Mustaqil ish"
1. Antik dunyo va Yevropa olimlarining nutq, so'z, notiqlik haqidagi fikrlari:
Katon notiq sifatida shu qadar kuchli mahorat egasi ediki, bu borada unga Sitseron ham tan berib yozadi: "Hammasini yanada chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish mumkin, ammo hech narsani undan kuchliroq va jonliroq qilib aytish mumkin emas". His-hayajon bilan so‘zlash borasida Sitseron deyarli hech kimga shu qadar yuksak baho bermaydi.
Sitseron fikricha, "har qanday notiqning asosiy maqsadi – tinglovchining zavqini uyg‘otib, o‘ziga moyil qilishdan iborat".
Gorgiyning
aytishicha, notiqning eng muhim vazifasi tinglovchini ishontirish,
uni maftun etish, rom qilishdir.
Demosfenning siyosiy muxoliflarining eng ko'zga ko'ringani notiq edi Achchinlar... Demosfen "Vijdonsiz elchixona to'g'risida" nomli nutqida Eschinni Ellada manfaatlariga xiyonat qilishda va Makedoniya qiroli Filipp bilan til biriktirishda ayblaydi.
Adolf Gitler- tarix solnomalarida mashhur notiqlardan.
“U jangchi, butun insoniyat uchun kurashgan kurashchi, umumbashariy adolat voizi edi”. Nemis fashistlari dohiysi Adolf Gitler.
U jangchi, butun insoniyat uchun kurashgan kurashchi, umumbashariy adolat voizi edi. Gitler ulkan islohotchi bo‘lgan, ammo uning tarixiy taqdiri shunday bo‘lganki, u misli ko‘rilmagan vahshiyliklar davrida yashagan va bu uni yiqitgan” deydi norvegiyalik yozuvchi, “Nobel” mukofoti laureati Knut Gamsun.
Adolf Gitlerning eng kuchli quroli, uning o'zgacha, noodatiy va eng muhimi "ommani o'ziga rom etuvchi" nutqi bo'lgan. U ko'p kishilik omma oldida ma'ruza qilganida so'zlariga, gaplariga noodatiy, xech kimda o'chramaydigan joyiga urg'u qo'ygan.
2)O‘rta Osiyoda ilk Uyg‘onish davrining mashhur mutafakkiri va voizlaridan bo‘lgan Abu Nasr Forobiy (870-950). Forobiy voizlik talablari haqida gapirib: «Voizning so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin», - deydi.
Alisher Navoiyning " Mahbub ul-qulub" asarida tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutq sozlovchi dilidagi fikrni tog’ri aks ettirish lozimligi haqida fikrlar bayon qiladi. “Saodatbaxsh ruh zuloliga matla ham til. Tilga iqtidorlig’-hakimi xiradmand, sozga ixtiyorsiz-layni najand. Tilki fasih va dilnazir bolgay, xubroq bolgay agar kongil bila bir bolgay” deb yozadi Navoiy. Manosi: “Saodatbaxsh ruhning tiniqligi manba ham til, baxtsizliklar yulduzining boshlanishiga sabab ham til. Tiliga kuchi yetadigan kishi aql podshosidir: sozga ahamiyat bermaydigan kishi lanatlangan, pastdir. Til gozal va dillarni olovlantiruvchi bolishi bilan birga, sozlovchining dilidagini aks ettirsa, yanada yaxshiroq bo`ladi”.
“Nazmul javohir” asarida til insonni hayvondan ajratuvchi gavhardir, deb takidlaydi. Sozdurki, nishon berur olukka jondin, Sozdurki, berur jonga xabar jonondin.
Insonni soz ayladi judo hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yoq ondin. Tirik insongina sozlash qobiliyatiga ega, soz tufayli u tirik ekanligini isbot etadi. Soz dostdan, yoru-birodardan xabar beradi. Insonni hayvondan judo qilgan ham soz ekan, demak dunyoda sozdan gavhari sharif-ulug’ narsa yoqdir. Kishining kongli daryodir, soz esa dur, sozlovchi g’avvosga oxshaydi.
Dur turli bolgani singari soz ham turlicha boladi. Yaxshi soz kishiga jon baxsh etsa, yomon soz insonni halok etishi ham mumkin. Til-marifat va adabiyot quroli ekan, soz sozlashdan maqsad mano ifodalashdir deydi shoir.
Kaykovus notiq sozning manolarini ham har tomonlama organgan bolishi lozim, deb hisoblaydi. “Ey farzand, soz yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, sozlaganda manoli gapir, bu notiqlik alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda sozning qanday manoga ega ekanligini bilmasang, qushga oxshaysan, bunday qushni to`ti deydilar!”.
Tarixnavis shoir Muhammad Solih bu haqda shunday deb yozadi:
“Mavlono Bobur Mirzo nutq sozlaganda soz bilan tog’ni narm aylardi”.
Husayn Voiz Koshifiy Navoiyning zamondoshi bolib, nutq odobiga doir “Futuvvatnomayi sultoniy” asarini yozadi. Bu asarda nutq madaniyatiga oid fikrlar bildiriladi, soz qudrati batafsil ochib beriladi. “Agar soz senikimi yoki sen soznikimi, deb sorasalar, aytgil: men sozniki va soz menikidir, chunki soz insonlik daraxtining mevasidir, daraxtni mevadan va mevani daraxtdan ajratib bo`lmaydi”, deb yozadi olim.
XII-XIII asrda yashab ijod etgan, tilni tiyish odobiga oz asarida katta etibor bergan adiblardan yana biri Ahmad Yugnakiydir. Adib oz asari “Hibbatul haqoyiq” da kishilarni sozlaganda oylab, shoshmasdan nutqni tog’ri tuzishga yaramas keraksiz, dag’al sozlarni ishlatmaslikka, mazmunli sozlashga chaqiradi, noorin aytilgan soz uchun hijolat chekib, uyalib yurmagin deb ogohlantiradi: Oqib sozla sozni eva sozlama, So`zing kizla, kedik, boshing kizlama.
Yusuf Xos Hojib soz qudratini, ona tilining ichki imkoniyatlarini his etadi. “Men turkcha sozlarni yovvoyi tog’ kiyigi kabi bildim. Shunga qaramay avaylab-asrab qolga orgatdim”, deb yozadi. “Qutadg’u bilig” asarida nutq odobiga oid ikki bolim berilgan. “Tilning fazilatlari, foyda va zararlar” deb nomlangan bir bolimda tilning jamiyatda tutgan orni, foydasi va zarari xususida batafsil mulohaza yuritiladi.
Til boshga kulfatlar ham keltirishi mumkin, bunday til boshni kesmasidan avval, men tilimdan kechayin, deydi shoir. Balo keltiradi boshga bu tilim, Boshimni u kesmay, qilayin tilim.
Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida ilm-marifat ahlini qadrlash, tildan faqat shirin soz chiqarishga odat qilish maqbo’l ekani oqtiradi. Buzildi bu zamonlar, Avj oldi kop yomonlar.
Kamayib bilimdonlar Ilmu hikmat yoqoldi. Ilm hikmat organgin bolma mag’rur, Maqtanchoqning sharmandasi chiqdi, kor.
Abu Rayhon Beruniyning ta’kidlashicha, inson nutqi o‘z tuzilishi, materialiga ko‘ra rostni ham, yolg‘onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi. Inson bu bahs-munozaralar jarayonida rostni yolg‘ondan ajratadigan «mezon»ni yaratadi. Inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talab bilan yuzaga kelgan mantiq fanining qiyosi rostni yolg‘ondan ajratish vositasi bo‘lib qoldi. Inson nutqida shubhali o‘rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi.
Abu Ali ibn Sino voizlikning amaliy va nazariy masalalarini quyidagicha talqin etadi:
nutq qo‘pol ohangda bo‘lmasligi kerak;
tinglovchilarning ilm darajasini hisobga olish zarur;
va’zxonlikka ko‘p berilmaslik kerak;
nutqni muloyim ohangda olib borishdurustdi.
agar (nutqingda) biror kishini tanqid qilmoqchi bo‘lsang, boshqalarning kamchiliklari bilan qiyoslab tanqid qil;
agar haqiqatni aytmoqchi bo‘lisang, faqat bir faktga tayanma, balki ko‘p masalalar bilan isbotla, shu narsa haqida o‘ylashga va haqiqatni izlashga ishontir;
agar tinglovchilar sening nutqingni e’tibor bilan quloq solib tinglayotgan bo‘lsa, nutqingni davom ettir va hech nimani sir saqlama, lekin tinglovchilarning e’tiborsizligini sezsang, gapni boshqa mavzuga burganing ma’qul.
Mashhur voizlardan yana biri Abu Homid ibn Muhammad al-G‘azzoliy «Oxiratnoma» asarida voizlarning mahorati va o‘ziga xos uslublari xususida shunday mulohaza yuritadi; «Ahli mo‘minga va’z aytishda ehtiyot bo‘lishing lozim. Chunki voizlikda ofat ko‘p. Agar aytadigan pand-nasihatlaringga avval o‘zing amal qilib, so‘ngra xalqqa izhor etsang, bu voizlik durustdi.
Alisher Navoiy asarlarida nutq odobining talablari quyidagicha sanaladi:
Tilni, so‘zni qadrlash, uni hurmat qilish.
Yaxshi so‘zlay olish (nutq) san’atdir, noyob hunardir.
Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning nutqidir.
Kishining nutq uning aqliy kamolotidan darak beradi.
So‘zlaganda dil va tilni bir tutish zarur.
So‘zlaganda o‘ylab, tushunib gapirish kerak.
Xushmuomala, shirinso‘z bo‘lish.
Chin, to‘g‘ri so‘zlash, nutqda halol bo‘lish.
Ezgu so‘zli bo‘lish lozim.
Tildan tuhmat uchun foydalanmaslik kerak.
Ko‘p so‘z, ezma vaysaqi bo‘lmaslik.
So‘zlaganda sharoitni, suhbatdoshinni hisobga olish, beo‘rin so‘z aytmaslik.
Suhbat sirlarini saqlash, bo‘shog‘iz bo‘lmaslik.
Gapirganda qaytariqlardan qochish kerak, chunki ular fikrning ta’sirini susaytiradi.
3. Madaniy nutqning xoslanishi.
Nutqning ijtimoiy xoslanishi haqida
Nutqning yoshga ko`ra mintaqaviy xoslanganligi.
Hammamizga ma`lumki, inson kamoloti sari yo`l, avvalo, ta`lim-tarbiyadan boshlanadi. Ta`lim-tarbiya masalasini esa ona tilida savod chiqarish.
Tilda har bir millatning tiynati (mentalitet) aks etishi – tilshunoslik, falsafa, madaniyatshunoslik kabi fanlarning azaliy va hamisha navqiron mavzusi. Ammo ma’lum muddat ushbu masala tilshunosligimizda chetlab o`tilganligi ham bizlarga ayon. Shu bois birinchi Prezidentimiz Islom Karimov: ”Jamiki ezgu fazilatlar.
Til xalq milliy qadriyatlari, ma’naviyati, hatto mafkurasining tarkibiy qismi sifatida kishilar o`rtasida nafaqat o`zaro aloqaning, balki ularni tarbiyalashning quroli hamdir. Ona tiliga hurmat Vatanga muhabbatdir. Ona tilini e’zozlash – bu o`sha tilning vatani bo`lmish O`zbekistonni e’zozlashdir. Ona tiliga munosabat jamiyat a’zolarini tarbiyalashning muhim qurolidir. Tilga munosabat – bu umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismidir.
Tilshunosligimizning shakllanayotgan va tobora ko`proq izlanishlar, qiziqishlarga sabab bo`layotgan sotsiolingvistika yo`nalishi asosiy diqqatini til birliklarining jamiyatdagi qo`llanishi va ahamiyati qay darajada ekani, shuningdek, bugungi fuqarolik jamiyati uchun mos bo`lgan so`zlashuv va muomala shakli zarurligi, jamiyatning turli qatlamlariga xos til birliklari qanday maqsadlarda ishlatilishi kabilarga qaratadi. Sotsiolingvistika – tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va boshqa fanlar tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan o`rni bilan bog`liq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiy-nazariy soha. Sotsiolingvistikaning eng muhim tushunchalaridan biri lisoniy vaziyat tushunchasi bo`lib, u muayyan etnik birliklar yoki maʼmuriy-hududiy birlashmalarda muomala-aloqa izchilligini taʼminlaydigan tilning yashash shakllari majmui sifatida taʼriflanadi
Til va nutq madaniyati jamiyat hayotining ajralmas qismi, chunki ona tili muhim tarbiya vositasi sifatida kishilarni buyuk maqsadlar sari yo`naltiradi, ruhlantiradi, ezgu orzu-umidlar bilan yashashga undaydi. Ona tiliga e’tibor yosh avlod tarbiyasining ajralmas qismidir. Chunki tilimizni boy, sof holda kelgusi avlodlarga yetkazishning vositachiligi ana shu yoshlar, xususan, talabalar va o`quvchilar qo`lida.
So`zlovchi va tinglovchining yoshiga ko`ra farqlanishi ham alohida-alohida jamiyatlar sifatida qaraladi. Asosan, yoshga qarab qilingan murojaat o`zbeklar muloqotida o`ziga xos sezilarli farqiga ega. Qoidaga ko`ra yosh bola ota-onasiga, shuningdek, o`zidan katta yoshdagi kishilarga ularning ismini aytib murojaat qilmaydi, balki ism o`rnida qarindoshlik terminlarini qo`llaydi.
Qarindoshlik terminlarini ayrim tilshunoslar ikki guruhga ajratadilar:
a) qon-qarindoshlik otlari: aka, amma, amaki, bobo, buvi, jiyan, nevara, ona, opa, ota, singil, tog`a, uka, xola, chevara, evara, o`g`il, qiz;
b) nikoh qarindoshligi otlari: boja, kelin, kuyov, ovsin, pochcha, xotin, er, yanga, qayin, quda, qayliq, o`gay.
– Pochcha, Husayn Boyqaro zamonida yomonlar ko`paygan. Bu qilich balki butun umrida birinchi marta zumlga qarshi ishlatilar! [40, 264]
Keltirilgan misoldagi “pochcha” murojaat shakli tarixiy “Navoiy” romani dialogida oddiy xalqning murojaatida erkak tinglovchiga nisbatan qo`llanilgan. Undalmaning eng muhim xususiyati so`zlovchining tinglovchiga nisbatan turli subyektiv munosabatlarini pressuppozitsiya tarzida aks ettirishidir.
Bundan tashqari, bir-biriga notanish suhbatdoshlar ham murojaat vaziyatida qarindoshlik terminlaridan keng foydalanishadi. Mazkur holatlarda murojaat shakllari kommunikantlarning jinsi, yoshiga qarab tanlanadi:
– Siz ham biz bilan birga bo`lingiz, quvonchli bu... – dedi u va uyalgansimon kulib, yerga qaradi.
– Rahmat, singlim, – titrab gapirdi Sultonmurod, – to`ylaringga borurmen... Baxtlaring quyoshdek porloq bo`lsin, xayr! [40, 278]
Keltirilgan dialogdan ko`rinib turganidek, erkak tinglovchi tomonidan qarindosh bo`lmagan ayol tinglovchiga nisbatan singlim qarindoshlik termini qo`llangan. So`zlovchi yoshining tinglovchi yoshidan katta ekanligi ana shu kabi murojaat shaklining ishlatilishini talab qilib turadi. Agar tinglovchi bilan so`zlovchi o`rtasida qarindoshlik munosabati mavjud bo`lsa, ularning ismi murojaat shakli sifatida qo`llanilishini kuzatish mumkin.
O`zbek muloqot madaniyatiga xos katta yoshli suhbatdoshlarga hurmat murojaat shakllari orqali ham ifodalanadi. O`zbek muloqot xulqida, asosan, katta yoshli kishilarga “siz”lab murojaat qilinadi. Bunday holat begona kishilarga murojaat qilishda ham uchrab turadi.
Ammo nutqning yoshga ko`ra xoslanishini faqatgina murojaat shakllari ko`rsatib bermaydi. Turli yoshga mansub kishilar nutqlarida o`ziga xos so`z va birliklardan foydalanadilarki, ular orqali yoshlari haqida xulosa qilishimiz mumkin. Masalan, bolakaylar nutqida so`zlar “chuchuk” bo`lib, bunda “r”,”q” tovushlarini aytolmaslik holatlari, o`z tiligagina xos bo`lgan so`zlarni kuzatamiz.
Misol uchun: “U qoʻshni bolalarga borib qo`shilarkan: «Mani tugʻiygan kunim boy!» – dedi maqtanib” yoki “Oyi, anu amakimmi chochlayi tani? – Oyisi peshonasi yaltiroq, oriq teatr suflyori Shonazar akaga qaraydi, kulgisini bildirmaslik uchun quyi labini tishlab, Xurshidni jerkiydi [57,3].
Bolajonlar nutqida taqlid so`zlarni ham ko`p qo`llaydi:
“Oyijon, qarang, oymuma suvga “ bu – u – m” etdi!” [62, 219]
“Xurshid battar irgʻishlar, lablarida muzikaga oʻxshatib, turli ovozlar chiqarardi. – Duvvuv... tugʻiygan kunim...” [57, 2]
Yoshlar, o`smirlar nutqi ham o`ziga xos bo`lib, unda o`zbekcha so`zlardan tashqari boshqa chet so`zlarni qo`shib ishlatish, dialektizmlardan foydalanish, shuningdek, ma`lum bir adabiy til so`zlaridan foydalanish ham uchraydi. Bugungi kunda yaratilayotgan ko`plab kinofilmlarda yoshlarning xarakterini aniq namoyon qilish maqsadida qahramonlar nutqida yuqoridagi jihatlarga ega bo`lgan dialog va monologlardan foydalanilyapti. Masalan:
– Kechirasiz!
– Xo`sh?!
– Ismingiz?
– Jorj
– Mening bir do`stim bo`lardi ismi Jo`raqul, sizni o`shanga o`xshatib ...
– Qurbonali?!
– Jo`raqul, o`zingmisan?
– Ha, menman.
– Juda o`zgaribsan, tanish qiyin.
– Seni ham srazi tanish qiyin.
Qurbonalining qo`lidagi soatga qarab, xuddi vaqti ziq odamlardek o`zini tutib:
– Xo`p, hali... mayli bir oz vaqtim bor, yur, bir shahar aylantiray [61].
Yoki Zulfiqor Musoqovning "Bomba" kinofilmidagi personajlarning nutqiga e’tiborni qaratsak:
– Qanaqa odamsan o`zi, sen ham biron nima desang-chi?
– Men nima deyman, hamma gapni o`zing etvossan-ku! – e’tiroz bildirdi Mirazim.
Yoki:
– Yusuf! Said! Qochduk, man anavuni o`ldirib qoydim, shakilli. Man nima devobman sanlaga! Anavuni o`ldirib qoydim! Qochduk! [55]
Bu parchada Buxoro va Toshkent hududiga xos bo`lgan so`zlar qo`llanilgan. Bundan tashqari yoshlar nutqida o`ziga xos argo va jargonlarga ham duch kelamiz. Chunonchi, “ ketvorgan ekanmi”, “ dahshat-ku”, “ o`rab olaman”; talaba yoshlar nutqida esa “sessiyani yopdim”, “man “5”likman”, “najot farishtasini qachon olamiz?” (stipendiya) kabi argolarni ko`p kuzatamiz. Agar yoshi katta yoki o`rta yoshli kishilar nutqida tovushlarni orttirish (istakon, urus kabi)ga moyillik kuchli bo`lsa, yoshlar nutqida, aksincha, so`zni tejashga bo`lgan moyillik ustunlik qiladi. Shuningdek, murojaat qilishda, asosan, kishilarni ismi bilan aytib chaqirish, ismlarni o`zgartirib .
Misol uchun:
“Bodomgul charslik bilan javob berdi:
– Buning tashvishi sizga tushib qolgani yo`q, Rasulboy! Qani, o`zingiz nima ish qilib yuribsiz bu yerda? O`qishdan ham guppa yiqilib kelibsiz deb eshitdim.
– E-e, Bodomoy! – dedi Abdurasul siniq jilmayib. – Podachining o`g`li institutga kirmaydigan zamon bo`pti ” [64].
Surxon nutqiga xos ushbu parchada so`zlovchi va tinglovchi bir-birining ismini qisqartirib, ammo oxirida erkalash affikslarini qo`shib ishlatyapti. Yoki:
“ Nigorochka – Samarqandda. Toyest, Nigorochka emas, Nargizochka! Nigorochka – Qo`qonda” [62, 297].
Buxoro aholisi nutqiga xos bo`lgan parchada ham xuddi shu holatga duch kelamiz:
– Marva, sizni!
– Bir qoshiq qonimdan kechasiz, Marvajon! Bugun borolmaydiganga o`xshayman [48,2]. Asl ismi Marvarid bo`lgan bu qizni tengdoshlari shunday atashardi, deya izoh beriladi asarda.
— Jahon... Jahongir!
— Nima deysiz? — Jahongir bargdan bir zumgina ko`zini olib, akasiga qaradi [51,1].
Ko`rinib turibdiki, yoshlar nutqiga xos bo`lgan bunday holatlar aynan bir hudud uchun xoslangan emas.
Katta yoshli kishilar nutqida esa shevaga xos so`zlar bilan bir qatorda o`ziga xos erkalovchi yoki, aksincha, haqorat qiluvchi murojaat shakllari, “balli”, “yasha”, “mullo bo`ling”, “omon bo`ling” kabi rasmiy odat so`zlari qo`llanadi. Katta yoshli kishilar nutqida pand-nasihat so`zlari, o`gitlar yoki odob-axloqqa oid fikrlar keng qamrovga ega. Xususan, Toshkent hududi nutqiga e’tibor bersak:
“Nega ko`chadan loy qildilaring? Ko`chaning tuprog`iga tegib bo`ladimi, nobakor! Ko`pchilikning haqi-ku bu! – bir zum harsillab turdi-da, to`satdan yig`lab yubordi. – Man yurtning haqiga suvalgan tom tagida turmayman”. [62,87]
Yana bir misol: – Unaqa dema, bolam. – Xudo uni shunga yaratgan, daraxtning qurtini yeb tozalaydi... – Qaniydi, Olloh odamzotning qurtlarini tozalaydigan shundoq jonivor yaratsa! Hamma jannatga tusharmidi... [62, 96]
Surxondaryo hududi katta yoshli kishilar nutqiga e’tibor bersak:
“Mayram opa miyigʻida iljayib, kigizga yopishgan guruch donasini olib tashladi, o`g`liga mehr bilan boqib:
– Shundaymi, bolam? – dedi... – Chol, qo`lingizdi ko`taring, ovmin deng! – dedi.” [64]
– Endi... bo`ldi, – dedim. Beshik bo`ldi...
– Shu gapingga noma`qulni noni yebsan! Olib tush pastga! [46, 116]
– Shugina uchun norasida bolani og`zini qon qilasanmi, yerparchin bo`lgur?
– Shu ikkovgina xurmoga-ya? Ha, qirchiningdan qiyilgin, qirchinginangdan qiyilgin! [46, 125]
Ma`lum bo`lyaptiki, qariyalar nutqiga xos yuqoridagi birliklar ko`proq ayollar nutqida kuzatilmoqda.
Vodiyda ham katta yoshli kishilar nutqida yuqorida sanab o`tilgan birliklar ko`zga tashlanadi. Bu dunyo va u dunyo haqidagi qarashlar, dinga oid jumlalar bu hududda, ayniqsa, keng qo`llanadi:
– Mening bir oyog`im go`rda, sening ikkala oyog`ing to`rdami? Unaqa demagin, bolam, kim oldin o`lishini bilib bo`lmaydi. [36, ”Mahalla”]
Boshqa misolga e’tibor qilsak:
– Barakallo, o`g`lim, barakallo! – dedi Hoji bobo kursiga ehtiyot bilan o`tirayotib. – Umringiz uzoq bo`lsin, ko`pdan ko`p xursand bo`ldim... O`g`il degan shundoq bo`lsin, otasini rozi qilsin. [36, ”Yillar”]
Qariyalar nutqida yoshlarga nisbatan “bo`tam” murojaatini ishlatish ham kuzatiladi:
«Qo`lingni uzat, bo`tam, qo`rqma, kaftingni bir hidlay, undan Vatan hidi kelsa ajab emas. Imkonim bo`lsa edi, seni bir quchar edim. Axir sen Vatanimning bir zarrasisan. [60, 102]
Sanab o`tilgan birliklar so`zlovchi yoki tinglovchilarning yoshi va jinsiga ko`ra xoslangan bo`lib, qariyalar nutqida ishlatiluvchi ko`pchilik birliklar aynan bir hudud uchun xoslangan, deya olmaymiz. Ularning shevaga xos ayrim o`zgarishlar bilan yoki tovushdagi ayrim o`zgarishlar bilan boshqa hududlarda ham ishlatilishi keltirilgan parchalarda aks etmoqda.
Yoshi katta erkak adresantlarga xos bo`lgan noverbal vositalardan biri “soqolini g`ijimlash” holati bo`lib, o`z-o`zidan ma’lumki, bu xatti-harakat yoshi katta kommunikantlarga xos:
– Janoblarini ko`rmoqqa bukun ko`ngil, filhaqiqat, mushtoq edi, – dedi chol qisqagina oq soqolini silab qo`yib. [40,183]
Yoki:
“Bobom qotib kuladi-da, oppoq soqollarini silab, deydi:
– Nima qilay, bolam, qarib qoldim... Misoli bir quruq daraxtman-da!” [46,14]
“Mo`ylabini tishladi”, “mo`ylabini chimtib” noverbal vositalari esa o`rta yosh va undan quyi yoshdagi kommunikantlarga xos:
“ To`g`onbek dakkam-dukkam mo`ylabini yo`g`on barmoqlari bilan chimtib, kinoyali kulib qo`ydi”. [40, 13]
“Fotiha qilmoq” (duo qilmoq) diniy mazmun kasb etuvchi urf–odat hisoblanib, o`zbeklarda arablar istilosidan so`ng islom dini bilan birga tilovatdan so`ng bajariladigan harakat sifatida kirib qolgan. Bu harakat duoning yakunida qo`llari ochiq holda yuzga tomon yuqoridan pastga harakat etish bilan bajariladi va “omin” so`zi aytiladi. [ 27, 32]. Xalqona udumlarimizdan ma’lumki, fotiha qilish ko`pincha katta yoshdagi adresatga xos. “Fotiha qilish” bilan bog`liq holatlar, asosan, dasturxon yig`ilishidan oldin, minnatdorlik ifodalaganda, yomonlik yoki yaxshilik tilaganda, qabriston yonidan o`tganda, birovning o`limidan voqif bo`lganda bajariladi. Masalan:
– Chol, qo`lingizdi ko`taring, ovmin deng! – dedi.
Yoki:
– Ovmin bo`lmasam, – dedi Abray aka. Mayram opa fotiha o`qib, irgʻib turdi:
– Men ertan-mertan ularning yurtiga boraman.[64]
Ushbu misollar surxon hududi qariyalariga xos bo`lib, shunga o`xshash fotiha o`qish nutqlari yurtimizning deyarli barcha hududida amalda qo`llaniladi. Xususan, Toshkent hududiga xos nutqqa diqqat qilaylik:
“Abulziyo qalin adras ko`rpachaga o`tirib, chuvak yuzini qoplagan qop-qora quyuq soqolini silab, fotiha o`qiganday bo`ldi ”.
Oybekning “Bolalik” qissasida ham shunday birliklar bir necha o`rinlarda qo`llangan:
” Har qadamda “Xudo” deydi. ” Senga topshirdim, Tosh omon bo`lsin! ” deb yolg`iz o`g`lini, qishloqdagi dadamni duo qiladi”
Xuddi shunday birlikni Farg`ona hududiga xos bo`lgan nutqda ham kuzatamiz:
Temir daftardan ham o`tkazib berasan, bo`pti, men rozi. Qani, qo`lni och! Omin, Ollohu akbar! Ketmonni olib chiq
Yuqoridagi parcha Erkin Vohidovning “Oltin devor” dramasidan olingan bo`lib, aynan shu asarda duo o`qish odati takroran qo`llangan:
Qani, omin, tup qo`yib palak yozishsin, qo`sha qarishsin. Biz ham qarib-churib yuraylik. [56, 5]
Yana bir misol:
Kel endi, og`ayni, qo`lni och, fotiha qilaylik.
Ayrim xatti-harakatlar esa faqat yoshlarga xos bo`ladi. Yelka qisish, labning titrashi, labini tishlash kabi holatlar ko`proq yosh kommunikantlar nutqiga xoslangan. Bu noverbal vositalarda bexabarlik, bilmaslik (yelka qisish), alamzadalik yoki o`ksinish (labning titrashi), hayratlanish, chorasizlik (labini tishlash) kabi turlicha ma’no- mazmunni anglash mumkin. Shuningdek, mazkur noverbal vositalar ba`zan yoshi katta kommunikantlar tomonidan ham ishlatiladi. Bunda sanab o`tilgan mazkur ifoda, belgilar umuman boshqacha ma’noifodasiga ega sanaladi.
“Yigit ko`z uchini qisib unga tikildi - da, yelkasini qisdi:
Katta amaldorlarga o`xshaydi - ku, ammo fe`li boshqacha ekan. Qani, shu ishlashda birpas tob berarmikan!” [40, 205 ]
Labning titrashi bilan bog`liq noverbal vositalar katta yoshdagi kishilar nutqida ham ishlatilib, undagi ma’no- mazmun yosh bolanikidan farq qiladi, ya`ni yosh bola lab titrashi orqali yig`lagisi kelganini ifodalasa, katta yoshdagi kishilarda esa qattiq asabiylashishning ifodasi yoki uyalish, shu vosita orqali dakki berish sifatida qayd qilinishi mumkin. Misollarga murojaat qilsak:
“Uning kichik, qiyiq ko`zlari yomon yondi, dakkam-dukkam miyiqli qalin lablari titrab ketdi. Kampir unga qo`rqa - pisa qaradi: «Achchig`lanma, bek yigit, o`zi uyatchan qiz...” [40, 57]
“Bolalik” qissasiga nazar tashlasak:
– Sandiqning kaliti o`zingizda - ku, qachondan beri bermaysiz, toshday qattiqsiz, – deyman buvimga, qandni qusurlatib.
Samovar yonida choy quyib o`tirgan oyim lablarini tishlab, eshikka ishora qiladi, men g`izillab ko`chaga yuguraman. [46, 18]
Berilgan misollardan birinchisida “lablari titradi” vositasi jahli chiqqanligini ifodalasa, ikkinchi misolda esa “labini tishlamoq” vositasi orqali dakki bermoq, koyimoq ma`nolarini anglatmoqda.
Demak, kishilarning yoshini faqatgina ularning nutqiga ko`ra aniqlamas ekanmiz. Yoshni ko`rsatuvchi ko`pgina boshqa jihatlar, ularning xatti-harakati, noverbal vositalar ham mavjud bo`lib, so`z bilan yonma - yon tarzda ma`lumot beradi.
Nutqning jinsga ko`ra mintaqaviy xoslanganligi
Erkak va ayollar bajaradigan vazifalari, jamiyatda tutgan o`rinlari jihatidan bir - birlaridan farqlanar ekanlar, demak ularning muloqot madaniyatida ham farqli holatlar mavjud. Ayollar va erkaklar nutqining farqli xususiyatlari borasida tilshunoslikda bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo`lib, ayrim xalqlarda ayollar nutqi alohida tadqiqot sifatida maydonga kelgan. Bunday farqlanish o`ziga xos ahamiyat kasb etib, muloqot madaniyatida muhim o`rin tutadi. O`zbek tilshunosligida keyingi yillardagi tadqiqotlarda oz bo`lsa-da, bu haqda yoritib o`tilgan. Jumladan, S.Mo`minov, Sh.Iskandarovalarning ilmiy tadqiqotlarida buni ko`rish mumkin. Muloqotning jins jihatidan xoslanishi zarur masalalardan bo`lib, sotsiolingvistikaning o`rganish muammolaridan biri sanaladi. Murojaat shakllarini jins jihatidan tahlil qilganda, erkak va ayol adresantning nutqida qo`llaniladigan murojaat shakllari hamda erkak va ayol adresatga nisbatan qo`llaniladigan murojaat shakllari tarzida tahlil qilish lozim. Ayollar va erkaklar nutqida so`z va iboralarning qo`llanilishi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi.
O`rta Osiyoda islom dinining keng tarqalishi bilan bog`liq holda shariatning nikoh munosabatlariga ta`siri ham kuchaygan. Masalan, musulmon olamida er-xotinning bir-birining ismini aytib chaqirishi tabu hisoblangan. Ammo erkaklar va ayollar nutqida uchrovchi farqlar faqat shu bilan chegaralanib qolmaydi.
Ayollar nutqida emotsionallikni, his - hayajonni ifodalovchi birliklar erkaklar nutqiga nisbatan sezilarli darajada keng qo`llanadi. Bunday emotsional birliklar hudud jihatidan ham ayrim farqlanishlarga ega. Masalan, Buxoro hududida “Ibi, o`lay” yoki “Voy, o`lmasam” birligini ko`ramiz:
– Voy oʻlmasam, nima qilib qoʻyding! – oyisi yugurgancha kelib, uni stuldan olib, tashqari sudradi.[57,4 ]
Farg`ona hududiga xos ayollar nutqida ham “o`lsin, qanday odam ekan”, “yer yutgur”, “sho`rim qurisin” kabi birliklar ifodasini kuzatamiz. Masalan:” O`lsin, nokas odam ekan, bitta qo`yni deb…Koshki arziydigan narsa bo`lsa!” [36, “Dahshat” ] yoki ” Voy o`lay, nima bo`ldi? – dedi” [36, “Karavot”] . “Karavot” hikoyasida yana bir o`rinda “voy, o`lsin” birligi ishlatilgan : “ Bola emizib o`tirgan xotin o`rnidan turib, beixtiyor: Voy, o`lsin, dedi”. Boshqa bir misol: “Fotima nima qilishini bilmas, qo`rqqanidan nuqul “Mengina o`lay”, der, uning boshini silar edi” [36, “Nurli cho`qqilar”].
Bu birliklar Surxondaryo hududida ham ayollar nutqida qo`llanadi:
“Momomiz qonqora qaqshaydi. – O`ldim-a, o`ldim! – deb vovaylo etadi” [46, 6].
Toshkent hududi ayollar nutqida ham shu kabi birliklar ko`zga tashlanadi:
Voy o`layin, holvani hokim yeb, kaltakni yetim yeydimi endi? Birov kelib qizimni o`ldirib ketsin-da, siz o`ldirganni topmang-da, men jazo olayinmi? [60, 109 ]
Yuqoridagi birliklardan tashqari bu hududda “aylanay”, “o`rgilay” kabi so`zlar ayollar nutqida juda ko`p kuzatiladi:
– Qulchilikka keldik, aylanay!
Tag`in bordilar.
– Qulchilikka keldik, o`rgilay! [62,164 ]
Shunga o`xshash birlikni Surxondaryo nutqida ham kuzatishimiz mumkin. Masalan:
Yonboshlanglar. Enasi aylansin shunday joʻralardan! – opa qaytib ketdi. [64]
“Aylanay” birligini Toshkent hududidan tashqari vodiyliklarga xos nutqda ham ko`rishimiz mumkin:
Xafa bo`lmang, aylanay, – dedi. – Men ilojini topdim. [64]
O`rgilay sizdan, baraka topgur. Erimni tuzatib bering, jon do`xtir... O`rgilay, miyasi aynib qolgan. [56, 19 ]
Shuningdek, Toshkent nutqida o`rta yoshli va yoshi katta ayollar orasida “girgitton” so`zini qo`llash odat tusiga kirib qolgan desak, mubolag`a bo`lmaydi.
Masalan:
– Hay - hay, girgitton, tegma yong`oqqa! [62, 24 ]
Toshkent nutqiga xos bo`lgan birliklar sirasiga “Tasadduq” so`zini ham kiritishimiz mumkin. Bu birlikning o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning faqatgina jinsga ko`ra emas, yoshga ko`ra ham xoslanganidir. Chunki bu so`zni, odatda, qariya onaxonlar, ba’zanesa otaxonlar ishlatadi:
Urishib qolipdi... Yo`q demang, oling, tasadduq ! [ 46, 28 ]
Ayollar nutqida yana bir ko`p uchraydigan birlik yengil ta`na, tanbeh ma`nolarini anglatuvchi “qurib ketgur” iborasidir. Bu birlik deyarli barcha hududlardagi ayollar nutqida kuzatiladi. Misollarga diqqat qilsak: “ Hazilingiz qursin, – dedi chiroqni pastlatayotib, – kishining imonini qochiradi”, yana bir misol: “ Qurib ketgurlar, biram sharmandaki, tavba qildim… tag`in ham zilzila bo`lib hammani yer yutmas ekan-da!” [ 36, “Mayiz yemagan xotin”].
Yurtimizning ko`pgina ayollari nutqida kuzatiladigan “Tavba qildim” birligi ham ular nutqining o`ziga xosligini ifodalaydi. Xususan, A.Qahhorning “Mayiz yemagan xotin” hikoyasini olsak:
Qurib ketgurlar, biram sharmandaki, tavba qildim… tag`in ham zilzila bo`lib hammani yer yutmas ekan - da!
Yana bir misol:
Voy, tavba, ruschadan nega “yaxshi”, baloday gapiradi, shekilli - ku! [ 36, “Ayb kimda?”]
Erkaklar nutqiga diqqat qiladigan bo`lsak, bu kommunikantlar nutqida keskinlik, ifodaning qisqaligi, buyruq ohangidagi gaplar ko`proq qo`llanadi. Shuningdek, erkak kommunikantlar o`z nutqlarida vulgarizmlardan ayollardan farqli ravishda keng foydalanadilar. Adabiy parchalarni tahlil qilgan holda ular nutqida buyruq – istak maylidagi gaplar ko`p uchrashini kuzatdim. Masalan:
– Tur, jo`xoringga qara, uni ko`r, mushuk tegdi. [36, “Anor”]
– Ma, buni tik, – dedi u yaktagini yechib, – ma. [36, ”Anor”]
– Ma, o`qi, ammo birovga g`ing deya ko`rma! [60, 22]
– Ha, gapir, ish-pish bilan keldingmi yo eringni qidirib keldingmi? [60, 25 ]
Yuqorida Toshkent va Farg`ona hududiga xos bo`lgan adabiy parchalar berilgan bo`lsa-da, buyruq gaplar deyarli barcha hududlardagi erkaklar nutqida kuzatiladi. Yana misollarga yuzlanamiz:
– Manavi kattakonini qo`yib qo`y, ro`shan bo`p tursin! – dedi. [64]
– Sen o`zingni mahkam tut. O`zing aytding-ku, “ulishim mumkin emas”. Znachit mahkam tut! [51, 36]
Yuqorida erkaklar nutqida qisqa so`zlashni kuzatamiz, deb aytib o`tagn edik. Bu fikrning isbotini, ayniqsa, dialoglarda yaqqol ko`rishimiz mumkin:
— Gapimga javob ber: nima uchun seni «esh-shak» deyishdi?
— O`zlariga o`xshatishmoqchi bo`lishgandir.
— Shunaqami? — Tengiz istehzoli jilmaydi. — Sen qaysar emishsanmi?
— Beayb Parvardigor.
— Shunaqami? — Tengiz unga yanada yaqinlashdi. — Sherigingni nima uchun otib tashlagan eding?
— Ablahligi uchun. [60, 7]
– “Muhammadrizayev, beshinchi oktabr kuni Qirqbel qishlog`iga nima uchun bordingiz?
Do`stimni ko`rgani.
U bilan nimalarni gaplashdingiz?
O`zi aytgandir…
Daydiraga nima uchun bordingiz?
Ov qilgani.
Miltiqsiz-a?
Kim aytdi?
Do`stingiz…
Marhum oqsab yurarmidi?
Yo`q. [51, 49]
Keltirilgan parchalardan ma`lum bo`lyaptiki, erkak kommunikantlar iloji boricha kam so`zlab ko`proq ma`lumot olish yoki berishga harakat qilishadi.
Ayollardan farqli ravishda, qarama qarshi jins vakillari nutqida ishlatiladigan vulgarizmlar ancha qo`pol bo`lib, bunda faqatgina o`zbek tilida emas, balki boshqa tillardagi vulgarizmlardan ham foydalanishadi:
Og`zingni yum! – Tengiz shunday deb chirt etib tupurdi-da, «Bikovatiy» deb ming`irlab qo`ydi. [60, 44]
– Gapimni eshitdingmi? Eshitgan bo`lsang, tuxum bosib o`tirmay tur o`rningdan! [60, 55]
Surxondaryo nutqiga xos bo`lgan quyidagi parchaga diqqat qilsak:
– Tipratikanni o`ligi? Manavi telpagim-a? Hay, enaga`arni ayoli-ya! [46, 77]
“Ena” nomi bilan bog`liq bo`lgan vulgarlarni bir necha o`rinlarda uchratamiz:
Bobomiz chaparasta-chaparasta so`kadi:
He, enasi… [46, 3]
E, o`chir-e, enag`ar! – deydi otamiz. – Endi sen qoldingmi, kallani garang qilmagan. [46,15]
Hey! Baqqa tush enag`ar! Momo qo-oldi... Yuraging sovudimi, haromi? Endi yaylov keng bo`ldi senga! Bog`da javlon urasan, silkasal! [64]
Ushbu parchadagi vulgarizmlar faqatgina erkaklar nutqida qo`llanishi bilan xarakterlidir. Ona nomi bilan bog`liq bo`lgan vulgarizmlar erkaklar nutqida keng ishlatilib, uning turli variantlari mavjud. Keltirilgan parchalar surxon xalqi nutqiga xos bo`lib, ularda onaga, asosan, ena shaklida murojaat qilinadi. Vulgarizmlarda ham xususiyat o`z aksini topadi. Toshkent hududi nutqiga e`tibor qilsak:
Agar shuni sovuq desang, bir-ikki haftadan so`ng onangni ko`rar ekansan-da. [60,19]
Shuni aytish joizki, badiiy adabiyotlarda, adabiy nutqda bunday so`zlardan foydalanish asarning qimmatini tushirmaydi, aksincha, qahramonning xulq-atvori va ichki dunyosi haqida to`liqroq tasavvur uyg`otishga undaydi. Yana misollarga yuzlansak:
– Senlar esa... – Tengiz hafsalasi pir bo`lib qo`l siltadi. – Senlar mishiqlaringni oqizib, «tuhmatdan qamaldim», deb yig`lab yuraverasanlar.[60,6 ]
– Burningni art! He, mishiqi! – Qo`tos shunday deb hech bir kutilmaganda tarsaki
tortib yubordi. [60, 57]
Bir xunasaning sassiq ig`vosi bilan isnodga qolaveramanmi?
Mishig`ingni art, he xunasa! – Tengiz shunday deb kaftiga qor olib ishqadi.
Qul bo`larmish... Sendaqa erkakni moyagidan osib qo`yish kerak. Erkakman, deb yuribsanmi hali... – Tengiz xumordan chiqqunicha so`kib, unga qarab tupurdi. – Oilangning ehtiyotini qilaman. Ular yemagan somsalariga pul to`lab yurishmasin. Sen bilan ishim yo`q. Yo`qol! [60, 55]
Xunasaning ig`vosi... degin. Yaxshi. Unda Gobelyan bilan nima uchun uchrashding? [60, 43]
G`animat g`arniki, deydilar, – dedi Botir firqa. [46, 34]
Bu birliklar faqatgina erkaklar nutqida qo`llanadi. Shuningdek, “taloq qilish” bilan bog`liq bo`lgan so`kinch so`zlar aynan erkaklarga xos bo`lib, bunday birliklar mintaqaviy turli xillikka ega emas.Tohir Malikning “Odamiylik mulki” asarida ham ushbu holat faqat erkaklar orasida kuzatilishi tilga olingan:
“ Biz tomonlarda oila buziladigan bo`lsa, er taloq qiladi yoki er xotinni tashlab ketadi” [55, 85]
Quyidagi parchalarda esa mazkur holat bilan bog`liq vulgarlarni ko`ramiz:
Obbo, tegirmonchining qizi!.. Xo`p, lafzimdan qaytmayman, mana xotirjam bo`la qol: men hozir seni bir taloq qo`ydim, qaytib kelganingdan keyin uch taloqsan. [36, ”Dahshat”]
Sadqai odam keting-e, ayb emasmi? Xotin qilish qo`lingizdan kelmasa, taloq qiling! [36, “Mayiz yemagan xotin”]
Nima, nima? Menga til tegizdi? Nimalar deydi xotintatoq? [64]
Ammo ayrim so`zlar borki, ular har ikki jins vakillari tomonidan birday ishlatiladi. Masalan, “padarla`nati”, “sadqayi odam keting”, “ahmoq” va boshqa shu kabi so`zlar shunday vulgarizmlar qatoriga kiradi:
Ha, tavqi la`natilar! Toshkanniyam olibdimi-a? [46, 3]
La`natilar tangatoptini ship-shiydon qilib ketishibdi. Qani, bu yoqqa kel! [49,10]
– Ahmoq! – dedi kampir.Qayoqlarda sang`ib yurganding? [49]
– Axmoq! So`yishni bilmasang nima qilasan, jonivorni qiynab? [63, 34]
– Sadqayi odam keting-e, ayb emasmi? [36, “Mayiz yemagan xotin”]
Erkak va ayollar nutqidagi o`ziga xoslik faqatgina shular bilan chegaralanib qolmaydi. Ularning qiziqishlari, suhbat mavzulari bir-biridan tubdan farq qiladi. Ayollar, asosan, kundalik turmush tashvishlari, kiyim-kechaklar, farzandlar muammosi kabilarni ko`p so`zlashsalar, erkaklarda bunday mavzularda so`zlash chegaralangan bo`ladi. Erkaklar esa o`z sohalariga doir gaplarni, shuningdek, sport sohasidagi yangiliklarni so`zlashga moyildirlar. Ammo bu o`ziga xosliklar ham nisbiydir. Bu orqali barcha ayollar yoxud erkaklar bir xil deyish noto`g`ri. Shu sababli ham nutqning jinsga ko`ra xoslanishini yaqqolroq ko`rish uchun ko`proq vulgarizmlarga e`tibor qaratildi.
Nutqning jamiyat orasida yosh, yoki bo`lmasam, jinsga ko`ra xoslanishi aynan ma’lum bir hududga qarashlilikni talab etmaydi. Ya’ni kishilar qayerda yashashidan qat’iy nazar ularning yoshi yoki jinsiga ko`ra ma’lum bir ixtisosliklar mavjud.
Nutqning yoshga ko`ra mintaqaviy xoslanishida quyidagi xususiyatlar namoyon bo`ldi:
Bolalar nutqida tilning chuchukligi, yoshiga xos bo`lgan holda so`zlardagi tovushlarni almashtirib qo`llash, dunyoqarashiga xos tarzda “shaxsiy ijod so`zlari” ni ishlatish uchraydi;
o`smirlar, yoshlar nutqida esa ularning ijtimoiy hayotda o`z o`rnini ko`rsatib turuvchi ma’lum bir argolar, kishilarga murojaat qilishda esa ismlarni qisqartirib aytish, nutqda chet tillariga xos birliklardan keng foydalanish, zamonaviy fan-texnika atamalarini qo`llash kabi xususiyatlar asosiy o`rin egallaydi;
katta yoshli kishilar va qariyalar nutqida pand-nasihat, ibratomuz fikrlar, murojaat qilishda esa “bolam”, ”ukam”, ”bo`tam”, “singlim” kabi shakllar mavjud bo`lib, ayrim hollarda so`zlarni talaffuz qilishda tovush ortishlari yoxud buguni kunda kam iste`molda qo`llanuvchi so`z va gaplardan foydalanish holatlari ham mavjud.
Shuni aytish joizki, nutqning jinsga ko`ra mintaqaviy xoslanishini tahlil qilishdan asosiy maqsad,
turli yosh ko`rinishlaridagi nutqning farqli va o`xshash jihatlarini tahlil qilish emas, balki jamiyatning ilg`or qatlami hisoblangan o`smirlar, yoshlar va o`rta yoshli kishilarni o`zbek adabiy tilida ravon va tushunarli so`zlashlariga da’vat etishdir. Bu borada ko`pchilik tilshunoslar fikr bildirishishgan. Jumladan, A.Mamatov quyidagi mulohazalarni bayon qiladi: «Yoshlarning adabiy til normalariga amal qilgan holda so`zlashishi, nafaqat ularning o`qimishliligidan darak beradi, balki ayni vaqtda aqlli va madaniyatliligini ham koʻrsatadi. Shuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qatʼiy rioya qilgan holda so`zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so`z, ibora aniq va ravon jaranglashi kerak. Yoshlarning notiq boʻlishi shart emasdir balki, lekin faqat fikrini, tushunchalarini to`g`ri, aniq iboralar bilan ifoda qilishlari zarur, chunki ona tilimizning sofligini saqlash har bir yosh avlodning sharafli burchidir».
Nutqning jinsga ko`ra mintaqaviy xoslanishi anchadan buyon tilshunoslarni qiziqtirib kelayotgan masalalardandir. Erkaklar va ayollar nutqidagi o`ziga xosliklarni o`rganish natijasida tilshunoslikda genderologiya yo`nalishi vujudga kelgan. Mazkur ilmiy ishda esa bu nutqiy xoslanishlar hududlarga ko`ra qanday xususiyatlarga ega ekanligini aniqlash maqsad qilingan. Shuni aytish joizki, ayollar yoki erkaklar nutqining qanday bo`lishi ularning qaysi hududda yashashiga qisman bog`liq. Chunonchi, nutqda o`z hududi shevasiga xos bo`lgan so`zlardan foydalanish (masalan, Surxondaryoda „checha“, „ena“, „bova“, Toshkentda „girgitton“ va h.k.) dan tashqari ko`p hollarda jinsga ko`ra so`zlarni qo`llashda o`xshashliklarga duch kelamiz.
Yuqorida ta‘kidlab o`tganimizdek, hissiy ta‘sirchanlik yoxud hissiyotga berilish ayollarga xos bo`lgan xususiyatlardan bo`lib, bu nutqda ham o`z aksini topadi. Birgina „voy o`lay“ birligi Buxoro hududida „ibi o`lay“ tarzida vodiy va Toshkent hududida „o`lsin“, “o`lmasam“ kabi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Ayollar nutqida „aylanay“, „o`rgilay“, „qurib ketgur“ kabi birliklarni ham ko`ramiz. Erkaklar nutqida esa keskinlik, qisqalik va buyurish mazmunidagi gaplar va birikmalar qo`llanishining guvohi bo`lamiz. Ikkala jins vakillari qo`llaydigan vulgarlar ham bir-biridan anchayin farq qiladi. Aytish mumkinki, nutqning jinsga ko`ra farqanishi maxsus sotsiolingvistik izlanishlar natijasida bugungi kunda chuqur tahlil qilinmoqda. Chunki bu ikkala jins vakillarining nutqi o`rtasidagi farqlar bir necha tomonlama o`rganilmoqda. Mazkur ishda esa ayollar va erkaklar nutqining hududlardagi farqi atroflicha tahlil qilindi.
MANBA: Bitiruvchi kurs magistranti Barotova Muxiba Orifovnaning "Nutqning mintaqaviy xoslanishi" mavzusidagi SA 120102- Lingvistika (o'zbek tili) yo'nalishida magistranti akademik darajasini olish uchun yozgan magistrlik dissertatsiyasidan olingan.
Nutqning ijtimoiy xoslanishi haqida.
Nutqning yoshga kora xoslanganligi. Barchamizga malumki, inson qalbiga yol avvalo talim – tarbiyadan boshlanadi. Talim tarbiya masalasini esa ona tilida savod chiqarish, tilni xurmat qilish, adabiy tilda sozlashish madaniyati, chiroyli sozlash (sozamollik) kabi holatlar til fani bilan boglaydi. Zeroki jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi davrida Ozbekiston Respublikasi Prezdentining farmoniga muvofiq inqirozning oqibatlariga qarshi kurash yolida bank va moliya tuzilmalariga qoshimcha yordam berish chora tadbirlari ishlab chiqildi.
Tilda milliy mentalitetning aks etishi tilshunoslik, falsafa kabi fanlarning azaliy va hamisha navqiron mavzusi. Biroq malum vaqt bu muammo tilshunosligimizda chetlab otilganligi sir emas. Shu bois Prezdentimiz Islom Karimov ”Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga bergan javobida: ” Ona tili - millatning ruhidir. Jamiki ezgu fazilatlar insonga ona allasi, uning betakror jozibasi orqali singadi ”, - deya bunga alohida urgu bergan edilar. Bu esa til va madaniyat muammosini tilshunoslik kontekstida organishning dolzarbligini belgilaydi.
Tilshunosligimizning shakllanajak lingvokulturologiya yonalishi asosiy diqqatini til madaniyatini oz birliklariga qanday singdirish va ifodalashi, saqlashi va namoyon qilish muammolariga qaratiladi. Lingvokulturologik yonalishining shakllanishi va taraqqiyoti madaniyati tushunchasini til va jamiyat yaxlitligining oziga xos shakli sifatida tushunishga intilish kuchayganligi bilan belgilanadi. Bunda til milliy madaniyat, millat mentallikni talqin etish vositasi sifatida namoyon boladi.
Organilgan malumotlarga kora aytish mumkinki, bugungi kunda lingvokulturologiya bir necha yonalishiga ega: frazeologik, konseptologik, leksikografik, uslubiy, lingvodidaktik kabi. Barcha yonalishlardagi umumiy jihatlariga etabor qilinsa, hozirgi zamon kulturologiyasining organish predmeti ikki har xil kod – til va madaniyatning ozaro munosabatida hosil boluvchi lisoniy birliklarining madaniy semantikasini organish tashkil ettirdi. Zero, har bir shaxs bir vaqtning ozida madaniy shaxs hisoblanadi. Shuning uchun til belgilari til sohiblarining umuminsoniy va madaniy milliy mentalligini aks ettiruvchi madaniyat “tili” funksiyasini bajarish qobilyatiga ega.
Lingvokulturologiyaning vazifasi til birligining til sohibiga malum yoki maxsus tahlil bilan tiklanadigan madaniyat “kodlari”ga munosabati asosida madaniy qiymati, ya`ni “ madaniy bilim” ni bayon etishdan iborat.
MANBA: Magistr Azizova Nafosat Abdullayevnaning akademik darajasini olish uchun yozgan magistrlik dissertatsiyasidan olingan.
4. A) Ilmiy jihatdan tahlil:
Yaxshilik va yomonlik — axloq shunoslik fanining juft tushunchasi. Odamlarning xatti-harakatlariga, ijtimoiy hodisalarga berilgan ijobiy yoki salbiy bahoni ifodalaydi. Yaxshilik — eng muhim fazilat boʻlib, inson faoliyatining asl va azaliy mohiyatini anglatadi. U insonga kuchli ruhiy lazzat bagʻishlashi barobarida, uni shaxsga aylantiradigan haqiqiy baxtga olib boradi. Shuning uchun ham "ezgu (yaxshi) fikr", "ezgu (yaxshi) soʻz", "ezgu (yaxshi) amal" tushunchalari Avestodan tortib, barcha muqaddas kitoblarda yetakchi oʻrin egallagan. Yaxshilik insonning axloqiy va amaliy faoliyatida yuzaga chiqib, unda kamtarlik, ochiqkoʻngillilik, mardlik, halollik, insoflilik, adolat, rostgo'ylik kabi fazilatlar mujassam boʻladi. Yomonlik — yaxshilikning ziddi, shaxs va jamiyat taraqqiyotiga toʻsqinlik qiluvchi illat. Yolgʻonchilik, pastkashlik, munofikdik, behayolik, rahmsizlik, nomardlik, xiyonat kabi tushunchalarda namoyon boʻladi. Diniy nuqtai nazardan yaxshilik ilohiy inoyat, yomonlik esa insondagi shaytoniy va hayvoniy xislatlarning ifodasi tarzida talqin qilinadi; yaxshilik ham, yomonlik ham insonning ixtiyor erkinligidan qay darajada foydalanishining oqibati sanaladi. Qurʼonda yaxshilik qilish insonning tabiiy burchi ekani, Alloh insonga oʻzining neʼmatlari bilan ehson qilganidek, inson ham boshqalarga yaxshilik qilishi lozimligi taʼkidlanadi. Musulmonlar tasavvuriga koʻra, odamlar bu dunyodagi yaxshi ishlari uchun narigi dunyoda mukofotini oladi, yaʼni huzurhalovatga muyassar boʻladi, yomon ishlari uchun doʻzax azobiga duchor etiladi. Qurʼonda "Agar chiroyli amallar qilsangizlar — oʻzlaringizga yaxshilik qilgan boʻlursizlar. Agar yomon, gunoh amallar qilsangizlar ham oʻzlaringiz uchundir", deyiladi (17sura, 7oyat). Keyingi davrlarda Ya. va yo. inson oʻz manfaatlarini himoya qilishda toʻgʻri yoki notoʻgʻri yoʻl tutishi natijasida yuzaga keladi, degan fikr oʻrtaga tashlandi. Mutafakkirlar yomonlikni inson hayotidan chiqarib tashlash uchun uni vujudga keltiruvchi ijtimoiy sharoitni yoʻq qilish zarur deb taʼlim beradi. Ya. va yo. tushunchalari inson faoliyatini baholash xususiyatiga ega: uni insonning ulugʻligi yoki tubanligini oʻlchaydigan muqaddas taroziga oʻxshatish mumkin. Inson shaxsidagi yutuq va kamchiliklar, jamiyatning takomilga erishgan yoki erishmagani shu mezonlar bilan oʻlchanadi. Qaysi jamiyatda yaxshilik koʻpayib, yomonlik kamayib borsa, oʻsha jamiyat axloqiy yuksaklikka, farovonlikka, taraqqiyotga tezroq erishadi; shaxsiy munosabatlarda xiyonat, gʻazab, kibr, hasad, qasd, munofiqlik kabi illatlar asta-sekin yoʻqolib, xushxulqlik, shirinsuxanlik, halollik, bagʻrikenglik singari fazilatlar koʻproq oʻrin egallab boradi, natijada jamiyatda yaxshilikning ustuvor boʻlishiga olib keladi.
B) Badiiy jihatdan tahlil:
Ezgulik va yovuzlik haqida gap borganida, yaxshilik va yomonlik nima, bu ikki
juftlik mazmunan bir emasmi, degan savol tug‘iladi. Bu tabiiy. CHunki hozirgacha bizga ma‘lum o‘zbek tilidagi
barcha axloqshunoslikka doir adabiyotlarda ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan, u bor–
yo‘g‘i yaxshilik va yomonlikning sinonimi tarzida taqdim etib kelingan. To‘g‘ri, yaxshilik tushunchasining ko‘pgina
unsurlari ezgulikdan, ezgulikning ba‘zi unsurlari yaxshilikdan joy olishini inkor qilish mumkin emas. Ularning
ziddida ham shunday «singishib ketish» mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkur ikki juftlikni aynanlashtirishga
asos bo‘la olmaydi.
Bu ikki juftlik tushunchalar orasida qat‘iy farq mavjud: ezgulik, yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik
xususiyatiga ega, yaxshilik esa unday emas. Yaxshilik asosan shaxsning odobiga, xulqiga bog‘liq bo‘lgan ijobiy
hodisa. Zero, unda mardlik, ochiqko‘ngillilik, halollik singari axloqiy me‘yorlar tajassum topadi. Biroq unga asos
bo‘lgan amaliy xatti–harakatlar qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga ko‘tarila olmaydi.
Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mehnatga umrini
bag‘ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun «Xazoyin ul–maoniy»dek, «Xamsa»dek buyuk asarlar yaratdi. Bu – ezgulik,
u ma‘lum ma‘noda abadiylik xususiyatiga ega, chunki Navoiy asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar
mobaynida zavq–shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni paytda, Navoiyning o‘zi bevosita ko‘plab
yaxshiliklar qildi – muhtoj odamlarga qarz berdi, bergan qarzlaridan kechib yubordi va h.k. Uning bu yaxshiliklari
ajoyib ijobiy hodisa bo‘lgani holda, o‘tkinchilik tabiatiga ega, shuningdek, istisnoli hollarda namoyon bo‘luvchi
qahramonlik ham, buyuk jasorat ham emas.
Demak, ezgulik asosan bilvosita amalga oshiriladigan, uzoqni ko‘zlovchi, kelajakka ham mo‘ljallangan,
ya‘ni strategik ahamiyatga molik axloqiy xatti–harakatlar majmui; yaxshilik esa, odatda, bevosita shu kun uchun
dolzarblik xususiyatiga ega, ya‘ni taktikaviy axloqiy faoliyatdir. SHunday qilib, yaxshilikni yirik ijtimoiy hodisa –
ezgulik bilan aynanlashtirish to‘g‘ri emas.
Bu ikki juftlikning yana bir farqli tomoni shundaki, voqe bo‘lgan ezgulik hech qachon to‘g‘ridan–to‘g‘ri
yovuzlikka aylanmaydi, yovuzlik esa har qanday zamonda, har qanday sharoitda ham yovuzlik bo‘lib qolaveradi.
Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas: biror ob‘ektga qilingan yaxshilik boshqa bir ob‘ekt uchun yoki yaxshilik
qilgan sub‘ekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin. Mashhur o‘zbek xalq ertaklaridan biridagi ovchilar quvib
kelayotgan bo‘rini qopga yashirib, qutqarib qolgan dehqonning holatini bunga misol sifatida keltirish mumkin: bo‘ri
o‘ziga yaxshilik qilib, o‘limdan qutqargan odamni yemoqchi bo‘ladi, xayriyatki, tulki dehqonning joniga oro kiradi.
Xullas, muayyan ijtimoiy cheklanganligiga qaramay, yaxshilik va yomonlik qamrovli mezoniy
tushunchalardan.
C) Ilmiy jihatdan tahlil:
Hayot, tiriklik, tirik organizmlar — materiyaning eng yuksak shakli. Zamonaviy qarashlarga binoan H. tashqi muhitdan oliialigan energiya hisobiga oʻz-oʻzidan boshqariladigan va oʻz-oʻzini bunyod etish xossasiga ega boʻlgan oʻziga xos strukturalardan iborat. Molekulyar biologiya. biofizi-ka, biokibernetika (qarang Kibernetika) va boshqa fanlar sohasida olib borilgan gadqiqotlar natijasida H.ning moddiy asoslari biopolkmerlar ekanligi aniqlandi. Ulardan oqsillar va nukle-in kislotalar barcha tiriklikning doimiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Biopolimerlar H. namoyon boʻlishining molekulyar jarayonlarida ishtirok etadi. Hayotiy jarayonlarda oqsillarning ahamiyati ular kimyoviy tuzilishi va biologik funksiyasining xilma-xilligi bilan belgilanadi. Har qanday ge-netik informatsiya oqsil molekulasida aminokislotalarning ketmaket joylanishi orqali namoyon boʻladi. Genetik informatsiyani nuklein kislotalar (DNK yoki RNK) oʻzida saqlaydi va irsiyatga oʻtqazadi. Oqsillar biosintezida (qarang Biosintez) bu in-formatsiya hujayraning genetik appa-rati (genom)lan sitoplazmaga oʻtib, oqsil molekulasiga aminokis.yutalar qoldiqlari ketma-ketligidan iborat uzun zanjir shaklida yozib olinadi, Oqsillar sintezining amalga oshiri- lishi orqali nuklein kislotalar hujayrada kechadigan moddalar alma-shinuvi tavsifini belgilab beradi. Moddalar almashinuvi esa oʻzaro muvofiqlashgan va dinamik bogʻlangan assimilyatsiya (plastik almashinuv) va dissimilyatsiya (energiya almashinuvi) jarayonlari yaxlit sistemasidan ibo-rat. Bu jarayonlar tufayli tirik organizmlar hayotiy funksiyalarining bajarilishi uchun zarur boʻlgan shart-sharoit vujudga keladi, yaʼni ular tarkibining oʻzoʻzidan yangilanishi sodir boʻladi va bu tarkibning nisbiy turgʻunligi saqlanib qoladi.
D) Badiiy jihatdan tahlil:
Hayot nima o'zi bu? kim menga to'liq javob beradi? Kim hayotni asl mohiyatini tushintirib bera oladi? Hayot bu ulkan tagiga yetib bo'lmas bahaybat sirdur. Hayotda qancha yashab hayotni o'rgandim deb o'ylasez shuncha hayotni tushunish qiyin ekanini bilasiz.
Hayot bu insonlarga sinov uchun ma'lum vaqtga belgilab berilgan umrdur. Hayotni har kim o'zicha tasavvur qiladi. Va har bir inson hayot yo'llarini turlicha bosib o'tadi. Kimdur oz muddat yashagan bo'lsa ham odamlarga yaxshilik qilib o'zidan hayotda nimadur qoldiradi va odamlar uni abadiy eslab yurishadi. Yana kimdurlar esa o'z hayotida hech kimga yaxshilik qilmay nom nishonsiz bu hayotdan o'tib ketadi. Bu degani inson hayoti qadri qancha yashagani bilan emas qilgan yaxshi amallari bilan qadrlanadi. Har kimni hayoti o'zi uchun qadrlidur.
Bir kuni DONISHMAND LUQMONU HAKIMDAN SO'RASHIBDI: Siz bunchalik donolikni qayerdan o'rganasiz va kimdan saboq olasiz deb? Shunda LUQMONU HAKIM JAVOB BERIBDI: Men hamma narsani hayotdan o'rganaman chunki hayot o'zi bir hikmatli muallim. Saboqni ham hayotdan olaman chunki hayotda hamma narsa bo'ladi men shularni kuzatib saboq chiqaraman. Men ming yil yashagan bo'lsam ham hayotni to'liq o'rganolmadim chunki hammani hayoti har hil. Ming yil yashagan bo'lsam ham hayotga to'ymagandekman men hali hayotni butunlay tushunolmadim. Bu savolizga hayotni butunlay o'rganib kegin to'lib javob beraman hozir bu savolizga to'liq javob bergani ojizlik qilman.Chunki hayot qanchalik uzun bo'lmasin ko'z yumib ochguncha o'tib ketadi deb javob bergan ekan.
Darhaqiqat odam umri qanchalik uzun bo'lmasin,shunchalik qisqadek. Kechagina endi endi qadam tashlayotgan bola edik. Bugun esa hayotni achchiq chuchigini totgan hayotni tushinishga va hayotda o'z o'rnini topishga urinayotgan odamlarmiz. Ertaga esa afsusku tobora umri payoniga yetadigan qariyalarga aylanamiz bu hayotimizning achchiq haqiqatlari va tabiat qonuni. Tug'ilish,o'lish, topish yo'qatish bu hayotning o'zgarmas haqiqatlari.
Nega hayot bunaqa chigal va murakkab? Kimdur yig'laydi, kimdur kuladi. Kimdur bahtini topadi, kimdur armonlarga ko'miladi ozrulari huddi shisha kabi chil chil sinadi. Kimdur yaxshilik qilsa, kimdur yomonlikni o'ylaydi. Kimdur do'stiga sevgisiga vafo qilsa, yana kimlardur dushmanlik qilib hiyonatni tanlaydi. O hayot nega yo'llaring buncha o'nqir cho'nqir? Nega senga haqiqat kam hayot? Nega sen buncha beshafqatsan hayot? Bu savollarga faqat bitta javob bo'lishi mumkun. Chunki bu hayot,chunki buni taqdir deydilar. Hayotni qanaqaligi esa o'ziz tushunasiz.
Ho'sh hayot mazmunli bo'lishi uchun, hayotda qoqilmaslik uchun, hayotda o'z o'rnimizi topishimiz uchun nima qilishimiz kerak? Bilasizmi meni hayotimda topgan o'z haqiqatlarim bor. Masalan: men jahlimni sabrim bilan yengaman. Men hayotda yomonliklarni yaxshilik bilan yengaman. Armonlarimni orzularim bilan bezayman. Ertangi kunimga umid qilib o'tgan kunimdan saboq chiqaraman. Eng muhimi bu hayotda faqat yashash uchun yashamiman. Men hayotda hamma narsani yurakdan qilaman. Har bir narsadan yaxshilik ahtaraman hamma narsani yaxshilikka yo'yaman. Bilasizmi yana nima. Bu hayotda erishgan muvofaqqatlaringiz bilan maqtanmang chunki maqtanish har bir esi pastni qo'lidan keladi. Agar maqtanmoqchi bo'lsangiz hayotda qiyinchiliklarni yenga bilishiz bilan maqtaning chunki qiyinchilikni yengish insondan donolikni talab etadi. Hullas bu hayotda topgan oddiy haqiqatlarim shulardan iborat. Eng muhimi bu hayotda yashash uchungina yashamang. Bu hayotda maqsad sari yetmoq, o'zizdan yaxshi nom qoldirish uchun yashang. Sizga bir marta beriladigan hayotiz bekor o'tmasin chunki hayot bu sizni eng qadrli narsangizdur. Hayotdan faqat yaxshilikni axtaring shunda hayot ham sizga kulib boqadi. Shuni unutmang hayotda hamma narsa bo'ladi va hayotda katta hikmat bor.
5)Badiiy asarlardan dialoglar yozish:
A) Men hazil o‘yin deb o‘ylabman...
— Qimorda hazil bo‘lmaydi, erkak.
— ...To‘layman... faqat bugun emas. Bir-ikki yil ichida.
— Pulni-ku, to‘larsan-a, xotining-chi? Xotiningni ham tikvorgansan-ku».
Tohir Malik. "Shaytanat" asari. Elchin va birga qimor uynagan "oshnasi" o'rtasidagi suhbat.
B) Xullas, mulla Anvar, siz ishingizni qilavering.
— Xo‘p, ketaveraymi!
Asadbek unga qarab kulimsiradi.
— O‘xshatmasdan uchratmas, deganlari rost. Ikki oshna rosa topishgansizlar. Birovning gapi yoqmasa, darrov jirillab berasizlar, «Nasihatga ham, yordamga ham muhtoj emasman», demoqchisiz-da, a? Akasi, bizni nima deb so‘ksalaringiz so‘kaveringlar. Quloqlarimiz bunaqa so‘kishlarni eshitaverib pishib ketgan. Ammo biz ham odammiz. Dardimiz faqat pulu siz o‘ylagandek odam o‘ldirish emas.
— Men unaqa demadim-ku?
— Tilga chiqarib aytmasangiz ham, rang-ro‘yingiz bildirib turibdi. Men siz bilan uchrashib, maslahatlashmoqchi edim... To‘g‘rirog‘i, bir iltimosimni aytmoqchi edim. Nimagaligini haligacha bilmayman. Oltmish birinchi yilda surishtirganimda bir parcha qog‘oz berishdi. Ellik uchinchi yilda vafot etgan ekanlar. Ellik beshinchi yilda oqlashgan ekan. Menga o‘xshaganlarga ruxsat berishmaydi, shekilli. Siz olim odamsiz, bir shug‘ullanib ko‘rsangiz...
— Men ishdan qochmayman, ammo bizning ham arxivga yetib borishimiz qiyin.
Asadbek Chuvrindiga qaradi.
— Bu yog‘idan xotirjam bo‘ling, — dedi Chuvrin-di. — Qanaqa to‘siqqa duch kelsangiz, menga aytavering.
Tohir Malik. "Shaytanat" Asadbek va Anvarning o'rtasidagi dialog.
С) A-k-b-a... Akbarali G‘oziyev... halok bo‘ldi”.
U yana ko‘zini yumdi. Miyasining qaysi bir burchidadir
kichkinagina umid, bir o‘y sarg‘aygan bargday zo‘rg‘a ilinib,
qiltillab turar edi: “Ko‘zimga ko‘rinyapti, hozir ko‘z ochaman-u
mening otim o‘rnida Bektemir akaning oti paydo bo‘ladi!”
Asqad Muxtor. "Chinor" romanidan Akbarali obrazi. Monolog.
D) Peshanam qursin, ne kunlarga qoldim.
U to‘qay ichiga kirib, tashqaridan qaragan kishining nazari
tushmaydigan bo‘lgandan keyingina grelkani belidan oldi. Terlagan ekan, bahor shabadasi tanini yayratib yubordi. Ko‘ylak
yoqalarini yechib rohatlandi.
Jannat xola ko‘p o‘yladi. Bolasining, erining, o‘zining taqdiri to‘g‘risida juda ko‘p o‘yladi, o‘yining oxiri shu bo‘ldi:
"Bu xilda yashab bo‘lmaydi, endi bas! Tursunboyni insofga keltirish
kerak. Egilgan boshni qilich kesmaydi. Urushga borsin. O‘zini
oqlasin. Yagona yo‘l shu! Agar Tursunboy ko‘nmasa, uni o‘zim
tutib beraman. Shunday qilaman!”Said Ahmad. "Ufq" romanidan Jannat xola. Monolog. .
12_2 Mad 20 Islomov Isroil
Do'stlaringiz bilan baham: |