O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RТA MAХSUS ТA’LIM VAZIRLIGI JIZZAХ POLIТEХNIKA INSТIТUТI “ARХIТEKТURA VA QURILISh” FAKULТEТI “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi “MUHANDISLIK geodeziyasi” FANIDAN mAVZU: ANIQ VA YUQORI ANIQLIKDAGI OPTIK TEODOLITLAR, TASNIFI, ULARNI TUZILISHI VA TEKSHIRISHLARI. R E J A:
Yuqori aniqlikdagi teodolitlar va ulardan foydalanish tartib-qoidalari
Burchak o‘lchash geodezik asboblarini vazifasi, o‘lchash aniqligi va konstruksiyasiga qarab turli guruhlarga bo‘lish mumkin. Vazifasiga qarab burchak o‘lchash geodezik asboblari teodolitlarga va astronomik teodolitlarga bo‘linadi.
Teodolitlar geodezik tarmoqlar punktlarida gorizontal bur chaklar va zenit masofalarni o‘lchashda, astronomik teodolitlar esa Laplas punktlarida astronomik kuzatishlarni bajarib kenglik, uzoqlik va azimutlarni aniqlashda ishlatiladi. Aniqligi bo‘yicha teodolitlar yuqori aniqlikdagi teodolitlar, aniq teodolitlar va texnik teodolitlarga bo‘linadi.

Yuqori aniqlikdagi teodolitlarga burchakni laboratoriya sharoitida bir priyomda m≤1'', aniq teodolitlarga 1≤10'' va texnik teodolitlarga m≥10'' o‘rta kvadratik xatolik bilan o‘lchashni ta’minlaydigan teodolitlar kiradi. Konstruksiyasi bo‘yicha hozirgi teodolitlarni sanoq olish moslamasiga qarab ikkita katta guruhlarga: optik sanoq olish moslamasiga ega teodolitlarga va elektron teodolitlarga bo‘linadi. Amaldagi standart bo‘yicha teodolitning har bir tipiga ularni o‘lchash aniqligiga bog‘liq holda maxsus shifr beriladi, bu shifr «T» harfidan (teodolit) va laboratoriya sharoitida burchak o‘lchashni o‘rta kvadratik xatosi chegarasini belgilovchi raqamlardan tashkil topadi. Masalan, ”T1” teodoliti bir sekund aniqlikdagi teodolit hisoblanadi.