Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborot xavfsizligini ta’minlash usullari



Download 19,69 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi19,69 Kb.
#752548
Bog'liq
Axborot


Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborot xavfsizligini ta’minlash 
usullari
Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning 
kundalik hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o„zgarishlarni olib kirmoqda. 
Hozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga 
almashtirish mumkin bo„lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez- tez ishlatilmoqda. 
Shu bilan birga axborotning bahosi ko„p hollarda uning o„zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o„zgartirishdan, uni o„g„irlashdan, yo„qotishdan va boshqa jinoiy harakatlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug„iladi. Ammo, jamiyatning 
avtomatlashtirishni yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan axborot 
texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog„liq qilib qo„yadi. 
Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma‟lum. Shuning uchun 
ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo„llanilgan. Ulardan biri sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o„qish imkoniga ega bo„lmagan. Asrlar davomida bu san‟at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o„n yil oldin hamma narsa tubdan o„zgardi, ya‟ni axborot o„z qiymatiga ega bo„ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatadilar, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o„g„irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug„iladi.
Axborotni himoya qilish deganda: 

Axborotning jismoniy butunligini ta‟minlash, shu bilan birga axborot 


elementlarining buzilishi yoki yo„q qilinishiga yo„l qo„ymaslik; 
Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini 
qalbakilashtirishga (o„zgartirishga) yo„l qo„ymaslik; 
Axborotni tegishli huquqlarga ega bo„lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali 
tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo„l qo„ymaslik; 
Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat 
tomonlar o„rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo„llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi. 

Axborot xavfsizlig deb, ma‟lumotlarni yo„qotish va o„zgartirishga 
yo„naltirilgan tabiiy yoki sun‟iy xossali tasodifiy va qasddan ta‟sirlardan har 
qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi. Ilgarigi xavf 
faqatgina konfidensial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o„g„irlash yoki nusxa 

2 olishdan iborat bo„lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma‟lumotlari to„plami, elektron ma‟lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so„ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi. 



Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining 
axborot xavfsizligini ta‟minlovchi va tashkilot axborot zahiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta‟minlovchi qat`iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. 
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat: 
- axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o„g„irlanishi, yo„qotilishi, 
o„zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish; 
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo„lgan xavf – xatarning oldini olish; 
- axborotni yo„q qilish, o„zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko„chirish, 
to„siqlash bo„yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish; 
- hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini 
ta‟minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy 
aralashuvlarning oldini olish; 
- axborot tizimida mavjud bo„lgan shaxsiy ma‟lumotlarning shaxsiy 
maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion 
huquqlarini himoyalash; 
- davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan 

- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‟minlovchi vositalarni yaratish, 
ishlab chiqish va qo„llashda sub`ektlarning huquqlarini ta‟minlash. 
Axborot xavfsizligining huquqiy ta‟minoti axborotni himoyalash tizimida 
bajarilishi shart bo„lgan qonun chiqarish aktlar, me‟yoriy-huquqiy hujjatlar
qoidalar yo„riqnomalar, qo„llanmalar majmui. Hozirda axborot xavfsizligining 
huquqiy ta‟minoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o„rganib chiqilmoqda. 
Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida 
telekommunikatsiya va hisoblash texnikasi vositalari, dasturiy ta‟minot va 
intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish sohasi sifatida nafaqat kompyuterlar, global va korporativ tarmoqlar (Internet), balki axborot texnologiyasining zamonaviy, yuqori unumli vositalari hamda axborotning katta hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya institutlari tanlanadi.
Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun 
qo„lda yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlil qilish natijasida qandaydir muayyan yechimlarni olish va ularni aloqa kanallari orqali uzatishsiz tasavvur etib bo„lmaydi. Kompyuterga ham tajovuz ob`ekti, ham tajovuz qiluvchi instrument sifatida qarash mumkin.
Agar axborotning o„g„irlanishi moddiy va ma‟naviy boyliklarning 
yo„qotilishi bilan bog„liq bo„lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. Shuningdek, 
agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog„liq bo„lsa, jinoiy 
javobgarlik O‟zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko„zda tutilgan. Har 
Download 19,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish