Asadbekning axborot soati dan yozgan ijodiy ishi


Oltinchidan, iqtisodiyotni boshqarishda davlat aralashuvinikeskin kamaytirish lozim



Download 29.26 Kb.
bet7/9
Sana29.08.2021
Hajmi29.26 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Oltinchidan, iqtisodiyotni boshqarishda davlat aralashuvinikeskin kamaytirish lozim.

Bugungi kunda mamlakatimizda 603 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyat yuritayotgan boʻlsa, ularning 486 tasida davlat ulushi 52 trillion soʻmni tashkil etmoqda.

Yoqilgʻi-energetika, neft-gaz, kimyo, transport va bank sohalarida davlat ishtiroki yuqori darajada saqlanib qolayotgani ularni bozor mexanizmlari asosida rivojlantirish, investitsiyalar jalb etishga toʻsqinlik qilmoqda.

Ayrim vazirliklar oʻzi nazorat qiladigan sohadagi korxonalarda taʼsischi ekani erkin va sogʻlom raqobatga yoʻl bermayapti, buniyam bugun ochiq aytish kerak. Bunday tizimni endi oʻzgartirmasak, ushbu tarmoqlarda ham va umuman, iqtisodiyotda barqaror rivojlanishga erishib boʻlmaydi.

Davlat aktivlari tartibsiz boshqarilayotgani ham samaradorlikka salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda 972 ta davlat korxonasi aktivlarining atigi 21 foizi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan, qolgan 79 foizi vazirlik va idoralar hamda xoʻjalik birlashmalari tomonidan boshqarilmoqda.

Bunday yondashuv soʻnggi 27 yil davomida davlat korxonalarini qanday ahvolga olib kelgani hech kimga sir emas. Aviasozlik sanoati kabi butun bir soha yoʻq boʻlib ketdi.

Mavjud tizimni tartibga solish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tubdan takomillashtirish, uni mustaqil agentlik etib qayta tashkil qilish lozim.

Bu Agentlik davlat mulkini boshqarish, davlat korxonalarini isloh qilish, aksiya va obligatsiyalar chiqarish yoʻli bilan ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish, xususiylashtirish jarayonlariga bosh-qosh boʻladi.

Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda mazkur taklifni amalda joriy etish vazifasi topshiriladi.

Yettinchidan, biz erkin bozor tamoyillarini oʻrnatmoqchi ekanmiz, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va rivojlantirish orqali sogʻlom raqobat muhitiniyaratishimiz shart.

Bu borada birinchi qadam sifatida “Oʻzbekenergo” va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” tizimini tubdan isloh qilish haqida qarorlar qabul qildik.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi qayta tashkil etilib, parvozlarni amalga oshirish, aeroportlarni boshqarish va aeronavigatsiya xizmatlari bir-biridan ajratildi.

Kelgusi yilda boshqa strategik tarmoqlarni ham, jumladan, “Oʻzbekneftgaz”, “Oʻzkimyosanoat” jamiyatlari, Navoiy kon-metallurgiya kombinatini bosqichma-bosqich isloh qilishni davom ettiramiz.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va uning narxini belgilash amaliyotini butunlay qayta koʻrib chiqib, bozor tamoyillarini joriy etish zarur.

Vazirlar Mahkamasiga ushbu masalalar yuzasidan ikki oy muddatda Hukumat dasturlari va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish topshiriladi.




Download 29.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat