Badiiy so`z qudrati.
Arabchada “Kun!” so`zining ma`nosi?
Badiiy adabiyot nima deb yuritiladi?
“Tong otmoqda tong o`qlar otar
Tong otmoqda Quyosh-zambarak” kimning, qaysi she`ridan misra?
Turkistonda milliy ozodlik kurashlari qachon davom etgan?
Milliy ozodlik kurashida qancha odam halok bo`lgan?
“Ko`m-ko`k, go`zal o`tloqlaring bosilg`on,
Ustlarida na poda bor, na yilqi” misra qaysi she`rdan va muallifi?
Adabiyotni hayotning nimasi deyish mumkin?
Badiiy adabiyot ifoda xususiyatiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?
Saqlanib qolishiga ko`ra adabiyot qanday turlarga bo`linadi?
Dunyoda birinchi she`rni kim, nima munosabati bilan aytgan?
Nima sababdan san`at insonlar hayotida muhim o`rin tutadi?
Insonning hayotiga yozuv kirib kelgunga qadar, badiiy adabiyotlar qay tarzda saqlab qolingan?
Bolsheviklar qirg`ini, sho`ro mustamlakachilari tomonidan o`lkamizni vayronaga aylantirilgani to`g`risida yozilgan she`r va muallifi?
Hamza Hakimzoda Niyoziy
Hamza hayotidagi epigraf?
Qachon, qayerda tug`ilgan?
Nima uchun ismi yoniga “Hakimzoda” qo`shib aytiladi?
Shoirning adabiy taxallusi qaysi?
Hamza necha Yoshida, qaysi tillarga tom savodli bo`lganini nimada yozadi?
1908-yilda qayerda o`qidi?
Namanganda kim bilan tanishdi?
Necha yoshlarida she`r mashq qila boshlagan?
Namanganda Hamza tashabbusi bilan nima ochiladi?
Hamza arab tilini necha oyda o`rganib, kimga shu tilda xatlar yoza boshlaydi?
1907-yilda kimni kuzatib, qayergacha boradi?
Jadidlarning qaysi gazetalari bilan ilk bor tanishadi?
1909, 1912 yillarda qayerlarga bordi?
Hamza maktablari nima sababda el orasida mashxur bo`lib ketdi?
Chor amaldorlari nima sababdan Hamza maktablarini yopib tashladi?
Marg`ilonda maktab ochganda, necha oy davom etib, kim tomonidan yopilgan?
Ho`qandda kimlar uchunn maktab ochganda, u maktab ham kim tomonidan yopilgan?
Nima uchun Hamza qamalmay qutuldi?
Yaratgan darsliklari qaysilar?
1915 yilda Marg`ilonda nima ochdi?
Kutubxona qoshida nimalar tashkil qildi?
Hamza o`zbeklar orasidan birinchi bo`lib qachon, nima yaratgan?
Shoir 1925-yilda qayerda yashashga majbur bo`ldi?
Hamza 1928 yilda nima maqsadda, qayerga yuborildi?
Shoir qachon, qay tarzda o`lim topdi?
“Vatan, vatan der edilar…” she`rining har to`rtlik oxirida takrorlanib keladigan misrasi qaysi?
Shoirning shu she`rda qo`llangan taxallusi qaysi?
“Tilsa zillat xanjar bag`rini Luqmon istamas” misradagi badiiy san`at?
“Dardiga darmon istamas she`rining har band oxirida takrorlanib kelayotgan misrasi qaysi?
“Dardiga darmon istamas” she`rida “dardiga darmon istamayotgan” kimlar?
“Zulmat ichra kechsa umri, mohi tobon istamas” misradagi badiiy san`at?
“Dardiga darmon istamas” she`ri qachon yozilgan?
Badiiy asar Kishida qanday tuyg`uni shakllantiradi?
Kitobxonda quvonish, qayg`usiga sherik bo`lish tuyg`ulari nimalar orqali shakllanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |