amaliy ish Kriptografiya fanidan



Download 95,23 Kb.
bet1/4
Sana30.12.2021
Hajmi95,23 Kb.
#87897
  1   2   3   4
Bog'liq
2-amaliy.kriptografiya1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

2-amaliy ish


Kriptografiya_1 fanidan

715 – 18 – guruh talabasi

Bajardi : Saloxiddinov Siroj

Tekshirdi : Olimov Iskandar

Toshkent -2020

2-amaliy ish
Mavzu: Bir qiymatli o’rniga qo’yishga asoslangan shifrlar tahlili
Ishdan maqsad: Bir va ko’p qiymatli, o’rin almashtirish, o’rniga qo’yish haqidagi nazariy va amaliy bilim ko’nikmalarni shakllantirish.
Nazariy qism
Shifrlash algoritmlarining tasniflanishida atroflicha yoritilgan. Unda kalitlardan foydalanish qoidasiga ko‘ra shifrlar simmetrik va nosimmetrik sinflarga bo‘linishi ta’kidlanib, agar shifrlash va deshifrlash jarayonlari mos ravishda maxfiy ma’lumotni jo‘natuvchi va qabul qilib oluvchi tomonidan bitta kalit bilan amalga oshirilsa, bunday algoritm simmetrik shifrlash sinfiga kirishi ta’riflangan. Agar shifrlash jarayonida biror akslantirish orqali ochiq ma’lumot alifbosi belgilari shifrma’lumot alifbosi belgilariga almashtirilsa, bunday akslantirishga asoslangan shifrlash algoritmi o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash sinfiga kiradi. Agar shifrlash jarayonida biror akslantirish orqali ochiq ma’lumot alifbosi belgilarining o‘rinlari almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi o‘rin almashtirishga asoslangan shifrlash sinfiga kiradi. O‘rin almashtirishga asoslangan shifrlash algoritmlarida ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi alifbo belgilarining ma’nosi shifrma’lumotda ham o‘zgarmasdan qoladi. O‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmlarida shifrma’lumotni tashkil etuvchi alifbo belgilari ma’nosi ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi alifbo belgilarining ma’nosi bilan bir xil bo‘lmaydi. Shifrlash jarayonida o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish akslantirishlarining kombinasiyalaridan birgalikda foydalanilsa, bunday shifrlash algoritmi kompozision shifrlash sinfiga kiradi. Umuman olganda, o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmlari akslantirishlarining matematik modellari ko‘p qiymatli funksiyalar bilan ifodalansada, amalda bir qiymatli (teskarisi mavjud bo‘lgan, qaytar) funksiyalar bilan ifodalanuvchi akslantirishlarni qo‘llash qulaylik tug’diradi. Umumiy holda, o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmlari bir qiymatli va ko‘p qiymatli shifrlash sinfiga bo‘linadi. Bir qiymatli shifrlash algoritmlarida ochiq ma’lumot alifbosi belgilarining har biriga shifrma’lumot alifbosining bitta belgisi mos

qo‘yiladi. Ko‘p qiymatli shifrlash algoritmlarida ochiq ma’lumot alifbosi belgilarining har biriga shifrma’lumot alifbosining ikkita yoki undan ortiq chekli sondagi belgilari mos qo‘yiladi, ya’ni ochiq ma’lumot alifbosining biror xi belgisiga

shifrma’lumot alifbosining chekli yi1,yi2,...,yitto‘plamdan olingan biroryij,
1  jt  belgisi mos qo‘yiladi.
Shifrlash jarayonida ochiq ma’lumot alifbosining biror alohida olingan ai
belgisi har doim shifrma’lumot alifbosining biror fiksirlangan b j belgisiga almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi bir alifboli shifrlash sinfiga kiradi. Agar shifrlash jarayonining har xil bosqichlarida ochiq ma’lumot alifbosining biror alohida olingan ai belgisi shifrma’lumot alifbosining har xil b j , bl , ..., bt belgilariga almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi ko‘p alifboli shifrlash sinfiga kiradi.
O‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmlari, ularning asosini tashkil etuvchi akslantirishning bir qiymatli yoki ko‘p qiymatligiga ko‘ra, bir qiymatli va ko‘p qiymatli sinflarga bo‘linadi.
Agar o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmida ochiq ma’lumot alifbosi belgilarining har biriga shifrma’lumot alifbosining bitta belgisi mos qo‘yilsa, bunday algoritm bir qiymatli o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmi sinfiga kiradi.
Ko‘p qiymatli shifrlash algoritmlarida ochiq ma’lumot alifbosi belgilarining har biriga shifrma’lumot alifbosining ikki yoki undan ortiq chekli sondagi belgilari mos qo‘yiladi, ya’ni ochiq ma’lumot alifbosining biror xi belgisiga shifrma’lumot alifbosining chekli yi1 , yi 2 ,..., yit  {y1 , y2 ,..., yM } to‘plamidan olingan biror yij , 1  jt , belgisi mos qo‘yiladi
Ko‘p qiymatli shifrlash algoritmlarining apparat-texnik va apparat-dasturiy ta’minotlari nisbatan samarasiz bo‘lganligi sababli amalda kam qo‘llaniladi.
O‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmlari, ularning asosidagi akslantirishni shifrlash jarayonida bosqichma-bosqich o‘zgarib turishiga ko‘ra bir alifboli va ko‘p alifboli shifrlash sinflariga bo‘linadi.
Odatda kriptografiyada ma’lumotlarni shifrlashda (deshifrlashda) quydagi

ikki turdagi akslantirishlardan foydaniladi.


Ulardan biri o’rniga qo’yish (substitution) akslantirish bo’lsa, ikkinchisi o’rin almashish (permutation) akslantirishdir.

Sezar usuli. Sezar shifri oddiy siljitish shifrining bir qismi hisoblanadi. Bu shifrni rimlik imperator Gole Yuliy Sezar o‘ylab topgan.
Shifrlashda matnning har bir harfi boshqa harf bilan quyidagi qoida asosida almashtiriladi. Harflarni almashtirishda kelayotgan yozuv harflarini k-ga siljitib almashtiriladi. Bu erda M – butun son hisoblanib, ochiq matni belgisini biror alfavitdagi o‘rni, S – butun son bo‘lib, shifr belgini biror alfavitdagi o‘rni. C=(M+k)modm, m - alfavit uzunligi. Deshifrlash ifodasi esa M=(C-k)modm ifoda bilan ifodalanadi. Yuliy Sezar bevosita k = 3 bo‘lganda ushbu usuldan foylangan.
Sezar usulining kamchiligi bu bir xil harflarning o‘z navbatida, bir xil harflarga almashishidir.
Vernam shifri. Vernamning shifrlash tizimi modul qiymati m=2 bo’lgan Vijiner shifrlash tizimining bir qismi hisoblanib, 1926-yilda bu usulning aniq ko’rinishi ishlab chiqiladi. Gilbertom Vernam AT&SSHA firmasi xomiyligi ostida kiruvchi matn sifatida ikkilik sanoq sistemasidan foydalandi. Shifrlashda birinchi Ingliz alifbosidagi (A, B...Z). Matnning har bir harfi 5-bit bo’lakli (b0,b1…b4) Bado raqami bilan kodlanadi. Ixtiyoriy ketma-ketlikdagi ikkilik kalitlar k0,k1,k2, avval kitobsimon lentaga yoziladi. Quyidagi rasmda uzatilayotgan axborotni Vernam usuli orqali shifrlash ko’rsatilgan (2.1-rasm).

Kalit ketma-ketligi





k

k









Download 95,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish