Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Odiljonova Kamola Abduvosit qiziga tavsifnom a



Download 22,31 Kb.
Sana06.02.2022
Hajmi22,31 Kb.
#431891
Bog'liq
Тавсифнома, Тавсиянома университет




Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Odiljonova Kamola Abduvosit qiziga

T A V S I F N O M A


Odiljonova Kamola Abduvosit qizi 2021-yilda o‘zbek tili va adabiyoti magistratura ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida qabul qilingan.
U institutdagi o‘qish faoliyati davomida o‘zining faolligi, keng dunyoqarashi, qiziquvchan va tirishqoqligi, qolaversa, ijodkorligi bilan ustozlar e’tiboriga tushgan. U–qat’iyatli, rostgo‘y, kamtarin va samimiy qiz, barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qimoqda, jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. Institut talabalari orasidan bilimdon yoshlarni jamlagan “Intellektual yoshlar” klubining a’zosi, “Intellektual maydon”, “Zakovat” kabi o‘yinlarda guruh sardori sifatida institut, viloyat va respublika bosqichlarida muntazam qatnashib kelmoqda. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti boshlang‘ich tashkiloti faoli. 2021 yildan boshlab institut matbuot xizmatida jurnalistik faoliyatini olib boradi, “Salom, sayohat!”, “Jarayon” kabi loyihalarning muallifi. Institutdagi ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va anjumanlar tashkilotchisi. “Til-millat ko‘zgusi”, “Muhammad Yusuf barchamizning qalbimizda” kabi tadbirlar fikrimiz dalilidir. U musiqa maktabida raqs yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan, “Andiana” ansambli tarkibidagi “Asal” raqs guruhining faol va iqtidorli a’zosi bo‘lgan va sportning o‘q otish turi bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.
Uning tashabbusi bilan institut talabalari va yoshlar ittifoqi faollari bilan birgalikda “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari, “Imkoniyati cheklangan maktab o‘quvchilari” va “Sahovat uyi”da istiqomat qiluvchi nuroniylarga atab musiqiy tadbirlar o‘tkazilgan.
Kamolaning jonkuyarligi, tadqiqotchiligi, mehnatsevarligi, institut hayotidagi faol o‘rni, keng dunyoqarashi va shaxsiy intizomga ega ekanligi alohida e’tiborga loyiqdir.
Kamola Odiljonovani kelgusida yetuk, yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga ishonaman.


Andijon davlat universitetining
Pedagogika instituti direktori, professor: B.M.Rasulov


Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Odiljonova Kamola Abduvosit qiziga


T A V S I Y A N O M A
Odiljonova Kamola Abduvosit qizi 2021-yildan o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi magistranti. U o‘qish bilan bir qatorda o‘zining ilmiy salohiyatini o‘stirishga ham alohida e’tibor qaratgan. Hozirgi kunda filologiya fanlari doktori, professor Mirzaeva Salima Rayimjanovna rahbarligida “Sirojiddin Sayyid she’riyatida mumtoz adabiyot an’analari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshida tashkil etilgan “Kelajak liderlari” klubining gender tenglik masalalari koordinatori, O‘zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta’sis etilgan Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori, jamoat ishlarida faol, tashabbuskor talabalardan biri.
2020-yil Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida o‘zbek tili fanidan ishtirok etib, Respublika bosqichida 2-o‘rinni egallab, II darajali diplom bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan “Adabiyotda foydalanilgan ba’zi terminlar lug‘ati” nomli dasturiy majmuaning huquqiy egasidir. 2020-yil Ural Federal universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va bir qancha tashkilotlar tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan Turkiyaning “International conference on economics and social sciences” (“Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar bo‘yicha xalqaro konferensiya”) nomli xalqaro ilmiy konferensiyada o‘z ilmiy maqolasi bilan ishtirok etgangan va sertifikat bilan taqdirlangan.
Kamola Odiljonova kelgusida kelajagi buyuk davlatimizga munosib, yetuk, yuqori bilimli adabiyotshunos bo‘lishga intilmoqda. Yosh mutaxassis sifatida vatanimizning vatanimizning gullab-yashnashiga xizmat qiladigan, uning ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan inson bo‘lib yetishishiga ishonch bildiraman.


Andijon davlat universitetining
Pedagogika instituti direktori, professor: B.M.Rasulov
Download 22,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish