5-MAVZU. MENEJMENT NAZARIYASIGA TURLI MAKTAB NAMOYONDALARINING YONDASHUVLARI
Reja:
Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari.
Ilmiy menejment maktabi.
Mamlakat boshqaruvining rivojlanishi.
Amaliy topshiriqlar
1-Topshiriq. Iqtisodiyotni boshqarish boshqaruv ob’yekti va sub’yektdan iborat yaxlit tizimni tahlil qiling.
2-Topshiriq: Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekistonda davlatni boshqarish tamoyillarini qanday tushunasiz? Ularni tushuntirib bering.
1) Demokratiya:
* insonning o’z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi;
* ozchilikning ko’pchilikka bo’ysinishi;
* barcha fuqarolarning teng xuquqliligi;
* davlat vajamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi;
* davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning sailovchilar oldida hisobot berishi;
* tayinlash yo’li bilan shakllanadigan davlat organlarning saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi.
2) Iqtisodiy munosabatlarni demokratiyalash:
* monopollashgan iqtisodiyotdan erkin iqtisodiyotga;
* sotsialistik musoboqadan erkin raqobatga;
* qat’iy belgilangan narxlardan erkin narxlarga;
* davlat mulkidan mulkchilikning turli shakllariga tayangan iqtisodiyotga o’tish.
3) Yuksak ma’naviyat:
Mustaqillik tafakurini kengroq tushuntirish, ya’ni:
* O’zbekistonning istiqboli va istiqloli haqida qayg’urish;
* o’zining va o’z xaqining, vatanning qadri qimmati, or-nomisini anglab, uni himoya qilish;
* yuksak g’oyalar, yangi fikriy kashfiyotlar, niyatlar og’ishida mehnat qilib, iste’dodi, bor imkoniyatini, kerak bo’lsa, jonini yurt istiqboli, eliga baxshida etishdir.
4) Milliy xavfsizlikni ta’minlash:
* respublikaning dunyo hamjamiyatiga kirish sur’atlarini tezlashtirish;
* turli xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari, birinchi galda, BMT, NATO, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ishlariga faol ishtirok etishni ta’minlash.
3-Topshiriq: Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitidagi boshqarish tamoyillarini ayting va qisqacha izoh yozing.
1) Byurokatlarcha markazlashuv – boshqarish obyektiga nisbatan bo’lgan munosabat maksimal ravishda, qat’iy darajada buyriqlashgan.
2) Nomenkulatura – lavozimlarga faqat yuqori tashkilotlar tomonidan qat’iy ravishda oldindan ro’yxatga kiritilgan kishilar tayinlanadi;
3) O’z-o’ziga xizmat qilish, shaxsiy manfaatlarni ustun qo’rish – aslida bu tizimning qonun-qoidalari, prinsiplari amaldorlarning manfaatlari uchun xizmat qiladi.
4) Demokraatiyani tan olmaslik – demokratiyani tan olish degan so’z ular uchun hokimyatni yo’qotish bilan baravar.
5) Buyruqbozlik – boshqacha bo’lishi mumkin emas. Faqatgina shundagina kuch ishlatish, qo’pol ravishda majburlash kabilar o’z ijrosini topish mumkin.
6) Formalizm, rasmiyatchilik – bu qog’oz bozlikning “ota”si, to’rachilik muhitini yaratuvchi dahshatli tamoyildir.
7) Mahdudlik – ma’muriy bo’ruqbozlik tizimi o’zining sir-asrorlarini yashirishga, maxfiy tutishga harakat qiladi.
8) Konservatizm – yangilikka nisbat ayovsiz tamoyil.
Do'stlaringiz bilan baham: |