Antropogenezning paleontologik fan dalillari



Download 1,21 Mb.
bet1/4
Sana10.06.2022
Hajmi1,21 Mb.
#651830
  1   2   3   4
Bog'liq
Antropogenezning paleontologik fan dalillari

Antropogenezning paleontologik fan dalillari

Reja:


1. Antropogenezning harakatlantiruvchi omillari
2. Irqlar va ularning kelib chiqishi
3. Evolutsiyani isbotlashda solishtirma anatomik fan dalillari
4. Evolutsiyani isbotlashda paleontologiya fan dalillari

Antropogenezning harakatlantiruvchi omillari


Odamning paydo bo‘lishi – antropogenezda rol o‘ynagan omillar nimalardan iborat, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Darvin o‘z davrida organik olam evolutsiyasining asosiy omillari irsiy at, o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanishlarni odam evolyutsiyasiga tatbiq etish mumkinligini ko‘rsatib o‘tgan. Odamning paydo bo‘lishida biologik omillar katta ahamiy atga ega bo‘lsa-da, biroq ularning o‘zi bilan antropogenezni tushuntirish uchun yetarli emas.
Maymunlar birdaniga tik yura boshlagan emaslar. Atrofmuhitning o‘zgarishi – o‘rmon sharoitidan ochiq yerda yashashga o‘tish tufayli ayrim maymunlarda paydo bo‘lgan mutatsion o‘zgaruvchanlik – tik yurishga birmuncha layoqatli bo‘lish, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish orqali million yillar mobaynida saqlanib, takomillashib borgan. Tik yurish natijasida odamsimon maymunlarning harakatlanish darajasi cheklanib qolgan. Dumg‘aza suyaklari birlashib harakatlanmaydigan holga o‘tgan. Bu esa tug‘ishni birmuncha qiyinlashtirgan bo‘lsa-da, biroq tik yurishga o‘tish odamsimon maymunlarda uzoqdan xavf-xatarni ko‘ra bilish, qurol ushlashga xizmat qiluv- chi qo‘llarning ozod bo‘lishiga imkon yaratgan.
Odam shakllana boshlashi jarayonida uning qo‘li dastlab yaxshi rivojlanmagan bo‘lib, faqat oddiy harakatlarni bajargan, xolos.
Mutatsion o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli mehnat operatsiyalari uchun foydali bo‘lgan qo‘llari o‘zgargan indvidlar saqlanib borgan. Dastlabki odamsimon maymunlar tayyor narsalardan qurol sifatida foydalanibgina qolmay, balki ularni o‘zlari tayyorlay boshlagunlaricha million yillar kerak bo‘lgan. Mehnat qurollarini yasash odam qo‘lini tobora maymun qo‘lidan farq qilishga olib kelgan va odamning tashqi muhitga bo‘gan tobeligini yengillashtirgan. Qisqacha qilib aytganda odamni mehnat yaratgan.
Maymunning odamga aylanish jarayonida jamoa bo‘lib yashash ham muhim ahamiyat kasb etgan. Har qanday qurolga ega bo‘lgan ayrim individ yirtqich hayvonlar hujumiga bardosh bera olmas edi. Shu sababli eng qadimgi va qadimgi odamlar jamoa bo‘lib yashay boshlaganlar. Shu yo‘sinda ular yirtqich hayvonlardan himoyalanganlar, ov qilganlar, yosh bolalarni tarbiyalaganlar. Jamoaning kattalari yosh a’zolarini qurol yasash, ov qilish usullari, olovni saqlash, yemishli o‘simlik va hayvonlarni qidirib topishga o‘rgatganlar.
Qadimgi odamlarda ibtidoiy-ijtimoiy munosabatlar, chunonchi yaralangan va kasal odamlarga g‘amxo‘rlik qilish, o‘lganlarni ko‘mish paydo bo‘lgan. Ular 50–100 kishi bo‘lib yashaganlar. Jamoa bo‘lib yashash katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Yashash uchun kurashda dovyurak, yaxshi ov qiladigan, oziq bilan o‘zini ta’minlay olgan, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilgan, bolalar va keksalar o‘limi kamroq bo‘lishini ta’minlagan, yashash sharoitining noqulayliklarini bartaraf eta olgan jamoalar saqlanib, boshqa jamoalar qirila boshlagan.
Mehnat jarayonining rivojlanishi bilan o‘zaro ko‘maklashish foydali ekanligi tobora oydinlasha borgan. Atrof-muhitni, umuman tabiatni bilish bo‘yicha to‘plangan tajriba avloddan avlodga berilib, takomillashib borgan. Jamoa bo‘lib yashash odamlarni bir-biri bilan tovush, imo-ishora va mimika orqali munosabatda bo‘lish imkonini bergan. Bora-bora maymunlarning rivojlanmagan hiqildog‘i va og‘iz apparati irsiy o‘zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish natijasida odamning nutq organiga aylangan.
Yuksak hayvonlar va odamlar tashqi predmet va hodisalarni ko‘rish, eshitish va boshqa sezgi organlarining bevosita ishtirokida ta’sirlanishi orqali javob berishi mumkinligini sizlar «Odam va uning salomatligi» o‘quv predmetidan bilasiz. Yuksak hayvonlardan farqli ravishda odamda ikkinchi signal sistemasi rivojlangan. Odam tashqi signallarni so‘z orqali qabul qiladi. Bu odam va hayvonlar oliy nerv faoliyatining sifat jihatdan farq qiluvchi belgisidir. Nutq, birgalikda mehnat qilish tufayli odamlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi kuchaygan ijtimoiy munosabatlar rivojlangan. Odamning paydo bo‘lishi jarayonida olovdan foydalanib, pishirilgan ovqatni iste’mol qilish ham muhim rol o‘ynagan. Ovchilik bilan shug‘ullanish, baliq ovlash faqat o‘simliklar bilangina emas, balki aralash ovqatlanishga ham imkon bergan. Bu esa o‘z-o‘zidan ichaklarning qisqarishiga sababchi bo‘lgan. Olovda pishirilgan oziqni ming yillar mobaynida iste’mol qilish bora-bora chaynash apparatiga bo‘lgan og‘irlikni yengillashtirgan. Oqibatda maymunlarning baquvvat chaynash muskullarini biriktiradigan tepa suyagining qirrasi o‘zining biologik ahamiyatini yo‘qotgan.
Odam evolyutsiyasining dastlabki bosqichida yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish muhim rol o‘ynagan va tashqi muhitga moslashganlari yashab, moslashmaganlari qirilib ketgan. Odamning keyingi tarixiy rivojlanish bosqichlarida ong, nutq paydo bo‘lishi bilan fan, texnika, madaniyat axborotlarni o‘zlashtira borish, ularning tabiiy tanlanish nazoratidan chiqishga, jamiyatga bog‘liq holda rivojlanishiga olib kelgan. Inson bir vaqtning o‘zida ham biologik, ham ijtimoiy omillar ta’sirida rivojlangan. Lekin insonning rivojlanishida biologik, yo ijtimoiy omillarga bir tomonlama ortiqcha baho berishi muhim ilmiy xatoliklarni keltirib chiqaradi.
Olovdan foydalanish ajdodlarimizga sovuqdan va yirtqich hayvonlardan himoyalanishga va sovuq o‘lkalarga tarqalishiga imkon yaratgan. Natijada ajdodlarimiz tabiatda o‘sgan oziq bo‘ladigan o‘simliklarni yig‘ish, ov qilish, baliq ovlash bilan chegaralanibgina qolmay, balki ibtidoiy dehqonchilik hamda chorvachilik bilan ham shug‘ullana boshlagan. Bosh miyaning, tafakkurning rivojlanishi mehnat va nutqning takomillashuviga olib kelgan.
Xulosa qilib aytganda tik yurishga o‘tish, qo‘lni ozod bo‘lishi, mehnat qurollarini yasash, jamoa bo‘lib yashash, har xil ovqatlarni iste’mol qilish, olovdan foydalanish, ikkinchi signal sistemasining rivojlanishi odamning paydo bo‘lish jarayonida katta rol o‘ynagan.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish