Atmosferada havoning yer sirtiga nisbatan gorizontal harakati. Harakatning gorizontal tashkil etuvchisi Sh sifatida tasavvur qilinadi. Baʼzan, gorizontal shahriga nisbatan ancha kucheiz vertikal Sh qam boʻladi



Download 25,5 Kb.
bet1/3
Sana13.01.2022
Hajmi25,5 Kb.
#358361
  1   2   3
Bog'liq
Husniddin


Shamol — atmosferada havoning yer sirtiga nisbatan gorizontal harakati. Harakatning gorizontal tashkil etuvchisi Sh. sifatida tasavvur qilinadi. Baʼzan, gorizontal shahriga nisbatan ancha kucheiz vertikal Sh. qam boʻladi. Kuchli vertikal Sh. ayrim hollardagina, mas, konveksiya kuchli taraqqiy etgan bulutlarda yoki togʻlarda — havo togʻ yon bagri boʻylab pastga harakat qilgandagina vujudga keladi. Sh. bosim gorizontal yoʻnalishda notekis tarqalgan paytda atmosferalagi traning har xil boʻlishi oqibatida paydo boʻladi. Sh. tezligi va yoʻnalishi bilan ifodalanadi. Yer yuzasidagi Sh. tezligi maxsus asboblar (mas, anemometr), erkin atmosferada esa ucharshar (radiozond) yordamida aniklanadi. Sh. tezligi m/sek, m/soat, yoʻnalishi esa flyuger, vimpel, shamol konusi va boshqa yordamida aniklanadi. shahrining qaysi tomondan esgani azimut bilan koʻrsatiladi. Sh. yoʻnalishi gradus yoki rumbalar bilan ifodalanadi. 5–8 m/sek tezlikdagi Sh. oʻrtacha, 14 m/sek tezlikdagi Sh. esa kuchli hisoblanadi; 20–25 m/sek tezlikdagi Sh. dovul (shtorm), 30 m/sek tezlikdagi Sh. boʻron (uragan), uning birdaniga 20 m/sek gacha keskin kuchayishi qasirgʻa (shkal) deyiladi. Tropik siklonlarda ayrim qattiq Sh.larning tezligi 100 m/sek gacha yetishi mumkin. Troposferadai yuqori koʻtarilgan sari Sh. tezligi kuchayadi, 8–10 km balandlikda 60–70 m/sek dan xam ortib ketadi. Havo oqimi turbulentligi tufayli har doim Sh. tezligi va yoʻnalishi oʻzgarib turadi. Yer yuzasida baʼzan butunlay Sh. boʻlmay sukunat (shtil) yuz beradi. Sh. tezligi va yoʻnalishi kecha va kunduzga ham boklik. Kechasi Sh. tezligi yer sirtida eng kichik boʻlishi, kunduzi peshindan keyingi paytlarda esa eng yuqori qiymatga erishishi mumkin.

Shamol energetikasi - fan va texnikaning shamol oqimining kinetik energiyasidan mexanik, elektr va issiklik energiyasi olishda foydalanish usullarini, nazariy asoslarini ishlab chiquvchi va xalq xujaligida shamol energiyasidan foydalanish tarmoqlari hamda yullarini belgilovchi sohasi. Inson shamol kuchidan kadimdan foydalanib kelgan. Oldiniga uning kuchidan faqat yelkanli qayiqlarda foydalanilgan, keyinchalik (mil. av. 2—1-asr) Misr va Xitoyda shamol tegirmonlari paydo bulgan (qarang Shamol tegirmoni), keyinchalik shamol dvigatellari va qurilmalari yaratilgan. Shamol energiyasidan Quyosh va suv energiyasi bilan birga foydalanish katta ahamiyatga ega. Shamol energetikasi, asosan, 2 qismga bulinadi: shamol texnikasi va shamoldan foydalanish. Shamol texnikasi qismi shamol kuchidan foydalanib ishlovchi texnika vositalari (agregatlari, dvigatellari, qurilmalari) ni loyihalashning nazariy asoslari va amaliy usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Shamoldan foydalanish qismida shamol energiyasidan samarali foydalanish, shamol qurilmalaridan unumli foydalanish, ularning texnikiqtisodiy kursatkichlarini yaxshilash masalalari va boshqalarning nazariy va amaliy masalalari urganiladi va amalda tatbiq qilinadi. Shamol energetikasi uzining nazariy va amaliy masalalarini urganish va ishlab chiqishda boshqa fan sohalariga, ayniqsa, aerologik tadqiqotlar natijalariga asoslanadi. Boshka energiya manbalaridan foydalanish noqulay va umuman bunday manbalar yoʻq joylarda Shamol energetikasi ishlanmalari juda asqotadi. Oʻrta Osiye’da (xususan, Uzbekistonda) dasht, choʻl va chala chullarda Shamol energetikasi texnika vositalari koʻl kelishi mumkin. Oʻzbekiston FA Energetika va avtomatika intida Shamol energetikasi muammolari bilan ham shugʻullaniladi.




Download 25,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish