Antik davr adabiy tanqidiy tafakkuri



Download 38 Kb.
Sana02.06.2022
Hajmi38 Kb.
#629966
Bog'liq
Doclat


Kitobning birinchi qismida yevropa madaniyati tarixidagi to'rtta bosqich - antik davr, o'rta asrlar, Uyg'onish davri va XVII asrdagi adabiy tanqidiy tafakkur rivoji haqida ma'lumot beruvchi muxtasar ocherklar havola etiladi. Kitobning ikkinchi qismi majmua tarzida tuzilgan bo'lib, unga kiritilgan materiallarning aksariyati tuzuvchilar tomonidan tarjima qilingan va ilk bor o'zbek tilida chop etilayotir.
Antik davr adabiy tanqidiy tafakkuri
Adabiyotning o'zini anglash ehtiyoji uning o'ziga egiz tug'ilgan, desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Negaki, badiiy ijod tabiati, adabiyotning mohiyati va vazifalari haqidagi o'y-mulohazalar bizgacha yetib kelgan eng ko'hna yozma manbalarda ham uchraydi. Shuni ham qayd etish lozimki, ko'hna yozma manbalar orasida ilmiy muomalada kengroq ommalashgani va chuqurroq o'rganilgani qadimgi yunon-rim yozma yodgorliklaridir. Shu bois ham qadimiyat haqida so'z ketganda ko'proq shu manbalarga tayaniladi. Holbuki, qadim Shumer yoki Misr, Xitoy yoki Hind madaniyati ahamiyati jihatidan aslo kam emas, biroq yuqoridagi sabablarga ko'ra ularni istifoda etish hozircha qiyinroq
Qadimgi yunonlarning tasavvurlariga ko'ra, olamning tuzilishi anchayin sodda: Olimpda - xudolar, yerda odamlar yashaydi, olam shu ikkisining birligidan tashkil topadi. Ularning e'tiqodicha, Olimp xudolari yerdagi hayotni yo'lga solib turishadi, yana ham aniqrog'i, ular Olimpdagi tartibotlarni yerdagi tartibotlarga monand tasavvur etishgan. Masalan, ularning e'tiqodiga ko'ra, yerdagi har bir kasbning o'z ilohi bor. Jumladan, san'at ilohi - Apollon, Olimpda undan boshqa yana ko'plab ilohalar - Muzalar borki, ular odamni ijodga ilhomlantiradi. Shu bois ham, masalan, Gomerning "Iliada"sida o'sha muzalarga qayta-qayta murojaat qilinadi. Bir o'rinda Gomer "Olimp xudolari har yerda hozir va ko'k gumbazi ostidagi har nedan voqif" ekanini e'tirof etarkan, "biz (ya'ni, odamlar - mual.) hyech narsani bilmaymiz" deydi. Gomer Muzalardan o'tinib "danayaliklarning sardorlari kimlar" bo'lgani, "Troya ostonasiga kelgan jangchilarning barini eslatib" qo'yishlarini so'raydi. Ko'rib turganimizdek, Gomer san'atda hamma narsani ilohlar hal qiladi, ilohlar suyib saylagan kishilargina san'atkor bo'la oladi, san'atkor ilohlar "diliga solgan" narsalarnigina kuylay oladi, deb hisoblaydi
Adabiyotning vazifalari, uning insonga ta'siri masalalariga ham juda qadim zamonlardayoq diqqat qilingan. Bu haqda Gesiodning (mil.av.VII-VI asrlar) "Teogoniya" asarida fikr bildiriladi. Uning aytishicha, "Muzalar suygan kishi tolelidir", shunday kishining "lablaridan uchgan sas bag'oyat totlidir". Agar kishi dilini "nogahoniy qayg'u qoplasa, ko'nglini g'am-anduh kemirayotgan bo'lsa, Muzalar xizmatchisining qo'shig'ini tinglash kifoya: butun qayg'u hasratlarini unutadi".
Agar arxaik davrda adabiyotni, badiiy ijodni ilohiy deb tushunish ustuvorlik qilgan bo'lsa, yunon madaniyatining klassik davriga (mil.av. V-IV asrlar) kelib yozuvchi mehnatiga bir kasb sifatida qarash ustuvorlik qila boshladi. Yunonlarda mohir ustaning biron kasb sohasidagi faoliyati "texne" deb yuritilgan bo'lib, bu so'z "mahorat", "hunar", "san'at" kabi ma'nolarni anglatadi. Bu davrga kelib so'z san'ati ham "texne" sirasiga kiritildi. Bu xil qarashning paydo bo'lishi ritorikaning maxsus fan sifatida tezkor rivojlanishi bilan bog'liq edi. O'z navbatida, ritorikaning taraqqiy etishi antik Gretsiyada notiqlik san'atining ulkan ahamiyat kasb eta boshlagani bilan izohlanadi
Gorgiy badiiy tilning emotsionalligi, badiiy retsepsiya jarayonidagi hamdardlik ("soperejivanie"), qahramonlar ruhiga kirish ("vjivanie") singari adabiyotshunoslik, umuman, estetikaning muhim masalalariga e'tibor qilgan. Qadimgi Gretsiyadagi ilk notiqlik maktabiga asos solgan Isokrat (mil.av.436-338 yy.) o'z faoliyatida ko'proq yozma nutq xususiyatlarini o'rgandi. Shundan bo'lsa kerak, u til normalarini ishlab chiqish, lug'at tarkibini tasniflash kabi masalalarga ayricha e'tibor beradi. Isokrat taklif etgan tasnifga ko'ra, so'zlar uch guruhga bo'linadi: "yangi", "xorijiy" va "ko'chma ma'noli".Isokrat va uning shogirdlari nutq oldiga bir qator talablarni qo'yadilar. Masalan: nutq ravon bo'lishi lozim, buning uchun esa unlilarning yondosh kelishiga yo'l qo'ymaslik kerak; fikrning yarmisinigina ifodalash kerak, biroq shundayki, qolgan yarimi tinglovchiga shundoq ham tushunarli bo'lsin; proza butkul proza bo'lmasin, bu holda u quruq bo'lib qoladi, biroq uning to'la vaznli bo'lishi ham nomaqbul - ko'zga yaqqol tashlanib qoladi va boshq.

2)Uyg'onish davri yevropa adabiy tanqidiy tafakkuri


Uyg'onish (Renessans) davri G'arbiy yevropa mamlakatlarida kapitalistik munosabatlarning rivojlana boshlashi, kichik-kichik tarqoq feodal mulklar o'rnida markazlashgan monarxik davlatlarning paydo bo'la boshlashi, yangi madaniy markazlarning paydo bo'lishi, ular orasida aloqa va raqobatning kuchayishi kabi ijtimoiy jarayonlar bilan xarakterlanadi. Madaniy sohada o'rta asrlarda hukmronlik qilgan xristian ilohiyotchiligi mavqyeining birmuncha susaygani, dunyoviy bilimlarga qiziqishning ortishi kabi xususiyatlarni ko'rsatish mumkin. Ayni paytda, Uyg'onish davri dunyoqarashi, madaniyatini tom ma'noda dunyoviy deyish ham qiyin. Aytilganlar Uyg'onish davrining asosiy xususiyatlari, uni yuzaga keltirgan hal qiluvchi omil esa boshqa. Bu omil shu ediki, endi antik yunon-rim madaniyatini vayron qilgan ko'chmanchi xalqlar bu joylarda o'rinlashgan, ular o'zlari vayron qilgan madaniyat qoldiqlarini baholi qudrat o'zlashtirib, shu asosda o'zlarining milliy madaniyatlarini shakllantira boshlagan edilar. Ya'ni, "uyg'onish" atamasi ayni shu, ilgari yarim vahshiy tarzda hayot kechirgan va endi madaniylashish yo'liga kirgan yangi millatlarga nisbatan qo'llanadi.
Uyg'onish madaniyatining beshigi sanaluvchi Italiya davr madaniy hayotining chinakam markaziga aylandi. Jug'rofiy jihatdan juda qulay, buning ustiga, qadimning buyuk bir madaniy markazi o'rnida joylashgani, antik Rim madaniyati an'analari nisbatan keng saqlangani, endilikda xristian diniy markazlaridan birib bo'lib qolgani - shu kabi omillar Italiyada madaniyatning taraqqiy etishiga zamin bo'ldi. Aytish kerakki, Italiyada rangtasvir, haykaltaroshlik, musiqa san'atlari, ayniqsa, gurkirab rivojlandi, rangtasvir madaniy hayotda yetakchi mavqye egalladi.
Aytish kerakki, Dantening adabiy tanqidiy qarashlaridagi ikkinchi muhim jihat - adabiyotni jonli tilga yaqinlashtirish haqidagi qarashlari, sa'y-harakatlari ham bevosita shu bilan bog'liqdir. Negaki, bu davrga kelib rasmiy cherkov tili - lotin tili qotib qolgan, o'lik tilga aylangan edi. O'z-o'zidan ravshanki, bunday sharoitda adabiyotni jonli tilga yaqinlashtirish uni cherkovdan ajratishning birlamchi sharti edi. Dante "Xalq tili haqida" nomli risolasida adabiyotni jonli tilga yaqinlashtirish zaruratini nazariy jihatdan asoslashga intiladi. Unga ko'ra, ilohiy deb birgina qadimgi yahudiy tilini e'tirof etish mumkin, boshqa tillarning bari(jumladan, italyan tili) keyin paydo bo'lgan "yangi tillar" va ularning paydo bo'lishi insonning amaliy faoliyati bilan bog'liq. Shunday ekan, qadimgi yahudiy tili o'zgarmas bo'lib qolgani holda, boshqa barcha tillar o'zgaradi, rivojlanadi. Dante o'zi yangi deb hisoblagan italyan tilini lotin tiliga qarshi qo'yadi. Dantening fikricha, xalq lahjalarini ijodiy qayta ishlash asosida adabiy til vujudga keladi va bu til butun Italiya uchun umumiy bo'lib qolishi kerak
Epik poeziya g'oyasi qadim yunon va rimning eng sara shoirlari asarlarida mujassam ifodasini topgan holda bizga yetib kelganiga shubha qilib bo'lmaydi. Ularning eng ulug'lari epik poeziya haqida risolalar bitganlari holda, roman, garchi muayyan darajadagi tug'ma fahm-idrokdan mosuvo bo'lmasalar-da, ma'rifat nuridan mahrum varvarlar tomonidan yaratilgan. Biroq, yakdil fikrga ko'ra, inson tabiatining o'zi san'atning madadisiz mukammal asarni yarata olmaydi. Bu masallardan (romanlardan tarj.) san'at izlab topish esa Habashiston cho'llaridan ko'm-ko'k serbutoq daraxtu yam-yashil o'tloq topish bilan barobar. Bundan ko'ra tafakkurning azaliy dushmanlaridan qonuniyat, bema'nilikdan haqiqat, xatoliklardan aniqlikni topish osonroq.Garchi ular tafakkur boyligi va fazlu kamoli balandligini ko'rsatish uchun dunyoga yangi poetik san'atni taqdim etayotgan bo'lsalar-da, Aristotel va Goratsiyning obro'siga rahna sololmaydilar
Tragediyalarga kelsak, ularning syujetlari oliyjanobroq bo'lgani bois, biz ular bu xil illat bilan kasallanganini ko'rmaymiz; bunda faqat yevripidning prologlari istisno qilinishi mumkinki, ularda ko'pincha bosh qahramon, ba'zan esa xudolardan birining mashinada paydo bo'lshi va ko'ruvchilarga tomosha boshlangunga qadar yuz bergan voqyealarni hikoya qilishi tez-tez kuzatiladi. Buni ma'qullashimga sog'lom fikr yo'l bermaydi: negaki, bular hikoya qilib beradigan narsalarning bari voqyealar rivojida o'z-o'zidan aniq bo'lib qoladi, natijada o'z o'rnida kuchli samara berishi mumkin bo'lgan narsa zeriktiruvchi takrorgagina aylanib qoladi. Agar shoir syujetni personajlarning harakati va nutqlari yordamida yetarli tushuntirib berolmayotgan ekan, uning aybini hyech nima bilan oqlab bo'lmaydi, qo'shib qo'yilgan prolog esa syujet va uning intrigalari rivojidagi yo'qotishlarni qoplay olmaydi. Sofokl hyech qachon bunday yo'l tutmagan, men bu borada shoirlarga yolg'iz undan ibrat olishni maslahat bera olaman, xolos.
Nikola Bualo
She'riy san'at

Birinchi qo'shiq

Qalamkash degani bizda oz emas,

Barisi Parnasga tirmashurlar, bas.

Va lekin kimgakim tabiat ato

Aylamish, o'shanga qo'nadi Humo. <...>

Ey siz, omad kutib qalam olganlar,

Tumtaroq nom uchun ichi yonganlar,

Ko'nglingiz behuda g'amga to'libdi,

Qachon qofiyaboz shoir bo'libdi. <...>



<...> Shoirki haddini bilmasa yomon,

Yo'lidan adashib qolar begumon:

Farening1 do'sti bor shunday g'alati,

May haqida yozib she'riy vaysaqi,

Mayxona devorin chaplardi nuqul,

Bugun jur'at bilan kuylamoqchi ul -

Bani Isroilning ilhomlarini <...>

Fojea, eklogmi, balladami u,

Ma'no qofiyadan tushmasin ayru. <...>

Qofiya sabotla izlansa agar,

"Labbay" deb xizmatga bosh egib kelar.

Band etar o'zini ma'no toriga,

Baxsh etar borini hukmdoriga.

Zarra erk topsachi, ko'tarar isyon,

Aql orqasidan quvib sargardon.

Bas, she'rga chiroyu ko'rk bo'lsin ma'no,

She'rning boshiga bo'rk bo'lsin ma'no!

Ba'zilar yozarlar go'yo alahlab,

Na ma'no, na mezon bo'lmaydi payqab,

Yozgan har satrida bitta ta'kid bor:

U - tanho, o'zgaga o'xshamas zinhor!

Ergashmang ularga. Quruq dahmaza,

Italyan shuaro2 topgan nasiba.

Hammadan muhimi ma'nodir, ma'no,

Yo'lida necha bor dovon bor ammo.

Ortiga qaytmagay daryoning yo'li,

Fard bo'lur odatda ma'noning yo'li.

Ba'zida boshlarkan shoir bir gapni,

Ko'rsatmoq bo'ladi hamma tarafni.

Qasrni ko'zko'zlab avval oh urar,

Keyin birbir kezib bog' aylantirar.

Mana bu minora, mana bu peshtoq,

Ko'shklar, ayvonlar muzayyan, porloq

Shipda shamsiyalar yonadi yorqin,

"Gullar, chechaklardan har yonda yolqin!"

Shunday tasvir ketar yigirma varoq,

Men deyman: bu bog'ni tark etay tezroq.

Qoching sanoq sanab, kechinishlardan,

Uzun va tumtaroq chekinishlardan,

Ortiqcha tafsilot she'rga zeb emas,

Me'daga tekkan u, endi yetar, bas.

O'zni jilovlashi kerakdir shoir.



<...> Istaysizmi, sizni sevsinlar jondan,

Qoching bir xillikdan, qochingiz undan!

Ming'illab oquvchi, yakrang satrlar

Uyqu daryosiga bizni g'arq etar. <...>



<...>Baxtlidir ul shoir, ko'z yosh, tabassum

She'rida bir yo'la topsa tajassum. .....va hakazo


Bular Yevropa madaniyatidan namunalar edi .G'arb adabiyoti õzining trgediyasi poetikasi bilan ajralib turadi .Eng yaxshi va sara namunalarni topishimiz va foydalanishimiz mumkin.
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish