Andijon mashinasozlik institute transport va logistika fakulteti yeutt va ue yo’nalishi 3-kurs 331-guruh talabasi qayimjonov sherzodbekning “ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari” fanidan mustaqil ish taqdimoti
Andijon mashinasozlik institute transport va logistika fakulteti yeutt va ue yo’nalishi 3-kurs 331-guruh talabasi qayimjonov sherzodbekning “ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari” fanidan mustaqil ish taqdimoti
Mavzu: Agregatlar bo‘yicha diagnostik parametrlarini aniqlash
Mavzu: Agregatlar bo‘yicha diagnostik parametrlarini aniqlash
Diagostik parametrlar quyidagi alomatlari bo’yicha tasniflanadi [6]:
1. Tashkil bo’lish tamoyili bo’yicha:
a) ishchi jarayonlar parametrlari (quvvat, tormozlanish yo’li va h.k.);
b) birga sodir bo’ladigan (hamroh) jarayonlar parametrlari - diagnostik ob’ektning texnik holati bo’yicha chegaralangan axborot beradi (isish, tebranish, shovqin va h.k.);
v) geometrik parametrlar - mexanizm detallarining o’zaro tuzilmaviy bog’lanishini aniqlaydi (tirqishlar, erkin yurish va h.k.).
Axborot turi bo’yicha:
a) keng axborotli (kompleks);
b) tor axborotli (lokal).
3. Yurgan yo’li funktsiyasi bo’yicha:
a) uzluksiz.
b) uzlukli.
4. Tuzilmaviy parametrning funktsiyasi bo’yicha:
a) to’g’ri chiziqli:
b) darajali:
v) hosilali:
Axborotning xarakteri, hajmi va o’zaro bog’liqligi bo’yicha:
a) ayrim diagnostik parametrlar boshqalariga bog’liq bo’lmagan holda ob’ektning nosozligini aniq ko’rsatadi (masalan: ob’ektning podshipnigidagi lokallashgan shovqin yoki tebranishlar yeyilishning ko’payganidan va tirqishning kattalashganidan darak beradi).
b) umumiy diagnostik parametrlar – diagnostik ob’ektning texnik holatini bir butun tarzda baholaydi (masalan: berilgan yuklamadagi dvigatelning quvvati, transmissiya agregatlarining umumiy aylanma lyuftlari yig’indisi va h. k.). Bunday parametrlar nosozlikni aniq ko’rsatmaydi.
v) o’zaro bog’liq diagnostik parametrlar ob’ekt nosozligini bir vaqtning o’zida aniqlangan va o’lchangan ko’pgina parametrlar majmui orqali ifodalaydi. (Masalan: dvigatel kiritish klapanining zich yopilmasligi natijasida karbyuratordan tovush chiqishi va dvigatelning katta aylanishlar sonida bir maromda ishlamasligi).
Diagnostik parametrlarning xususiyatlari Har qanday chiqish parametri ham diagnostik parametr bo’lib xizmat qilolmaydi, chunki chiqish parametri quyidagi sezuvchanlik, bir ma’nolilik, barqarorlik va serma’nolik xususiyatlari talablariga javob berishi kerak: a) sezuvchanlik xususiyati Ks - diagnostik parametr orttirmasi dSning tuzilmaviy parametr orttirmasi dY ga nisbati bilan baholanadi
Diagnostik parametr orttirmasi (S)ning son qiymati uning boshlang’ich va chegaraviy qiymatlari oralig’idagi nisbiy o’zgarishlar bilan aniqlanadi
bu yerda: Sch va Sb - diagnostik parametrning chegaraviy va boshlang’ich qiymatlari
S 2
1
Y
Diagnostik me`yorlar: boshlang`ich me`yor, yo`l qo`yilgan me`yor, chegaraviy me`yor. Transport vositasi texnik holatini aniqlash uchun diagnoz qo’yish vositalari yordamida o’lchangan diagnostik parametr miqdorlarini me’yoriy miqdorlar bilan taqqoslash kerak. Diagnostik me’yorlarga quyidagilar kiradi (35-rasm):
a) Boshlang’ich me’yor (Sb) – yangi, texnik soz ob’ektlar texnik xolati xarakteristikasi diagnostik parametr miqdoriga mos keladi va ekspluatatsiya sharoitlarida shu me’yorga mos keltirish uchun ob’ektni sozlaydilar yoki ta’mirlaydilar. Boshlang’ich me’yor texnik xujjatlarda keltiriladi.
b) CHegaraviy me’yor (Sch) – ob’ektning shunday texnik holatiga mos keladiki, bu sharoitda texnik-iqtisodiy nuqtai nazaridan ob’ekt ekspluatatsiyasini davom ettirish maqsadga muvofiq emas. Bu me’yor davlat standartlari talablarida va texnik xujjatlarda keltiriladi.
v) Yo’l qo’yilgan me’yor (Syq) – davriy diagnostika jarayonida asosiy diagnoz qo’yish me’yori bo’lib hisoblanadi. Yo’l qo’yilgan me’yor asosida ob’ekt holatiga diagnoz qo’yiladi va ekspluatatsiyani davom ettirish, profilaktik ta’sir yoki ta’mirlash ishlari bo’yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Diagnostik parametr me’yorlarining bosib o’tilgan yo’l bo’yicha o’zgarishi.
Sb – diagnostik parametrning boshlang’ich me’yori;
Sch – diagnostik parametrning chegaraviy me’yori;
Si – diagnostik parametrning joriy vaqtdagi qiymati;
Syq – diagnostik parametrning yo’l qo’yilgan me’yori.
Li, Lyq va Lch - diagnostik parametr texnik holati me’yorlariga tegishli masofalar
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar ro’yxati
Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari: Oliy o'quv yurtlari bakalavrlari uchun darslik./A.A. Tojiboyev, Q.M. Sidiqnasarov, K.I. Ibrohimov, N.V. Kusnetsov, Т.: "Extremum-Press" 2015
mirknig.com
www.academia-moscow.ru