Animiya va uning kelib chiqishi



Download 49,5 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi49,5 Kb.
#752628
Bog'liq
Animiya va uning kelib chiqishi


ANIMIYA VA UNING KELIB CHIQISHI
Anemiya (yun. an – inkor qoʻshimchasi va haima – qon), kamqonlik – qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi, sifatining oʻzgarishi bilan kechadigan kasallik. A.ga qon yaratilish jarayonining buzilishi, toʻsatdan yoki surunkasiga qon yoʻqotish, qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ning koʻp parchalanishi, asosiy qon yara-tuvchi toʻqima – koʻmikning oʻz funksiya-sini yetarli bajara olmay qolishi sabab boʻlishi mumkin. Temir va vitamin V12 yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan A. birmuncha keng tarqalgan. Oz-ozdan uzoq vaqt qon ketib turganda, mas, ba-vosir yoki me’da va oʻn ikki barmoq ichak yarasi kasalligida ham koʻpincha A. ku-zatiladi. Hayz qoni uzoq va koʻp keta-digan ayollarda ham temir yetishmasli-gidan kelib chiqadigan A. tez-tez uchrab turadi. Temir yetishmasligiga aloqador A.ga bot-bot homilador boʻlish, uzoq vaqt bola emizish sabab boʻladi, chunki homiladorlik va emizuklik davrida ona organizmidagi temir zaxirasining bir qismi bolaga oʻtadi. Kichik yoshdagi bo-lalarda kuzatiladigan kamqonlik ularni notoʻgʻri ovqatlantirish, shuningdek ovqatning kam-koʻst boʻlishi oqibatida roʻy beradi. Eritrotsitlar soni sal ka-maygani yoki raso boʻlgani holda, qonda gemoglobin miqdorining ozayishi te-mir yetishmasligiga aloqador Aning aso-siy belgilaridandir. Bemorning rangi siniqqan boʻlib, aksariyat tez charchash, bosh ogʻrishi, bosh aylanishi, koʻz oldi jivirlashishidan shikoyat qiladi, soch toʻkiladi, tirnoq moʻrtlashib sinishga moyil boʻlib qoladi. Ba’zan yutinish qiyinlashadi, bemorning odatda iste’-mol qilinmaydigan narsalar (boʻr, ohak, gilvata va hokazo)ni yegisi keladi, achchiq, shoʻr taomlarni xush koʻradi. Temir yetish-masligiga aloqador A.ning oldini olish va davolashda qon yoʻqotish ehtimoli boʻlgan manbalarni oʻz vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, homilador boʻlish va tugʻishni ma’lum darajada re-jalashtirishga erishish, bekamu koʻst ovqatlanishga rioya qilish lozim.Vitamin V12 yoki folat kislota yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan A. ancha kam uchraydi. A.ning bu xilida oʻziga xos alomatlar: til achishishi, ka-sallik oʻtkazib yuborilganda nerv siste-masining zararlanish (funikulyar miye-loz) belgilari kuzatiladi. Bu xil A.ning oldini olish uchun me’da-ichak yoʻlining surunkali kasalliklari, ayniqsa ich ketishi bilan oʻtadigan kasalliklarni oʻz vaqtida aniqlab davolash juda muhim. Gijja tarqalgan joylarda ulardan za-rarlanishning oldini olish choralarini koʻrish zarur, kasallik paydo boʻlganda esa oʻz vaqnida davo qilish lozim. Eri-trotsitlarning koʻplab yemirilishi bilan bogʻliq gemolitik A. xillari koʻp. Ular irsiy yoki orttirilgan boʻlishi mumkin, odatda teri hamda shilliq qavatning sargʻayishi, eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi bilan kechadi. Barcha xil A.da vrachga murojaat etish va oʻz vaqtida toʻgʻri davolanish zarur. I. ETIOLOGIYASIGA KO’RA: • postgemorragik; • postransfuzion; • infeksion; • alimentar; • dismetabolik; • immunopatologik; • paraneoplastik va boshq. II. ERITROPOEZ TURIGA KO’RA: • Normoblastik (eritroblastik); • Megaloblastik III. RANG KO’RSATKICHIGA KO’RA: • gipoxrom; • normoxrom; • giperxrom. IV. OG’IRLIGIGA KO’RA: • yengil; • o’rta; • og’ir. V. ERITROTSIT DIAMETRIGA KO’RA: • mikrotsitar; • normotsitar; • makrotsitar. VI. SUYAK KO’MIGI REAKSIYASIGA KO’RA • aregenerator • giporegenerator • regenerator • giperregenerator VII. KLINIK KECHISHIGA KO’RA: • o’tkir; • surunkali VIII. PATOGENEZIGA KO’RA: 1. Postgemorragik anemiyalar: qon yo’qotishdan kelib chiquvchi anemiyalar 2. Gemolitik anemiyalar: eritrodierezning eritropoezdan ustun kelishi oqibatida kelib chiquvchi anemiyalar • Endoeritrotsitar o eritropatiya; o gemoglobinopatiya; o enzimopatiya. • Ekzoeritrotsitar o noimmun; o autoimmun; o izoimmun. 3. Dizeritropoetik anemiyalar: eritropoez yetishmovchiligi natijasida kelib chiquvchi anemiyalar • Aplastik • Defitsitar o temir defitsit anemiya o B12/folat defitsit anemiya o oqsil defitsit anemiya.
Anemiya yoki kamqonlik – qonda eritrotsit (qizil qon tanachalari) va gemoglobin miqdori kamayib ketishi bilan kechadigan kasallikdir. O`smirlik davrida temir moddasi yetishmasligidan bo`ladigan kamqonlik ko`p uchraydi, bunga rivollanayotgan organizmda temir moddasining ko`proq o`zlashtirib olishi sabab bo`ladi. Bundan tashqari inson meda-ichak, jigar kasalliklari, birdaniga ko`p qon ketib qolishi, yoki oz-ozdan bo`lsa ham, surunkasiga qon ketib turishi (ya’ni odam jarohatlanganda, burni, o`pkasi, me’dasi, bavosil tugunlari, bachadon va boshqa joylardan qon ketishi), yaxshi ovqatlanmaslik va ovqatning organizmda yaxshi o`zlashtirilmasligi, ovqatda vitaminlar, ayniqsa vitamin B12 tanqisligi, turli yuqimli kasalliklar, gijja kasalliklari yoki organizmni holdan toydiruvchi surunkali kasalliklar, ba’zi dori moddalar, qo`ziqorinlar, zaharlar bilan zaharlanish ham kamqonlikka sabab bo`lishi mumkin. Bunda inson darmonsizlanib, tez charchaydi, boshi aylanadi, ba’zan xushidan ketadi, jismonan zo`riqqanda organizmda kislorod yitishmasligidan harsillaydi, yuragi tez-tez uradi. Kamqonlik sezilarli darajada bo`lganda teri qoplamlari va shilliq qavatlar oqarib rangpar bo`lib qoladi. Maktab o`quvchisi sifatli ovqatlanishi, tarkibida temir moddasi ko`p bo`lgan ovqatlar (mol go`shti, jigar, tuxum, sabzi, yong`oq, anor) iste’mol qilishi muhim ahamiyatga ega. Kasallik og`ir kechganda bemor shifoxonaga yotqizilib davolanadi. Anemiyaning kelib chiqishi sababiga ko`ra bir necha xil turlari mavjud: Temir moddasi yetishmovchiligi bilan bog`liq anemiya (Iron deficiency anemia). Anemiyaning bu turi eng ko`p tarqalgan turidir. Bu anemiya organizmga temir moddasi yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladi. Temir moddasi esa gemoglobin yaratish uchun zarur. Bunday anemiyaga infeksiyalar, jarrohlik amaliyoti, ko`p miqdorda va uzoq davom etadigan hayz sikli, saraton kasalligi, poliplar va aspirin kabi dori vositalarining ko`p qabul qilinishi sabab bo`ladi. Go`sht, baliq, tuxum va temir moddasi bilan boyitilgan mahsulotlarni ko`proq yeyish anemiyaning ushbu turini oldini olishga yordam beradi. Ba'zi kasalliklar (Kron kasalligi) va dori vositalari temir moddasini organizmga singishini qiyinlashtiradi. Vitamin yetishmovchiligi bilan bog`liq anemiya. Ushbi anemiyani yuzaga kelishiga organizmga asosan vitamin B12 yoki folat javxarining yetishmovchiligi sabab bo`ladi. B12 vitamini qizil qon hujayralarini ishlab chiqarish va asab tizimini normada bo`lishi uchun kerak. Uning yetishmovchiligi xotiraning pasayishiga, oyoqlarning og`rishiga olib kelishi mumkin. B12 vitamini hayvon go`sht mahsulotlarda mavjud. Lekin ba'zi kasalliklar (immun kasalliklari) B12 vitaminining organizmga singishiga to`sqinlik qiladi. Anemiya alomatlari qanday? Anemiya ma'lum davr ichida rivojlanadi. Uning boshida alomatlar deyarli sezilmaydi, lekin kasallik rivojlangan sari quyidagi alomatlar paydo bo`lishi mumkin: Bosh og`riq; Bo`shashish; Bosh aylanish; Ko`ngil aynash; Titroq; Qo`l va oyoqlarning muzlashi; Tana haroratining pastligi; Terining och rangli bo`lishi; Yurak urishining tez yoki nomuntazam bo`lishi; Nafas olishning qisqarishi; Ko`krak og`rig`i; Ish faoliyatining buzulishi. Yuqoridagi barcha alomatlar yurak qonni tezroq yurgazishni, natijada tana a'zolariga yetarlicha kislorod yetkazib berilishi uchun tezroq harakat qilishidan vujudga keladi. Anemiya holati organizmga xavf tug`dirishi mumkinligi tufayli albatta davolanishi kerak. Lekin, anemiya turini bilmay turib uni davolash foyda keltirmasligi mumkin. Har qanday anemiyani davolashda ikki yo`ldan foydalaniladi: 1. Qondagi qozil moddalarning yoki gemoglobinning darajasini normaga keltirish. Natijada tana a'zolari kislorod bilan kerakligicha ta'minlanadi. 2. Anemiya holati sababchisi bo`lgan kasallikni aniqlash va davolash. Anemiya davolanmasa nima bo`ladi? Anemiya davolanmasa tana a'zolari kislorod yetishmovchiligidan qiynaladi va zaiflashadi. Anemiya holatida yurak faoliyati tezlashgani tufayli yurakka zarba yetishi mumkin. Anemiyaning oldini olish uchun quyidagilarni bilish kerak: Temir moddasiga boy mahsulotlar: - Buyrak; - Dukkakli o`simliklar va sabzavotlar; - Tofu (soya pishlog`i); - Ismaloq; - Qizil rangdagi go`shtlar; - Yashil bargli sabzavotlar; - Baliq; - Quruq mevalardan, turshak, mayiz va olxo`ri qoqisi. Vitamin C ga boy mahsulotlar temir moddasining organizmga singishiga yordam beradi (masalan, apelsin sharbati, brokkoli, qulupnay, qizil qovoq qalampir (bulg`or qalampiri, nama’takli choy singarilar). Ovqatlanayotganda choy, qaxva, sut singarilarni ovqat bilan birga iste’mol qilmaslik kerak, chunki tannin moddasini tutganligi sababli temir moddasining singishiga to`sqinlik qiladi. Kalsiy va temir moddasini bir vaqtda qabul qilmaslik kerak. Organizmda B12 vitamini va folat javxari yetishmovchilik bo`lmasligi zarur. Shifokor bilan maslahatlashgan holda temir moddasi vitaminini qabul qilish zarur. MUHIM! Temir moddasi darajasining organizmda meyoridan ortib ketishi unga zarar keltirishi mumkin. Shuning uchun faqatgina shifokor maslahati bilan temir moddasi vitaminini qabul qilish tavsiya etiladi.
Download 49,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish