi natijasida harorat shaxtali pechdagi eng yuqori maksimal haroratga (1400-1600oC) etadi. Shaxtali pechning eng yuqori maksimal haroratga ega furma zonasi pechning fokusi deb nomlanadi. Fokus harorati shlakning erish haroratiga bevosita bog‘liq bo‘ladi va odatda ushbu haroratdan 100-250 grad ortiq bo‘ladi
Normal ishlayotgan pech furma zonasida hosil bo‘lgan gazlar harorati 1300-1500oC ga teng bo‘ladi va to‘xtovsiz oqim bilan yuqoriga tushib kelayotgan shixtaga qarama-qarshi harakatlanadi va uni yuvib o‘tadi.
Pechning furma zonasini to‘ldirayotgan koks qatlamining tarkibi erirish turiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Agar eritishga kelib tushayotgan shixtada sulfidlar kam bo‘lsa, unda eritish koksning 8-12% ga (massaga nisbatan) etuvchi yuqori sarfi bilan amalga oshiriladi, bunda qatlamda koks ko‘p bo‘ladi. Aksincha, agar shixta tarkibida sulfidli minerallar ko‘p bo‘lsa, unda eritish koksningkamaytirilgan sarfi bilan 3-5% dan (massaga nisbatan) ortmagan holatda olib boriladi, unda furmalar qatlamida kvars va qiyin eruvchi jinslar ko‘p bo‘ladi. Furmalar zonasidagi qatlam qancha bo‘lsa, eritish oksidlovchi xarakterga ega bo‘ladi, buning natijasida purkashdagi kislorod ko‘proq pech fokusidan chiqayotgan kislorod tarkibi kam bo‘lgan koks va gazlarning yonishiga sarflanadi.
Shaxtali pechga issiqlik ruda tarkibidagi sulfidli minerallar, uglerodli va mineralli yoqilg‘I yonishi natijasida hosil bo‘ladi. Rudadagi sulfid tarkibiga mos ravishda uglerodli yoqilg‘idan kelgan issiqlik miqdori o‘zgaradi, odatda bu umumiy issiqlik kelishining 20 dan 90% gacha bo‘ladi. Issiqlik kelishi sulfidlarning oksidlanishi natijasidagi ekzotermik reaksiyalar issiqligi hisobiga mos ravishda 80 dan 10% gacha o‘zgaradi. Vaqt birligi ichida shaxtali pech maydonida issiqlik ajralish miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, unda shixtaning katta qismi eriydi va peching pastki gorizontlaridan shteyn, verkbley va shlak ko‘rinishida chiqib ketadi va bunda shixta ustunipastga tushib keladi va pechning ishlab chiqarish quvvati ortadi
Shaxtali pechlar normal ishlashi uchun muhim shartlardan biri shixta va gazlarning birbiriga qarama-qarshi bir tekis harakatlanishdir, ya’ni shixta va gazdar mexanikasidir. Shixtaning pastga harakatidagi asosiy narsa –pechning ko‘ndalang kesimiga nisbatan bir tekis to‘xtovsiz va keskin uzilishlarsiz harakatidir. Gazlarning yuqoriga haraktidagi asosiy narsa – gaz oqimlarining pech ko‘ndalang kesimida mahalliy purkashlarsiz yoki purkalmagan uchastkalarsiz, teng taqsimlanishidir. Shaxtali pechga berilayotgan havo miqdori ko‘payishi natijasida shunday payt bo‘lishi mumkinki gaz oqimining dinamik bosimi shixta ustunini tenglashtirishi mumkin ekan. Buning natijasida, shixtaning yuqoridan pastga bir tekis harakati to‘xtab, shixta osilib qolishni boshlaydi, va unda havo bo‘shliqlari va kanallar hosil bo‘ladi. Shixtaning normal tushishi harakati va gaz oqimlarining normal taqsimlanishining buzilishi eritishda issiqlik va texnologik jarayonlarning izdan chiqishiga va ko‘p chiqindi chiqishiga olib keladi
Zamonaviy shaxtali pechlarning konstruktsiyasi
Shaxtali pechlarning asosiy avzalliklari: pechlarning yuqori solishtirma ishlab chiqarish quvvati 30—120 t(m2.sutka) gacha etadi; desulfurizatsiya va qisqartirishning yuqori darajasi mos ravishda 30-80% va 2-8 ga teng; pechda issiqlikni ishlatishni yaxshilash yuqori termik f.i.k. bilan ifodalanadi va 40-60% ga teng bo‘lib, yoqilg‘i sarfi 3-30% (massaga nisbatan) ga teng holatda kamayadi. Shaxtali pechlarning asosiy kamchiliklari: shixta yirikligiga yuqori talablarning qo‘yilishi bo‘lib, eritishga faqat 20 mm dan kam bo‘lmagan o‘lchamli bo‘laklarning kelib tushishini talab qiladi; shixta mayda bo‘lganda 4-12% gacha (massa bo‘yicha) yuqori chang chiqishi bilan birga sifatli koks iste’molini sezilarli oshiradi.
Eritish mahsulotlari ichki gornda joylashgan devorlardagi teshik orqali chiqariladi, qo‘rg‘oshin erituvchi pechlarda verkbley sifon orqali ichki gorndan chiqariladi. Shteyn va shlak ajratish uchun hizmat qiluvchi oldingi gorn dumaloq yoki oval shakldagi vanna ko‘rinishida bo‘lib, magnezitli va shamotli g‘ishlar bilan futerovkalangan va tashqi tomondan temir kojux va balkalar bilan mustahkamlangan

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish