MARK TVEN ROMANLARIDA DIALOGIK VA MONOLOGIK NUTQ SHAKLLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Dialogik matn tarkibiga so'roq olmoshlari, muomala odobiga oid so'z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so'zlar keng qo'llaniladi. Biz Mark Tven romanlarida dialogik va monologik nutq shakllarini bolalarga atab yozilgan asarlarida bolalar adabiyotining mumtoz namunalari sanaladigan („Tom Soyerning boshidan kechirganlari“ asiri misolida ko’rib chiqmiz.
Kalit so’zlar:
Mark Tven, taxallus, haqiqiy ismi Samuel Langhorne Clemens — Semyuel Lengxorn Klemens; Sarguzasht, asarida yosh, o'ta qiziqqon, sho'x, chigal, toʻsiqlar, ogʻir, murakkab, sharoit.
KIRISH
Mark Twain (Mark Tven, taxallus, haqiqiy ismi Samuel Langhorne Clemens — Semyuel Lengxorn Klemens; 1835—1910) — buyuk amerikalik yozuvchi, satirachi, jurnalist va maʼruzachi. Samuel Clemens Amerikalik eng yaxshi va eng sevimli yozuvchilardan biri hisoblanadi.1 Mark Tven yozuvchi sifatida ulkan yutuqlarga erishdi. Uning ziyrak donishmandligi va satirik uslubi ko‘plab tanqidchilarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek u ko‘plab artistlar va sanoatchilarning ham yaqin kishisiga aylangandi. Mark Tven yozgan maqola va hikoyalaridan o‘z turmushini tebratsa bo‘ladigan darajada pul olsa-da, ko‘pincha moddiy yetishmovchilikdan azob chekardi. U Genri Rojersning ko‘magi yordamida ko‘plab moliyaviy muammolarini hal qilardi. U o‘z davrining ,,Eng buyuk ingliz yumoristi’’ deya maqtalar edi. U.Folkner uni “Sarguzasht janrining otasi’’ deb atagandi.
MAVZUNING DOLZARBLIGI:
Matn qo'llanishiga ko'ra dialogik va monologik matn turlariga bo'linadi. Dialog so'zlovchi va tinglovchi fikr almashish jarayoni bo'lib, o'zaro savol-javoblardan iborat bo'ladi. Dialogik matn tarkibiga so'roq ol-moshlari, muomala odobiga oid so'z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so'zlar keng qo'llaniladi. Biz Mark Tven romanlarida dialogik va monologik nutq shakllarini bolalarga atab yozilgan asarlarida bolalar adabiyotining mumtoz namunalari sanaladigan („Tom Soyerning boshidan kechirganlari 1876 va boshqalar). „Tom Soyerning boshidan kechirganlari“asari (A. Pirnazarov tarjimasi) oʻzbek tilida bir necha bor nashr etilgan asarlarida ko’rib chiqamiz: Adib mazkur asarida yosh, o'ta qiziqqon va sho'x, chigal toʻsiqlardan ham qiynalmay o'ta oladigan, ogʻir va murakkab sharoitlarda ham oʻzini tuta biladigan, uddaburon bola Tom Soyer haqida hikoya qiladi. Tomning o'ta makkor va firibgar hindi Joning iziga tushishi va undan qo'rqmasligi, g'ayritabiiy xayollar olamida yurishi butun shaharcha ahlini, hatto Tomning do'stlarini ham hayratga soladi. Doimo unga nisbatan salbiy munosabatda boʻlgan ustozi ham, uning sho'xliklarini tanqid ostiga oladigan Polli xola ham oxir-oqibat Tomdagi jasoratga qoyil qoladilar. Kitob keng kitobxonlar ommasiga, shu jumladan, maktab yoshidagi bolalarga ham moʻljallangan. Demak har kitoibxon ushbu asrni o’qish natijasida o’ziga xos bo’lgan Mark Tven romanlarida dialogik va monologik nutq shakllarini guvohi bo’lamiz.
Mark Tven romani („Tom Soyerning boshidan kechirganlari’’ Diologlar so`zlovchi tomonidan, ya`ni muallif tomondan ham berilishi mumkin. Dramatik asarlardagi qahramonlar diologi persanajlarning asl maqsadlari, niyatlari, intilishlarini, his – tuyg`ularini, fikr va tushunchalarini, ruhiy kechinmalarining va ularning bir birlari - bilan bo`lgan o`zaro munosabatlarini ochib berishga, asardagi voqealarning rivojlanib borishiga yordam bergan. Ya`ni diolog qahramon xarakterini ochib berishiga xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi.
Ishtirokchilar diologlari avtor gapi (nutq) shaklida berilib qo`shtirniqqa olinmaydi. Diolog o`zaro almashinib keluvchi replikalarning ifodasi ekanligini ta`kidlab o`tdik. Replikalar mazmunidan kelib chiqqan holda diologlarning savol-javob, xabar, baxs –munozara xarakteridagi diologlarga bo`linishi mumkin. Ta`kidlab o`tkanimizdek, kishi fikri yoki maqsadini ikkinchi bir kishiga so`zlar vositasiga yetkazib, o`zaro fikr almashadi, aloqada bo`ladi, kayfiyatni ifoda etadi. Diologik nutq buning yaqqol namunasidir. Fikr almashuv, aloqa bog`lash diologning xabar turiga kiradi. Asarda yozuvchining o’ta murakkab diologlardan foydalangani va kitobxonni o’ziga jalb qilishi bilan boshqa yozuvchilardan farq qilishi yanada yorqinroq aytib o’tiladi. Asardan quyidagi diologni keltirib o’tamiz Bu haqda gapirma, Tom. Men buni sinab ko'rdim va u ishlamayapti; bu ishlamayapti, Tom. Bu men uchun emas; Men bunga o‘rganmaganman. U meni har kuni ertalab bir vaqtning o'zida turishga majbur qiladi; u meni yuvishga majbur qiladi, ular meni momaqaldiroqqa tarashadi; u meni o'tinxonada uxlashiga ruxsat bermaydi; kabilar.
Tom. Keyinroq chekishimga ruxsat bermadi; u meni baqirishimga ruxsat bermasdi, u odamlarning oldida ochib, cho'zishimga va tirnashimga ruxsat bermasdi. Qarang, Tom, boy bo'lish hech narsa emas. Bu shunchaki tashvish va tashvish, ter va ter va har doim o'lganingizni orzu qilish. Endi bu kiyimlar menga yarashadi, bu bar ham menga yarashadi va men ularni boshqa hech qachon silkitmayman. Tom, agar bu pul uchun Ben bo'lmaganida, men hech qachon bunchalik muammoga duch kelmagan bo'lardim;
Yo'q, Tom, men boy bo'lmayman va ulardagi la'natlangan uylarda yashamayman.! Asardagi xabar diologlarida har bir replika o`zidan oldingisi uchun javob o`zidan keyingisi uchun murojaat replikasi bo`lib xizmat qiladi. Xabar diologlarida murojaat va javob replikalarida biror voqea hodisa, narsa to`g`risida xabar beriladi, tinchlantirish, kechirish ma`nolari ifodalanadi. Bunday dialoglarda suhbatdoshlar o`zaro axborot almashadilar, o`z hissiyotlarini bayon etadilar, insonlar, voqea – hodisalarga baho beradilar. Bahs - munozara diologi. Bunday diologda murojaat replikasi savol yoki xabarni, javob replikasi esa qarama – qarshi nuqtan nazar bayon etilgan e`tirozni ifodalaydi. Munozara xarakterdagi nutqn polilog shaklida, ya`ni, bir necha kishinng suhbati tarzida bo`lishi mumkin. Unda ishtirokchilarning bahslari o`z ifodasini topadi. Unda ritorik so`roq gaplar, his-hayajon gaplar uchraydi.
Endi esa asardagi monolog haqida qisqacha tanishamiz: Valter Ben Xarening monologi
Aytaylik, siz ham men kabi bola edingiz,
Onam esa sizni tizzasiga osib qo'yardi
Va yuvinish lattasini sovun bilan to'ldiring,
Va sizni har qanday arqon kabi mahkam ushlang,
Va ko'zlaringizni, burningizni va iyagingizni yuving,
Va "quloqlaring orqasida va har doim" nozik,
Va ko'zlaringga sovun ko'pikini surting,
Va yig'lamaguningizcha, burningizni yuqoriga ko'taring!
Ishonchim komilki, siz ham men kabi og'riqli bo'lasiz,
Xulosa
Demak yuqoridagi fikr mulohozalardan kelib chiqib Mark Tven romani ‘Tom Soyerning boshidan kechirganlari’ romandagi dialogik va monologik nutq shakllari juda mukammal va sodda tilda berilgani asarning yutug’laridan biridir. Biz asardan olgan ta’assurotlar juda ulkandir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Kalaveraslik mashhur sakrovchi qurbaqa“, hikoyalar toʻplami (1865)
2.Sodda odamlar xorijda“ (1869)
3.Chiniqqanlar“ (1871)
4.Zarhallangan asr“ (1873), Ch. D. Uorner bilan hamkorlikda yozilgan roman
5.Eski va yangi lavhalar“ (1875), hikoyalar toʻplami
6.Missisipidagi avvalgi davrlar“ (1875)
7.Tom Sawyerning sarguzashtlari“ (1876)
Do'stlaringiz bilan baham: |