Amaliy matematika va intellektual texnologiyalari fakulteti Abdimalikova Muxlisa Oddiy geometrik figuralarni chizish dasturini tuzish



Download 120 Kb.
bet1/4
Sana15.07.2021
Hajmi120 Kb.
  1   2   3   4

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA‘LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI

O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

Amaliy matematika va intellektual texnologiyalari fakulteti

Abdimalikova Muxlisa
Oddiy geometrik figuralarni chizish dasturini tuzish (toʻgʻri chiziq uchburchak toʻrtburchak aylana) mavzusidagi
KURS ISHI

Ilmiy rahbar: dots v.b.

Tillayev A.

___________________


TOSHKENT – 2020
Mavzu; Kompyuter grafikasida splayn funksiyalar.

Reja:


I Kirish

II Asosiy qism

1. Kompyuter grafikasining asosiy tushunchalar.

2. Geometrik obyektlar tushuncha va ularni chizish.



Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar.



Kirish
XXI asr haqiqatdan ham axborot texnoloyiyalar asri ekanligini tan olish joiz, chunki biz yashab turgan ushbu davrda axborotlar oqimi shu darajada jadal rivojlanib bormoqda-ki, bu jarayonni ko‘rmaslik muinkin emas va har birimiz usbu jarayonning ma’lim m a’noda ishtirokchisiga aylanib ulgurdik. Zamon taiablari va sanoat ehtiyojlaridan kelib chiqgan holda «Kompyuter grafikasi va dizayn» fani har bir soha bilan uzviy bog‘lanib, unga bo!lgan ehtiyoj tobora o‘shib borayotganligini kuzatish qiyin emas. M a’lumki, axborot almashinuvida insonning ko‘rish sezgi organi yordamida qabul qilingan axborot eng samarali hisoblanadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta'sir etadi. Ammo axborot almashinuvi nafaqat so‘ziar va tovushlar, balki tasvirlar, ranglar va shakllar bilan ham amalga oshiriladi. Buning yorqin dalili sifatida tnrii xil kitoblar, daftar va jumallar muqovalari, ko‘chalar yoqasida va binolar peshtoqida ilingan reklamalar, ommaviy axborot vositasi bo‘lgan televideniye orqali uzatilayotgan turli xildagi kinolar, klipiar va boshqa ijtimoiy-madaniy ko‘rsatuvlar, gazeta va internet orqali berilayotgan manbalarning naqadar did bilan ishlanganligi, uyali aloqa vositalarining platformalaridan ham ko‘rishimiz mumkin. Albatta, ushbu ishlar zamirida yurtimiz iqtisodiyotini ichki va tashqi bozorda yanada mustahkamlash va xalq farovonligini ta’minlash uchun o‘zining intellektual qobiliyatlarini namoyon etadigan yuksak malakali mutaxassis kadriar tayyorlash kabi vazifalarga bog‘liq ravishda oliy ta’lim muassasasining ilmiy salohiyati -va moddiytexnik ta’minlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim muassasalarining moddiytexnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2011 yil 20 maydagi PQ-1533-son qarori hamda «Axborot-kommunikatsiva texnologiyalari sohasida kadriar tayyorlash tizimini 3 yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2013 yil 26 martdagi PQ-1942-son qarori, shuningdek, «2011-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash Dasturi» oliy ta’lim sohasida qator yo'nalishlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatish va ta’lim mazmunini takomillashtirishni talab etdi. Jumladan, o ‘quv va ilmiy laboratoriyaiami lingafon kabinetlari hamda ulardagi ilmiy asbob-uskunalari, jihozlari zamon talabiga mos ravishda yangilanishini jadallashtirish, fanning eng ilg'or yutuqlari bilan boyitilgan o‘quv adabiyotlari, zamonaviy kompyuter texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari bilan ta’minlash, axborot resurs markazlarining avtomatlashtirilishi va Internet tarmog‘iga chiqish imkoniyatini yaratish kabi vazifalar belgilangan. Hozirgi kunda ushbu vazifalarga bog'liq ravishda respublikada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yangi o'quv adabiyotlami yaratish, axborot resurs markazlariga joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni rivojlantirishga alohida e ’tibor qaratilayotganini ko'rish mumkin.

Bugungi kun va zamon talabidan kelib chiqgan holda “Kompyuter grafikasi”

fani har bir soha bilan uzviy bog’lanib, unga bo’lgan ehtiyoj tobora o’shib borayotganligi aniq. Kompyuter grafikasining qo’llanish ko’lami juda keng bo’lib, avvalom bor ushbu sohani vizualligi diqqatga sazovvordir. Ya’ni kompyuter grafikasida tasvir asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Ma’lumki axborot almashinuvida insonning ko’rish sezgi organi yordamida qabul qilingan axborot eng samarali qabul qilinadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Jumladan tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta’sir etadi. Eng kam samara beruvchi axborot vositasi bu yozuvli axborot bo’lib, uni qabul qilib olish va miyada qayta ishlashda ko’proq vaqt sarflanadi va har bir insonning fiziologiyasidan kelib chiqgan holda axborotning ma’lum bir qismi yo’qotilib xotirada saqlanadi.

Kompyuter grafikasida axborotni tuzish insonning ko’rish va eshitish sezgi organlariga qaratilgan bo’lib, oddiy qilib aytganda axborot berish uchun tasvir va tovushdan keng foydalaniladi. Asosiy maqsad axborotni tasvir va tovushga aylantirishdan iborat. Bugungi kunda juda ko’plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo’lib, ularni qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o’z faoliyatlari uchun qulay bo’lgan grafik dasturni tanlaydilar.

Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma’lum bir sohaga yo’naltirilgan bo’ladi. Demak, grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo’llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o’zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlar murakkablashib boradi.

1. Kompyuter grafikasining asosiy tushunchalar.


Kompyuter grafikasi — grafik displey (monitor) ekranida tasviriy informatsiyani vizuallash („koʻrinadigan“ qilish). Tasvirni qogʻozda, fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda Kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol oʻchirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yoʻnalishda toraytirish yoki choʻzish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, rakurenn oʻzlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini oʻzgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar „qistirmalari“ (zastavkalari) ni, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa koʻp sohalarda qoʻllaniladi.[1]
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, programma vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko’zda tutiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.
Kompyuter grafikasi – bu avvalo keng tarqalib borayotgan programma ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan programmalarga tayanadi. U hatto programmalarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy programmalar paketlari mavjudki, ular yordamida ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklida olinishi mumkin.
Bu holda, biz natijalarni ko’plab jadvallar shaklida olishdan qutilamiz va bunga intilish kerak.
Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning ayniqsa poligrafiya sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang–barang, suratli adabiyotlar, o’quv–qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqazo qilmoqda. Diqqatni o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish qiyin bo’lib qoldi.

Ma'lumki inson axborotni eshitish va sezish a'zolariga nisbatan ko’rish a'zolari or?ali oladiKo’rgazmali axborotning o’zlashtirilishi oson boladi.. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik ob'ektlar: znachoklar (belgilar), oynalar va rasmlar ko’rinishida tasvirlanadi.


Operatsion tizimning barcha grafik ob'ektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo’l bilan kompyuterda xosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Eng ko’p tarkalgan qurilma — bu skanerdir. Sunggi paytda raqamli fotokameralarning ham qo’llanish ko’lami kengayib bormoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo’l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga yozib qo’yiladi. U erdan axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma'lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib qo’yish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga o’tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz.
Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanerlash, rasmga olish yoki uni ushlab olish shart emas. Tasvirni kompyuterning o’zida xam xosil qilish mumkin. Buning uchun grafik muxarrirlar deb ataluvchi maxsus das­turlar sinfi ishlab chiqilgan.
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik ob'ektlar va fayl­larda bolgan nografik ob'ektlar o`rtasida bog’lanish urnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan.
Maxsus kompyuter dasturlari xuddi bir varak oq qog’ozga qalam yoki ruchka bilan xar xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichkoncha yordamida rasm chizish, ya'ni tasvir tuzish, tuzatish va ularni harakatlantirish imkonini yaratdi. Bu dasturlar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar h isoblanib, ular yordamida rasmning elementlari boshqarib boriladi.
Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va dasturiy vositalarining yangilanib turilishi kursni h amisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo’nalishlarni tinmay o’ rganib borishni takozo etadi.
Hech qaysi zamonaviy mulptimedia dasturi komppyuter grafikasisiz bo’lmaydi. Ommaviy foydalanish uchun dasturlar yaratuvchi dasturchi mutaxassislarning 90% gacha ish vaqti grafika bilan ishlashga ketadi. Redaksiya va nashriyotda asosiy me'nat sarfini grafik dasturlar bilan badiiy va bezash ishlari tashkil etadi.
Grafik dasturlarning keng foydalanishga ehiyoj Internetning rivojlanishi, eng avvalo millionlab alohida "sahifa"larni yagona to’rga birlashtiruvchi WWW xizmati bilan bog’liq ravishda sezilarli darajada oshdi.
Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxxasislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa soxalarda muxim rol o’ynamoqda. Uning ayniqsa, matbaa sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang - barang suratli adabiyotlar, o’quv qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishiga yuksak bezak texnikasidan foydalanishni taqazo qilmoqda. Diqqatni o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasiz tasavvur qilish qiyin bo’lib qoldi.
kompyuter grafikasi jahonda yangi fundamental fan hisoblanib, iqtisodiyot sohasida kadrlar tayyorlab berishda o’ziga xos mustaqil ahamiyatga egadir
Kompyuter grafikasi uch turga bo'linadi:
- rastrli grafika
- vektorli grafika
- fraktal grafika.
Ular bir-biri bilan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib chiqilishi bilan farqlanadi.
Dastlabki rastrli va vektorli grafikasi orasidagi farqi grafik tasvirni yaratish texnologiyasi, aks ettirish uslubi, tahrirlash va sahilashda bilinadi. Qisqacha qilib bu farqni shunday tushuntirish mumkin: nuqtali grafikada tasvirning minimal elementi nuqta hisoblanadi, vektorli grafikada esa - egri chiziqdir..
Rastrli qurilmalarda tasvirlarni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr - bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat.
Nuqtali rasm koordinatalar va rangga ega bo’lgan nuqtalar to’plamidan iborat. Grafik muharrir bu rasmni nuqtalarni ketma-ket chizgan holda tasvirlaydi. Oddiy holda nuqtali tasvirdan iborat bo’lgan fayl - rasmni birin-ketin hosil qiluvchi nuqtalar ketma-ketligi va ularning ranglarini o’z ichiga oladi. Minglab yillardan beri yaratib kelinayotgan rangtasvir asarlarini nuqtali grafikaning ilk ko’rinishi deyish mumkin. Atrofimizdagi olamda biz faqiat nuqtali tasvirlarni ko’ra olamiz. Fotosurat, rasm, izlar, tasvirlar ko’zimizda nuqtali xarakterda aks etadi.
Vektorli grafikaning asosiy elementi - chiziqdir.
Vektorli tasvirlar deb - tuzilishi jihatidan murakkabroq va har xil ko’rinishga ega bo’lgan geometrik ob'ektlar to’plamiga aytiladi. Bunday ob'ektlarga misol tariqasida to’g’ri to’rtburchaklar, aylanalar, ellipslar, ko’p burchaklar, kesmalar va chiziqlarni keltirish mumkin. Vektorli grafikanining xarakterli xususiyatlaridan biri undagi har bir ob'ekt uchun ularning tashqi ko’rinishlarini o‘zgartirish imkonini beradigan boshqarish parametrlari mavjud. Nuqtali tasvirlardan farqli ravishda vektorli tasvirlar ixtiyoriy ichki strukturaga ega bo’lishi mumkin.
Vektorli tasvirlarni nuqtali tasvirlarga aylantirish foydalanuvchi ishtirokisiz, amaliy dastur tomonidan amalga oshiriladi. Lekin nuqtali tasvirlarni vektorli tasvirga aylantirish foydalanuvchidan katta mahorat talab qiladi.
Vektorli grafika asosida giometrik figuralarning xossalari haqidagi matematik tasavvur yotadi. Vektorli grafikaning matematik asoslari bu nuqta, to’g’ri chiziq, kesma, ikkinchi va uchunchi tartibli egri chiziqlardir. Nuqta tekislikda ikkita son bilan (x,y) aniqlanadi. To’g’ri chiziq esa ikkita parametrga ega bo’lgan y=ax+b tenglama orqali aniqlanadi. Agar bu to’g’ri chiziq x o’qida ikkita x1 va x2 koordinatalari bilan chegaralansa u kesmani ani?laydi. Ikkinchi tartibli egri chiziqqa parabola, giperbola, ellips va aylanani misol qilish mumkin. Bu ikkinchi tartibli egri chiziq tenglamasi umumiy holda quyidagicha:
x2+a1y2+a2xy+a3x+a4y+a5=0.
Kompyuterda vektorli tasvirlar bilan ishlash nuqtali tasvirlar bilan ishlashga qaraganda ancha oson. Hozirda vektorli tasvirlar yaratuvchi amaliy dasturlar mashina grafikasining asosini tashkil qiladi.
Fraktal grafika - bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir, ya'ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko'riladi.. Fraktal grafikada esa tasvirlarni matematik hisoblashlar yordamida avtomatik o’zgartirib ko’paytirish yo’li chiroyli manzaralar hosil qilinadi. Fraktal kompozisiya yaratish chizish yoki shakl berish emas, balki dasturlashga asoslanadi. Teleko’rsatuvlar va reklamalarni badiiy bezashda ishlatiladi.
Fraktal grafika odatda o’yin dasturlarini yaratishda ko’proq qo'llaniladi.
Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo'llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan.
Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo'llaniladi.
Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko'rsatish mumkin:
• tijoratga oid
• namoyishlarga oid;
• injenerlikka oid;
• ilmiy;
• ko'rgazmaviy;
• animatsion;
Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axbo-rotlar ShEHM monitor ekranida grafik, gistogramma, diagramma va xohlagan boshqa ko'rinishlarda aks ettirilishi mumkin. Bunda grafiklar matn izohlari va ma 'him joylarda shartli belgili izohlar bilan ta'minlanadi.
Tiiorat grafikasiga tegishli bo'lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda tezda va qulay ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchiningsiy maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o'zgarishlarni tezda muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qilishdaniboratdir. Tasavvurni yanada oshirish uchun ushbu paketlarda tasvirni turli xildagi grafika shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa, o'z navbatida, barcha turdagi tasvirlarni ekranda birgalikda ko'rib, tahlil qilish imkoniyatini oshiradi. Bu paketlarning eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni tahlil qilish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik tahlil usullari, jumladan statistik tahlil, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to'plamini tahlil qilishimkonini beradi.
Namoyish qilish grafikasi - matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarning mashinaviy tasvirini hosil qilib uni namoyish etishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu yerda eng asosiy vazifa - yuqori sifatli va chiroyli ko'rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Bu turdagi grafikaning eng afzal tomoni shundaki, undagi tasvirlar to'plami va ko'rinishini tezda o'zgartirish mumkin.
Injenerlik grafikasi - bunday grafika chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo'llaniladi. Injenerlik grafikasi analiz, sintez, modellashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi loyihalash ishlarini avtomatlashtirishning hamma bosqichlarini o'z ichiga oladi.
Ilmiy grafika - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik,biologikva boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo'llaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo'ladigan axborotlarni vizuallashtirish - ko'zga ko'rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo'nalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika, samolyotsozlikda, geografiya va okeanologiyada -xullas qamrovi katta bo'lgan, tez kechadigan jarayonlarni o'rganishda keng qo'llaniladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shaklda diagrammalar, xaritalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashda ishlatilishi mumkin.
Ko rgazmaviy grafika - namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo’lib, shu ikkala grafika imkoniyatlarining yig’indisini tashkil etadi.
Animatsion grafikada – rang bilan ishlashdagi muvofaqiyatlarni, muhandislik grafikasidagiuch o’lchovli obyektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan qo’shib uyg’unlashtirilgan.
Кompyuter grafikasida rang tushunchasi.

Rang modellari.


Кompyuter grafikasida rang juda muxim – ko’zatuv taassurotni kuchaytirish va tasvirni axborotga boyitish rolini o’ynaydi. Biz ko’rayotgan yoritilgan buyumdan qaytgan yoruq’lik ko’z qorachiq’i orqali ko’zimizga o’tadi va ko’z ichidagi asab xujayralarini qo’zq’atadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya bilan boq’langanligi tufayli ko’z yoruq’ligi miyaga o’tadi va ongimizda buyumni ko’rish tuyq’usi paydo bo’ladi. Biz buyumni ko’ramiz. Atrof muhitni bunday ko’rish qobiliyati ko’rish deb, ko’rish a’zosi esa ko’z deb ataladi.
Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda ko’p ma’lumot olamiz. Bu ma’lumotlarning 90% ni ko’rish orqali qabul qilamiz. Yoruq’lik oqimi bu ma’lumotlarni eltuvchi hisoblanadi.
Bizning ko’zimiz miya bilan organizmning asab sistemasi orqali boq’langan. Agar ko’zning to’zilishini fotoapparat, kinoga olish apparati va televizion kamera kabi hozirgi zamon optikaviy apparatlarining to’zilishi bilan taqqoslasak ular orasida o’xshashlik borliqini sezishimiz mumkin.
Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin bo’lmagan ranglar asosiy ranglar deyiladi. Qizil, yashil va ko’k ranglar–asosiy ranglar hisoblanadi. Ularni bir hil aralashtirsak oq hosil bo’ladi.

Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar sirasiga bir qancha dasturlarni sanab o’tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Macromedia va Adobe Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady, Macromedia va Adobe Flash, Discreet va Autodesk 3ds Max, Cinema 4d, Alias va Autodesk Maya, LightWave, Adobe Brush va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm chizish mumkin bo’lsa, ba’zilarida uylar proyektlari, ba’zilarida esa uch o’lchamli modellashtirish va hattoki to’rt o’lchamli modellashtirish mumkin bo’ladi.


Kompyuter grafikasi bilan ishlayotganda ekranning o’lchamini bilish ham muhim hisoblanadi. Ekran aslida nuqtalardan tashkil topgan bo’ladi. Uni piksellar deb ataladi. Ekrandagi nuqtalar soni qanchalik ko’p bo’lsa ekran shunchalik sifatli hisoblanadi. Ekranning o’lchamlari ham yuqoridagilarni hisobga olgan holda belgilanadi. Misol uchun 800x600 o’lcham gorizontaliga 800 nuqta va vertikaliga 600 nuqtadan tashkil topishini anglatadi.


Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим