Argumentlashning mantiqiy xulosa chiqarishdagi ahamiyati



Download 100,5 Kb.
bet1/4
Sana15.03.2023
Hajmi100,5 Kb.
#919442
  1   2   3   4
Bog'liq
ARGUMENTLASHNING MANTIQIY XULOSA CHIQARISHDAGI AHAMIYATI


ARGUMENTLASHNING MANTIQIY XULOSA CHIQARISHDAGI AHAMIYATI
REJA:
1. Argumentlash (dalillash) va ishonch-e’tiqodning shakllanishi.
2. Isbotlash va uning strukturasi, isbotlash turlari.
3. Raddiya, rad etish usullari.
4. Isbotlash va rad etish qoidalari, ularni buzganda kelib chiqadigan mantiqiy xatolar.

Vatanimiz-O’zbekistonning gullab-yashnashi, barqaror, mustaxkam bo’lishi ma’lum bir darajada yoshlarning ongli, bilimli komil inson bo’lishlariga bog’liq. Bu xaqda Prezidentimiz I. A. Karimov shunday deb ta’kidlagan: «Komil inson deganda biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi. U xar bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi. O’z fikr-o’yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo’ladi»1.


Chuqur taxlilga, mantiqqa asoslanmagan bir yoqlama fikr odamlarni chalg’itadi. Faqat baxs-munozara, taxlilga asoslangan to’g’ri xulosalargina xaqiqatni bilishga yo’l ochadi.
Baxs, munozara yuritishning, chin fikrlarni isbotlay bilishning, xato fikrlarni rad etishning o’ziga xos qonun qoidalari mavjud. Bu qoidalarni bilish xar bir insonga, shu jumladan talabalarga chin fikrni xato fikrdan ajrata bilish, to’g’ri tafakkurlash madaniyatini shakllantirish imkonini beradi.


1. Argumetlash (dalillash) va ishonch-e’tiqodning shakllanishi.

Mantiq ilmida isbotlash va dalillash tushunchalari o’zaro farqlanadi. Dalillash deb, biror fikr, muloxazani yoki muloxazalar tizimini voqelikka bevosita murojaat qilish yo’li bilan (kuzatish, tajriba-eksperiment va xokazo asosida) yoki chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa muloxazalar yordamida asoslab berishga aytiladi. Dalillash bevosita yoki vositali bo’ladi. Bevosita dalillash xissiy bilishga, ya’ni ko’rish, tajriba-eksperiment orqali amalga oshiriladi. Vositali dalillash esa, chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa muloxazalarga asoslanadi va xulosa chiqarish ko’rinishida namoyon bo’ladi. Dalillashning birinchi usuli empirik, ikkinchi usuli nazariy bilimlarga asoslanadi. Nazariy va empirik bilimlarning chegarasi nisbiy bo’lganligi kabi, dalillashning yuqoridagi ikki usulga ajratilishi xam nisbiydir.


Dalillashning xususiy ko’rinishi mantiqiy isbotlashdir. Mantiqiy isbotlash deb, biror fikr, muloxazaning chinligini, chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa muloxazalar orqali asoslashga aytiladi. Isbotlashdan maqsad-biror fikrning chinligini aniqlash bo’lsa, dalillashdan maqsad xam fikrning chinligini aniqlash, uning axamiyatini va muayyan faoliyat uchun qo’llash mumkinligini asoslashdir. Isbotlash jarayonida qo’llaniladigan chin muloxazalar (asoslar) berilgan fikrning chinligini tasdiqlash uchun xizmat qilsa, dalillash, bundan tashqari, dalillanayotgan fikrning boshqa shu kabi fikrlardan afzalroq ekanligini asoslash uchun xam xizmat qiladi. Dalillash uchun keltirilgan argumentlar (asoslar) isbotlash uchun keltirilgan argumentlarga nisbatan rang-barang bo’ladi. Dalillash shakllari bilan isbotlash shakllari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Isbotlash xulosa chiqarish ko’rinishida amalga oshadi. Dalillash ko’proq suxbat (dialog) ko’rinishida bo’lib, uning ishtirokchilaridan xar biri o’z fikrining chinligini isbotlashga, raqibining fikrini rad etishga va tinglovchilarning o’zini xam fikr qilishga, o’z fikrlariga ishontirishga xarakat qiladi.
Dalilillash jarayonida retsipiyentlarga (lot - qabul qiluvchi) – tinglovchilarga biror fikrning to’g’ri yoki xatoligi asoslab beriladi va ularda shu fikrga nisbatan ishonch tuyg’usi shakllantiriladi. Dalillovchi shaxsning so’z san’atini qay darajada egallaganligi, ya’ni notiqlik maxorati tinglovchilarda ishonch-e’tiqodning shakllanishida muxim rol o’ynaydi.
Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo’ladi, kishilarda ishonch-e’tiqodni shakllantiradi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo’lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Dalillash va isbotlash ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir.
Ishonch-e’tiqod bu kishilarning xulq-atvori va xatti-xarakatlarini belgilab beradigan qarashlari va tasavvurlaridir.



Download 100,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish